MUHANDISLIK GRAFIKASI FANIDA KREATIV TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Abstract
Ushbu maqolada muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda kreativ ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi yoritilgan. Maqolada interfaol metodlar, muammoli vaziyat asosidagi topshiriqlar, loyihaviy yondashuv, raqamli va vizual texnologiyalar, shuningdek didaktik o‘yinlardan foydalanishning samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki muhandislik grafikasi darslarida kreativ texnologiyalarni qo‘llash talabalarning fazoviy tafakkurini rivojlantirish, ijodiy fikrlashini shakllantirish hamda kasbiy kompetensiyalarini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Shuningdek, o‘qituvchilarga metodik tavsiyalar berilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 529 MUHANDISLIK GRAFIKASI FANIDA KREATIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI Bunyodbek Abdulazizov Islomjon o‘g‘li CHDPU San’atshunoslik fakulteti o‘qituvchisi Gʻayratov Sardor Ilgʻor oʻgʻli Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17430127 Annotatsiya. Ushbu maqolada muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda kreativ ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi yoritilgan. Maqolada interfaol metodlar, muammoli vaziyat asosidagi topshiriqlar, loyihaviy yondashuv, raqamli va vizual texnologiyalar, shuningdek didaktik o‘yinlardan foydalanishning samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki muhandislik grafikasi darslarida kreativ texnologiyalarni qo‘llash talabalarning fazoviy tafakkurini rivojlantirish, ijodiy fikrlashini shakllantirish hamda kasbiy kompetensiyalarini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Shuningdek, o‘qituvchilarga metodik tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: Muhandislik grafikasi, kreativ ta’lim texnologiyalari, interfaol metodlar, muammoli ta’lim, loyihaviy topshiriqlar, fazoviy tafakkur, raqamli texnologiyalar, AutoCAD, chizma geometriya, pedagogik metodika. Muhandislik grafikasi fani — texnik ta’lim tizimining asosiy komponentlaridan biridir. U talabalarni fazoviy tasavvurga ega bo‘lish, texnik ob’ektlarni to‘g‘ri tasvirlash, ularni loyihalash va modellashtirishga o‘rgatadi. An’anaviy dars usullari talabalarni faqat bilim olish jarayonida passiv ishtirokchi sifatida ko‘rsa, kreativ ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarni faol o‘rganuvchi, izlovchi va ijodkor shaxs sifatida shakllantiradi. Shu bois muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda kreativ ta’lim texnologiyalarini qo‘llash metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish muhim hisoblanadi. Kreativ ta’lim texnologiyalarining mazmuni va mohiyati “Kreativ” tushunchasi lotincha “creatio” — “yaratish” so‘zidan olingan bo‘lib, yangilik yaratish, mavjud muammoni noodatiy yechish yoki yangicha yondashuvni ifodalaydi. Pedagogik jarayonda kreativ ta’lim texnologiyalari — bu talabalarda mustaqil fikrlashni, ijodiy yondashuvni va innovatsion qarorlar qabul qilishni shakllantirishga qaratilgan metod va vositalar majmuasidir. Muhandislik grafikasi fanida bunday texnologiyalarni qo‘llash quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi: ➢ talabalar fazoviy tafakkurini rivojlantirish; ➢ grafik topshiriqlarga noodatiy va ijodkorona yondashuvni shakllantirish; ➢ loyihalash va modellashtirish ko‘nikmalarini mustahkamlash; ➢ jamoada ishlash, o‘z g‘oyasini himoya qilish va taqdim etish malakalarini rivojlantirish.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 530 Shu sababli, muhandislik grafikasi fanida kreativ texnologiyalar dars jarayonining samaradorligini oshirish bilan birga, talabalarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga ham xizmat qiladi. Muhandislik grafikasi fanida kreativ metodlarning qo‘llanilishi Muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda quyidagi kreativ metodlar keng qo‘llanishi mumkin: a) Interfaol metodlar “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Venn diagrammasi” kabi metodlar grafik masalalarni yechishda samarali bo‘lib, talabalar erkin fikr yuritadi, g‘oyalarini o‘zaro almashadi. Masalan, murakkab detalning proyeksiyalarini topishda bir nechta yechim variantlarini taqdim etish talabalar tafakkurini kengaytiradi. b) Muammoli ta’lim O‘qituvchi topshiriqlarni muammoli vaziyat shaklida beradi. Masalan, real texnik ob’ektning chizmasini yaratish yoki uni modellashtirish topshirig‘i talabalardan mustaqil izlanuvchanlikni talab etadi. Bu jarayon orqali nafaqat bilim, balki ijodiy yondashuv ham shakllanadi. c) Loyihaviy topshiriqlar Talabalar kichik guruhlarda ishlash orqali muhandislik loyihalarini yaratadilar. Masalan, “Oddiy mexanizmning 3D modeli” yoki “Maishiy texnika detali”ni AutoCAD dasturida loyihalash topshirig‘i berilishi mumkin. Bu topshiriqlar talabalarda hamkorlik, ijodiy g‘oya ishlab chiqish va ularni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. d) Vizual va raqamli texnologiyalar Bugungi kunda 3D modellashtirish, virtual (VR) va kengaytirilgan reallik (AR) texnologiyalari grafik jarayonni yanada ko‘rgazmali qilish imkonini bermoqda. Talabalar murakkab chizmalarni nafaqat qog‘ozda, balki kompyuter muhiti orqali hajmli modellar ko‘rinishida tasavvur etadi. e) Didaktik o‘yinlar va kreativ topshiriqlarO‘quv jarayonida “Grafik kvest”,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 531 “Detallarni top va yig‘” kabi didaktik o‘yinlardan foydalanish talabalarni fanga qiziqtiradi, o‘quv muhitini jonlantiradi. Kreativ texnologiyalarning ta’lim samaradorligiga ta’siri Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, muhandislik grafikasi fanida kreativ texnologiyalarni qo‘llash natijasida: ✓ talabalar nazariy bilimlarni tezroq o‘zlashtiradi va ularni amaliyotga qo‘llay oladi; ✓ fazoviy tasavvur va mantiqiy fikrlash darajasi ortadi; ✓ ijodkorlik, innovatsion g‘oya ishlab chiqish qobiliyati shakllanadi; ✓ kasbiy kompetensiyalar rivojlanadi; ✓ dars jarayonida talabalarning faolligi, qiziqishi va motivatsiyasi kuchayadi. Bundan tashqari, kreativ metodlar talabalarning mustaqil ta’limini rag‘batlantiradi. Chunki ular ko‘proq izlanadi, yangi dasturlarni o‘rganadi va o‘z bilimlarini kengaytiradi. Natijada, talabalar zamonaviy muhandislik faoliyatiga tayyorlanadi. O‘qituvchining roli va metodik tavsiyalar Muhandislik grafikasi fanini kreativ texnologiyalar asosida o‘qitishda o‘qituvchining roli muhimdir. U quyidagi metodik yondashuvlarni qo‘llashi maqsadga muvofiq: I. darslarni rejalashtirishda innovatsion usullarni kiritish; II. grafik topshiriqlarni bosqichma-bosqich murakkablashtirish; III. individual va guruhli ishlarga e’tibor qaratish; IV. o‘quvchilarning ijodiy g‘oyalarini rag‘batlantirish. Xulosa o‘rnida shuni aytish keraki muhandislik grafikasi fanida kreativ ta’lim texnologiyalarini qo‘llash talabalarni texnik fanlarga qiziqtirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ijodiy fikrlashini rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi. Interfaol metodlar, muammoli vaziyatlar, loyihaviy topshiriqlar va raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar talabalarda mustaqil fikrlashni, yangi g‘oyalarni ilgari surishni va ularni amalda qo‘llashni o‘rgatadi. Natijada, ta’lim sifati oshadi, zamonaviy muhandislik faoliyatiga tayyor, kreativ fikrlovchi yosh mutaxassislar shakllanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” PQ–5847-son qarori. 2. Azizxo‘jayev N.N. “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat”. – Toshkent: TDPU, 2003. 3. Shodmonov E. “Muhandislik grafikasi va chizma geometriya o‘qitish metodikasi”. – Toshkent: Oliy ta’lim nashriyoti, 2018. 4. Jalolov J.J. “Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar”. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2015. 5. Ivanov V., Petrov A. “Engineering Graphics and Design Education”. – Moscow: Mir, 2019.