Tarixning pedagogika sohasi rivojidagi o'rni va ahamiyati
Abstract
Ushbu maqolada tarix fanining pedagogika sohasi bilan uzviy bog‘liqligi, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil etilgan. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida tarixiy yondashuvning roli, tarix fanining ta’lim tizimi rivojiga ko‘rsatgan ta’siri, shuningdek, pedagogik fikr shakllanishida tarixiy shaxslar va davrlarning o‘rni yoritilgan. Maqolada tarixiy tajriba asosida zamonaviy ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilinadi.
Full text
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 69 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Tarixning pedagogika sohasi rivojidagi o‘rni va ahamiyati Abdullayeva Mahlioyoxon Aliyevna Qo’qon davlat universiteti tyutori Annotatsiya: Ushbu maqolada tarix fanining pedagogika sohasi bilan uzviy bog‘liqligi, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil etilgan. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida tarixiy yondashuvning roli, tarix fanining ta’lim tizimi rivojiga ko‘rsatgan ta’siri, shuningdek, pedagogik fikr shakllanishida tarixiy shaxslar va davrlarning o‘rni yoritilgan. Maqolada tarixiy tajriba asosida zamonaviy ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: tarix, pedagogika, ta’lim, tarixiy tajriba, tarbiya, ilmiy yondashuv, metodologiya Kirish Tarix va pedagogika fanlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, inson tafakkurining, madaniyatining va jamiyat taraqqiyotining shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Pedagogika insonni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan bo‘lsa, tarix insoniyat tajribasini o‘rganadi. Shu sababli pedagogik g‘oyalarni to‘liq anglash uchun tarixiy jarayonlarni tahlil qilish zarur. Tarixiy yondashuv nafaqat o‘tmish saboqlarini o‘rganish, balki kelajak ta’lim strategiyalarini belgilash imkonini ham beradi. Наг bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy yuksalishini ta'minlovchi ta'lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat kabi tushunchalar mavjud bo‘lib, ular pedagogika sohasidagi o‘zgarishlami jamiyat taraqiyoti bilan bog‘Iiq holda olrganishni talab etadi. Pedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib, to hozirgi kungacha bo‘lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqiyotini davrlar talabi asosida olrganib keldi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilaming hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqlir. Mamlakatimizda qabul qilingan «Ta’lim to‘g4risida»gi Qonun ta’lim-tarbiya va maorifni isloh qilish to‘g‘risidagi nazariy va amaliy talab hamda ko‘rsatmalar asosida, shuningdek, mustaqillik yillarida ijodkor mutaxassislarimiz va olimlarimiz tomonidan «Pedagogika tarixi» faniga doir bir qator darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va ma’ruza matnlari yaratildi. Tabiiyki, darsliklar, o‘quv qo'llanmalar va ma’ruza matnlarining
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 70 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us altemativ turlarining ko‘payishi faqat bir maqsadni - bo4lajak mutaxassis kadrlarga nafi tegishini nazarda tutadi. Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining to'rtinchi bo’limida ta’kidlangan, maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagogkadrlaming bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish. Maktablami rivojlantirish Milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta’limi tizimida qo'shimcha 1,2 million o'quvchi o‘mi yaratish. 2026-yilga qadar o;quv dasturlari va darsliklami ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqib, amalda joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Pedagogika fanining tarmoqlaridan biri pedagogika tarixidir. U har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy-maTrifiy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat tushunchalarini, pedagogika fanidagi olzgarishlami jamiyat taraqqiyoti bilan bog'liq holda atroflicha ocrganishni taqazo etadi. Pedagogika fanini 0‘zlashtirish - ma’naviy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lmish inson kamoloti haqidagi g‘oyalami. pedagogik nazariyalami, ta’lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini nihoyatda puxta bilishni talab etadi. Pedagogika tarixi fanini o‘rganish —kishilik jamiyati taraqqiyoti yo‘lidagi ta’lim-tarbiya bosqichlarining pedagogik va tarixiy asoslarni, tahlil qilish va ularga munosabat bildirish kabi malaka va ko‘nikmalami shakllantiradi. Pedagogika tarixining metodologik asosi hamda yosh avlodni tarbiyalash an’analaridagi o:qitish va kamol toptirish tizimlarini. ulaming qonun-qoidalarini, qomusiy mutafakkirlar, ma’rifatparvar shoirlar va pedagoglaming ta’lim-tarbiya, ma’riftaga doir g‘oyalarini, shuningdek, ulaming rivoj lanishini mukammal o‘rganadigan fandir. Forobiyning ta'lim-tarbiya yo’llari, usullari, vositalari haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U «Insonda go'zal fazilatlar ikki yo‘I - ta’lim va tarbiya yoii bilan hosil qilinadi. Ta’lim, faqat, so‘z va o4rgatish bilangina bo'ladi. Tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan, ya’ni shu xalq. shu miliatning amaliy malakalaridan iborat boMgan ishharakat, kasb-hunarga berilgan boMishi, o‘rganishidin>, deya ta'kidlaydi. Olim, o4z navbatida. ta’limda barcha fanlaming nazariy asoslari o‘rganilsa, tarbiyada ma'naviyaxloqiy qoidalar, odob me’yorlari o'rganiladi. kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Shuning uchun ushbu g‘oyalardan jamiyatning tarbiyaviyta'lim salohiyatini mustahkamlash-da, ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilashda foydalansa. maqsadga muvofiq bo’ladi.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 71 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Tadqiqot metodlari Tadqiqot davomida tarixiy-tahliliy, qiyosiy, tizimli va pedagogik yondashuv metodlaridan foydalanildi. Tarixiy manbalar, pedagogik asarlar, olimlarning ilmiy ishlari va amaliy tajribalari asosida tarix fanining pedagogika sohasiga ta’siri o‘rganildi. Metodologik asos sifatida tarixiy materiallarni tahlil qilish va ularni zamonaviy ta’lim amaliyoti bilan solishtirish tamoyillari qo‘llanildi. Pedagogika tarixi fanining maqsadi - qadimgi O‘rta Osiyo hududida, shuningdek, dunyoning boshqa mintaqalarida pedagogik fikrlar taraqqiyotini, sharq mutafakkirlari va ma’rifatparvar shoirlari hamda jadidlaming ta’lim-tarbiya nazariyasiga qo‘shgan hissalarini, mustaqillik davrida zamon va makon talabiga javob beruvchi milliy pedagogikani rivojlantirish hamda ta’lim-tarbiyaning nazariy asoslarini yaratish qonuniyatlarini olrganishdan iborat. Zero, boshqa ijtimoiy hodisalar singari ta’limtarbiyaning paydo boMishi va rivojlanishi ham ma’lum ob’yektiv qonuniyatlar asosidi sodir bo’lmadi. Pedagogika tarixi fani vazifalaridan biri ana shu ob’yektiv qonuniyatlami aniqlashdan iborat. M a’lumki, ijtimoiy fanlarning qonuniyatlari ham ob’yektiv xarakterga ega. Ular ma’lum joyda, mamlakatda ayrim kishilar tomonidan ochilishi, kashf etilishi mumkin. Lekin bu ob’yektiv qonuniyatlaming ta’sir doirasi juda keng bo‘ladi, ayrim millat, mamlakat, mintaqa doirasi bilan cheklanmaydi. Eng avvalo, milliy pedagogika tarixi fani rivojlanishiga yana bir ishonchli dalil shundaki, u avtoritarizmdan, ya’ni bir xillikdan, yuqoridan ko‘rsatma berilishidan qutulganligidir. Hozirgi kunda respublika oliy o‘quv yurtlari o‘ndan ziyod o‘quv rejasi asosida ish olib borayotganligi, gimnaziya, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari yo‘nalishidagi ta’lim muassasalarida, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishning keng joriy qilinishi: integratsion ta’limning yo‘lga qo‘yilganligi va h.k., pedagogika tarixi fani, nazariyasi va amaliyotida demokratik jarayonlarning amalga oshirilayotganligidan dalolat beradi. Huquqiy egalik nuqtayi nazaridan ham xilma-xil nodavlat o‘quv-tarbiya muassasalari tashkil etilib, ularda mutlaqo zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanilayotganligi milliy pedagogika tarixi sog‘lomlashganligi nishonasidir. Yangi pedagogik tafakkurning o‘ziga xos tomoni–uning to‘la-to‘kis milliy asoslarga tayana boshlaganidir. Natijalar O‘rganish natijalariga ko‘ra, tarix fanining pedagogika sohasidagi o‘rni quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: 1. Tarixiy tajriba asosida ta’lim tamoyillarini shakllantirish. 2. Pedagogik g‘oyalar evolyutsiyasini o‘rganish. 3. Tarixiy shaxslar faoliyatining ta’limga ta’sirini aniqlash.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 72 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 4. Tarixiy davrlardagi ta’lim tizimlarini tahlil qilib, ularni hozirgi sharoitga moslashtirish. Misol uchun, qadimgi Sharq allomalari — Al-Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Navoiylarning asarlarida insonparvarlik, axloqiy tarbiya va ilmiy tafakkurga urg‘u berilgan. Bu g‘oyalar bugungi pedagogik tamoyillar bilan uzviy bog‘liqdir. Pedagogika tarixi fanining ilmiy-nazariy, ijtimoiy-amaliy vazifalari quyidagilardan iborat: - ta’lim-tarbiya qonuniyatlarini umuminsoniy va milliy, ijtimoiy hodisa sifatida, shuningdek. jamiyatning o‘zgaruvchan ehtiyojlari bilan bog‘liq holda o‘rganish; - ta’lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni va shakllarini jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan bog‘liq holda yoritish; - o4mishda pedagogika ilmi va ta’lim-tarbiya sohasi orttirilgan ijobiy tajribalami umumlashtirish va amaliyotga tatbiq etish usullarini kocrsatib berish; - ijtimoiy-pedagogik fikrlar taraqqiyotining har bir bosqichida o4rta osiyo hududida va jahonning boshqa mintaqalarida pedagogik fikrlar rivojlanishini va ta’lim-tarbiya holatini tarixan haqqoniy tasvirlash; - pedagogik-tarixiy bilimlar - bo‘lajak pedagoglaming milliy, tarixiy, ma’naviypedagogik ongini shakllantirishga faol ta’sir etishini nazarda tutish va h.k. Muhokama Tarixiy jarayonlarni tahlil qilish pedagogika uchun ikki yo‘nalishda foydalidir: birinchidan, o‘tmishdagi ta’lim shakllarini o‘rganish orqali bugungi tizimdagi kamchiliklarni aniqlash mumkin; ikkinchidan, ilg‘or tarixiy tajribalarni amaliyotga tatbiq etish ta’lim samaradorligini oshiradi. Shuningdek, tarix fanining o‘rni o‘quvchilarda milliy g‘urur, vatanparvarlik, axloqiy qadriyatlar va tarixiy tafakkurni shakllantirishda beqiyos ahamiyatga ega. Zamonaviy pedagogik jarayonda tarixiy merosdan foydalanish nafaqat o‘quv mazmunini boyitadi, balki tarbiyaviy maqsadlarni ham amalga oshiradi. Xulosa Xulosa qilib aytganda, tarix fanining pedagogika sohasi rivojidagi o‘rni beqiyosdir. Tarixiy tajribani chuqur o‘rganish orqali pedagogik nazariya va amaliyotni takomillashtirish, ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish imkoniyati yaratiladi. Tarix va pedagogika uyg‘unligi yosh avlodni har tomonlama yetuk, tafakkuri keng va milliy qadriyatlarga sodiq shaxs sifatida shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 73 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Pedagogika tarixi fani yoshlarning ijtimoiy tafakkurida sodir bo‘lgan yangilanishlarni, ma’naviyatida ro‘y bergan o‘zgarishlarni ko‘pchilikning xulq-atvoriga aylantiradigan, ya’ni jamiyatning aksariyat faol a’zolari yoshlarda ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amal kabi va yuksak axloqiy sifatlarni shakllantirishga da’vat etadigan ijtimoiy faoliyatdir. Yoshlarimiz ijtimoiy tafakkuridagi yangilanishlar harakat faktoriga aylanib mustaqillik qo‘lga kiritildi, natijada mustaqil O‘zbekiston Respublikasi vujudga keldi. Mustaqil yurtda, sog‘lom aqlga muvofiq yangi ijtimoiy tuzumda yashaydigan barkamol avlodning ma’naviyatini shakllantirishday, ta’lim-tarbiyasini yuksak darajaga ko‘tarishday zalvarli yumush borki, u bilan pedagogika tarixi fani shug‘ullanadi. Shuning uchun ham pedagogika tarixi fani va amaliyotining bugunga kelib, maqsadi tamomila o‘zgardi. U mafkura iskanjasidan xalos bo‘lib, o‘ziga xos sof ilmiy qonuniyatlar asosida rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lganligi tufayli bilim berish, mutaxassis tayyorlashni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan pedagogika tarixidan, barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayonga aylanib borayotganligi ko‘rinib turibdi. Shuning uchun ham pedagogika tarixi fani va ijtimoiy-tarixiy asosga ega bo‘lishi, ta’lim va tarbiyaning pirovard natijasini sog‘lom pedagogik falsafa belgilab berishi zarurligini anglash vaqti yetdi. Pedagogik falsafa o‘zgarganligi milliy tarbiyashunosligimizning sog‘lom yo‘nalishlardan borishini ta’minlaydigan omillardan hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Hasanboyeva O., Xodjieva D. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. — Toshkent: TDPU nashriyoti, 2022. 2. To‘xtayev A. Tarixni o‘qitish metodikasi. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2021. 3. Ortiqova N. Didaktika va pedagogik texnologiyalar. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 4. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. — Toshkent: TDPU, 2019. 5. Shamsutdinov R. Tarix ta’limining nazariy asoslari. — Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020.