scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"SKRIPKA CHOLG'USINI IJRO ETISHDAGI DOLZARB MUAMMOLARI"

Yuldashaliyeva Azizaxon Sherali qizi

Abstract

Mazkur tezisda torli kamonli cholg’u sozi hisoblangan skripka cholg’usini ijro etishdagi eng dolzarb muammoli holatdlar hamda bu muammolarni yechishga qisqacha tavsiyalar keltirilgan.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 12, ISSUE 02, 2025 204 “SKRIPKA CHOLG'USINI IJRO ETISHDAGI DOLZARB MUAMMOLARI” Yuldashaliyeva Azizaxon Sherali qizi Annotatsiya: Mazkur tezisda torli kamonli cholg’u sozi hisoblangan skripka cholg’usini ijro etishdagi eng dolzarb muammoli holatdlar hamda bu muammolarni yechishga qisqacha tavsiyalar keltirilgan. Kalit so’zlar: O’ng va chap qo’llar postanovkasi, Intonnatsiya muammolari, cholg’u soziga adaptatsiya jarayonlari, shtrixlar. Kirish. Hozirgi kun musiqa san’atida cholg’u ijrochiligini takomillashtirish musiqa ijrochilari oldidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu asnoda, skripka cholg’uchiligidagi uchta eng katta dolzarb muammolarga to’xtalamiz, ularni hal etish yuzasidan o’z taklif va mulohazalarimizni beramiz. Muammo va yechimlar. Eng ko’p uchraydigan, tuzatish ancha mushkul hisoblangan birinchi muammo noto’g’ri shakllangan o’ng va chap qo’l postanovkasi hisoblanadi. Bu muammodan ko’plab o’quvchilar aziyat chekadilar. Sababi, postanovka ijro jarayonidagi eng muhim va ko’zga tashlanadigan holat hisoblanib, ilk skripka mashg’ulotlaridanoq uni to’g’ri shakllantirish juda juda muhimdir. Ijrochilar orasida o’ng yoki chap qo’l postanovkasi no’to’gri shakllanib qolgan va ijro jarayonida turli qiyinchiliklarga uchraydigan holatlari ko’p. Buning asosiy sababi, ilk musiqa mashg’ulotlarining noto’g’ri tashkillanganligi hisoblanadi. Quyida skripka cholg’usida postanovkani shakllantirish va to’g’rilash bo’yicha eng samarali uslublardan biri hisoblangan metodikamizni tavsiya qilamiz. Bu muhim tavsiyamiz skripka cholg’usida o’ng va chap qo’l texnikasini rivojlantirishga qaratilgan “Erkin qo’llar” metodikasidir. Bu metodikada o’ng va chap qo’llar harakati alohida postanovka sifatida emas, yaxlit bir qismdek o’rganiladi. Har ikkisi kaftida qush tutgandek nafis harakatlatirishga o’rgatiladi. Cholg’u ijrochiligining ilk kunlaridanoq asbobni mahkam tutishga o’rgatish eski an’analardan hisoblanib, bunda o’quvchi qo’lini qattiq qilib qo’yishi, natijada esa texnik asarlarni ijro etishda tezlikka erisholmasdan qiynalishi kuzatiladi. Suratda 5 yoshli o’quvchimiz Songheong skripka cholg’usida ijro uchun tayyorgarlik postanovkasi tasvirlangan. Uning qo’llariga e’tibor berilsa, umuman qattiqlik va majburan ushlayotganlik hissi yo’q. U cholg’u bilan tanishgan kunlaridan boshlab aynan biz ishlab chiqqan “Erkin qo’llar” metodikasi negizida shug’ullanadi. 3 oyda bemalol notalarni o’qish, kuy ijro etish ko’nikmalariga ega bo’ldi. 1 yilda u O’zbek xalq kuyi “Andijon polkasi”, koreys xalq kuyi “Arirang” asarlarini chiroyli ijro etib, “Bolajon” telekanalida o’z ijrosi bilan ishtirok etdi. Aytilishidan oddiy tuyulgan bu uslub yosh ijrochilarni shakllantirishda, ularning ijro texnikalarini oshirishda, katta sahnalarda o’zini erkin tutgan holda virtuoz ijrolar qilishida ilk poydevor vazifasini o’tashiga ishonamiz. Yana bir dolzarb muammo bu sof intonnatsiya muammosi hisoblanadi. Aksariyat o’quvchilar notalarning torlardagi joylashuvini yodlab qolishga, to’g’ri eshitishga va sof ijro etishga qiynaladilar (xattoki bi necha yillik mashg’ulotlardan keyin ham). Bu holat cholg’u ijrochisini talab darjasida shakllantirishdagi dolzarb muammolardan biridir. Intonnatsiyani yaxshilash INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 12, ISSUE 02, 2025 205 uchun ko’plab mashqlar, tavsiyalar, darsliklar hamda qo’llanmalar mavjud. Shunday bo’lsada biz ham bu masalada o’z nuqtayi nazarimidan kelib chiqib muammoga yechim taklif qilamiz. Navbatdagi metodikamiz Vengriya va Finlandiyalik olimlarning Kodaliy Metods “Colourstrings” uslubiga o’xshab ketadigan, biroq aynan skripka cholg’usida ijro etishning O’zbekiston skripka maktablari ijrochilari uchun moslashtirilgan “Rangli torlar” metodi. Bu metod orqali ijrochida musiqiy notalarni ajratish, joylashuv o’rnini tez eslab qolish, ko’rganda darrov o’qib keta olish, barmoqlarni aniq joylash orqali sof intonnatsiyada ijro etish ko’nikmalarini shakllantirishga erishiladi. Hozirgi fan va texnologiyalar rivojlanib borayotgan davrda notalarga rang berish va visual qobiliyatlarni shakllantirish uchun sharoitlar mavjud. O’zbekiston musiqa san’atida ham bu yo’nalishni rivojlantirish uchun qator izlanishlar olib borilmoqda. Yaponiyalik psixolog olim Ibuka Masaru ta’limotiga asoslanadigan bo’lsak, bolaning xotirasi ko’rish orqali yodlangan ma’lumotlarni boshqa uslublarda yodlangandan ko’ra ko’proq esda qolishini isbotlagan. Visual xotirada saqlanib qolgan ma’lumotlar cholg’u ijrochisining kuy ijro etishida yengillik beradi. Chunki u bir vaqtning o’zida o’ng va chap qo’l ijrosini nazorat qilishi, nota matnini to’g’ri talqin qilishi, kuy frazalarini ajratishi, shuningdek, uni tinglayotgan auditoriyani o’ziga jalb qila olishi zarur. Bu holatda uning miya funksiyalarini taqsimlash maqsadida nota matni va frazalarni ranglar orqali tasvirlab yodlatilsa, qolgan vazifalarga ko’proq e’tibor ajratish uchun imkoniyat bo’ladi. Xulosa. Bugungi kunda musiqa ijrochisi sifatida rivojlanish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Yetuk skripka ijrochisi bo’lish uchun inson o’z ustida ko’proq ishlashi, izlanishi kuzatishi va amalda turli mashqlarni takrorlab ko’rishi orqali irjo texnikasini rivojlantirishi mumkin. Shuningdek, rivojlangan mamlakaltlarning musiqa san’ati namoyondalari amalga oshirgan tajribalar, ijro jarayonlari va musiqiy asarlari bilan tanishish ham musiqacho shaxsini shakllantirishda muhim hisoblanadi. Buning uchun turli manballardan oizlanish, ijtimoiy tarmoq saytlaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Foydalanilgan manbaalar/Список использованной литературы: 1. Ibuka Masaru “Uchdan keyin kech” asari, Yaponiya 2. U.M.Yampolskiy “Tanlangan izlanishlar va maqolalar” Muzika”1985 3. Григорьев В.Ю. Методика обучения игре на скрипке. – М.: издательский дом «Классика-ХХІ», 2006. – 256 с.