TEMURIY SHAHZODALAR TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR
Abstract
Amir Temur va Temuriylar saltanati davlatchiligimiz tarixining eng yorqin qismidir. Ushbu maqola temuriy shahzodalari hayoti va faoliyati haqida yozilgan ayrim manbalar tahlili toʻgʻrisida. Temuriy shahzodalar haqida usha davrda koʻplab asarlar yozilgan va bularning bazi birlariga oʻzlari ham homiylik qilishgan.
Full text
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 352 TEMURIY SHAHZODALAR TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR Ma’rufov Sherzod Komil o‘g‘li GulDU “Tarix” kafedrasi o‘qituvchisi [email protected] Normurodov Azizbek Oʻtkirjon oʻgʻli GulDU tarix yo‘nalishi talabasi [email protected] Annotatsiya: Amir Temur va Temuriylar saltanati davlatchiligimiz tarixining eng yorqin qismidir. Ushbu maqola temuriy shahzodalari hayoti va faoliyati haqida yozilgan ayrim manbalar tahlili toʻgʻrisida. Temuriy shahzodalar haqida usha davrda koʻplab asarlar yozilgan va bularning bazi birlariga oʻzlari ham homiylik qilishgan. Kalit soʻzlar: "Zafarnoma", "Ravzat us-safo", "Habib us-siyar" , Mirxond, Xondamir, Sharafiddin Ali Yazdiy, Nizomiddin Shomiy, Temuriy shahzodalar, Abstract: Amir Timur and the Timurid Empire represent the most remarkable part of our statehood history. This article focuses on the analysis of certain sources about the life and activities of Timurid princes. Numerous works were written about the Timurid princes during that period, and they even patronized some of these works themselves. Kirish Sohibqiron Amir Temur va oʻgʻillari hayoti faoliyati va hukmronligi haqida koʻplab asarlar yozilgan. Bularga Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" si, Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma"si, Gʻiyosiddin Ali Yazdiyning "Roʻznomai gʻazavoti Hindiston" , Muiniddin Natanziyning "Muntaxab ul-tavorix", Mirxondning "Ravzat us-safo" va Xondamirning Habib us-siyar" kabi asarlarini aytishimiz mumkin.Bu asarlarning hammasi fors tilidan yozilgan boʻlib, bu davrda yozuvchilar, tarixchilar sosan fors tilidan foydalanishgan.Bu asarlar Amir Temur va temuriy shahzodalari hayoti, hukmronligi, siyosati haqida keng maʼlumotlar beradi. Asosiy qism. Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarida Amir Temur hayoti va uning yurishlarini batafsil yoritib beruvchi muhim manba hisoblanadi.Sulola asoschisi Amir Temur bilan bir qatorda uning shahzodalari, ularning siyosiy faoliyati va harbiy yurishlardagi ishtiroklari haqida ham maʼlumotlar keltirilgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarida Amir Temurning ikkita oʻgʻli boʻlgani haqida
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 353 maʼlumotlar uchraydi. Ular Jahongir Mirzo va Ibrohim Sultonlar edi. Afsuskiy Ibrohim Sulton yoshligida olamdan oʻtadi. Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"sida Jahongir Mirzoning xotinlari va oʻgʻillari haqida maʼlumotlar bor.Jahongir Mirzoning ikki oʻgʻli boʻlganligi kattasi Muhammad Solih boʻlib onasi Xonzoda edi, kichigi Pir Muhammadning onasi Baxt Malik Ogʻa edi u Ilyos Yosirning qizi edi. Bu asarda Jahongir Mirzoning oʻlimi haqida ham yozilgan boʻlib unda Jahongir Mirzo 20 yoshda edi 1376yilda vafot etdi deb yozgan. Sharafiddin Ali Yazdiy oʻzining"Zafarnoma"sida shahzoda Umarshayx haqida ham yozgan boʻlib uni akasi kabi mohir sarkarda edi deydi. Umarshayx yoshligidan mohir chavandoz va tolmas jangchi boʻlib yetishadi.Shuning uchun boʻlsa kerak uning yurishlari haqida koʻplab rivoyatlar yaralgan deydi.Fargʻonada moʻgʻillarga qarshi janglarda qatnashadi.1370yilda Amir Temur bilan Amir Husayn oʻrtasida boʻlib oʻtgan jangda Umarshayx ham qatnashadi ushanda u 16yoshda edi. Janga oyogʻidan jarohat oladi lekin tabiblar davolaydi deydi.Amir Temur 1393-yili Fors hududini bosib olishga yuborgan qoʻshiniga sarkarda qilib tayinlaydi keyin bosib olgandan soʻng bu hududlarni Umarshayxga tortiq qiladi. "Zafarnoma" da Umarshayxning oʻlimi haqida shunday deydi.1394-yil Umarshayx Mirzo Kurdistondan oʻtib borayotganda yoʻl chekkasida kichkinaroq qal'aga koʻzi tushib qoladi.Bu qal'aning nomi Harmati edi. Umarshayx Mirzo bu qal'ani yaqindan tomosha qilish maqsadida tepalik ustiga chiqadi va shu payti qal'aning ichidan otilgan oʻqi Umarshayxning qulogʻi ostidagi koʻk tomirga tegib shahzoda shu zahoti halok boʻladi.Keyin jasadi Sherozdan Keshga olib kelinib, temuriylar dahmasiga quyiladi. Sharafiddin Ali Yazdiy "Zafarnoma" asarining bir bobini Mironshoh Mirzoga bagʻishlaydi. Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma" asari Amir Temur hayoti, uning siyosiy va harbiy faoliyati haqidagi birinchi muhim manbalardan biri hisoblanadi. Ushbu asarda Temuriy shahzodalarning hayoti va faoliyati haqida ham qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Shomiyning asari Temurning shaxsiy xususiyatlari bilan birga, uning o‘g‘illari va nabiralari rolini yoritish orqali Temuriylar sulolasining siyosiy barqarorligini ta’minlash yo‘lidagi harakatlarini aks ettiradi. Shahzodalar tarbiyasi va tayyorgarligi.Shomiyning ma’lumotlariga ko‘ra, Temur o‘z farzandlari va nabiralarining tarbiyasiga katta ahamiyat bergan. Ularga yoshlikdan harbiy va siyosiy ishlar o‘rgatilgan, davlat boshqaruvi va strategik fikrlash tamoyillari singdirilgan. Har bir shahzodaning mahorati va qobiliyati alohida ta’kidlanadi. Harbiy yurishlardagi ishtirok. Nizomiddin Shomiy "Zafarnoma"da Temurning o‘g‘illari va nabiralari haqida ularning harbiy yurishlardagi xizmatlari doirasida ko‘plab misollar keltiradi:
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 354 Umarshayx: Temurning katta o‘g‘li sifatida birinchi bo‘lib harbiy yurishlarni boshqarishga jalb qilingan. U otasining eng ishonchli yordamchilaridan biri Nizomiddin Shomiy asarining bir bobi haqida faqat Umarshayx haqida yozadi. Mironshoh: Kichik o‘g‘illaridan biri sifatida, u ham bir qator yurishlarda faol ishtirok etgan. Xuroson, Iroq va boshqa viloyatlarni boshqarishda muhim rol o‘ynagan. Shohruh: Temurning eng salohiyatli va uzoq muddat hukmronlik qilgan o‘g‘li sifatida Shomiy asarida yaxshi tilga olinadi. Shohruhning ma’rifatparvarligi va adolatga intilishi ham alohida ta’kidlanadi. Shahzodalar o‘rtasidagi munosabatlar:Asarda Temuriy shahzodalar o‘rtasidagi hamkorlik va nizo holatlari ham yoritilgan. Temur o‘z o‘g‘illari o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarni bartaraf etish uchun ularni turli viloyatlarga hokim qilib tayinlagan. Shu bilan birga, ba’zi shahzodalar o‘rtasidagi raqobatning kelib chiqishi haqida ham bilib olish mumkin. Shahzodalarning siyosiy roli: Nizomiddin Shomiyning yozishicha, Temur o‘z o‘g‘illarini davlatning muhim qismida hokim etib tayinlash orqali davlatni boshqarish tizimini mustahkamlagan. Masalan, Shohruh Xurosonda hokim bo‘lib, u yerda barqarorlikni ta’minlagan va madaniyat rivojiga hissa qo‘shgan. Mironshoh esa Iroq va Movarounnahrning ayrim qismlarini nazorat qilgan. Nizomiddin Shomiy "Zafarnoma" asarida Jahongir Mirzo va Qamariddin bilan boʻlgan urushini shunday yozadi. Shavvol oyining avvalida Sohibqiron yana lashkar hozirlashni buyurdi va lashkarga Jahongir Mirzoni sarkarda qilib tayinlaydi.Shahzodaga qoʻshib Shayx Muhammad va Odilshohni joʻnatadi. Aynan Jahongir Mirzo shu jangdan gʻalaba qozonib, Samarqandga qaytib kelgandan keyin ogʻir kasallikka chalinib vafot etadi Mirxondning "Ravzat us-safo" asari Temuriylar sulolasining tarixi va ularning faoliyati haqida qimmatli ma'lumotlarni o'z ichiga olgan. Ushbu asar Temuriy shahzodalarining hayoti, siyosiy faoliyati, oila va sulola munosabatlari, hamda madaniy va ilmiy rivojlanishga qo'shgan hissasi haqida muhim ma'lumotlarni beradi. Temuriy shahzodalarning tarbiyalanishi Mirxond "Ravzat us-safo"da Temuriy shahzodalar yoshlikdan ma'naviy, harbiy va siyosiy jihatdan puxta tarbiyalanganini ta'kidlaydi. Amir Temur ularga qat'iy ta'lim berib, davlat boshqaruvini va urush san'atini o'rgatgan. Asarda Temuriy shahzodalar o'rtasidagi o'zaro siyosiy raqobat va hokimiyat uchun kurash ko'p tilga olinadi. Bu raqobatlar Temuriylar davlati parchalanishiga sabab bo'lgan muhim omillardan biri sifatida ko'rsatiladi. Ayniqsa, Mironshoh va Shohrux Mirzo o'rtasidagi nizolar batafsil yoritilgan. Shohrux Mirzo va uning hukmronligi."Ravzat us-safo"da Shohrux Mirzo
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 355 Temuriylar davlatining kuchli rahbari sifatida tasvirlangan. U ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishga katta hissa qo'shgan. Uning davrida Hirot ilmiy va madaniy markazga aylangan. Ulug‘bek va ilmiy faoliyat Mirxond Ulug‘bekning ilmiy faoliyatiga alohida e'tibor qaratgan. Ulug‘bekning Samarqanddagi rasadxonasi, uning astronomiya va matematika sohasidagi yutuqlari, shuningdek, ilm-fanga homiylik qilgani haqida batafsil ma'lumot berilgan. Mirxond Amir Temur shahzodalarni davlatning turli hududlariga noib sifatida tayinlab, ularga mustaqil boshqaruv mas’uliyatini yuklaganini yozadi. Bu davlatni kengaytirish va boshqaruvni samarali tashkil etishga yordam bergan, biroq keyinchalik o'zaro nizolarni keltirib chiqargan. Temuriy shahzodalar orasida san’at va madaniyatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratganlar haqida ma’lumotlar mavjud. Xususan, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy bilan bog‘liq tafsilotlar keltirilgan. Xondamirning "Habib us-siyar" asari Temuriylar sulolasining tarixini batafsil yorituvchi muhim tarixiy manbalardan biri bo‘lib, unda Temuriy shahzodalar haqida keng ma'lumotlar berilgan. Asarda Temuriylar sulolasining harbiy, siyosiy va madaniy yutuqlari bilan birga, shahzodalar o‘rtasidagi munosabatlar va hokimiyat kurashlari ham yoritilgan.Amir Temur va uning vorislik tizimi: Xondamir Amir Temurning vorislarini tarbiyalashda muhim o‘rin tutganini ta’kidlaydi. Temur davlat boshqaruvini farzandlari va nabiralariga taqsimlagan, ularning har biri ma'lum bir viloyatni boshqarib, mustaqil hukmronlik qilishga mas’ul bo‘lgan. "Habib us-siyar"da Amir Temurning o‘g‘li Mironshoh haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. U davlat boshqaruvida muhim o‘rin tutgan bo‘lsa-da, uning boshqaruvdagi ayrim kamchiliklari ham tanqid qilingan. Mironshohning siyosiy faoliyati va shaxsiy hayoti haqida qimmatli tafsilotlar keltirilgan. Xondamir Shohrux Mirzoni Temuriylar sulolasining eng muvaffaqiyatli hukmdorlaridan biri sifatida tasvirlaydi. Uning davrida davlat boshqaruvi barqaror bo‘lgan va ilm-fan hamda madaniyat jadal rivojlangan. Hirot poytaxtga aylangan va Temuriylar saroyi ilmiy markaz sifatida mashhur bo‘lgan. Ulug‘bek va uning ilmiy merosi: Ulug‘bekning astronomiya va matematika sohasidagi yutuqlari, shuningdek, Samarqandda barpo etilgan rasadxona haqida batafsil ma'lumot berilgan. Xondamir, shuningdek, Ulug‘bekning davlat boshqaruvidagi faoliyati va uning shahzodaligi davridagi ishlari haqida ham hikoya qiladi. Temuriy shahzodalar o‘rtasidagi hokimiyat kurashlari.Asarda Temuriy shahzodalar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar va hokimiyat uchun kurash batafsil yoritilgan. Bu kurashlar sulolaning zaiflashishiga olib kelgani
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 356 ta’kidlanadi. Masalan, Ulug‘bek va o‘g‘li Abdulatif Mirzo o‘rtasidagi nizolar misol sifatida keltiriladi. Madaniyat va ilm-fan rivojida shahzodalar roli.Xondamir Temuriy shahzodalarining san’at, adabiyot va ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidlaydi. Masalan, Husayn Boyqaro va uning davrida Alisher Navoiy kabi buyuk adiblarning faoliyati yoritilgan."Habib us-siyar"da Husayn Boyqaroning siyosiy va madaniy faoliyati, uning madaniyat va san’at homiysi sifatidagi roli batafsil yoritilgan. Bu davrda Temuriylar davlati madaniyatining eng yuqori cho‘qqilaridan biriga erishgani ta'kidlanadi. Xulosa. Temuriy shahzodalar haqida manbalarda kurishimiz mumkinki ular toj-u taxt va hokimiyat uchun kurashish bilan birgalikda koʻplab islohotlar ham olib borganligini kurishimiz mumkin.Shahzodalar qoʻshni davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yoʻlga qoʻyib savdo-sotiqni ham ancha jonlantirgan shu bilan birgalikda ilm-fan va madaniyatni yuqori choʻqqilarga olib chiqgan.Islom dini va huquqshunosligini chuqur egallagan Shohrux Mirzo va uning farzandlari marhum aziz avliyolar va ulamolarning qabrlari atrofini obodonlashtirdi, maqbaralar qurdirdi. Temuriylar davrida ilm-fanga ham eʼtibor katta boʻlgan boʻlib shaharlarda koʻplab madrasalar qurdirgan.Samarqandda Mirzo Ulugʻbek akademiyasi tashkil qilingan boʻlib bu akademiya aniq va tabiiy fanlarga asoslangan edi. Hirotda Boysungʻur Mirzo sanʼat akademiyasi ham boʻlgan. Boshqa temuriy shahzodalar ham ilm fan taraqqiyotiga hissa qoʻshishgan.Bular Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muxammad Boburlar edi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Шарафуддин Али Йаздий. Зафарнома. /Сўзбоши, табдил, изоҳлар ва кўрсаткичлар муаллифлари: Ашраф Аҳмад, Ҳайдарбек Бобобеков. –Тошкент: Шарқ, 1997. 2. Низомиддин Шомий. Зафарнома. –Тошкент: “Ўзбекистон”, 1996. 3. Ибн Арабшоҳ. Ажоиб ал-мақдур фи тарихи Таймур (Темур тарихида тақдир ажойиботлари). –Тошкент: “Меҳнат”, 1992. 4. Руи Гонсалес де Клавихо. Самарқандга – Амир Темур саройига саёҳат кундалиги. –Тошкент, 2010. 5. Komil o‘g, M. R. S. (2025, May). TURK XOQONLIGI: DASTLABKI DAVLATLILIK SHAKLLARI VA ULARNING O ‘RTA OSIYO TARIXIDAGI ROLI. In International Conference on Modern Science and Scientific Studies (pp. 343349).
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 357 6. Komil o‘g, M. R. S. (2025, May). TURK XOQONLIGI: DASTLABKI DAVLATLILIK SHAKLLARI VA ULARNING O ‘RTA OSIYO TARIXIDAGI ROLI. In International Conference on Modern Science and Scientific Studies (pp. 343349). 7. Komil o‘g, M. R. S., Hoshimjon o‘g‘li, R. I., Mamatkarimovna, A. Z., & Vildanovich, G. S. (2025, May). GERMANIYA IMPERIYASI 1870–1918 YILLARDAGI KOLONIAL REJALARIDA MARKAZIY OSIYONING O ‘RNI. In INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE (Vol. 3, No. 31, pp. 277-280). 8. Komil o‘g, M. R. S., & Eshmurza oʻg‘li, Q. S. (2025). HISTORY OF COIN MILLING IN UZBEKISTAN: PERIODIC RESEARCH AND HISTORICALCULTURAL SIGNIFICANCE. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 6(51), 620-623. 9. Komil o‘g, M. R. S., & Gʻofurjonovna, S. D. U. (2025). AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DIPLOMATIYASI YANGI TADQIQOTLARDA. SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 8(4), 172-181. 10. Komil o‘g, M. R. S., & Gʻofurjonovna, S. D. U. (2025). AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DIPLOMATIYASI YANGI TADQIQOTLARDA. SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 8(4), 172-181. 11. RAXIMOVICH, N., MUTALLIB, I., & MA’RUFOV SHERZOD, K. O. G. (2022). HISTORICAL FACTORS THAT CONTRIBUTED TO THE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND CULTURE IN CENTRAL ASIA. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(4), 160165. 12. MA’RUFOV, S. (2025). SIRDARYO VILOYATI HUDUDIDAGI MANZILGOHLARNING O ‘RTA ASRLARDAGI MODDIY MADANIYATI XUSUSIDA YANGICHA QARASHLAR. ACTA NUUz, 1(1.2), 1. 13. Ma’rufov, S., & Abdullayev, A. (2024). O’RTA OSIYODA MUSIQA SAN’ATINING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH TARIXI. Talqin va tadqiqotlar, 1(1). 14. Кудратов, С., & Маъруфов, Ш. (2021). МИРЗАЧЎЛДАГИ ҚАДИМГИ СУВ ИНШОАТЛАРИ. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 4(11). 15. Sherzod, M. (2025). The Social, Economic and Cultural Life of The Population of The Syrdarya Region in The Middle Ages. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF HISTORY, 6(01), 4-7.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 358 16. Сулаймонович, Қ. С. (2024). СИРДАРЁ ТАРИХИ ЯНГИ АРХЕОЛОГИК ТАДҚИҚОТЛАР ТАЛҚИНИДА. PEDAGOG, 7(11), 68-72. 17. Sherzod, M. R. (2024). NEW VIEWS ON ARCHAEOLOGICAL MONUMENTS LOCATED IN SIRDARYA REGION. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 4(2), 1-6. 18. Ma’rufov, S., & Bekmurodov, S. (2024). XONLIKLAR DAVRIDA MUSIQA ILMIGA ILMIGA QARATILGAN E’TIBOR. Talqin va tadqiqotlar, 1(1). 19. Абдуматов–Исследователь, А., & Маъруфов, Ш. (2025, May). ТУРЕЦКАЯ ВНЕШНЯЯ ПОЛИТИКА В ОТНОШЕНИИ ТЮРКОЯЗЫЧНЫХ ГОСУДАРСТВ ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ—ЧЛЕНОВ ЕАЭС (1991–2015 ГГ.). In International Conference on Modern Science and Scientific Studies (pp. 293-296). 20. Gulchehra, A., Alisher, A., & Sherzod, M. R. (2025). G'ARBIY TURK XOQONLIGI. YANGI O ‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI, 2(9), 477-487. 21. Sherzod, M. R., Gulchehra, A., & Alisher, A. (2025). ARXEOLOGIYA FANINING YО'NALISHLARI. YANGI O ‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI, 2(9), 467-476. 22. Alisher, A., Gulchehra, A., & Sherzod, M. R. (2025). SUV OSTI ARXEOLOGIYASI TADQIQOTINING ISTIQBOLLARI. YANGI O ‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI, 2(9), 456-466.