UMUMXALQ O'ZBEK TILI VA SHEVALARI VA UNING TARKIBIDAGI SHEVALAR.
Abstract
Adabiy tilning og'zaki va yozma shakllari mavjud. Og'zaki shakl so'z, tovush, gap, ohang, pauza (to'xtam) bilan ish ko'radi. Yozma shakli esa harf, yozuv, tinish belgilari bilan ish ko'radi. Adabiy tilning og'zaki va yozma shakllari o'z me'yorlariga ega. Adabiy tilning og'zaki shakli insonlar orasida bevosita, yozma adabiy til esa bilvosita aloqa vositasidir. Turk atamasining urug', elat, bahodir, qalpoq, bo'ri, kuchli, qud-ratli, qurolsizlar, dubulg'a ma'nolarida ishlatilgani adabiyotlarda qayd etilgan. Turk nomi o'tmishda turkiy tillarning umumiy nomini bildirishi bilan birga o'zbek xalqi va tiliga nisbatan ham qo'llangan
Full text
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 74 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us UMUMXALQ O'ZBEK TILI VA SHEVALARI VA UNING TARKIBIDAGI SHEVALAR. Abdurahmonova Mavluda Ibragimovna Termiz davlat universiteti ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Annotatsiya Adabiy tilning og'zaki va yozma shakllari mavjud. Og'zaki shakl so'z, tovush, gap, ohang, pauza (to'xtam) bilan ish ko'radi. Yozma shakli esa harf, yozuv, tinish belgilari bilan ish ko'radi. Adabiy tilning og'zaki va yozma shakllari o'z me'yorlariga ega. Adabiy tilning og'zaki shakli insonlar orasida bevosita, yozma adabiy til esa bilvosita aloqa vositasidir. Turk atamasining urug', elat, bahodir, qalpoq, bo'ri, kuchli, qud-ratli, qurolsizlar, dubulg'a ma'nolarida ishlatilgani adabiyotlarda qayd etilgan. Turk nomi o'tmishda turkiy tillarning umumiy nomini bildirishi bilan birga o'zbek xalqi va tiliga nisbatan ham qo'llangan Kalit so‘zlar: Sheva, lahja, qarluq, qipchoq, o‘g‘uz, umumxalq tili, adabiy til,og‘zaki, yozma, fonetik, leksik, Grammatik. Mutafakkirimiz Alisher Navoiy o'zbek tilining asoschisimi yoki o'zbek adabiy tilining? Bu savolga javob topish uchun umumxalq tili va adabiy tilning farqini ajrata olish kerak. Umumxalq tili ma'lum bir xalqning so'zlashuv tilidir. Uni xalq sekinlik bilan yaratib, boyitib boradi. Adabiy til esa umumxalq tilining yozuvchilar, shoirlar, ziyolilar tomonidan qayta ishlangan, me'yorga solingan, hamma uchun umumiy bo'lgan, umumxalq yoki umummillat tilining yuqori, sayqal-lashtirilgan shaklidir. Davlat muassasalarida, madaniyat sohalarida, mat-buotda, dars o'tishda adabiy tildan foydalaniladi. Umumxalq tilini xalq yaratadi. Adabiy tilni ziyolilar yaratadi. Lekin adabiy til xalq tili tarkibida bo'ladi. Umumxalq tilining adabiy til shakliga ko'tarilishi uchun quyidagi shartlar mavjud: 1. Adabiy til yozuv bilan ta'minlangan bo'lishi kerak; 2. Mutaxassislar tomonidan qayta ishlangan bo'lishi kerak; 3. Ma'lum qoidaqonunlarga bo'ysunishi kerak; Dunyodagi ko'pgina tillarning hozir ham adabiy til shakli yo'q. Adabiy tilning og'zaki va yozma shakllari mavjud. Og'zaki shakl so'z, tovush, gap, ohang, pauza (to'xtam) bilan ish ko'radi. Yozma shakli esa harf, yozuv, tinish belgilari bilan ish ko'radi. Adabiy tilning og'zaki va yozma shakllari o'z me'yorlariga ega.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 75 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Adabiy tilning og'zaki shakli insonlar orasida bevosita, yozma adabiy til esa bilvosita aloqa vositasidir. Chunki yozuvda qog'oz, ruchka, yorug'lik bo'lishi kerak. Og'zaki gaplashishda hech narsa shart emas. Demak, yuqoridagi savolimizga Alisher Navoiy o'zbek adabiy tilining asoschisi deb javob berishimiz kerak bo'ladi. Adabiy til lahjalar, shevalar negizida umumlashtirish, qat'iy me'yorlarni ishlab chiqish yo'li bilan hosil qilinadi va ulardan oziqlangan holda muttasil rivojlanib boradi. Shuning uchun adabiy til xalq shevalaridan uzilgan emas. Adabiy tilning shevalardan so'zlar olib boyib borishi ichki manba, boshqa tillardan so'z olib rivojlanishi tashqi manba hisoblanadi. Faqat muayyan hududga xos ayrim belgilarini o'zida namoyon qilgan til shakli shevalar hisoblanadi. Birbiriga yaqin bo'lgan shevalar yig'indisi esa lahja deb yuritiladi. Dialekt esa gohida sheva atamasi ma'nosida, gohida lahja atamasi ma'nosida keladi: toshkent dialekti (shevasi), qipchoq dialekti (lahjasi) kabi. Adabiy til shevalardan fonetik, leksik va grammatik jihatdan ozmi ko'pmi farq qiladi. Fonetik deganda tovush tomonidan: pabrika – fabrika, man – men, jila – yig'la kabi; leksik esa so'z tomonidan: kalapo'sh – do'ppi, go'sala – buzoq kabi; grammatik deganda so'z shakli yoki qo'shimchalardagi borayapti – borvotti – borutdi kabi farqlar tushunilishi kerak. Shevalarning faqat og'zaki shakli mavjud. Shevalarning o'ziga xos xusu-siyatlari adabiy tilning ta'siri bilan asta-sekin yo'qolib boradi. O'zbek tili tarkibida uchta lahja bor: 1. Qarluq lahjasi (janubiysharqiy guruh). 2. Qipchoq lahjasi (janubiyg'arbiy guruh). 3. O'g'iz lahjasi (shimoliyg'arbiy guruh). Qarluq lahjasi asosan shahar shevalarini o'z ichiga oladi (Toshkent, Andijon, Farg'ona, Samarqand, Buxoro). Bu shevalarning muhim fonetik va grammatik belgilari quyidagilar: 1) so'z oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: elak – elay, terak – teray kabi; 2) o lashish yuz beradi: aka – oka, Akram – Akrom kabi; 3) qaratqich va tushum kelishigi ni tarzida: ukamni daftari kabi. Qipchoq lahjasi shevalari O'zbekistonning hamma viloyatlarida mavjud, ular asosan qishloqlarda tarqalgan. Belgilari quyidagilar: 1) y o'rnida j ishlatiladi: yo'l – jo'l, yo'q – jo'q kabi; 2) g' o'rnida v ishlatiladi: tog' – tov, sog' – sov kabi;
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 76 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 3) k, q tushuriladi: eshi(k), sari(q) va boshqalar. O'g'iz lahjasi janubiy Xorazmdagi bir qancha shevalarni o'z ichiga oladi. Belgilari: 1) unlilar qisqa va cho'ziq aytiladi: at (hayvon), a:t (ism) kabi; 2) t tovushi d, k tovushi esa g tarzida aytiladi: tog' – dog', keldi – galdi kabi. Hozirgi o'zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Farg'ona-Toshkent shevalari, ya'ni Toshkent shevasi fonetik tomondan; Farg'ona shevasi morfologik tomondan asos qilib olingan. Lekin bu qipchoq va o'g'uz lahjasi xususiyatlari adabiy tilda yo'q degani emas. Yer yuzida yashayotgan xalqlar to'satdan yoki tasodifan paydo bo'lgan emas. Ular turli nomlar bilan hayot so'qmoqlarini bosib o'tishgan. O'zbek qavmlari ham o'z nomiga ega bo'lguncha turli etnik nomlar ostida yashagan. O'zbek qavmlari asrlar osha qadimgi turkiy davrlarda tarixan shakllangan bir guruh qabilalardan tashkil topgan. Garchand o'zbek nomi bo'lmasada, o'zbek xalqining birinchi qatlami IXXI asrlarda qoraxoniylar davrida qorluq, chigil, yog'mo qabilalari ittifoqi zaminida hosil bo'lgan. O'zbek tili mustaqil til sifatida XI asrdan boshlab shakllana boshlagan. O'zbek xalqi XX asrning boshlarigacha turk, sart, chig'atoy, o'zbek atamalari bilan nomla-nib kelgan. Turk atamasining urug', elat, bahodir, qalpoq, bo'ri, kuchli, qud-ratli, qurolsizlar, dubulg'a ma'nolarida ishlatilgani adabiyotlarda qayd etilgan. Turk nomi o'tmishda turkiy tillarning umumiy nomini bildirishi bilan birga o'zbek xalqi va tiliga nisbatan ham qo'llangan. Sart atamasi XVI asrdan boshlab, o'zbeklar bo'lgan shahar aholisiga nisbatan ishlatila boshlagan. Sart so'zi karvonboshi, savdogar, shaharlik ma'nolarida sanskrit tilida qo'llangan. Chig'atoy atamasi mo'g'ullar istilosidan keyin paydo bo'lgan. Chingiz-xonning o'rtancha farzandi bo'lgan Chig'atoy O'rta Osiyo va Afg'onistonni idora qilgan. Natijada chig'atoy yurti, chig'atoy ulusi, chig'atoy adabiyoti, chig'atoy tili degan atamalari qo'llana boshlagan. O'zbek so'zi esa urug', qabila, elat, saxiy, odamiy, diltortuvchi, sevgili ma'nolarda Lutfiy, Atoiy, Navoiy asarlarida uchraydi.