Full text
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 77 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Farzandlarimizni ko’r -ko’rona oligofrenik qilib yetishtirmayapmizmi? Namangan Davlat Universiteti Biotexnologiya fakulteti Biologiya kafedrasi stajor-o’qituvchisi Sadikova Olima Zoxid qizi. Anotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalarning, xususan, gadjetlar va ijtimoiy tarmoqlarning bolalar ruhiy hamda jismoniy rivojlanishiga salbiy ta’siri yoritilgan. Tadqiqot davomida “oligofreniya” tushunchasi, uning kelib chiqish sabablari, shakllari va belgilari tahlil qilinadi. Muallif bolalarda nutqning buzilishi, emotsional beqarorlik, fikrlashdagi sustlik, jismoniy rivojlanishning orqada qolishi kabi belgilarni texnologiyalardan ortiqcha foydalanish oqibatida yuzaga kelayotgan xavfli holatlar bilan solishtiradi. Shuningdek, maqolada “nomofobiya” telefondan ajralolmaslik sindromi va uning bolalar sog‘lig‘iga ta’siri haqida ilmiy hamda amaliy xulosalar keltiriladi. Asosiy maqsad ota-onalar va jamiyatni texnologiyalardan to‘g‘ri foydalanish madaniyatiga chaqirish hamda kelajak avlod sog‘lig‘ini asrash zarurligini ta’kidlashdir. Kalit so‘zlar: Oligofreniya, texnologiya, nomofobiya, bolalar rivojlanishi, ruhiy salomatlik, gadjetga qaramlik, emotsional buzilish, ota-onalar mas’uliyati. Kunimizda deyarli har 10 bolaning 7 tasi shiddat bilan rivojlanayotgan texnalogoyalar, ijtimoiy tarmoqlar quliga aylanib bormoqda. Buning salbiy oqibatlarini ko’rmayatgandirmiz hozircha… Ammo yaqin 50 yil ichida sog’lom tug’ulgan bolalar oligofrenik tug’ulgan bolalardan farq qilmay qolishlari ayni haqiqatga yaqindir. Keling Oligofreniya kasalligi nima? U qanday namoyon bo’ladi? Kabi savollarga javob izlab ko’ramiz. Oligofreniya - bu irsiy omillar yoki o‘tkazilgan kasalliklar tufayli kelib chiqqan ruhiy rivojlanishning tug‘ma yoki uch yoshgacha orttirilgan orqada qolishidir. Oligofreniya bir nechta asosiy shakllarga bo‘linadigan turli omillar tufayli kelib chiqishi mumkin: Irsiy oligofreniya Sabablari: Ota-onalardan birining generativ hujayralarida irsiy yo‘l bilan o‘tadigan nuqsonlar. Misollar: Daun kasalligi, ruhiy rivojlanishdan ortda qolish, suyaklar va terining jiddiy shikastlanishlarida mikrotsefaliya. Bachadon ichi omillari bilan bog‘liq bo‘lgan oligofreniya
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 78 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Sabablari: Homiladorlik paytida onadan o‘tgan virusli, parazitar va bakterial infeksiyalar. Misollar: Homilaning gemolitik kasalligi. Tug‘ruq travmalari va postnatal omillar tufayli ruhiy rivojlanishning kechikishi Sabablari: tug‘ruq paytida asfiksiya yoki gipoksiya, meningit, ensefalit, uch yoshgacha bosh miya jarohati. Tug‘ma kasalliklarning rivojlanishi tufayli yuzaga keladigan oligofreniya Sabablari: Endokrin patologiyalar yoki bosh miya nuqsonlari. Oligofreniya belgilari. Erta yoshdagi bolalarda oligofreniya belgilari: Ichki organlar tuzilishidagi og‘ishlar Tana, yuz va bosh tuzilishidagi buzilishlar Fenilketonuriyaning yaqqol belgilari Haddan tashqari oqish teri qoplamalari Talvasa Teri va siydikning nordon hidi Mushaklar zaifligi Juda yorqin moviy ko‘zlar Bolalarda quyidagilar ham kuzatilishi mumkin: Boshni ushlay olmaslik Turish va o‘tirishdagi qiyinchiliklar Oligofeniya kasalligining kelib chiqishi va belgilari haqida qisqacha tushuncha hosil qildik. Endi diqqatimizni quyidagi belgilarga qarataylik: Bolalar va kattalar uchun umumiy oligofreniya belgilari: 1.Nutqning buzilishi 2.Emotsional holatning buzilishi 3.O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsata olmaslik 4.Aqliy rivojlanishdan orqada qolish 5.Yuqori ta’sirchanlik 6.Abstrakt fikrlashning yetishmasligi 7.Odamlarning yuzlarini tanib olishdagi qiyinchiliklar 8.Jismoniy rivojlanishdan orqada qolish. Yuqoridagi belgilar bugungi kundagi kelajagimiz bo‘lgan farzandlarimizda ham uchrayotgani hech kim inkor eta olmaydi.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 79 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Ko’p telefon yoki kompyuter oynagan bolada nutqning kechikishi,o’z emotsional holatini tartiblay olmaslik yoki boshqara olmaslik, tashqi har qanday ta’sirga tez reaksiya bera olmaslik yoki juda yuqori ta’sirchanlik, aniq ya’ni abstract fikrning yo’qligi va albatta jismoniy rivojlanishni orqada qolishi, bo’yning o’smay qolishi, ko’z sohasida rivojlanishning buzilishi yoki yo’qolishi,nerv sistemasidagi qator o’zgarishlar farzandlarimizni oligofeniklardan farq qilmay qolishlariga sabab emasmi? Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda 5-16 yoshdagi bolalar kuniga 3 soatdan 8 soatgacha vaqtini telefon qarshisida o‘tkazadi. Buning natijasida ularda telefonga qaramlik, undan ayrilib qolishdan qo‘rquv hissi paydo bo‘ladi. XXI asr epidemiyasi deya ta’riflanuvchi bu kasallik “nomofobiya” deyiladi, – ta’kidlaydi mutaxassis. Nomofobiya bolalar orasida eng ko‘p tarqalgan psixologik kasalliklardan biriga aylanishga ulgurdi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, gadjetlarga bo‘lgan tobelik darajasi, ayniqsa, u kichik yoshdan shakllanib kelgan bo‘lsa, hatto, narkoqaramlikdan ham kuchliroq bo‘lishi mumkin ekan. Telefondan uzoq vaqt davomida betartib foydalanish insonning ham jismoniy, ham ruhiy salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Birinchidan, telefonlar inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlar chiqaradi. To‘lqinlardan nurlanishning zarari kichik yoshdagi bolalar uchun yanada kuchliroq bo‘lib, bu ularda keyinchalik immunitetning pasayishi, asab tizimida muammolar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Gadjetlardan uzoq vaqt davomida foydalanishdan aziyat chekadigan asosiy organlardan biri – bu ko‘zlar. Bolalar bir daqiqada o‘rtacha 18-20 marta mijja qoqadi. Bu ko‘zlarni namlantirib, ular zo‘riqishining oldini oladi. Aksariyat hollarda bolalar telefon ekraniga yaqin masofadan tikilib o‘yin o‘ynaydi, video ko‘radi. Bunda ular mijja qoqishni unutadi va natijada ko‘z zo‘riqishni boshlaydi. Bu esa ko‘z olmasining o‘sib ketishi, ko‘rish qobiliyatining pasayishi, uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik (miopiya), g‘ilaylik, ko‘zning surunkali yoshlanishi yoki qizarishi, ko‘z qurib qolish sindromi kabi muammolarga olib kelishi mumkin. Ota-onalar va bolalar buni darrov payqashmaydi. Ko‘pincha gadjetlardan uzoq vaqt davomida foydalanish oqibatida kelib chiqqan ko‘z kasalliklari bolalar maktabga chiqishi, ayrim hollarda esa hatto o‘smirlik davrida, masalan harbiy xizmatga jo‘nashdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonida aniqlanadi. Kasallikni oldini olsa yoki davolash orqali keltiradigan zararlarini bir oz kamaytirsa bo’ladi ammo e’tiborsizligimiz, befarqligimiz,loqaydligimiz oqibatida sog’lom farzandlarimizni hastalardan farq qilmay qolishlariga pul sarflab, sharoit yaratib bermayapmizmi?
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 80 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Bu tezis orqali nafaqat ota onalarni balki, butun insoniyatni ogohlikka chaqirmoqchiman. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdullayev H., Karimov F., & Ahmedov S. (2015). Genetika asoslari. Toshkent. 2. Musayev S. (2020). Tibbiyot genetikasi. Toshkent: O‘zMU nashriyoti. 3. Kunkel, T.A., & Bebenek, K. (2000). DNA replication fidelity and its implications for human disease. Nature Reviews Genetics, 1(1), 67-72. 4. Sanger, F., Nicklen, S., & Coulson, A.R. (1977). DNA sequencing with chainterminating inhibitors. Proceedings of the National Academy of Sciences, 74(12), 5463-5467. 5. Mardis, E.R. (2008). Next-generation DNA sequencing methods. Annual Review of Genomics and Human Genetics, 387-402.