MAXSUS FANLARNI O'QITISH METODIKASINING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI HAMDA ZAMONAVIY TA'LIM TIZIMIDAGI AHAMIYATI
Abstract
Bugungi kunda Dasturning uchinchi bosqichi amalga oshirilmoqda, unda ta’lim muassasalarining resurslari, kadrlar va axborot bazasini mustahkamlash, milliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish hamda ta’lim jarayonini axborotlashtirish masalalari ko‘zda tutilgan. Kasb ta’limi va maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, magistrlarni zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalari asosida yetuk mutaxassis sifatida tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Fanning asosiy vazifasi ta’lim tizimi islohotlari, maxsus fanlarni o‘qitish metodlari va pedagogik bilimlarni magistrlarga yetkazishdir.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 574 MAXSUS FANLARNI O‘QITISH METODIKASINING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI HAMDA ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIDAGI AHAMIYATI 1Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, 2Ibodullayeva Marg‘uba Uktam qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti “San’atshunoslik” fakulteti. 1p.f.f.d., (PhD) v/b/ dotsent, 2Talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.17433360 Annotatsiya. Bugungi kunda Dasturning uchinchi bosqichi amalga oshirilmoqda, unda ta’lim muassasalarining resurslari, kadrlar va axborot bazasini mustahkamlash, milliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish hamda ta’lim jarayonini axborotlashtirish masalalari ko‘zda tutilgan. Kasb ta’limi va maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, magistrlarni zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalari asosida yetuk mutaxassis sifatida tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Fanning asosiy vazifasi ta’lim tizimi islohotlari, maxsus fanlarni o‘qitish metodlari va pedagogik bilimlarni magistrlarga yetkazishdir. Annotation: Currently, the third phase of the Program is being implemented, which aims to strengthen the resources, personnel, and information base of educational institutions, develop national educational institutions, and ensure the informatization of the educational process. It is important to effectively organize the educational process in vocational education and the methodology of teaching specialized subjects, and to train master's students as well-qualified specialists based on modern pedagogical and information technologies. The main task of the course is to convey education system reforms, methods of teaching specialized subjects, and pedagogical knowledge to master's students. Аннотация: В настоящее время реализуется третий этап Программы, который предусматривает укрепление ресурсов, кадрового и информационного потенциала образовательных учреждений, развитие национальных образовательных учреждений, а также информатизацию учебного процесса. Важно эффективно организовать учебный процесс по профессиональному образованию и методике преподавания специальных предметов, а также подготовить магистрантов как высококвалифицированных специалистов на основе современных педагогических и информационных технологий. Основная задача курса — донести до магистрантов реформы системы образования, методы преподавания специальных предметов и педагогические знания. Kalit so'zlar; davlat mustaqilligi, kadrlar tayyorlash tizimi, ta’lim tizimi islohotlari, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, kasb ta’limi, axborotlashtirish, pedagogik faoliyat, ta’lim jarayoni, uzluksiz ta’lim tizimi, pedagogik tafakkur. Keywords: State independence, Personnel training system, Education system reforms, Methods of teaching special subjects, Vocational education, Informatization, Pedagogical activity, Educational process, Continuing education system, Pedagogical thinking Ключевые слова: Государственная независимость, Система подготовки кадров, Реформы системы образования, Методика преподавания специальных предметов,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 575 Профессиональное образование, Информатизация, Педагогическая деятельность, Учебный процесс, Система непрерывного образования, Педагогическое мышление O‘zbekistonning davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi, o‘zining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yo‘lini belgilashi kadrlar tayorlash tizimi va mazmunini qayta ko‘rib chiqish, bu borada qator choralar ko‘rish zaruratini keltirib chiqardi. Shu munosabat bilan, eng avvalo‘ ta’kidlash lozimki, ikkita juda muhim hujjat qabul qilindi: ta’lim sohasida davlat siѐsatining asosiy tamoyillarini, respublikada ta’lim tizimi va turlarini belgilab bergan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga doir “Kadrlar tayѐrlash milliy dasturi” qabul qilindi. Bugungi kunda Dasturning uchinchi bosqichi amalga oshirilmoqdaki, u quyidagilarni ko‘zda tutadi: − ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazasini yanada mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jaraѐnini eng yangi o‘quv-metodik komplekslar, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan to‘liq ta’minlash;- milliy (elita) ta’lim muassasalarining tiklanishi va rivojlanishi, ularning mustaqilligi va o‘z-o‘zini boshqarishini ta’minlash; − ta’lim jarayonini axborotlashtirishni ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini dunѐ axborot tarmoqlariga chiqish imkoni bo‘lgan kompyuter axborot tizimlari bilan to‘liq qamrab olish. Bo‘lajak mutaxassislarni kasb ta’limi sohasidagi bilimlarini rivojlantirishning ijtimoiypedagogik muommolari, kasbiy-pedagogik faoliyatnining tashkiliy asoslari, kasb ta’limining mazmunini nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishda “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa bo‘lajak pedagoglarni kasbiy ta’limning nazariy asoslari, O‘zbekiston Respublikasi kasbiy ta’limi rivojlanishi, ta’lim tizimi islohatlari, uzluksiz, kasb-hunar ta’limi tizimida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining o‘rni va ahamiyati, kasbiy ta’lim jarayoni va uning qonuniyatlari, kasbiy ta’lim va ta’lim berish mazmuni, kasb ta’limining usul, shakl va vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalarni o‘rganishda “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani alohida o‘rin tutadi. Fanni o‘qitishdan maqsad – maxsus fanlari bo‘yicha rejalashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishning yo‘l va vositalari bilan tanishtirish va ulardan o‘quv jarayonida samarali foydalanish mahoratini shakllantirishdir. Magistrlarni har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, kasb-hunar ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlarni jadal suratlarda amalga oshiradigan ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish va uni bajarishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol g‘oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib, ularni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs-kasb ta’limi o‘qituvchisi sifatida shakllantirishdir. Fanning asosiy vazifalari – O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi islohatlarini, uzluksiz ta’lim tizimida ta’limining o‘rni va ahamiyatini, maxsus fanlarini o‘qitishda asosiy o‘quv me’yoriy hujjatlarni, maxsus fanlarini o‘qitishda ta’lim maqsadlarini belgilashni, maxsus fanining o‘qitish metodikasini ishlab chiqish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat. magistrlarga umumkasbiy va maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida kasbiy bilimlarni tadbiq etish; bevosita tanlangan sohalarga va yangi pedagogik, axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish; kasb ta’limini o‘qitishni tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini o‘rgatishdan iborat.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 576 Maxsus fanlarini o‘qitish metodikasi - o‘quv jarayonining zamonaviy vazifalaridan kelib chiqib, uning asosiy maqsadi - nazariyalarni bilishga bo‘lgan pedagogik jarayonni boshqarishning umumiy tushuncha va elementlarini qo‘llashni talabalarga o‘rgatish, o‘quv jarayonining asosiy shakllarida (ma’ruzalar, seminarlar, mustaqil ishlar, bilimlarni tekshirish) talabalarning fikrlash faoliyatini uslubiy yo‘llar yordamida faollashtirish, talabalarga o‘quv mashg‘ulotlarining uslubiy ishlanmalarni tayyorlashga yordam berishdan iborat. Dars berish metodikasi (uslubiyati)ning predmeti, bu dars berish (o‘qitish) jarayonining o‘zidir. “Metod” atamasi yunoncha “methodos tadqiqot yoki bilish yo‘li, nazariya, ta’limot” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib tadqiqot yo‘li, haqiqatga intilish, bilish, harakat qilish yo‘llari, kutilayotgan natijaga erishish usuli ma’nosini anglatadi. Metod deganda voqelikni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish usullari tushuniladi. Faoliyatning turli jabhalarini o‘rganishni qamrab olgani holda ilmiy bilish va uning usullari metodikaning asosiy yo‘nalishidir. Unda ta’lim va tarbiya berish usullari asosiy o‘rinda turadi. Odatda metodika (uslubiyat) deganda ilmiy bilish faoliyatining shakllari va metodlari majmui haqidagi fan tushuniladi. Bu nazariy jihatdan qo‘yilgan maqsadga yetish, haqiqatni, reallikni, faoliyatni nazariy yoki amaliy bilish, o‘rganishning usullari yoki operatsiyalari majmuidir. Pedagogik amaliyotda, an’anaga muvofiq, o‘quv tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun qo‘llanilayotgan, tartibga solingan faoliyat usuli metod deb tushuniladi. Bunda o‘qituvchining o‘qitish faoliyati usullari bilan o‘quvchining o‘qish faoliyati usullari bir biriga bog‘liqligi ta’kidlanadi. O‘qitish metodi quyidagicha tavsiflanadi: o‘qitishning maqsadi, o‘zlashtirish usuli, o‘quv jarayoni qatnashchilari (o‘qituvchi, talaba)ning o‘zaro munosabati. O‘qitish metodikasi tushunchasi: a) pedagogning o‘qitish usullari va o‘quvchining o‘qish usullari hamda o‘quvchining o‘qituvchi bilan o‘zaro bog‘langanligini; b) o‘qitishdan ko‘zlangan maqsadga erishish bo‘yicha hamkorlikda ishlashning o‘ziga xosligi, ya’ni, o‘qitish metodlari belgilangan maqsadga yetish uchun ta’lim vazifalarini hal etishda o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyatidir. I.Podlasiyning fikricha, metod jarayonning o‘zagi, rejalashtirilgan maqsadni yakuniy natija bilan bog‘lovchi bo‘g‘in. “Maqsad - mazmun - metodlar - shakllar o‘qitish vositalari” tizimidagi rollarni aniqlovchidir. Ta’lim metodlari bir tomondan, ob’yektiv xarakterga ega bo‘lib, qaysi pedagog qo‘llashidan qat’iy nazar, doimiy amal qiladigan mustahkam qonun-qoidalar bilan bog‘liq. Ular barcha didaktik qoidalar, qonunlarning talabi hamda maqsadlarning doimiy komponentlari, o‘quv faoliyatining mazmuni, shaklini ifodalaydi. Ikkinchi tomondan, sub’yektiv xarakterga ega bo‘lib, u pedagog shaxsi, o‘quvchi talabalarning o‘ziga xos tomonlari, aniq sharoit bilan belgilanad Metodlarning ob’yektiv hamda sub’yektiv xarakteri haqidagi fikrlar xilmaxildir. Metodlarning ob’yektiv xarakterini butunlay inkor qilib, uni to‘liq sub’yektiv xarakterga ega, shuning uchun ham takrorlanmasdir, u har bir pedagogning ijodi tarzida yuzaga chiqadi, degan fikr bildiruvchilardan tortib, uning tamomila aksi bo‘lgan, to‘la ob’yektiv xarakterga ega deydiganlar ham mavjud. Aynan hamma metodlar uchun doimo umumiy bo‘lgan ob’yektiv tomoni, didaktika nazariyasi, ko‘p holatlarda esa eng yaxshi bo‘lgan amaliyot yo‘llari tavsiya etiladi. Metodlarning ob’yektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar, tamoyillar, ta’riflar, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o‘quv faoliyatining shakllariga xos bo‘lgan umumiy tomonlar aks etadi. Metodlarning sub’yektiv jihati pedagog shaxsi, uning mahorati, ta’lim oluvchilarning o‘ziga xosligi va aniq sharoitga bog‘liq. Dars jarayoni har ikki
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 577 tomon bir butun bo‘lib, birlashgan holda tashkil etiladi. Uning amaliy ifodasi qo‘yilgan maqsadga ko‘ra erishilgan natijada o‘z aksini topadi. Metodlarning ob’yektiv jihatini didaktik prinsip nuqtai nazaridan talqin etish, uning nazariyasini ishlab chiqish, amaliyotda qo‘llanishi zarur bo‘lgan eng yaxshi metodlarni tavsiya etish, mantiqiy tanlash muammolarini muvaffaqiyatli yechish imkonini beradi. Metodlarni optimallashtirish uchun esa pedagoglar mahorati, ijodiy yondashish zarur bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘qitish metodlari yuqori darajadagi san’at bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Metod nihoyatda serqirra bo‘lib, juda ko‘p komponentlarni jamlaydi. Murakkabligi uchun ham metodni yagona ma’noga ega tarzda ifodalash qiyin. Shu bois metodning mazmunmohiyatini, sifatlarini soddalashtirilgan variantdagi ta’riflarda berishga to‘g‘ri keladi. Sharq mutafakkirlari ham bilishning metodlariga katta e’tibor bilan qaraganlar. O‘quv jarayonini tashkil etish va o‘qitish metodlariga alohida e’tibor bergan alloma Aristoteldan so‘ng “ikkinchi muallim” deb nom qozongan Abu Nasr Forobiy o‘qitish metodlari haqidagi ta’lim oluvchilarga turli bilimlar berish bilan birga mustaqil holda bilim olish yo‘llarini ham ko‘rsatgan, bilim olish zarurligiga shakshubhasiz ishontirish lozimligini ta’kidlagan. Hozirgi terminlardan foydalanib, Sharqning qomusiy allomalarining o‘qitish metodlarini bilishning umumiy qonunlariga muvofiqligini aniqlasa bo‘ladi. Ular foydalangan o‘qitish metodlarini bir necha guruhlarga ajratish mumkin. Bular Ibn Sino qo‘llagan ko‘rgazmali tajriba metodlari, Abu Rayhon Beruniy, Al Xorazmiyning ko‘nikma va malakalarni shakllantirish metodlari, Forobiy va Al Xorazmiyning bilimlarni tekshirish metodlari va boshqalardir. Ularning hammasi talabalarning faoliyatini kuchaytirish, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish maqsadini ko‘zlagan. Metodika va uning vazifasi. Metodika pedagogikaning tarkibiy qismi (pedagogika yunoncha so‘z bo‘lib, insonni shakllantirishda muayyan maktab sari qaratilgan sistematik faoliyat to‘g‘risidagi hamda ta’lim-tarbiya berishning mazmuni, shakli va metodlari uslublari) haqidagi fandir Metodologiya esa (yunon. metod va logiya so‘zlaridan) faoliyatning tarkibi, mantiqiy tuzilishi, metod va vositalari haqidagi ta’lim otdir. Metodologik bilim, birinchidan, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o‘z ichiga olgan odat va normalar shaklida, ikkinchidan, amalda bajarilgan faoliyatning ta’siri sifatida yuzaga chiqadi. Hozirgi zamon adabiyotlarida metodologiya deyilganda, avvalo ilmiy bilish metodologiyasi, ya’ni ilmiy bilish faoliyatining shakllari va usullari tushuniladi. Metodika, qisqacha qilib aytganda, ma’lum bir fanni o‘rganish, o‘qitish metodlari to‘g‘risidagi ta’limot. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi (uslubiyati) esa shu fanni o‘rganish, o‘qitish metodlarini o‘rganadi. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasining maqsadi nazariy ta’lim berishning qonuniyatlari, turli metodlarini o‘rganishdir. Boshqacha aytganda metodika bu dars o‘tishda o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablarni realizatsiya qilishni amalga oshiradigan turli metodlarning majmuidir. Dars o‘tish o‘qituvchidan fanni puxta bilishnigina emas, balki o‘z bilimini ustalik bilan talabalar ongiga yetkazishni ham talab qiladi. Talabalar fanni puxta o‘zlashtirishlari uchun uni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar katta ahamiyatga ega. Shu sababli pedagoglar maxsus fanlarni o‘rganish metodlarini puxta egallashlari, ularni mahorat bilan qo‘llay bilishlari kerak. Mazkur fanning maqsadi kasb ta’limi (pedagog) yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarni fanni o‘rganishda qo‘llaniladigan an’anaviy va interaktiv metodlar bilan tanishtirish va kelajakda o‘z faoliyatlarida qo‘llashni o‘rgatishdir. Maxsus fanlar faqatgina nazariy emas, amaliy fanlardir. Ular bevosita amaliyotga tayanadi, aniq ma’lum otlar, dalillar, raqamlar hisob-kitoblarga
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 578 asoslanadi. Shuning uchun pedagogik bilimlarni o‘rganish, tafakkurni shakllantirish, real jarayonlar asosida amalga oshiriladi. Har bir maxsus fan o‘z predmetini umumfalsafiy, umumiqtisodiy hamda boshqa alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, shu fanga xos bo‘lgan metodlar yordamida o‘rganadi. Fanni o‘rganish jarayonida esa nafaqat fanning predmetini o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar, balki fanni o‘rganish, bilish jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan metodlar ham katta ahamiyatga ega. Chunki o‘qitish jarayonida fanni talabalar ongiga yetkazish, ularni bilim olishga chorlash, qiziqtirish, o‘z ustida ishlashga yo‘naltirish ko‘p jihatdan unda qo‘llaniladigan metodlarga bog‘liq. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi talabalarda pedagogik fikrlash, tafakkurni shakllantirishga qaratilgan. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining bir tomonida ilmiy, falsafiy fanlar tursa, ikkinchi tomonida esa, pedagogika, pedagogik texnologiya, psixologiya kabi pedagogikaga oid fanlar turadi. Maxsus fanlar, ya’ni Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi ularni bir-biriga bog‘laydi. Kasb ta’limi yo‘nalishida o‘qiydigan bakalavrlar pedagogikani chuqur o‘rganishlari zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Boburmirzo, Kukiev., Achilov, Nurbek, Norboy o‘g‘li & Bekqulov, Qudrat, Shaydulloyevich. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Science. 7 (12), 49-54-220. 2. Shaydulloyevich, B. K. (2020). Increasing students’ graphic literacy through teaching the sciences of drafting and descriptive geometry. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 75-78. 3. Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li, Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, Ko‘kiyev Boburmirzo Baxodir o‘g‘li & Jumayev Isroil Omandovlat o‘g‘li (2020). Methods of developing creative abilities in children. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (10), Part II, 151-153. 4. Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich., Kukiyev Boburmirzo Bahodir ugli., Avazova Guzal Rustambek qizi. (2020). The works in the framework of five initiatives at chirchik state pedagogical institute in tashkent region. EPRA International Journal of Research and Development, 5 (3), p. 411-412. 5. Boizaqova, S. A., Bekqulov Q.Sh. (2021). Ko‘rinishlar mavzusni tushuntirishda detal modelini o‘ziga qarab o‘rganishning ahamiyat. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 96-101. 6. Ko‘kiyev, J. S., Bekqulov Q.Sh. (2021). MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARINI BOSHQA FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 34-39. 7. Boizaqova Sh.A., Bekqulov Q.Sh. Ko‘rinishlar mavzusni tushuntrishda detal modelini o‘ziga qarab o‘rganishning ahamiyati. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 3, 117-120.