scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BEHBUDIY – ILG'OR MA'RIFATCHI

Shadiyeva, Dilfuza Urinbayevna; Suvanova, Madina

Abstract

Maqolada har qaysi davrda bo‘lmasin jadidchilik harakatining yo‘lboshcisi sifatida mashhur Mahmudxo‘ja Behbudiyning ijtimoiy-siyosiy hayot faoliyati haqida to‘htalamiz.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 153 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17430349 BEHBUDIY – ILG‘OR MA’RIFATCHI Dilfuza Urinbayevna Shadiyeva Angren universiteti o‘qituvchisi Suvanova Madina 4-bosqich talabasi Annotatsiya: Maqolada har qaysi davrda bo‘lmasin jadidchilik harakatining yo‘lboshcisi sifatida mashhur Mahmudxo‘ja Behbudiyning ijtimoiy-siyosiy hayot faoliyati haqida to‘htalamiz. Kalit so‘zlar: Jadidjar harakati, Ismoilbey Gaspirali, Turkiston o‘lkasida, oʻzbek matbuoti tarixida, Risolayi asbobi savod, usuli savtiya. Аннотация: В статье рассматривается общественно-политическая деятельность Махмудходжи Бехбуди, известного как лидер джадидского движения. Ключевые слова: Движение джадидов, Исмаилбей Гаспринский, в истории Tуркестанской и узбекской печати «Рисолаи асбоби савод» методическое обучение грамоте. Abstract: The article, regardless of the time period, examines the socio-political activities of Mahmudkhodja Behbudi, known as a leader of the Jadid movement. Keywords: Jadid movement, Ismail Bey Gasprinski, history of Turkestan and Uzbek press, "Risola-i asbobi savod", methodological literacy training. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 154 Mahmudxo’ja Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining dohiysidir. Samarqand yaqinidagi Siyob viloyatining Baxshitepa qishlogʻi imom-xatibi Behbudxoʻja Solihxoʻja oʻgʻli xonadonida tugʻilgan Behbudiy dastlab otasidan Qur’on ilmini oʻrgangan, keyinchalik 6-7 yoshlarida togʻasi Muhammad Siddiq qoʻlida oʻqib, savod chiqargan. 15 yoshida boshqa bir togʻasi Mulla Odil oʻzi mudarrislik qilgan madrasada oʻqitib taʼlim bergan. Behbudiylar oilasi maʼrifatparvar va ziyoli boʻlgan. Uning ikki singlisi ham oʻqib, tahsil olishgan, qur’onni yaxshi bilganlar. Ammo 1893-yilda onasi, 1894-yilda otasi vafot etgan. Behbudiy 18 yoshidanoq ro‘zg’or tebratgan. Dastlab tog’asi qo’lida mirzalik qilib, keyinchalik muftiylik darajasiga koʻtarilgan. Behbudiy 1899–1914-yillarda Makka va Madinada haj safariga otlanib keyinchalik Rossiya, Arabiston, Misr, Shom, Quddus, Odessa, Istanbul, Moskva, Peterburg, Orenburg, Qozon, Qrim va boshqa shaharlarni kezgan. Bu sayohatlar allomaning Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakatini avj olishiga turtki bo‘ldi desak adashmaymiz. Samarqandda ochilgan yangi usuldagi maktab tizimiga bu yurishlar hamda Rossiya va tatar maorifi faoliyati albatta ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Behbudiy oʻzining publitsistik faoliyatini 1902-yilda Turkistonda mahalliy tilda nashrdan chiqqan rasmiy „Turkiston viloyatining gazeti“dan boshlagan. Behbudiy oʻzbek matbuoti tarixida maqolanavis sifatida oʻz oʻrniga ega. Uning hozirgacha aniqlangan maqolalarining soni 300 ga yetadi. Ular turli xil mavzuda: „Ishlarning yaxshisi oʻrtachasidir“, "Qabilasini(ng) ismini va yetti otasining otini bilmaydurgonlarni "qulq „marquq“ derlar", „Sart soʻzi majhuldur“ kabi maqolalar fikrimiz isbotidir. 1913-yilning aprel oyidan Behbudiy “Samarqand” gazetasini chiqaradi. “Rus, Armani, yaxudiy va boshqa Rusiyadagi vatandoshlarimizning boylari doimo o‘z millatlari uchun katta hayr va ehsonlar qiladurlar, inchunun, Kafkoz, Qirim, Qozondagi musulmon birodarlarimizning boylari, ulamosi va ahli qalami sohibi fikri o‘z birodarlarig’a mol, oqcha, qalam, va ilm ila ko’p iona qiladurlar. Ammo bizni Turkistonda bu ishlardin so’ylamaqqa hanuz navbat kelg’oni yo‘q. Har GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 155 kim o‘z naf’i va o‘z shaxsiy ishi ila sargardon, umumiy yoinki diniy va milliy ishlarni namoyondasi uchun, millatning zamona odamlaridek taraqqiy etmog’I uchun, xaloyiqning isloh axloqi uchun g‘am tortuvchi va harakat etguvchisi yo ‘qdir” (“Samarqand “ gazetasi ,1913 yil, 30 iyul.) Yurt qayg’usi, millat kelajagi deya do’stdan ko’p dushman orttirgan, millat taqdiri qanday kechishini necha asrlar oldindan bilgan, his qilgan buyuk insonlarmi bular deb o’yga tolamiz …Bunday hikmatli dono fikrlar yana qancha bo’lgan ekan deymiz. Tassufki, Behbudiyning shu kunga qadar noma’lum qolgan maqolalaridan biri bu – “Siroti mustaqim” jurnaliga yuborilgan maktubidir. Unda Behbudiy boshliq Samarqand jadidlarining o’sha vaqtdagi Turkiya ziyolilari bilan aloqalari, u yerdan olingan matbuot hamda davralarda kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga munosabat bildirilgan, shu nuqtayi nazaridan ushbu maktubning ahamiyati katta xisoblanadi. Mahmudxoʻja Behbudiy faoliyatida muhim o’rin egallagan shaxslardan biri Ismoilbey Gaspirinskiydir. Mahmudxoʻja Behbudiy Ismoil Gaspirinskiy bilan birinchi marta 1897-yilda Gaspirinskiyning Turkistonga sayohati vaqtida Samarqandda tanishgan. Ismoil Gaspirinskiy bilan uchrashuv uning keyingi hayotiga katta taʼsir koʻrsatdi. 1914-yilning yozida Istanbulning Gülhane bogʻida Ismoil Gasprinskiy bilan uzoq suhbatlashishgan. Sayohat davomidagi suhbat yangi maktab (usuli jadid) ochish fikrini yanada mustahkamlaydi, yangidan-yangi g‘oyalar beradi. Behbudiy butun faoliyatini millatni ilm-ma’rifatli qilishga qaratdi, buning uchun u usuli jadid maktablari tarmog’ini kengaytirdi. 1904-1909-yillarda u o’zbek va tojik tillarida “Risolayi asbobi savod”, “Muntaxabi jug’rofiyayi umumiy”, “Kitobat ul-atfol”, „Amaliyoti islom“, “Muxtasar tarixi islom” kitoblarini yaratgan, darsliklarni nashr ettirgan. Jadid pedagoglari “usuli savtiya”asosida faoliyat ko’rsata boshlagan maktablarda savod alifbodan boshlanadi deya alifbo darsliklari yaratishga birinchi darajali masala sifatida qaradilar. Mahmudxo’ja Behbudiy ushbu usul zaminida Turkiston o‘lkasida birinchi bo‘lib alifbo darsligini yaratdi va uni “Risolayi asbobi savod” deb nomladi,asar tojik tilida nashr etildi. Ushbu alifbo jadid maktablari uchun asosiy darslik sifatida bir necha bor nashr GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 156 qilindi va ko’proq Buxoro Samarqand maktablarida 1920-yillarga qadar qo’llanildi. Muallif asar oxirida yozuvga o’rgatish maqsadida husnixatdan namunalar berdi. M.Behbudiyning muhim darsliklaridan yana biri “Kitobat ulatfol"dir. Kitobat ulatfol” usuli jadid maktablari shogirdlari uchun maxsus darslik sifatida yaratilgan bo’lib, 1908-yilda birinchi nashri chop etiladi. Ikkinchi nashri 1914-yilda bosmadan chiqdi. Behbudiyning millat taraqqiysi uchun boshlab bergan xayrli ishlar qatorida uning „Behbudiya“ nomi bilan faoliyat yuritgan kutubxonasining tashkil etilishi ham turadi. Behbudiy birinchilardan boʻlib kutubxona faoliyatini yoʻlga qoʻygan jadidchilardan xisoblanadi. Shahardagi dastlabki mahalliy gazeta va milliy jurnalning noshiri, birinchi drama muallifi sifatida tanilgan Behbudiya kutubxonasi Samarqand gubernatoridan rasman ruxsat olinib, 1908-yil 11-sentabr kuni shaharning “Yangi rasta” qismida ochiladi. Dastlab 200, keyinchalik 225 jild kitobga ega kutubxona kun davomida 14 soat ishlab turgan. Ochilishidan 7 oy oʻtib, aʼzolari soni 125 kishiga yetgan. 1910-yillarga kelganda faoliyati soʻna boshladi. Bunga avvalo oʻlkadagi jadidlar va qadimchilar qarama-qarshiligi sabab boʻlgan. Mullalar ota-onalar bilan suhbatlashib, kofirxona sifatida u yerga borishni taqiqlab qoʻyadi. 1912-yilda sanoqli kishi kutubxonadan foydalangan. 1914-yildan moliyaviy qiyinchiliklar boshlanadi. Kutubxona faoliyati tugaydi. Manbaalarda keltirilishicha, Behbudiy ijodiy faoliyati davomida ikkita pyesa yozgan. Ulardan biri 1911-yili birinchi oʻzbek dramasi sifatida hammaga tanish bo‘lgan „Padarkush yoxud oʻqimagan bolaning holi“ asari bo‘lsa, ikkinchi dramaning taqdiri noma’lum. Yozuvchi asar sarlavhasidan soʻng qavs ichida janr va mavzusini „Turkiston maishatidan olingan ibratnoma“ deb keltirgan. 3 parda 4 manzarali mazmunan sodda asarda oʻqimagan, nodon va johil bolaning oʻz otasini oʻldirgani haqida bayon etilgan. „Padarkush“ asari Samarqand harbiy gubernatori, general-mayor Ilya Oleshilidzening koʻmagi va „matbuot ishlari Tiflis qoʻmitasi“ning 1913-yil 23iyul sanali ruxsati bilan Samarqanddagi Gazarov va Siyanov matbaasida bosilib chiqqan. Amerikalik olim Edvard Olvortning fikricha, o’sha davrda yaratilgan boshqa GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 157 dramalar Behbudiyning “Padarkush”i kabi muvaffaqiyatli chiqmagan. “Padarkush” dramasi dastlab Samarqandda 1914-yilning 27-fevralida Abdulla Avloniy boshchiligida „Turon“ teatr truppasi tomonidan Toshkentdagi Kolizey maydonida qaytadan sahnalashtirilgan. Namoyish oldidan Munavvarqori Abdurashidxonov teatrning jamiyat oldidagi oʻrni va roli haqida nutq soʻzlagan. Boy rolini Abdulla Avloniyning oʻzi ijro etgan. „Turon“ teatr truppasi 1914—1916-yillarda „Padarkush“ spektaklini butun Fargʻona vodiysida namoyish etgan..Dramada ilgari surilgan jiddiy muammolar ta’lim va tarbiyani kuchaytirish, xalqni asriy jaholat, qoloqlikdan qutqarish ekanligi kunday ravshan. Mustaqillikka erishilgandan so’ng jadidlar faoliyatini o’rganishga qiziqish kuchayishi bilan Behbudiy ham qayta kashf etila boshladi. Mazkur yilning 3yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning „Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida“gi qarori biz ziyolilarni yana bir karra Behbudiy merosi bilan yaqinlashtirmoqda. Biz, boshlang’ich ta’lim yo’nalishida faoliyat yuritayotgan ustozlarilk savod kitoblarining muallifi, yangi tuzimdagi maktablar asoschisi,ilk kutubxona ochib millatning uyg’onishini chin dildan istagan Mahmudxoʻja Behbudiy haqida boshlang’ich sinflardanoq ko‘proq materiallar berishimiz kerakligini va aynan ma’naviyat va madaniyat sohasidagi ishlarimiz ravnaqi uchun metodik asos sifatida namuna bo‘lib jadidlarimizning asarlari xizmat qilishini anglamog’imiz lozim. Shunda, beihtiyor Iqbol Mirzoning ushbu misralari tilimga ko‘chdi: O‘shalar bizni bobolarmikan? Bizdan o ‘zlarini topolarmikan? Bizni nabiram deb tan olarmikan? Jadidlar yetishmayapti, jadidlar GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 158 Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Abdirashidov, Z. Mahmudxo‘ja Behbudiy. Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2022. ISBN 978-9943-6682-2-5. 2. Авазов Н. Маҳмудхўжа Беҳбудий — маърифатпарвар. Тошкент: 1993 — 1bet. 3. Ҳожи Муин. Танланган асарлар. Тошкент: Маънавият, 2005 — 19-bet. 4. Qahramon Rajabov. O'zbekiston XX asrda. Toshkent: Fan, 2024 — 120bet. ISBN 978-9943-15-685-2. 5. „Mahmudxoʻja Behbudiy: turkiston jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi, milliy maʼrifat rahnamosi“ (uz-Latn-UZ). https://yuz.uz. Qaraldi: 2023-yil 3-oktyabr. 6. „Turkiston jadidchilik namoyondasi Mahmudxo’ja Behbudiy“. cyberleninka.ru. Qaraldi: 2023-yil 3-oktyabr. 7. Hoji Muin (1922). „Mufti Mahmudxo'ja Behbudiy hazratlarining qanday shahid bo'lg'anlig'i va aning tomonidan yozilg'an vasiyatnoma“. Inqilob. № 1. 8. Шуҳрат Ҳайитов „Маҳмудхўжа Беҳбудий – она юрт фидойиси“. uza.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2024-yil. 9. Haydarov A. “Zarafshon”ning Behbudiysi”. Sahhof, 2020 — 12bet. ISBN 978-9943-6664-7-2. Qaraldi: 4-dekabr 2024-yil. 10. Jadidlar turkumidan “Mahmudxo’ja Behbudiy”, “Yoshlar ishlari” agentligi. Toshkent-2024 yil МИЛЛАТЛАР ҚАНДАЙ ТАРАҚҚИЙ ЭТАРЛАР? Behbudiy. Jadid gazetasi, 2024-yil 1-yanvar №1(1)