scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Ma'naviy immunitet: axloqiy inqiroz davrida insonni saqlab qoluvchi kuch

Sarvinoz Turdialiyeva

Abstract

Zamon tobora tezlashib, hayotning barcha sohalarida yangilanish jarayonlari chuqurlashib borayotgan bugungi kunda insonning ruhiy barqarorligi va ma’naviy sobitligini saqlab qolish masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Axloqiy mezonlar nisbiylashayotgan, qadriyatlar o‘zgaruvchan tus olayotgan bir paytda “ma’naviy immunitet” tushunchasi insonni ichki tanazzuldan himoya qiluvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada ma’naviy immunitetning mohiyati, uning shaxs ruhiyati va axloqiy xulq-atvor shakllanishidagi o‘rni tahlil etiladi. Muallif axloqiy inqiroz sharoitida insonning mustaqil fikrlashi, vijdon bilan qaror qabul qilishi va ichki qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini ma’naviy sog‘lom jamiyatning asosiy omili sifatida ko‘rsatadi. Maqolada ma’naviy immunitetni kuchaytirishning uchta yo‘nalishi – ongni poklash, ruhiy barqarorlikni mustahkamlash va qadriyatlar tizimini yangilash zarurligi asoslab beriladi. Maqola o‘quvchini zamonaviy hayot bosimlari orasida o‘zligini yo‘qotmaslik, ruhiy mustahkamlik va insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi.

Full text

CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 98 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Ma’naviy immunitet: axloqiy inqiroz davrida insonni saqlab qoluvchi kuch Sarvinoz Turdialiyeva Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy gumanitar va amaliy fanlar fakulteti Milliy g‘oya va huquq ta’limi yo’nalishi 2 -bosqich talabasi [email protected] Annotatsiya: Zamon tobora tezlashib, hayotning barcha sohalarida yangilanish jarayonlari chuqurlashib borayotgan bugungi kunda insonning ruhiy barqarorligi va ma’naviy sobitligini saqlab qolish masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Axloqiy mezonlar nisbiylashayotgan, qadriyatlar o‘zgaruvchan tus olayotgan bir paytda “ma’naviy immunitet” tushunchasi insonni ichki tanazzuldan himoya qiluvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada ma’naviy immunitetning mohiyati, uning shaxs ruhiyati va axloqiy xulq-atvor shakllanishidagi o‘rni tahlil etiladi. Muallif axloqiy inqiroz sharoitida insonning mustaqil fikrlashi, vijdon bilan qaror qabul qilishi va ichki qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini ma’naviy sog‘lom jamiyatning asosiy omili sifatida ko‘rsatadi. Maqolada ma’naviy immunitetni kuchaytirishning uchta yo‘nalishi – ongni poklash, ruhiy barqarorlikni mustahkamlash va qadriyatlar tizimini yangilash zarurligi asoslab beriladi. Maqola o‘quvchini zamonaviy hayot bosimlari orasida o‘zligini yo‘qotmaslik, ruhiy mustahkamlik va insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi. Kalit so’zlar: ma’naviy immunitet, axloqiy inqiroz, ruhiy barqarorlik, shaxs kamoloti, vijdon, ichki qarshilik, qadriyatlar tizimi, ma’naviy sobitlik, ong pokligi, insoniy fazilatlar, ma’naviy tarbiya, ma’naviy yangilanish. Аннотация: В современном мире, где процессы обновления охватывают все сферы жизни, особое значение приобретает сохранение духовной устойчивости и моральной целостности личности. В условиях, когда нравственные ориентиры становятся относительными, а ценности теряют устойчивость, понятие «духовный иммунитет» проявляется как сила, защищающая человека от внутреннего кризиса. В статье анализируется сущность духовного иммунитета, его роль в формировании психического состояния и нравственного поведения личности. Автор отмечает, что в период морального кризиса способность человека самостоятельно мыслить, принимать решения, основанные на совести, и противостоять внутренним соблазнам является важнейшим фактором духовно здорового общества. В ходе исследования обосновывается необходимость укрепления духовного иммунитета по трём CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 99 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us направлениям: очищение сознания, развитие внутренней устойчивости и обновление системы ценностей. Статья призывает читателя не терять свою индивидуальность под давлением современной жизни, сохранять духовную стойкость и человеческие добродетели. Ключевые слова: духовный иммунитет, нравственный кризис, психическая устойчивость, развитие личности, совесть, внутреннее сопротивление, система ценностей, духовная стойкость, чистота сознания, человеческие добродетели, духовное воспитание, духовное обновление. Annotation: In today’s rapidly changing world, where the processes of transformation deeply affect all spheres of life, the preservation of human spiritual stability and moral integrity has become an issue of special importance. As moral standards become relative and traditional values lose their firmness, the concept of “spiritual immunity” emerges as a force that protects a person from internal decline. This article analyzes the essence of spiritual immunity and its role in shaping an individual’s psychological state and moral behavior. The author emphasizes that in times of moral crisis, a person’s ability to think independently, act according to conscience, and resist internal weakness is a key factor in building a spiritually healthy society. The study substantiates the need to strengthen spiritual immunity in three main directions: purification of consciousness, reinforcement of inner stability, and renewal of the value system. The article encourages readers to preserve their identity amidst the pressures of modern life, maintain spiritual resilience, and cherish human virtues. Keywords: spiritual immunity, moral crisis, inner stability, personal development, conscience, internal resistance, system of values, spiritual steadfastness, purity of mind, human virtues, spiritual education, spiritual renewal. Bugungi kunda insonning ma’naviy dunyosi va ruhiy barqarorligini mustahkamlash masalasi jamiyat taraqqiyotining muhim mezonlaridan biri sifatida qaralmoqda. Chunki insoniyat taraqqiyot jarayonida texnologik, madaniy va ijtimoiy o‘zgarishlar shiddat bilan kechayotgan bir davrda yashamoqda. Bunday vaziyatda insonning axloqiy pozitsiyasi, ruhiy barqarorligi va ma’naviy sobitligi tobora sinovga olinmoqda. Aynan shunday sharoitda “ma’naviy immunitet” tushunchasi dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etmoqda. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 100 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Ma’naviy immunitet – bu insonni ichki inqiroz, befarqlik, ma’naviy bo‘shliqdan himoya qiluvchi ruhiy kuchdir. U insonning e’tiqodi, vijdoni, iymoni, axloqiy qadriyatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, shaxsning to‘laqonli kamolotini ta’minlaydi. Mazkur tushuncha zamonaviy falsafa, pedagogika, sotsiologiya va psixologiya fanlarining kesishgan nuqtasida tadqiq etilmoqda. Shu bois, ma’naviy immunitetni shakllantirish masalasini o‘rganish nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham muhim hisoblanadi. Bugungi globallashuv sharoitida inson tafakkuri, qadriyatlar tizimi va axloqiy qarashlari keskin o‘zgarishlarga duch kelmoqda. Shuning uchun ma’naviy immunitetni mustahkamlash, uni yoshlar ongida shakllantirish, ma’naviy qadriyatlarga asoslangan hayot falsafasini rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri sifatida qaraladi. Ushbu tadqiqotning istiqboli shundaki, u insonning ichki dunyosini mustahkamlash orqali jamiyatning ma’naviy barkamolligiga xizmat qiladi. Insonning ma’naviy immuniteti — bu uning ichki dunyosini, axloqiy qadriyatlarini va ruhiy barqarorligini turli tashqi ta’sirlar hamda ma’naviy inqirozlardan himoya qiluvchi ichki kuchdir. U shaxsning e’tiqodi, vijdoni, dunyoqarashi va hayot falsafasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, insonning mustaqil fikrlashi va to‘g‘ri yo‘lni tanlash qobiliyatini ta’minlaydi. Ma’naviy immunitet shaxsni befarqlik, loqaydlik, yovuzlik, ma’naviy zaiflik singari illatlardan asraydi, uni ijtimoiy hayotda faol va mas’uliyatli pozitsiyada bo‘lishga undaydi. 1 Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida inson ma’naviy olami jamiyatning taraqqiyotida hal qiluvchi rol o‘ynashini ta’kidlab, ma’naviy immunitetni har bir fuqaroning mustahkam e’tiqodi va axloqiy tayanchi sifatida ko‘rsatadi. Uning fikricha, inson o‘z ma’naviy asoslarini yo‘qotsa, eng ilg‘or texnologiyalar ham jamiyatni ma’naviy tanazzuldan qutqara olmaydi 2 . Shu boisdan ma’naviy immunitetni shakllantirish nafaqat shaxsiy ehtiyoj, balki milliy barqarorlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun zarur omildir. Inson o’z ichki barqarorligini saqlab qolgandagina tashqi bosimlarga bardosh bera oladi. Ma’naviy immunitet bu ruhiy salomatlik, ong pokligi va irodaviy mustahkamlikning birligidir 3 . Shuningdek, shaxs ma’naviy immunitetining asosi qadriyatlar tizimiga sodiqlik, mustahkam vijdon va ijobiy ijtimoiy muhitdir. 4 Shunday ekan, ma’naviy immunitetni 1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch.-Toshkent:Ma’naviyat,2008. 2 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch.-Toshkent:Ma’naviyat,2008. 3 G’oziev E. Psixologiya: Inson ruhiyati va xulq-atvori asoslari.- Toshkent: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2017. 4 Qodirov B. Shaxs va m’naviyat psixologiyasi. Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 101 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us rivojlantirish bu jamiyatda ma’naviy sog‘lom muhitni yaratish, insonni o‘z “men”iga, e’tiqodiga va milliy qadriyatlariga sodiq bo‘lishga o‘rgatish demakdir. Hozirgi davrda inson ruhiyatiga eng katta bosimni tashqi axborot oqimi emas, balki ichki beqarorlik, ma’naviy noaniqlik keltirib chiqarmoqda. Har bir shaxs o‘z qarorlarini axloqiy mezonlar asosidami yoki jamoaviy tendensiyalar ta’siridami shu savol bilan yashaydi. Shu nuqtada “ma’naviy immunitet” tushunchasi nafaqat axloqiy barqarorlikni, balki shaxsning ichki qaror qabul qilish madaniyatini ham anglatadi. 5 Ma’naviy immunitet bu insonning o‘zini ruhiy jihatdan “tahlil qila olish” qobiliyatidir. U insonni nafaqat yovuzlikdan, balki ma’nosizlikdan ham himoya qiladi. Axloqiy inqirozning asosiy belgisi inson o‘z harakatining sababini unutgan holatdir. Bunday paytda ma’naviy immunitet kuchli bo‘lgan shaxs vijdon, or-nomus va mas’uliyat kabi ichki tayanchlarga tayanib, hayotida yo‘nalish topa oladi. 6 Zamonaviy falsafiy adabiyotlarda insonning “ichki markazi” tushunchasi aynan shunday immunitetning ildizi sifatida talqin qilinadi. U ruhiy tayanch bo‘lmagan jamiyatda inson faqat tashqi omillarga qarab yashaydi, bu esa o‘z navbatida ijtimoiy passivlik va axloqiy befarqlikka olib keladi. Shu bois ma’naviy immunitet bu ijtimoiy faol shaxsni shakllantiruvchi ichki mexanizm sifatida ham qaraladi. Bugungi yoshlar orasida ma’naviy immunitetni mustahkamlash masalasi ayniqsa dolzarb. Chunki raqamli muhitda insonning ruhiy himoyasi tez yemiriladi: keraksiz axborot, sun’iy qadriyatlar va “trend”ga ergashish istagi shaxs ongiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bunday sharoitda inson o‘zligini saqlash uchun ichki filtr — ma’naviy immunitetga ega bo‘lishi lozim. U tanlovda mustaqillik, fikrda sobitlik, xulqda uyg‘unlikni ta’minlaydi. 7 Demak, ma’naviy immunitet bu insonning axloqiy “avtonomiyasi”dir. U kishining tashqi sharoitga qaram bo‘lmasdan, o‘z hayotiy yo‘lini to‘g‘ri belgilashiga yordam beradi. Ana shu xususiyat ma’naviy immunitetni jamiyat taraqqiyoti uchun strategik ahamiyatga ega tushunchaga aylantiradi. Ma’naviy immunitetni mustahkamlash — bu insonni faqat axloqiy jihatdan tozalash emas, balki uni ongli, mustahkam dunyoqarashli, ruhiy jihatdan bardavom shaxs sifatida shakllantirish jarayonidir. U inson ruhiyatining ichki energiyasi, hayotiy qarashlarning barqarorlik o‘lchovidir. Zamonaviy jamiyatda ma’naviy immunitetni rivojlantirishning bir necha strategik yo‘nalishlari mavjud. 5 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch.-Toshkent:Ma’naviyat,2008. 6 G’oziev E. Psixologiya: Inson ruhiyati va xulq-atvori asoslari.- Toshkent: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2017. 7 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi qarori, 2021-yil 26-mart. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 102 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Birinchidan, tafakkur va ongni sog‘lomlashtirish. Har qanday ma’naviy inqirozning ildizi fikrlar dunyosidagi beqarorlikdan boshlanadi. Inson tafakkurida tanqidiy yondashuv, axborotga ongli munosabat va ma’noli hayot falsafasi shakllansa, ma’naviy immunitet tabiiy ravishda kuchayadi. Shu sababli ta’lim-tarbiya tizimida yoshlarning mustaqil fikrlashi, tahliliy dunyoqarashi, ijtimoiy mas’uliyatini oshirish eng muhim ustuvor yo‘nalish bo‘lishi lozim. 8 Ikkinchidan, ruhiy barqarorlikni mustahkamlash. Ma’naviy immunitet nafaqat aqliy, balki hissiy muvozanatga ham tayanadi. Stress, shoshma-shosharlik va maqsadsizlik inson ruhiyatini zaiflashtiradi. Shu bois inson o‘z ichki tinchligini saqlash, hayot mazmunini topish, o‘zini anglash madaniyatini shakllantirishi kerak. Ruhiy gigiyena — bu ma’naviy immunitetning ajralmas qismi. Oila, maktab va ijtimoiy muhitda bu qadriyatni singdirish jamiyat barqarorligiga xizmat qiladi 9 . Uchinchidan, qadriyatlar tizimini yangilash. Ma’naviy immunitetni kuchaytirish uchun qadriyatlar faqat saqlab qolish emas, balki zamonga mos ravishda qayta talqin qilinishi zarur. Milliy an’analar, xalq donoligi va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unlashgan taqdirdagina ular yosh avlod uchun tirik ma’no kasb etadi. Shu bois ma’naviy yangilanish jarayoni har bir davrda qayta ko‘rib chiqilishi, zamonaviy hayot talablariga mos yo‘naltirilishi lozim 10 . To‘rtinchidan, ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish. Inson immuniteti individual bo‘lgani kabi, ma’naviy immunitet ham jamiyatdagi umumiy axloqiy muhit bilan chambarchas bog‘liq. Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va madaniy mahsulotlar inson ongiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ularni ma’rifiy, tarbiyaviy ruhda shakllantirish — ma’naviy sog‘lomlikning kafolatidir. Ma’naviy immunitet kuchli bo‘lgan jamiyatda insonlar bir-biriga mehr bilan, o‘zaro hurmat asosida yashaydi. U yerda befarqlik, ma’nosizlik va axloqiy zaiflik ildiz otolmaydi. Demak, ma’naviy immunitetni kuchaytirish - bu individual tarbiya masalasi emas, balki milliy xavfsizlik va ijtimoiy taraqqiyot omilidir. Ma’naviy immunitet insonning ichki tayanchi, ruhiy barqarorligi va axloqiy sobitligining eng muhim ko‘rsatkichi sifatida bugungi davrda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Insonni tashqi bosimlardan emas, balki ichki zaiflikdan himoya qiluvchi bu kuch ma’naviy yetuklikning o‘lchovidir. Tadqiqot davomida aniqlanganki, ma’naviy immunitetni shakllantirish bir martalik jarayon emas, balki doimiy o‘z ustida ishlash, ruhiy o‘sish va fikriy poklanishni talab etadi. 8 G’oziev E. Psixologiya: Inson ruhiyati va xulq-atvori asoslari.- Toshkent: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2017. 9 Jalolov J. Ma’naviyat asoslari: shaxs va jamiyat barqarorligi. – Toshkent: Fan, 2019. 10 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch.-Toshkent:Ma’naviyat,2008 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 103 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Zamonaviy sharoitda inson o‘zini anglamasa, uni hech qanday texnologiya yoki tashqi ta’lim tizimi himoya qila olmaydi. Shu bois ma’naviy immunitetni kuchaytirish jarayoni har bir shaxsning ichki ehtiyojiga aylanishi lozim. Ongni poklash, ruhiy barqarorlikni mustahkamlash va qadriyatlar tizimini yangilash — ma’naviy sog‘lom jamiyatning uch tayanchidir. Xulosa sifatida aytish mumkinki, ma’naviy immunitet bu nafaqat shaxsiy fazilat, balki jamiyat barqarorligi va millat kelajagining kafolatidir. Har bir insonda bu immunitetni shakllantirish mustahkam, irodali, vijdonli va ezgulikka sodiq avlodni voyaga yetkazishning eng ishonchli yo‘lidir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi qaror. – Toshkent, 2021 yil 26 mart. – lex.uz. (https://lex.uz/) 2. Baghramian M. Relativism. – Stanford Encyclopedia of Philosophy, 2015 (yangilangan 2021). – B. 14–27. 3. G‘oziev E. Psixologiya: Inson ruhiyati va xulq-atvori asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2017. – B. 154–176. 4. Jalolov J. Ma’naviyat asoslari: shaxs va jamiyat barqarorligi. – Toshkent: Fan, 2019. – B. 122–125. 5. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – B. 93–103. 6. Norms, Values and Human Conditions: An Introduction. – Journal of Human Values, Vol. 25, No. 3, 2019. – B. 245–258. 7. Wilce J.M. Jr. Social and Cultural Lives of Immune Systems: Science, Symbiosis, and Society. – Nyu-York: Routledge, 2003. – B. 201–214.