scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BUXORO XONLIGI TASHQI ALOQALARINING YEVROPA TILLI MANBALARDA AKS ETISHI

Alimova, Farida Kenja qizi

Abstract

XVI asrda shayboniylar sulolasi vakillari hukmronlik qilgan Buxoro xonligi tashqi siyosatda bir qator tashqi mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy sohada aloqalar o‘rnatgan. Dastlabki sulola hukmdorlari Muhammad Shayboniyxon, Ko‘chkinchixon hukmronligi davrida garchi toju-taxt uchun Boburiylar, Safaviylar bilan sulolaviy kurashlar sodir bo‘lgan bo‘lsada, keyingi xonlar davrida Hindiston, Eron, Turkiya va Rossiya kabi mamlakatlar bilan aloqalar mustahkamlandi. XVI asr o‘rtalaridan boshlab Buxoro xonligida markazlashgan davlatning barpo etilishi va faol tashqi siyosat olib borishi, xususan, Boburiylar va Usmonli turklar davlatlari bilan o‘rnatilgan diplomatik munosabatlar, Eron Safaviylar davlatiga hamda Rossiya podshosi Ivan IV Grozniy harbiy yurishlar uyushtirgan Astraxan va Sibir xonligi[1] hududlariga Abdullaxon II tomonidan yuborilgan elchilik aloqalari shayboniylar davlatning siyosiy qudratidan dalolat beradi. [1]Zamonov A. Buxoro xonligi tarixi. Metodik qo‘llanma/Toshkent: “BAYOZ”, 2021.

Full text

“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 113 DOI: https://10.5281/zenodo.17426654 BUXORO XONLIGI TASHQI ALOQALARINING YEVROPA TILLI MANBALARDA AKS ETISHI Alimova Farida Kenja qizi XVI asrda shayboniylar sulolasi vakillari hukmronlik qilgan Buxoro xonligi tashqi siyosatda bir qator tashqi mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy sohada aloqalar o‘rnatgan. Dastlabki sulola hukmdorlari Muhammad Shayboniyxon, Ko‘chkinchixon hukmronligi davrida garchi toju-taxt uchun Boburiylar, Safaviylar bilan sulolaviy kurashlar sodir bo‘lgan bo‘lsada, keyingi xonlar davrida Hindiston, Eron, Turkiya va Rossiya kabi mamlakatlar bilan aloqalar mustahkamlandi. XVI asr o‘rtalaridan boshlab Buxoro xonligida markazlashgan davlatning barpo etilishi va faol tashqi siyosat olib borishi, xususan, Boburiylar va Usmonli turklar davlatlari bilan o‘rnatilgan diplomatik munosabatlar, Eron Safaviylar davlatiga hamda Rossiya podshosi Ivan IV Grozniy harbiy yurishlar uyushtirgan Astraxan va Sibir xonligi 24 hududlariga Abdullaxon II tomonidan yuborilgan elchilik aloqalari shayboniylar davlatning siyosiy qudratidan dalolat beradi. Tashqi aloqalarda asosan savdo aloqalari orqali diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan 25 . Savdo aloqalari o‘zaro mol ayirboshlashga asoslangan 26 bo‘lsada, bu vaqtlarda o‘zbek xonliklarida, xususan, Buxoro xonligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga boshqa mamlakatlarda talab juda sust edi. Rossiya Buxoro xonligi va u orqali O‘rta Osiyo hududlariga tashqi bozor sifatida e’tibor qaratib savdo va elchilik aloqalarni mustahkamlashdan o‘ta manfaatdor edi. 24 Zamonov A. Buxoro xonligi tarixi. Metodik qo‘llanma/Toshkent: “BAYOZ”, 2021. 25 Burton A. The Bukharans a Dinasti, Diplomatic and Commercial History. 1500 – 1702. – Great Britain, 1997. 26 Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии (XVI - середина XIX в.). – М.: 1958. “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 114 Buning sabablari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin. Birinchidan, O‘rta Osiyo xonliklari bozorlariga Rossiyada sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bo‘lsa, ikkinchidan mustamlakalar sifatida itoat ettirilgan chekka o‘lkalarni gazlama va kiyimboshlar bilan ta’minlashga qodir emas edi. Bunday mollarning faqat O‘rta Osiyo xonliklaridan olib kelinayotganligini anglagan holda, u bilan elchilik va savdo aloqalari samaradorligini oshirishga ko‘proq intildi. Zero, o‘zbek xonliklaridan Moskvaga tashrif buyuradigan elchilarni rus podshohlari tomonidan qabul qilinib, ular uchun bir qator imkoniyatlar yaratildi. Shuningdek, O‘rta Osiyoga bo‘lgan qiziqishining tobora ortib borishi natijasida xonliklarni ko‘proq o‘rganish maqsadida Rus davlati ham podshoh yorlig‘i bilan turli millatga mansub elchilarni bu mintaqaga yuborishga intildi. Bu elchilar tomonidan to‘plangan ma’lumotlar keyingi asrlarda ham Rossiya davlati manfaatlariga xizmat qildi. Garchi Rus podsholigi manfaatlari uchun Buxoro xonligi tashqi aloqalari haqida batafsil ma’lumotlar to‘plangan bo‘lsada 27 , ilmiy jamoatchilik tomonidan bugungi kunda mahalliy tarixchilar asarlarida uchramaydigan davlatchiligimiz tarixini o‘rganishda muhim ma’lumotlar qayd etilgan manbalar sifatida e’tibor berilmoqda. XVI asr o‘rtalarida Rossiya imperiyasi orqali O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat qilgan Antonio Jenkinson o‘z kundaligida Buxoro xonligi tashqi savdosi haqida muhim ma’lumotlrni berib o‘tgan. Buni Jenkinson keltirib o‘tgan quyidagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi: “Har yili kuzda Buxoroda Eron, Hindiston, Balx, Xitoy va rus davlatidan kelgan karvonlar to‘planadi. Butun qish davomida shaharda savdo avjiga chiqadi. Faqat erta bahorda savdogarlar shaharni tark etadi” 28 . Shuningdek, Antoniy Jenkinson “Buxoro xonligining poytaxt shahrida xar yili xonlikning qo‘shni mamlakatlari bo‘lgan Hindiston, Fors (Eron), Balx (Xuroson), Rossiya va boshqa o‘lkalardan, shuningdek, xonlikka boruvchi yo‘llardagi karvonlar uchun xavf-xatar bo‘lmagan xavfsiz vatqlarda Xitoy o‘lkasidan ham uzoq masofaga cho‘zilgan karvonlarda yuk bilan kelgan savdogarlarning quriltoyi (nafaqat savdo 27 Sagdullaev A., Mavlonov O‘., Mahkamova D. O‘rta Osiyoda o‘rta asrlar savdo-sotiq tizimi. – T.: Akademiya. 2012. 28 Ахмедов Б.А. Путешествие в Среднюю Азию Антони Дженкинсона//Историко-географическая литература Средней Азии ХVI-ХVIII вв. (Письменные памятники).–Т.: Фан, 1985.–С.194-200. “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 115 balki, turli masalalar, xususan boj masalasidagi maslahatlari) bo‘lib, turli tillarda so‘zlashsalarda bir-birlarini tushunishar edi. 29 . Jenkinson kundaligida qayd etgan ushbu ma’lumotlardan Buxoro xonligiga keladigan savdogarlar tomonidan ba’zan kam, ba’zida ko‘p mol (maxsulot) olib kelinganligi, ayrim sabablarga ko‘ra (15581559 yillar oralig‘ida xonlikni siyosiy parokandalik iskanjasida qolganligi) ularni uzoq mudat sotolmay ham urg‘u berganligini anglash mumkin bo‘ladi. Bu ma‘lumotning asosini yuqorida keltirilgan 1558-1559 yillardagi voqealar ko‘rsatib turibdi. Antoniy Jenkinsonning kundaliklarida XVI asr davomida Buxoro va Xiva xonligining garchi bir-biriga dushmanlik kayfiyatida bo‘lsada, o‘zaro savdo aloqalarini olib borganliklari haqida ham bir qancha ma’lumotlar keltirilib, ikki xonlikning ham bundan manfaatdorligi eslatiladi. Elchining ma’lumotlariga asoslanadigan bo‘lsak, qo‘shni Xiva xonligi bilan Buxoro xonligi o‘rtasidagi savdo-sotiqning keng miqyosda olib borilishiga asos bor. Birinchidan yuqorida qayd etilgan davlatlarga qaraganda Xiva xonligi Buxoro uchun territorial jihatdan ham yaqinligi bo‘lsa, ikkinchidan ikki xonlikdagi aholining sozlashuv tilining umimiy jihatdan yaqin ekanligi savdo aloqalardagi munosabatlarning ijobiy rivojidagi omil hisoblangan. Antonio Jenkinson keltirgan ma’lumotlar Russov va Zavyavlovlar tomonidan ham olib borilgan o‘rganishlarda tasdiqlanganligiga e’tibor qaratish zarur. Xususan “1563 va 1564 yillarda Buxoro xonligidan Moskva hukmdori Ioannga elchilar kelib, buxorolik savdogarlarning Astraxan va Qozondan tashqari Rossiyaning boshqa shaharlarida ham savdo qilishlariga ruxsat berishni so‘rab tortiqlar in’om etganlar” 30 deyan mazmunidagi fikrlarni beradi. Buxoro xoniligi hukmdorlari tashqi davlatlar bilan savdo-sotiqni kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini hamda xon hokimiyatining qudratini A.Jenkinson o‘z kundaligida bir voqea orqali asoslab beradi. Sayyoh Buxoroga kelayotganida yo‘lda qaroqchilar uning savdo karvoniga xujum qilib, savdogarlarni turli mol-mulkni talaydilar. Voqeadan xabardor bo‘lgan xon qaroqchilarni qidirib topish uchun qo‘shin 29 Avezov H. Buxoro xonligida shayboniylar hukmronligi davrida Xorazm xonligi bilan savdo va iqtisodiy aloqalari//Research Focus. 2023. ISSN: 2181-3833–B. 67-70. 30 Руссов. Путешествие из Оренбурга в Хиву самарского купца Рукавкина в 1753 году, с приобщением разных известий о Хиве с отделенных времен доныне. Журн. Мин.Внутр. Дел. 1839 г. № 10.–С. 360-364; Завьялов. Исторический обзор путешествий в Бухару. Оренбургския губернская ведомости, 1854. № 20. “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 116 jo‘natgan. …“Qaroqchilar qo‘lga olindi, ashyolar savdo kompaniyasining ingliz vakiliga va boshqa egalariga qaytarildi va talonchilar jazolandi” 31 . Xorijiy savdogarlarga homiylik qilgan Buxoro xonining bunday hatti-harakati A.Jenkinsonni quvontirdi 32 . Turli yo‘nalishlarda yozilgan birlamchi manbalarni tadqiq etish natijasida XVI asrda O‘rta Osiyo xonliklari G‘arb bilan Sharqni bog‘lovchi karvon yo‘llari kesishgan hudud sifatida faol savdo-diplomatik aloqalar olib borganligiga guvoh bo‘lish mumkin. Aynan Buxoro xonligining tashqi savdo bilan bog‘liq siyosati masalasini yorituvchi manbalarni o‘rganish jarayonida kuzatish mumkinki, tadqiqot doirasidagi manbalarning tili, davri va hudud bilan bog‘liq holdagi chegarasi ortib, voqeahodisalarni turli rakursdan kuzatish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ayniqsa so‘nggi o‘rta asrlar davomida turli maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan yoki hukumatning ochiq va yashirin holda berilagan topshiriqlarini bajarish asnosida Buxoro xonligiga kelgan elchi, sayyoh hamda savdogar qiyofasidagi josuslar va harbiylarning yozma rafishda qoldirgan “kundaliklari”, “xotiralarni aks ettiruvchi esdaliklari”, hukumat vakillariga jo‘natib turgan “hisobotlari” shaklidagi mahfiy safar tafsilotlari “Safarnoma”lar deb nomlanadi 33 . Umuman bunday nomlanishi ularni dastlabki sahifalaridagi yozuvlardan kelib chiqqan. Ya’ni bunday yozma manba mualliflari safarlarini ilk kunidan boshlab voqealarni ma’lumotlar tarzida kiritib borganligi sabab bo‘lgan. Sayohatlari davomida safarnoma yozgan mualliflar qaysi hududda bo‘lsalar, shu hudud bilan bog‘liq alohida biror masalaga to‘xtalib, uni tadqiq qilib o‘rganish asnosida keng yoritish asosiy vazifa bo‘lmay, balki, o‘zlari tomonidan guvoh bo‘lgan barcha voqealarni qayd etishni afzal bilganlar. Shuning uchun safarnomalarda har uchchala xonliklarning tabbiy iqlim sharoitlari, aholisining tabiati, fe’l-atvor xususiyatlar, kundalik hayotlaridagi odatlari, turfa xil maxsulotlar bilan to‘la bozor31 Ахмедов Б.А. Путешествие в Среднюю Азию Антони Дженкинсона//Историко-географическая литература Средней Азии ХVI-ХVIII вв. (Письменные памятники).–Т.: Фан, 1985.–С.194-200. 32 Мукминова Р. Г. Бухара-столица ханства, город купцов и искусных мастеров//Ўзбекистонда ижтимоий фанлар.–Т.: Фан, № 9-10-11, 1997.–С.54. 33 Ўзбекистон дипломатияси тарихи (Қадимги замонлардан ҳозирги кунгача) 6-жилд,–Т.: «O‘ZBEKISTON» 2019.–Б.206. “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 117 rastalari, gavjum, ba’zan tor yo‘lakli ko‘chalar va boshqa jihatlarni tasvirlash bilan birga, safar davomida tushib qolgan qiyin vaziyatlarni bayon etganlar. Muhimi Buxoro xonligining siyosiy ahvoli to‘g‘risidagi axborotlarida turli voqealarning ta’sirida vujudga kelgan o‘g‘ir vaziyat, yoki biror bir islohot ta’sirida mamlakatdagi ozgarishlar sabab qilib ko‘rsatilgan Safarnomalarning diplomatiya bilan bog‘liq munosabatlarni tahlil etishda o‘rni benihoya katta. Ularda elchilik, ularning tarkibi, turli mamlakatlardan kelgan hukmdorning elchilarini qabul qilish tartiblari, ikki tomonlarni qiziqtirgan masalar yuzasidan olib borilgan muzokaralar, hamda hukmdorlarning boshqaruv davrlari yillari tartiblangan umumiy, qisqa yozilgan “Solnoma” 34 dan safarnoma mualliflarining asarlari sodir bo‘lgan voqea va jarayonlarni atroflicha keng berib yoritilganligi bilan farqlanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1.Zamonov A. Buxoro xonligi tarixi. Metodik qo‘llanma/Toshkent: “BAYOZ”, 2021. 2.Burton A. The Bukharans a Dinasti, Diplomatic and Commercial History. 1500 – 1702. – Great Britain, 1997. 3.Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии (XVI - середина XIX в.). – М.: 1958. 4.Sagdullaev A., Mavlonov O‘., Mahkamova D. O‘rta Osiyoda o‘rta asrlar savdo-sotiq tizimi. – T.: Akademiya. 2012. 5.Ахмедов Б.А. Путешествие в Среднюю Азию Антони Дженкинсона//Историкогеографическая литература Средней Азии ХVI-ХVIII вв. (Письменные памятники).–Т.: Фан, 1985.–С.194-200. 6.Avezov H. Buxoro xonligida shayboniylar hukmronligi davrida Xorazm xonligi bilan savdo va iqtisodiy aloqalari//Research Focus. 2023. ISSN: 2181-3833–B. 67-70. 7.Руссов. Путешествие из Оренбурга в Хиву самарского купца Рукавкина в 1753 году, с приобщением разных известий о Хиве с отделенных времен доныне. 34 Ўзбекистон дипломатияси тарихи (Қадимги замонлардан ҳозирги кунгача) 6-жилд,–Т.: «O‘ZBEKISTON» 2019.–Б.207. “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 118 Журн. Мин.Внутр. Дел. 1839 г. № 10.–С. 360-364; Завьялов. Исторический обзор путешествий в Бухару. Оренбургския губернская ведомости, 1854. № 20. 8.Ахмедов Б.А. Путешествие в Среднюю Азию Антони Дженкинсона//Историкогеографическая литература Средней Азии ХVI-ХVIII вв. (Письменные памятники).–Т.: Фан, 1985.–С.194-200. 9.Мукминова Р. Г. Бухара-столица ханства, город купцов и искусных мастеров//Ўзбекистонда ижтимоий фанлар.–Т.: Фан, № 9-10-11, 1997.–С.54. 10.Ўзбекистон дипломатияси тарихи (Қадимги замонлардан ҳозирги кунгача) 6жилд,–Т.: «O‘ZBEKISTON» 2019.–Б.206. 11.Ўзбекистон дипломатияси тарихи (Қадимги замонлардан ҳозирги кунгача) 6жилд,–Т.: «O‘ZBEKISTON» 2019.–Б.207.