scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

CHIZMACHILIK FANIDAN TOʻGARAK MASHGʻULOTLARIDA KOMPYUTER GRAFIKASI DASTURLARIDAN FOYDALANISH

Hayitov Javohir Maxtumqul ogʻli, Muxamedxodjayeva Fazilat Axmatovna

Abstract

Maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini to'garak jarayonida qo'llash xususiyatlari ko'rib chiqiladi. Jumladan, ta’lim jarayonida ta’lim samaradorligini oshirish vositasi sifatida AKT imkoniyatlari tavsiflanadi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 584 CHIZMACHILIK FANIDAN TOʻGARAK MASHGʻULOTLARIDA KOMPYUTER GRAFIKASI DASTURLARIDAN FOYDALANISH 1Hayitov Javohir Maxtumqul ogʻli, 2Muxamedxodjayeva Fazilat Axmatovna 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti. Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi o‘qituvchisi, 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tasvitiy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17433393 Annotasiya. Maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini to'garak jarayonida qo'llash xususiyatlari ko'rib chiqiladi. Jumladan, ta’lim jarayonida ta’lim samaradorligini oshirish vositasi sifatida AKT imkoniyatlari tavsiflanadi. Kalit so'zlar: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), kompyuter texnologiyalari, AutoCad grafik dastur o'quv jarayonida, bilimlarni tizimlashtirish. Hozirgi vaqtda chizmachilik fanini o’qitish yangi axborot texnologiyalari va dasturiy ta’minot multimedia vositalaridan foydalanish orqali o‘qitish usullarini o‘zgartirishi ro‘y bermoqda. Shunday qilib, og‘zaki o‘qitish usulida kompyuter vositalaridan foydalanish sizga matnli ma'lumotlarni ekranda yetkazib berishi bilan birga (matn, ma'ruzachining nutqi) va turli xil rejimlarda bir xil tarkibni qayta-qayta takrorlash imkoniyatini yaratdi. Vizual rejimda siz nafaqat statik ma'lumotlar (tabiiy ob'ektlar, modellar, maketlar, to‘plamlar, jadvallar, plakatlar, diagrammalar, rasmlar va boshqalar)ni namoyish qilishingiz mumkin. Metodlar nuqtai nazaridan faqatgina o‘quv materiallarini taklif etish balki talabalarning amaliy vazifalani bajarishlari ya’ni, bosqichma-bosqich tushuntirish va avtomatlashtirilgan namoyish, individual operatsiyalarni taklif qilish mumkin. axborot texnologiyalarining ta'lim funktsiyalari va didaktik imkoniyatlari to‘g‘risida; yangi o‘quv faoliyati tuzilmasi haqida; mobil qurilmalar yordamida darslarni tashkil qilish va o‘tkazish mumkin . Kompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, oʻzgartirish va tahrirlashdir. Kompyuter animasiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir. Kompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi boʻlib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini oʻrganadi. Modellashtirish ikki oʻlchovli va uch oʻlchovli (2D va 3D). Ikki oʻlchovli va uch oʻlchovli modellashtirish dasturlari dizaynerlik va muxandislik ishlanmalari uchun qoʻl keladi. Bulardan tashqari bu dasturlarni uch oʻlchovli animasiya, poligrafik, taqdimot paketlari bilan toʻldirish mumkin. Modellashtirish dasturlari ichida WINDOWS muxitida ishlatiluvchi eng kuchli avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi sifatida Autodesk firmasining AutoCad dasturini olish mumkin. Odatda, AutoCad ni avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi(SAPR)ning grafik yadrosi sifatida qabul qiladilar. Dastur yordamida turli chiziq, yoy, matnlar xosil qilish, taxrirlash, 2D va 3D modellarni yaratish, loyixalash jarayonida vujudga keladigan koʻpgipa muammolarning INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 585 yechimini avtomatlashtirish, xususiy ssenariy va makrokomandalar yaratib, aniq(konkret) masala va ilovalarga tizimni sozlash, adaptasiya qilish mumkin. Chizmachilik fanidan toʻgarak mashgʻulotlarda o’rganish jarayonida grafik topshiriqlarni yanada mustahkamlab oʻrganish, talabalarni yanada qoshimcha ishlash imkoniyati fazoviy tasavvurini orttirib olingan malumotlarni yanada mustahkamlash imkoniyati yaratiladi. Chizmachilik fani toʻgaraklarida har bir talaba bilan individual shugʻullanib ularning maqsadi va qiziqishidan kelib chiqib mavzular ketma ketligini tuzuladi. Talabalarni ijodkorlik qobilyatini yanada shakillantirishda “Detalning shaklini dizayn asosida oʻyib olish konstruktiv o‘zgartirishga oid loyihalash” mavzusi keltirilgan boʻlib, bu mavzu talabalarni grafik savodxonligini oshirishda juda kata oʻrin tutadi. Quyida ushbu mavzuni samarador usulda grafik dasturlardan foydalanib oʻqitish keltirilgan. Biror bir detal yoki buyumni chizmasini hosil qilish uchun detal shakliga koʻra dastlab gabarit oʻlchamlari asosida yaxlit bir qism olib undan keraksiz joylarini oʻyib olib tashlanadi Dastlab yuqorida tariflangan shaklni Auto CAD grafik dasturi yordamida uch oʻlchamli xolda chizib olamiz va kerakli qismlariga nuqta shaklidagi chiziqdan foydalanib oʻyib olish chiziqlari chiziladi. Ushbu chiziqlar orqali talabalarni detalni taxminiy xosil boʻlish xolatini tasavvur qiladi (1a,b-chizma). Nuqtali chiziqlarni koordinata oʻqlariga mos xolatda berilgan shakldan oʻyib olinadi. Uning uchun Auto CAD grafik dasturida nuqtali chiziqlarni yopiq chiziq bilan yani uzulmagan chiziq bilan chegaralab olinadi va shu chegaralab olingan chiziqlari buyrugʻ yordamida keraklicha hajm beriladi (2a,b-chizma) kerakli hajm berilgandan soʻng detaldan aynan shu qismlar oʻyib olinadi. (1a,b-chizma). Buning uchun grafik dasturdagi oʻyib olish buyrugʻdan foydalanamiz. Bu buyruq orqali grafik dasturda chizilgan modellarni keraksiz qismlarini oʻyib olish uchun qoʻllaniladi. Qoʻllanish tartibi dastlab asosiy model tanlab olinadi hamda Enter tugmasi bosilib, soʻngra oʻyib olinuvchi qism tanlanadi va yana Enter tugmasi bosiladi (3a,b-chizma). Natijada dastlab berilgan modelning ortiqcha qismlari olib tashlanadi va biz loyihalamoqchi boʻlgan detalning konstruktiv holati xosil qilinadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 586 (2a,b-chizma) (3a,b-chizma). Quyida yuqorida tasvirlangan detal kabi variantlar keltirilgan boʻlib ushbu variantlardan talabalarni bilimini sinashda foydalanish mumkin. Oʻqituvchi yuqorida keltirilgan usuldan foydalanib Auto CAD grafik dasturi yordamida talabalarni bilim bersa odatdagi ananaviy usulda oʻtilgan darslardan bir necha barobar yuqori samaraga erishadi. Ananaviy usulda doskada chizmani talabalarga chizib uni tasvirlab koʻrsatish talabalarda koʻp vaqt va yuqori malakani talab qiladi. Chizmalarni grafik dasturlar yordamida chizish ham vaqtni tejaydi hamda chizmalari aniq va sifatli chizishni taminlaydi va talabalarni tasovvirini oshirishda xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2020 yil 28-aprelda “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” deb nomlangan №PQ-4699 qarori. 2. Murodov, Sh.K va boshkalar, (2020). Chizma geometriya. Oliy pedagogika o‘kuv yurtlari uchun darslik, Toshkent, ”Iqtisod-moliya”. 3. Hayitov, J. M. O. G. L. (2022). Muhandislik grafikasi fanlarini axborot-kommunikasiya texnologiyalari yordamida o’qitish orqali talabalarni ijodkorlik qobilyatini oshirish. Science and Education, 3(11), 760-767.