scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOLALAR ADABIYOTIDAGI IBORALAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR

Po'latova, Humayyo Abdug'affor qizi; Hamrayev, M.A

Abstract

Ushbu maqolada bolalar adabiyotida uchraydigan iboralarning badiiy va tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif bolalar uchun yozilgan asarlarda qo’llanadigan iboralar, ularning ma’naviy-estetik yuklamasi, obraz yaratishdagi o’rni hamda kichik yoshdagi o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishdagi roli haqidagi ayrim mulohazalarni ilgari suradi. Shuningdek, maqolada iboralarni yosh bolalar tafakkuriga mos tarzda ifodalash zarurati va bu boradagi mualliflik yondashuvlari ko’rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari bolalar adabiyotining til boyligi va uslubiy xususiyatlarini chuqurroq o’rganish uchun muhim manba bo’lib xizmat qiladi.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 149 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17430330 BOLALAR ADABIYOTIDAGI IBORALAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR Po‘latova Humayyo Abdug‘affor qizi Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti Maktabgacha va Boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi M.A.Hamrayev Ilmiy rahbar:Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti Maktabgacha va Boshlang’ich ta’lim fakulteti professori,filologiya fanlar nomzodi Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalar adabiyotida uchraydigan iboralarning badiiy va tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif bolalar uchun yozilgan asarlarda qo’llanadigan iboralar, ularning ma’naviy-estetik yuklamasi, obraz yaratishdagi o’rni hamda kichik yoshdagi o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishdagi roli haqidagi ayrim mulohazalarni ilgari suradi. Shuningdek, maqolada iboralarni yosh bolalar tafakkuriga mos tarzda ifodalash zarurati va bu boradagi mualliflik yondashuvlari ko’rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari bolalar adabiyotining til boyligi va uslubiy xususiyatlarini chuqurroq o’rganish uchun muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Kalit so’zlar: ibora, frazeologizm, to’liq fikr, ma’no yaxlitligi. Abstract. This article analyzes the artistic and educational significance of expressions found in children's literature. The author puts forward some considerations about the expressions used in works written for children, their spiritual and aesthetic load, their role in creating an image, and their role in shaping the GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 150 worldview of young readers. The article also examines the need to express expressions in a way that is appropriate for the thinking of young children and the author's approaches to this matter. The results of the study serve as an important source for a deeper study of the linguistic richness and stylistic features of children's literature. Key words: expression, phraseology, complete thought, integrity of meaning. Аннотация. В статье анализируется художественное и воспитательное значение средств выражения детской литературы. Автор высказывает соображения о средствах выражения, используемых в детских произведениях, об их духовно-эстетической нагрузке, роли в создании образа и формировании мировоззрения юных читателей. В статье также рассматривается необходимость выражения средств выражения, адекватного мышления детей младшего возраста, и подходы автора к этому вопросу. Результаты исследования служат важным источником для более глубокого изучения языкового богатства и стилистических особенностей детской литературы. Ключевые слова: выражение, фразеология, законченная мысль, целостность смысла. Ma’nosi bir so’zga teng keladigan gap yoki so’z birikmalari iboralar deyiladi. Iboralar har doim ko’chma ma’noda qo’llanadi. Ma’no yaxlitliligiga ega, nutqqa tayyor holda olib kiriladigan hamda doimo ko’chma ma’noda qo’llanadigan birikmalarga frazeologizmlar, ya’ni iboralar deyiladi. Iboralar bir butunlikni ifodalaganligi sababli gaplarda yaxlit bitta gap bo’lagi sifatida tahlil qilinadi. Iboralar gap hisoblanmaydi, chunki ularda to’liq fikr yo’q. Ammo birgalikda ma’no ifodalaydi. Ibora ichidagi so’z yoki qo’shimchalarni biz boshqalari bilan alma shtira olmaymiz, chunki ular nutqimizda tayyor holda turibdi. Masalan: og’ziga talqon solmoq. Ushbu iboraning ma’nosi: mutlaqo gapirmaslik,suhbatda mutlaqo qatnashmaslik. Mazkur iboradagi “og’iz” so’zini ko’z yoki til deb o’zgartira olmaymiz, o’zgartirib talaffuz qilganimizda ham o’z mo’jizakorligini yo’qotadi va g’alizlikka uchraydi. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 151 4-sinf “O’qish savodxonligi” kitobida keltirilgan “Toshbag’ir” hikoyasida “ko’zi ilinmoq” iborasi qo’llanilgan. Ushbu iboraning ma’nosi: “ozgina uxlab qolmoq”. Mazkur ibora odamning birdaniga charchoqdan yoki boshqa sababdan qisqa muddatga uyquga ketib qolganini ifodalaydi. Yana bir misolni oladigan bo’lsak, “Hunarli mingni yengar” hikoyasida keltirilgan “jon saqlamoq” iborasidir. Ushbu iboraning ma’nosi: jonini o’limdan saqlamoq, o’limdan omon qolmoq. Boshlang’ich sinf o’quv darsliklarini qarab chiqadigan bo’lsak, hammasi yosh o’quvchilarga mos va xos tarzda qo’llangan. Ular uchun sodda va tushunishga qulay tarzda yoritilgan. Bolalar uchun adabiyotdan misol oladigan bo’lsak, Abdulla Qahhorning “O’g’ri” hikoyasi hammamizga tanish hisoblanadi. Ushbu hikoyadagi ba’zi bir iboralarga to’xtalib o’tamiz. Masalan, “tekinga mushuk oftobga chiqmaydi”, ushbu iboraning ma’nosi: hech kim bekorga, hech qanday evazsiz ish qilmaydi, har qanday harakatni biror-bir maqsad va foyda ortidan amalga oshiradi. Boshqacha qilib aytganda, biror narsani qilish uchun biror narsa berish yoki biror narsadan voz kechish kerak bo’ladi. Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’quvchilari o’z zabonlarida iboralarni qo’llay boshlasa, mazmunli, ifodali bo’la boshlaydi, nutqi kengayadi. Nafaqat boshlang’ich sinflar, balki har bir inson o’z nutqi jozibasi uchun o’rinli vaziyatlarda iboralarni qo’llashi mumkin. O’zbek tilimizda minglab iboralar mavjud, bu esa tilimiz naqadar boy ekanligini anglatishiga yana bir sababdir. Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 1.Quyidagi iboralarning ma’nolarini to’g’ri moslashtiring! Iboralar Iboralarning ma’nolari 1. Adabini berdi A. Nihoyat darajada beozor,mo’min 2. Og’zi qulog’ida B. Behad sevindi 3. Boshi ko’kka yetdi D. Qattiq cho’chish bilan qo’rqdi 4. Qo’y og’zidan cho’p olmagan E. Chidami tugab,yashashdan bezmoq 5. To’nini teskari kiymoq F. Nihoyat darajada xursand 6. Kapalagi uchdi G. O’chakishgan holda qaysarlik qilmoq 7. Sabr kosasi to’ldi H. Qilmishiga yarasha jazoladi 2.Gaplarda foydalanilgan iboralarni toping va ma’nosini izohlang. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 152 1.Ertasi kuni ertalab hammamiz nima qilish kerakligini hal qilish uchun bir yoqadan bosh chiqardik. 2.Qizni tashvishga solgan qiyinchiliklar nima bo’lishi mumkinligi to’g’risida yigit uzoq bosh qotirdi. 3.U atrofga qarab jilmayib qo’yganida uning ismini so’rash tilim uchida edi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. M.Hamrayev va boshqalar. Ona tili va bolalar adabiyoti(1-qism, Ona tili) Toshkent-2023. 2. N.Erkaboyeva. Ma’ruzalar to’plami.Toshkent-2019 3. M.Hamroyev va boshqalar. Ona tili(Oliy o’quv yurtlari uchun darslik). Toshkent-2007. 4. Internet resurslari: ziyouz.com; izoh.uz;audiobook.uz;imlo.uz.