Full text
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 89 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us INDIVIDUAL-MUALLIFLIK OKKAZIONAL FRAZEOLOGIZMLARNI YUZAGA KELISH OMILLARI Qilichboyeva Xurshida, Mustaqil izlanuvchi Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti, Chirchiq, O‘zbekiston, Annotatsiya: Mazkur maqola individual-mualliflik okkazional frazeologizmlarni yuzaga kelish omillari tahliliga bag‘ishlangan. Frazeologizmlar lingvopragmatikasni o‘rganish alohida ahamiyatga ega. Frazeologizmlar sotsiolingvistika, psixolingvistika, etnolingvistika, lingvokulturologiya kabi bir qator zamonaviy soha mutaxassislarining tadqiqotlarida asosiy mavzulardan biri. Muloqot jarayonida obrazli-ekspressiv frazeologizmlarning namoyon bo‘lishi, so‘zlovchining adresat bilan emotsional munosabati kabi masalalarni o‘rganish uchun ham muhim va dolzarb hisoblanadi. O‘zbek badiiy matnida baho ifodalovchi frazeologik birliklarning turli sharoitlarda, muayyan tamoyillar asosida, har xil vaziyatlarda turli maqsadlar bilan semantik, pragmatik xususiyatlari o‘rganilgan. Kalit so'zlar: lingvopragmatika, okkazional, kontaminatsiya, frazeologizm, nutq vaziyati, komparativ frazeologizm, denotativ ma’no, konnotativ ma’no. Okkazional frazeologizmlar (OF) – tilning odatiy frazeologik tizimi doirasidan chiqib, muallif tomonidan muayyan maqsadda, kommunikativ vaziyatga mos holda yaratilgan yangi, badiiy ifoda vositalaridir. Ularning shakllanishi tasodifiy emas, chunki, asosiy harakatlantiruvchi kuch muallifning ijodiy niyatidir. Har qanday nutq subyektning (muallifning) maqsadidan boshlanadi. Nutqni tashkil etar ekan, muallif, bir tomondan, o‘z fikrlarini aniq va to‘liq ifoda etishni, ikkinchi tomondan esa, eshitilishni va to‘g‘ri tushunilishni ko‘zlaydi. Bunday kommunikativ maqsadlarni amalga oshirishda muhim omillardan biri – bu fikr bayoni uchun so‘zlar va frazeologik birliklarni tanlashdir. Muallif muloqot jarayonida (nutqda, diskurs yoki matnda) muayyan frazeologik birikmani tanlar ekan, u avvalo nutq vaziyatini hisobga oladi hamda tanlangan frazeologik birlikning mazkur vaziyatda o‘z fikrini ifodalash uchun mos va adekvat bo‘la olish imkoniyatini baholaydi. Frazeologik belgining o‘ziga xos jihati shundaki, u ko‘proq biror narsa yoki hodisani nomlamaydi, balki uning xossalari, sifatlari, belgilarini tavsiflaydi. So‘zlovchining ichki kechinmalarini ifodalovchi va tinglovchining hissiyotlariga ta’sir qiluvchi mazmun ham aynan shu holat bilan belgilanishi mumkin.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 90 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Frazeologik birliklar orqali muallif o‘zining dunyoga munosabatini bildiradi. Frazeologik birliklar murakkab belgilar sifatida obrazli vaziyatlarga (freym, ssenariy) asoslanadi va shu obrazlar orqali metaforik ko‘chirish orqali muallif frazeologik obrazli-virtual vaziyat bilan real nutqiy vaziyatni qiyoslaydi. Agar til frazeologizmining semantikasi, baholovchanligi, ekspressivligi, stilistik bo‘yoqlari va obrazli yuki muayyan nutqiy vaziyatda muallif intensiyalariga mos kelsa, u holda bu frazeologizm nutqda ishlatiladi va o‘z vazifasini to‘liq bajaradi. Muayyan frazeologik birikmani nutqda ishlatish uchun tanlash jarayonida asosiy boshlang‘ich nuqta bu – muallifning kommunikativ niyatlari (intensiyalari) hisoblanadi. Bunda muallif frazeologik belgining murakkabligi va uning bir vaqtning o‘zida bir nechta: belgi yoki predmetni nomlash, tinglovchiga emotsional ta’sir o‘tkazish, mazkur narsa yoki shaxsga baho berish, frazeologik obraz orqali taassurot uyg‘otish kabi vazifalarni bajara olish imkoniyatini inobatga oladi. Aynan shu funksional ko‘p o‘lchamli (multifunksional) xususiyati tufayli frazeologizmlar muallif intensiyalarini kompleks xususiyatlar asosida amalga oshira oladi. Lisoniy frazeologizmlar (LF) va okkazional frazeologizmlarni (OF) ishlatishda muallif niyatlarida o‘xshashliklar ham, farqlar ham mavjud. Ularning o‘xshash tomoni shundaki, har ikki turdagi frazeologizm ifoda vositasi sifatida kuchli semantik va stilistik imkoniyatlarga ega bo‘lib, muallif g‘oyalarini yetkazishda samarali xizmat qiladi. Ammo ularning farqli jihati shundaki, okkazional variantlar yoki yangi okkazional frazeologizmlar faqat shunday holatlarda yuzaga keladiki, unda mavjud til frazeologizmi muallif intensiyalariga to‘liq javob bera olmaydi, ya’ni muallifni semantika, baholovchanlik, emotsionallik yoki stilistik jihatdan qoniqtirmaydi. Biroq u boshqa leksik vositalarga nisbatan baribir afzal sanaladi. Shunday holatda muallif mavjud frazeologik birikmani ijodiy o‘zgartirish (transformatsiya qilish) yo‘li bilan qayta ishlaydi. Bu transformatsiya quyidagi maqsadlarni ko‘zlashi mumkin: frazeologik birikma ma’nosini o‘zgartirish; uning ma’nosini ochib berish yoki aniqroq ifodalash; emotsional-ekspressiv ta’sirni kuchaytirish; baholovchanlik yoki stilistik bo‘yoqni o‘zgartirish; obrazni qisman yoki to‘liq yangilash. Frazeologizmlar ko‘p vazifali bo‘lganligi sababli (masalan, emotsional, baholovchi, obrazli va madaniy vazifalar), ular: ma’no jihatdan boy, tasviriy qudratga ega, stilistik jihatdan kuchli vosita sifatida muallifga kerakli ta’sirni yaratish imkonini beradi. Demak, aytish mumkinki, frazeologizm – bu shunchaki ibora emas, balki muallif fikrini chuqur, obrazli va emotsional yetkazish uchun qulay vosita. Bundan tashqari, muallifning nutqni ixchamlashtirish, til o‘yini orqali stilistik effektga erishish, matnni poetiklashtirish kabi ijodiy maqsadlari ham frazeologik transformatsiya qilish uchun
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 91 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us sabab bo‘lishi mumkin. Endi FBlarni struktur-semantik o’zgartirish usullariga e’tiborimizni qaratamiz: 1.FB komponentini almashtirish usuli. Bu frazeologik birlik (FB) tarkibidagi biror leksik komponentni boshqa unga sinonim so‘z bilan almashtirish orqali uning ma’nosini, uslubiy ma’no nozikliklarini, ifoda effektini o‘zgartirish usulidir. Bu haqda B.Yo’ldoshev: “Frazema gap tarkibida boshqa so‘zlar bilan munosabatga kirishar ekan, ba’zan aniqlik kiritishni, konkret shart-sharoitga moslashishni talab qiladi. Ana shunday holatlarda ibora komponentlaridan biri boshqa so‘z bilan almashtiriladi. Bunday almashtirish agar uslubiy jihatdan asoslangan bo‘lsa, uning ta’sirchanligi yanada oshadi”[1], degan fikr aytadi. Anglashiladiki, bu usul nima uchun qo‘llaniladi? degan savolga muallifning maqsadi frazeologizmga yangi pragmatik ma’no yuklash, so’z o‘yini yaratish, ironiya yoki yumor vositasi sifatida, individual mualliflik uslubini ifodalash, kontekstga moslashtirish yoki aktuallashtirish kabi vazifalar bo’lishi mumkin. 2. FB komponent tarkibini kengaytirish usuli. Ibora tarkibiga oddiy qo‘llanishdagi so‘zni qo’shish bilan ijodiy-individual kengaytiriladi. Bunda tarkibiga semantik va grammatik jihatdan bog‘liq bo‘lgan yangi daetallarni kiritish orqali amalga oshiriladi. Natijada iboraning an’anaviy komponent tarkibi kengayadi, farazema semantikasida siljish yuz beradi, stilistik ekspressiv-emotsional jilosi kuchayadi. Bu usuldan, ayniqsa, o’ziga xos okkazional FBlarni yaratishda faol foydalaniladi: 3. Zevgma usuli – bu гыгд so’zni bir komminikativ vaziyatda ikki ma’noda qo’llash asosida mualliflik stilistik kombinatsiyadir. Uning asosida sintaktik vositalar tejamkorligi yotadi, ya’ni tayanch so’z asosida shakllangan ikki so’z birikmasi shaklan uyushiq, mantiqan turlicha komponentli yaxlit sintaktik strukturaga birlashadi. Bu hodisa mumtoz adabiyotda iyhom san’ati, deb ham yuritiladi [2]. Shu asosda frazemadan foydalanishning bu usulni individual-mualliflik, ya’ni kreativ frazeologik iyhom usuli, deb aytish mumkin. 4. Erkin qo’llanishdagi so’zni frazemaning qismi bilan biriktirish usuli. Bu usul dialogik matnlarda, ikki replika, ya’ni adresant va adresat o’rtasida yuzaga keladi. Bunda adresant qo’llagan frazeologizm tarkibidagi so’zni adreasat o’zicha tushunadi. Sh.Boshbekovning “Temir xotin” komediyasidan olingan parchada shu holat yuzaga kelgan: Qumri (achinib). Yecholmayman dadasi, mendan xafa bo‘lmang... Qishloqning oqsoqollari tushlik paytida kelamiz, bo‘lmasa dumini ushlatmaydi, deb ketishdi. Ko‘chqor. Nima, mening dumimni ushlashdan boshqa ishi yo‘q ekanmi? Kap-katta odamlar-a» (Sh. Boshbekov. Temir xotin).
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 92 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Yuqoridagi matnda Qumri qishloq oqsoqollarining fikrini Qo’chqorga yetkazib, “dumini ushlatmaslik” iborasini qo’llaydi, Qo’chqor esa o‘z replikasida bu iboradagi “dum” ni o‘zicha tushunadi. Endi quyidagi misolga e’tibor qarataylik: O‘zing qaysi qishloqdan bo‘lasan? – Uchqo‘rg‘ondan, - dedim ensam qotib. - Shunaqa degin, bolam, men uchramaganimda onangni Uchqo‘rg‘ondan ko‘rar ekansan (G’.G’ulom. Shum bola). Bu misoldagi birinchi gapda Uchqo‘rg‘ondan so’zi o’z ma’nosida, ya’ni joy nomini bildirgan, ikkinchi suhbatdosh esa ibora (uchqo‘rg‘onda ko‘rar ekansan) sifatida qo’llagan. Frazemalar tarkibini qisqartirish usuli. Bu usul fikrni tezroq yetkazish maqsadida nutqda avvaldan maʼlum bo‘lib kelgan frazeologizm komponentlarini qisqartirish hisobiga sodir bo‘ladi. Masalan, “dami ichiga tushdi - dami ichida”, “gapi gapiga qovushmadi - gapi qovushmadi”, “joni ko‘ziga ko‘rinmadi - joni ko‘rinmadi” singari iboralarning qisqargan variantlari nutqiy qisqaruv natijasidir. Xulosa qilib aytganda, frazeologik birliklarning okkazional (ya’ni, muayyan vaziyatga xos) o‘zgartirilish usullari ma’lum oppozitsiyalarni (qarama-qarshi juftliklarni) hosil qiladi, bu esa ularning tizimliligini namoyon etadi. Frazeologik birliklarning okkazional o‘zgartirilish usullari til hodisasi hisoblanadi va ular til egalari tomonidan frazeologizmlarning mazmuni va shaklini o‘zgartirish vositasi sifatida, tilning uzoq vaqt davomida mavjud bo‘lishi va rivojlanishi jarayonida qo‘llaniladi. Badiiy matnlarda okkazional birliklardan foydalanish yozuvchining mahoratiga bog‘liq. Bular yuzasidan kengroq kuzatishlar olib borish mazkur hodisa mohiyatini ochishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Йўлдошев Б. Фразеологик услубият асослари.- Самарқанд. 1999, -Б. 168. 2. Умаров Э.А. Приём ийхом в произведениях Алишера Навои. -Тошкент, 1971. -С. 76-81