BOLALAR ADABIYOTIDAGI SINONIM SO'ZLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR
Abstract
Mazkur maqolada bolalar adabiyotidagi sinonim so‘zlar haqida ayrim mulohazalar keltirilib o‘tilgan. Shu bilan birga, sinonimlarning bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlarda tilni ravon, ifodali va ohangdor qilishdagi vazifasi yoritiladi. Shuningdek, ularning bolalar lug‘atini boyitish, obrazlarni jonlantirish, matnni qiziqarli va ta’sirchan qilishdagi roli tahlil qilinadi. Shu bilan bir qatorda bolalar nutqini shakllantirishda sinonimlarning didaktik imkoniyatlari ham yoritilgan.
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 144 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17430318 BOLALAR ADABIYOTIDAGI SINONIM SO‘ZLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR Jumanazarova Bonu Mansurbek qizi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Maktabgacha va Boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi M.A.Hamrayev Ilmiy rahbar: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Maktabgacha va Boshlang‘ich ta’lim fakulteti professori, filologiya fanlari nomzodi Annotatsiya. Mazkur maqolada bolalar adabiyotidagi sinonim so‘zlar haqida ayrim mulohazalar keltirilib o‘tilgan. Shu bilan birga, sinonimlarning bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlarda tilni ravon, ifodali va ohangdor qilishdagi vazifasi yoritiladi. Shuningdek, ularning bolalar lug‘atini boyitish, obrazlarni jonlantirish, matnni qiziqarli va ta’sirchan qilishdagi roli tahlil qilinadi. Shu bilan bir qatorda bolalar nutqini shakllantirishda sinonimlarning didaktik imkoniyatlari ham yoritilgan. Kalit so‘zlar: bolalar adabiyoti, sinonimlar, lug’at boyligi, sinonimik qator, obrazlilik, badiiy nutq, so‘z boyligi, ifodalilik. Аннотация. В данной статье приведены некоторые рассуждения о синонимах в детской литературе. Наряду с этим раскрывается роль синонимов в созданных для детей художественных произведениях в обеспечении плавности, выразительности и мелодичности речи. Также анализируется их значение в обогащении словарного запаса детей, оживлении образов, придании
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 145 тексту занимательности и выразительности. Кроме того, освещаются дидактические возможности синонимов в формировании детской речи. Ключевые слова: детская литература, синонимы, словарный запас, синонимический ряд, образность, художественная речь, богатство речи, выразительность. Annotation. This article presents some reflections on synonyms in children's literature. It also highlights the role of synonyms in making the language of literary works for children fluent, expressive, and melodious. In addition, their importance in enriching children’s vocabulary, enlivening images, and making the text engaging and impactful is analyzed. Furthermore, the didactic potential of synonyms in shaping children’s speech is also discussed. Keywords: children’s literature, synonyms, vocabulary, synonymic series, imagery, literary speech, richness of language, expressiveness. Bolalar adabiyoti – yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirish, estetik didini tarbiyalash va nutq madaniyatini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Badiiy asarlarning ta’sirchanligi, obrazliligi hamda bolalar qalbiga yaqin bo‘lishi, avvalo, unda qo‘llanilgan til vositalariga bog‘liq. Shu jihatdan qaraganda, sinonim so‘zlar bolalar adabiyotida alohida ahamiyat kasb etadi. Sinonimlar matnni bir xillikdan qutqaradi, uni yanada jozibador, ifodali va ohangdor qiladi. Pedagogik nuqtayi nazardan esa, sinonim so‘zlar o‘quvchilarning lug‘at boyligini kengaytiradi, so‘zlarni turlicha qo‘llash ko‘nikmasini shakllantiradi hamda ularda badiiy nutqni his qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Tilshunos O‘.Usmonovning fikricha, sinonim so‘zlar badiiy nutqning ta’sirchanligini oshiradi, matnni bir xillikdan xalos etadi hamda estetik go‘zallik yaratadi. Sinonimlar – shakli har xil bo‘lsa ham, ma’nolari bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar. Masalan, “hurmat – ehtirom – izzat”, yoki “go‘zal – chiroyli – latofatli” kabi. Ushbu sinonimik qatorlar orqali yozuvchi bolaga so‘zlarning ohangini, ta’sirini va ma’no
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 146 nozikliklarini his qilishni o‘rgatadi. Bunday boylik esa bolaning lug‘at zahirasini yanada kengaytiradi. Sinonim so‘zlar bolalar adabiyotida alohida o‘rin egallaydi. 1. Sinonimlarning tarbiyaviy ahamiyati - bolalar kitob o‘qish jarayonida sinonimlarni uchratib, ularning ma’nodosh bo‘lishini tushunadi. Bu esa so‘z boyligini kengaytiradi, bir so‘zning turli vaziyatda qanday ohangda qo‘llanishini anglash imkonini beradi, nutq madaniyatini shakllantiradi. Masalan, “botir – jasur – qo‘rqmas” so‘zlari bolaning ongida jasorat tushunchasini yanada kengroq tasavvur qilishiga xizmat qiladi. 2. Badiiylikni oshirishdagi roli - adabiyotning vazifasi faqatgina voqeani yetkazish emas, balki kitobxon qalbida ta’sir uyg‘otishdir. Sinonim so‘zlar: takroriylikni bartaraf etadi, matnga ritm va ohangdorlik beradi, obrazli tasvir yaratadi. Masalan, “quvonch – xursandchilik – shodlik” so‘zlarining turlicha qo‘llanishi asarda hissiy bo‘yoqni kuchaytiradi. 3. Didaktik ahamiyati - bolalar sinonimlarni o‘rganish orqali tilning nozik jihatlarini o‘zlashtiradi. Ular bir-biriga yaqin ma’noli so‘zlarning ohang, uslub va qo‘llanishdagi farqini seza boshlaydilar. Bu esa: yozma va og‘zaki nutqda to‘g‘ri so‘z tanlash ko‘nikmasini rivojlantiradi, adabiy til me’yorlarini o‘zlashtirishga yordam beradi. 4. Estetik didni shakllantirish - sinonimlar orqali matn yanada chiroyli, ta’sirchan bo‘ladi. Natijada bolalar nafaqat voqeani, balki uning badiiy shaklini ham qadrlashni o‘rganadilar. Bu ularning estetik didini, adabiyotga mehrini oshiradi. Bolalar adabiyotida sinonimlardan foydalanishni o‘rgatishning turlicha usullari ham mavjud. Ularni quyidagicha guruhlash mumkin: 1. Leksik usul - yaqin ma’noli so‘zlarni almashtirib qo‘llash orqali matnga xilma-xillik kiritish. Masalan: “bola quvondi” o‘rniga “bola xursand bo‘ldi, sevinib ketdi, shodlandi” kabi sinonimlardan foydalanish. 2. Badiiy-uslubiy usul - asarda sinonimlar orqali obrazlilik va ta’sirchanlik yaratish. Masalan, “go‘zal – latofatli – dilrabo” kabi sinonimlar qahramon tasvirini yanada jonli qiladi.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 147 3. Taqqoslash va o‘xshatish usuli - sinonimlar yordamida bir narsani turli so‘zlar bilan ifodalash orqali bolani taqqoslashga, o‘xshatishga o‘rgatish. Masalan: “tez – chaqqon – epchil”. Shu bilan bir qatorda pedagoglarning ta’kidlashicha, sinonimlar orqali bola bir tushunchaning turlicha ifodalanishini anglab, tilning boyligini sezadi. Bu ularning tafakkurini rivojlantiradi va adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Bunga misol qilib Mahmud To‘ychiyevning “Baliq ovida” she’ridagi ushbu to‘rtlikni olsak bo‘ladi: …O‘ljamizni ko‘rsatib, Maqtab qo‘ydik toza. Ovga bormaganiga Afsus qildirdik rosa ( 3-sinf “O‘qish savodxonligi kitobi”, 54-bet) Mazkur she’rda toza va rosa so‘zlari o‘zaro sinonim qilib, juda ma’nosida qo‘llanilgan. Quyida keltirilgan maqolda hurmat va izzat kabi sinonimlar foydalanilgan bo‘lib, ikkala so‘z ham ulug’lash, qadrlash, mehribonlik ma’nolari orqali ifodalanib, nutqni rang-barang qilishda, ma’noni aniqlashtirishda hamda bolalarning so‘z boyligini oshirishda katta hizmat ko‘rsatadi. Kattaga hurmatda bo‘l, Kichikka izzatda. ( 3-sinf “O‘qish savodxonligi kitobi”, 60-bet) “…Daraxt tanasidagi g’ovaklarda esa ancha yillardan buyon zag’izg’onlar oilasi yashar ekan. Ularning inoq, totuv yashayotganlariga havas qilgan ko‘rsichqon ham oila azolari bilan chinor ildizlari ostida uya qaziy boshlabdi…” ( “Ig’vogar suvsar” 14bet). Ushbu parchada qo‘llanilgan inoq hamda totuv so‘zlari xulq-atvori bir-biriga ma’qul va o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish ma’nosida ishlatilgan. Xulosa qilib shuni aytish joizki, bolalar adabiyotida sinonim so‘zlarning qo‘llanilishi til boyligini kengaytirish, badiiy nutqni ifodali qilish va estetik didni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sinonimlar matnda takroriylikni bartaraf etib, nutqqa obrazlilik va ta’sirchanlik bag‘ishlaydi. Shu bilan birga, ular yosh kitobxonlarda so‘z boyligi, nutq madaniyati hamda adabiy til me’yorlarini o‘zlashtirish
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 148 ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Demak, bolalar adabiyotida sinonim so‘zlardan foydalanish estetik, tarbiyaviy va ma’rifiy vazifalarni amalga oshirishda samarali vosita hisoblanadi. Mustaqil bajarish uchun mashqlar: 1.Jadvaldagi so‘zlarning ma’nodoshlari bilan to‘ldiring Inoq Sezgir Fahm O‘char 2. Quyidagi gaplardan sinonimlarni ajratib olib, ularning sinonimik qatorini kengaytiring. Ustoz bolalarni hurmat, izzat bilan qarshi oldi. Bahor bog‘lari go‘zal, chiroyli gullar bilan bezandi. Daryo suvi toza, musaffo holda oqib turardi. Askarlar jangda jasur, mard bo‘lishdi. Bolalar ertakni diqqat, e’tibor bilan tinglashdi. 3. Quyidagi sinonim so‘zlardan foydalanib matn tuzishga harakat qiling. Chopqir, chopag’on, chiroyli, go‘zal, ulkan, katta, behad, ko‘p, yugurmoq, chopmoq, otmoq, uloqtirmoq, baxtli, saodatli, kulmoq, jilmaymoq, xohlamoq, istamoq, chidamoq, toqat qilmoq, charchoq, horg’in. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. M.Hamrayev va boshqalar, Ona tili(oliy o‘quv yurtlari uchun darslik). Toshkent2017 2. S.Matyakubova, Ona tili fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. 3. M.Hamrayev va boshqalar, Ona tili va bolalar adabiyoti(1-qism, Ona tili), Toshkent-2023. 4. M.E.Toirova, O‘qish savodxonligi (umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 3-sinf o‘quvchilari uchun darslik). Toshkent - 2023 5. Internet resurslari: library.dtpi.uz, inlibrary.uz, wikipedia.uz, wordlyknowledge.uz