scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"KATTA O'YIN" ATAMASINING SHAKLLANISHI VA UNING XALQARO MUNOSABATLARDAGI AKS-SADOSI

Asqarov Azimjon Odiljon o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada XIX asrda O‘rta Osiyo hududida yuzaga kelgan geosiyosiy raqobat — «Katta o‘yin” fenomenining kelib chiqishi, mohiyati va tarixiy talqinlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ingliz harbiy ofitseri Artur Konollining mazkur atamani ilk bor qo‘llaganligi, uning g‘oyaviy ildizlari va keyingi davrda atama mazmunining o‘zgarishi ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, “Buyuk o‘yin”ning nafaqat siyosiy va harbiy, balki mafkuraviy va axloqiy jihatlari ham ochib beriladi. Redyard Kiplingning “Kim” asari misolida bu tushunchaning ommaviy ongda qanday afsonaviy tus olgani ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada «Katta o‘yin” atamasining tarixiy kontekstdan uzilib, zamonaviy geosiyosiy jarayonlarga nisbatan qo‘llanishi natijasida yuzaga kelgan ilmiy noaniqliklar ham tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari “Buyuk o‘yin”ni O‘rta Osiyo tarixining murakkab geosiyosiy jarayoni sifatida yanada izchil o‘rganish zarurligini asoslaydi.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 12, ISSUE 02, 2025 117 “KATTA O‘YIN” ATAMASINING SHAKLLANISHI VA UNING XALQARO MUNOSABATLARDAGI AKS-SADOSI Asqarov Azimjon Odiljon o‘g‘li Namangan davlat universiteti 07.00.01-O‘zbekiston tarixi yo‘nalishi 3-kurs tayanch doktoranti Annotatsiya: Ushbu maqolada XIX asrda O‘rta Osiyo hududida yuzaga kelgan geosiyosiy raqobat — «Katta o‘yin” fenomenining kelib chiqishi, mohiyati va tarixiy talqinlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ingliz harbiy ofitseri Artur Konollining mazkur atamani ilk bor qo‘llaganligi, uning g‘oyaviy ildizlari va keyingi davrda atama mazmunining o‘zgarishi ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, “Buyuk o‘yin”ning nafaqat siyosiy va harbiy, balki mafkuraviy va axloqiy jihatlari ham ochib beriladi. Redyard Kiplingning “Kim” asari misolida bu tushunchaning ommaviy ongda qanday afsonaviy tus olgani ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada «Katta o‘yin” atamasining tarixiy kontekstdan uzilib, zamonaviy geosiyosiy jarayonlarga nisbatan qo‘llanishi natijasida yuzaga kelgan ilmiy noaniqliklar ham tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari “Buyuk o‘yin”ni O‘rta Osiyo tarixining murakkab geosiyosiy jarayoni sifatida yanada izchil o‘rganish zarurligini asoslaydi. Kalit so‘zlar: Katta o‘yin, Artur Konolli, Redyard Kipling, O‘rta Osiyo, geosiyosat, Britaniya imperiyasi, Rossiya imperiyasi, mustamlakachilik, tarixiy raqobat, razvedka, diplomatiya, XIX asr, geostrategik manfaatlar. Аннотация: В статье рассматривается происхождение, сущность и историческая интерпретация феномена «Большой игры» — геополитического соперничества XIX века в Центральной Азии. Особое внимание уделено британскому офицеру Артуру Конолли, впервые употребившему этот термин, а также эволюции его содержания в последующие десятилетия. Анализируются не только политические и военные, но и идеологические и моральные аспекты «Большой игры». На примере романа Редьярда Киплинга «Ким» показано, как данный термин приобрёл мифологизированный характер в массовом сознании. В работе также рассматривается современное использование понятия «Большая игра» вне исторического контекста, что приводит к искажению его первоначального смысла. Сделан вывод о необходимости дальнейшего комплексного изучения данного геополитического явления в контексте истории Центральной Азии. Ключевые слова: Большая игра, Артур Конолли, Редьярд Киплинг, Центральная Азия, геополитика, Британская империя, Российская империя, колониализм, историческое соперничество, разведка, дипломатия, XIX век, геостратегические интересы. Abstract: This article examines the origins, essence, and historical interpretations of the phenomenon known as the “Great Game” — the geopolitical rivalry of the 19th century in Central Asia. It highlights the role of British officer Arthur Conolly, who first introduced the term, and traces the evolution of its meaning over time. The study explores not only the political and military but also the ideological and moral dimensions of the “Great Game.” Through Rudyard Kipling’s novel Kim, the article shows how the concept became mythologized in public consciousness. It also discusses the modern misuse of the term outside its historical context, which has led to interpretive distortions. The findings underscore the need INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 12, ISSUE 02, 2025 118 for a more systematic and comprehensive study of the “Great Game” as a key geopolitical process in the history of Central Asia. Keywords: The Great Game, Arthur Conolly, Rudyard Kipling, Central Asia, geopolitics, British Empire, Russian Empire, colonialism, historical rivalry, intelligence, diplomacy, 19th century, geostrategic interests. XIX asrda O‘rta Osiyoda yirik davlatlarning manfaatlar to‘qnashuvi nihoyatda keskin tus oldi. Ushbu geosiyosiy raqobat tarixda “Katta o‘yin” nomi bilan mashhur bo‘ldi. Mazkur atamani birinchi bo‘lib ingliz razvedka xizmati zobiti, sayohatchi va yozuvchi Artur Konolli qo‘llagan deb hisoblanadi. U 1842 yilda Buxoroda — O‘rta Osiyoning qadimiy va muqaddas shaharlaridan birida — mahalliy hukmdor tomonidan qatl etilgan. Aynan Konolli o‘z yozishmalarida mintaqadagi siyosiy raqobatni “Katta o‘yin” deb atab, bu jarayonning murakkabligi, xavfliligi va bevosita insoniy fojialarga olib keluvchi mohiyatini ifoda etgan. “Katta o‘yin” atamasi o‘z davrida faqat siyosiy raqobatni emas, balki imperiyalar o‘rtasidagi yashirin diplomatik kurash, razvedka faoliyati va iqtisodiy manfaatlar to‘qnashuvini ham anglatgan. Bu ibora keyinchalik ingliz yozuvchisi Redyard Kiplingning mashhur “Kim” nomli romanida yanada keng tarqaldi. Asarda Britaniya razvedkasi safida xizmat qiluvchi yosh josusning hayoti tasvirlanar ekan, u Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi keskin qaramaqarshiliklarning markaziga tushib qoladi. Kipling “Katta o‘yin” orqali mintaqadagi geosiyosiy raqobatning butun jiddiyligi, murakkabligi va ko‘pincha samarasiz yakunini badiiy shaklda yoritadi. Bu tushuncha keyinchalik tarixshunoslikda O‘rta Osiyoning XIX asrdagi geosiyosiy manzarasini ifodalovchi asosiy terminlardan biriga aylandi. «Katta o‘yin” — bu faqat imperiyalar o‘rtasidagi raqobat emas, balki ularning iqtisodiy, harbiy va mafkuraviy manfaatlarining to‘qnashuvi, mustamlakachilik siyosatining eng faol bosqichini aks ettiruvchi tarixiy jarayondir. Shu tariqa, O‘rta Osiyo xalqaro siyosatning markazida bo‘lib, Yevrosiyo geostrategik muvozanatining kalit hududiga aylangan1. XIX–XX asrlarda O‘rta Osiyo va unga tutash hududlarda yuz bergan geosiyosiy jarayonlar haqida ko‘plab asarlar, esdaliklar va xotiralar yozilgan. Ularning mualliflari orasida voqealarning bevosita guvohlari, iste’fodagi harbiylar, diplomatlar, professional jurnalistlar hamda o‘sha davrni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan sayohatchilar bor edi. Shunga qaramay, “Katta o‘yin”ning kelib chiqishi, mohiyati va xalqaro munosabatlarga ko‘rsatgan ta’siri bugungi kunda ham to‘liq o‘rganilgan, izchil yoritilgan holatda emas. Ko‘plab tadqiqotlarda bu atama romantik yoki mifologik tusda talqin etiladi. Zamonaviy ilmiy adabiyotda — xoh mahalliy, xoh xorijiy — ”Katta o‘yin” tarixi ko‘pincha parchalangan, bo‘laklarga ajralgan holda tasvirlanadi. Ba’zi mutaxassislar uni faqat ma’lum bir davlat — Eron, Afg‘oniston yoki O‘rta Osiyo xonliklari doirasida ko‘rib chiqadi. Boshqalar esa bu jarayonni faqat Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi harbiy-siyosiy raqobat sifatida talqin etadi. Yana bir guruh tadqiqotchilar “Buyuk o‘yin”ni Sharq jamiyatlariga Yevropa davlatlari tomonidan singdirilgan modernizatsiya jarayonlari bilan bog‘lamaydi, uni butunlay alohida hodisa sifatida ko‘radi2. Bugungi kunda ham bu atama ko‘pincha o‘z tarixiy kontekstidan uzilib, geosiyosiy raqobatning ramziy ifodasi sifatida qo‘llaniladi. ”Katta o‘yin” termini ba’zan AQSH, Rossiya yoki Xitoy 1Peter Hopkirk, The Great Game: The Struggle for Empire in Central Asia (New York: Kodansha International, 1994), p. 1 2Hopkirk Р The Great Game. On Secret Service in High Asia. Oxford: Oxford University Press, 1990. p. 123. INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 12, ISSUE 02, 2025 119 kabi zamonaviy davlatlarning xalqaro siyosatidagi raqobatini ifodalash uchun ishlatiladi, bu esa unga xos tarixiy aniqlikni yo‘qotadi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, «Katta o‘yin” (The Great Game) atamasini birinchi bo‘lib ingliz harbiy ofitseri, 6-Bengaliya yengil otliq polkining kapitani Artur Konolli ishlatgan. U o‘z zamondoshlari tomonidan “jasur, zukko va g‘ayratli” ofitser sifatida ta’riflangan. 1840-yilda Konolli Afg‘onistondagi Britaniya siyosiy vakilining Bombey gubernatoriga yo‘llagan maktub nusxasiga izoh sifatida shu iborani yozgan. Bu yozuv «Katta o‘yin” atamasining eng dastlabki hujjatlashtirilgan qo‘llanilishi hisoblanadi3. Shu yillarda Konolli bu tushunchani o‘zining do‘sti, keyinchalik mashhur sharqshunos va Rossiyaning Sharqdagi siyosatini o‘rganishda yetakchi mutaxassis sifatida tanilgan Genri Roulinsonga yozgan xatlarida ham tilga olgan. Konolli “Katta o‘yin”ni faqat razvedka yoki harbiy strategiya emas, balki axloqiy missiya sifatida ko‘rgan. Sir Jon Kaye — Britaniya Hindiston ishlari vazirligi siyosiy va maxfiy bo‘limining kotibi — 1843-yilda Konollining maktublarini o‘rganar ekan, u bu iborani aynan Konollining xatlari orqali aniqlagan. Kaye ma’lumotlariga ko‘ra, Konolli Sharq despotiyalarini “isloh qilish” g‘oyasiga ishongan: ularning hukmdorlari Yevropa, xususan, Britaniya yordami bilan yanada “liberal” boshqaruv tizimlarini joriy etadi degan umidda bo‘lgan. Uning fikricha, bunday islohotlar natijasida musulmon davlatlari birlashgan konfederatsiya shaklida Rossiya ekspansiyasiga qarshi “bufer zona” hosil qilishi mumkin edi. Shu jihatdan, Konollini diniy fanatik deb atash to‘g‘ri bo‘lmasa-da, u o‘z xatlarida o‘zini “taqdir vositasi” deb bilgan. U “Providensiya” — ya’ni Tangri irodasi — uni va unga o‘xshashlarni boshqarayotganini, ular esa inson aqlidan yuksakroq maqsad yo‘lida “Buyuk o‘yin”ni olib borayotganini yozgan. Bu, aslida, XIX asr ingliz mustamlakachilik mafkurasining axloqiy asoslarini ifodalaydi. 1870–1880-yillarda diplomatik raqobat kuchaygan sari «Katta o‘yin” tushunchasining mazmuni ham o‘zgarib bordi. 1875-yilda nashr etilgan “Katta o‘yin: Britaniya imperiya siyosatini yuritishga da’vat” nomli pamfletda bu ibora ochiq siyosiy chaqiriqqa aylantirilgan. Muallifi noma’lum bo‘lgan mazkur risola London hukumatini Yevropa chegaralaridan tashqarida — xususan, Markaziy va Janubiy Osiyoda — faolroq siyosat yuritishga undaydi. Shunga qaramay, u Angliya va Rossiya o‘rtasida hamkorlik ehtimolini ham rad etmagan: muallif nazarida, bu ikki imperiya o‘z kuchlarini birlashtirsa, dunyoning “yarmini tinchlikda saqlash” imkoniga ega bo‘lishi mumkin edi4. Biroq amalda, na Britaniya, na Rossiya elitalari o‘zaro iliq munosabatda bo‘lgan. Aksincha, ular o‘rtasidagi raqobat ko‘p bor urush yoqasiga kelib qolgan. Shu sababli, o‘sha davr adabiyotida «Katta o‘yin” obrazli shaklda ifodalanadi. Eng mashhuri — Redyard Kiplingning “Kim” romani. Asarda yarim ingliz-yarim hind o‘g‘il bola — josus Kim — ingliz razvedkasi safida Rossiya fitnalariga qarshi kurashadi. Kipling “Katta o‘yin”ni o‘z davrining ruhi, imperiyalar o‘rtasidagi yashirin to‘qnashuv timsoli sifatida talqin qilgan5. Shunga qaramay, u o‘z asarida “rus josuslari” faoliyatini haddan ortiq dramatik tusda tasvirlab, Britaniya jamoatchiligida rus tahdidi haqidagi tasavvurni kuchaytirgan. Shu sababli, «Katta o‘yin” tushunchasining buzilgan, soddalashtirilgan shakli keyingi o‘n yilliklar davomida Yevropa, AQSh va Yaponiya ommaviy ongida hukmronlik qildi. Bu holat ilmiy yondashuvni 3Peter Hopkirk, The Great Game: The Struggle for Empire in Central Asia (New York: Kodansha International, 1994), p. 19 4Anonymous. The Great Game. A Plea for a British Imperial Policy. London: Simpkin, Marshall, 1875. P. 174175 5Morgan G. Myth and Reality in the Great Game //Asian Journal of the Royal Central Asian Society. 1973. Vol. 60. Part. 1. P. 55; INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 12, ISSUE 02, 2025 120 murakkablashtirib, “Buyuk o‘yin”ni tarixiy voqelikdan ko‘ra ko‘proq afsonaviy timsolga aylantirdi. XIX asrda shakllangan “Katta o‘yin” nafaqat Britaniya va Rossiya imperiyalari o‘rtasidagi siyosiy raqobatni, balki O‘rta Osiyo tarixidagi murakkab geosiyosiy jarayonlarning butun mohiyatini ifodalaydi. Ushbu atama o‘z zamonasida strategik manfaatlar, razvedka faoliyati va mafkuraviy to‘qnashuvlarning ramziga aylangan bo‘lsa-da, keyingi asrlarda u ko‘proq afsonaviy va ramziy tus oldi. Artur Konollining g‘oyaviy merosi va Kiplingning badiiy talqini bu jarayonni nafaqat siyosiy, balki axloqiy va madaniy fenomen sifatida ham anglash imkonini beradi. Bugungi ilmiy tadqiqotlar “Katta o‘yin”ni tarixiy voqelikdan uzilgan soddalashtirilgan tushuncha sifatida emas, balki O‘rta Osiyoning geosiyosiy o‘ziga xosligini shakllantirgan uzoq muddatli jarayon sifatida o‘rganishni talab qiladi. Shunday ekan, “Katta o‘yin”ni tahlil etish faqat o‘tmishni yoritish emas, balki hozirgi global raqobat mexanizmlarini chuqurroq tushunishga ham xizmat qiladi. Foydalanilgan manbalar: 1. Anonymous. The Great Game. A Plea for a British Imperial Policy. London: Simpkin, Marshall, 1875. 2. Hopkirk P. The Great Game: The Struggle for Empire in Central Asia (New York: Kodansha International, 1994. 3. Hopkirk Р The Great Game. On Secret Service in High Asia. Oxford: Oxford University Press, 1990. 4. Meyer K., Brysac S. Tournament of Shadows. The Great Game and the Race for Empire in Asia. London: Abacus, 1999. 5. Morgan G. Myth and Reality in the Great Game //Asian Journal of the Royal Central Asian Society. 1973. Vol. 60. Part. 1.