INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIM ORQALI KO'RISHDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARNING TA'M VA HID BILISH ANALIZATORLARINI RIVOJLANTIRISH ASPEKTLARI
Abstract
: Mazkur maqolada ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’m va hid bilish analizatorlarini rivojlantirish jarayonida integratsiyalashgan ta’limning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda korreksion-pedagogik yondashuv, sensor rivojlanish nazariyasi hamda ko‘p sezgi asosida o‘qitish metodikasining samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, fanlararo integratsiya, multisensorli trening va ta’limiy o‘yinlarning ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning idrok, ta’m va hid sezgi tizimlarini faollashtirishdagi roli ko‘rib chiqiladi.
Full text
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 128 INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM ORQALI KO‘RISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNING TA’M VA HID BILISH ANALIZATORLARINI RIVOJLANTIRISH ASPEKTLARI Rahimova Dilnoza Hoshimjon qizi Kosonsoy tumani 45sonli “Ko`zi ojiz va zaif ko’ruvchi bolalar” maktab internati o`qituvchisi. Mirzaolimov Elmurod Ismoilovich Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti, Anatomiya va fiziologiya kafedrasi PhD, v/b dotsent. E-mail: mirzaolimove@gmailcom Annotatsiya: Mazkur maqolada ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’m va hid bilish analizatorlarini rivojlantirish jarayonida integratsiyalashgan ta’limning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda korreksion-pedagogik yondashuv, sensor rivojlanish nazariyasi hamda ko‘p sezgi asosida o‘qitish metodikasining samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, fanlararo integratsiya, multisensorli trening va ta’limiy o‘yinlarning ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning idrok, ta’m va hid sezgi tizimlarini faollashtirishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zla: integratsiyalashgan ta’lim, ko‘rish nuqsoni, ta’m analizatori, hid analizatori, multisensor yondashuv, korreksion pedagogika, inkluziv ta’lim. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida inklyuziv va integratsiyalashgan ta’limni rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olish huquqlarini to‘liq ta’minlash masalasi dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu borada qabul qilingan hujjatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning hayot sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4862-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11dekabrdagi “Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 781-son qarori mazkur sohadagi islohotlarning huquqiy asosini yaratdi [1;2]. Ushbu qarorlar asosida ta’lim tizimida maxsus pedagogik yondashuvlar, reabilitatsion va korreksion texnologiyalarni qo‘llash orqali imkoniyati cheklangan bolalarning individual ehtiyojlarini qondirish, ularni jamiyat hayotiga to‘laqonli qo‘shish vazifasi belgilab berilgan. Ayniqsa, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning sensor tizimlarini rivojlantirish, ya’ni eshitish, hid va ta’m bilish, taktil sezgi faoliyatlarini kuchaytirish masalasi pedagogik tadqiqotlarning markazida turibdi. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun integratsiyalashgan ta’lim muhitida fanlararo bog‘liqlik asosida mashg‘ulotlar tashkil etilishi — ularning bilish jarayonlarini qo‘llabquvvatlovchi muhim pedagogik yo‘nalish hisoblanadi. Chunki inson sezgi organlarining har biri o‘zaro uzviy aloqada bo‘lib, birining yetishmovchiligi boshqalar faoliyatining kuchayishi orqali qoplanadi. Shuning uchun ta’lim jarayonida ta’m va hid analizatorlarini rivojlantirish bolaning atrof-muhitni to‘liq idrok etish qobiliyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15063892
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 129 Hid va ta’m sezmaslik hayotga deyarli bevosita xavf tug’dirmasligi sababli, bu muammoga duch kelganlar kamdan-kam hollarda shifokorga murojaat etishadi. Biroq bu holat kishining taomlar, ichimlik va yoqimli hidlardan zavqlanish qobiliyati cheklanishi bois jiddiy noqulayliklar keltirib chiqishi mumkin. Shuningdek, havoda potentsial zararli kimyoviy modda va gazlar mavjudligini sezmaslik natijasida boshqa jiddiy oqibatlar ehtimoli yuzaga kela boshlaydi. Hid va ta’m bilish bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Tilni qoplab turgan retseptorlar ta’mni aniqlaydi, burun bo’shlig’ida joylashgan nervlar esa hidni. Ikkala sezgi ham miyaga uzatiladi, miya esa ikkalasini tanib olish va baholash uchun kerakli tarzda birlashtiradi. Sho’r, achchiq, shirin va nordon kabi ta’mlar hid ishtirokisiz ham taniladi. Biroq, nisbatan murakkabroqlari (masalan, malina aromati) faqatgina hid va ta’m hissi ishtirokidagina sezilishi mumkin. Burun bo’shlig’ini o’rab turgan shilliq qavatning kichik bir qismi (sezgir epiteliy) tarkibida «olfaktor retseptorlar» deb nomlangan maxsus asab hujayralari saqlaydi. Ushbu hujayralarning sochlarga (kipriklarga) o’xshash hidni aniqlaydigan tolalari mavjud. Havo orqali kirgan molekulalar burun yo’liga o’tib, ushbu kiprikchalarni qo’zg’atadi, bu esa yaqin atrofdagi asab tolalarida nerv impulsini keltirib chiqaradi. Impulslar asab tolalari orqali miyaga uzatiladi, u yerda hidni farqlash jarayoni boshlanadi. Hid aniqlangach, xotira uchun javobgar soha faollashadi va inson shu tariqa u yoki bu hidni tanib oladi. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda integratsiyalashgan ta’lim tizimi alohida o‘rin tutadi. Integratsiyalashgan ta’lim — bu nogironligi bo‘lgan bolalarning sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda ta’lim olishini ta’minlovchi, inklyuziv muhitni yaratishga qaratilgan jarayondir. Bunday ta’lim shaklida bolalarning individual xususiyatlari, psixofiziologik rivojlanish darajalari, sezgi tizimlarining holati hamda bilish faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi metodik yondashuvlar alohida e’tibor talab etadi. Ko‘rish analizatori buzilgan bolalarda atrof-muhitni idrok etish jarayonida boshqa analizatorlar — eshitish, hid bilish, ta’m bilish, taktil (teriga oid) va harakat analizatorlari asosiy kompensator mexanizm sifatida faol ishtirok etadi. Shu sababli integratsiyalashgan ta’lim jarayonida aynan ushbu analizatorlarning, xususan ta’m va hid bilish qobiliyatlarining
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 130 rivojlantirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ikki analizator bolalarda nafaqat fiziologik, balki psixologik barqarorlikni shakllantirishda ham asosiy rol o‘ynaydi. Ta’m va hid bilish tizimlari bolaning kundalik hayotiy faoliyati, ovqatlanish madaniyati, xavfsizlik hissi va estetik idrokini shakllantirishda bevosita ishtirok etadi. Masalan, ko‘zi ojiz bola ta’m orqali mahsulotning sifati yoki yaroqliligini, hid orqali esa muhitdagi o‘zgarishlarni anglay oladi. Shu sababli pedagogik yondashuvlarda hid va ta’m analizatorlarini rivojlantirish uchun maxsus mashg‘ulotlar, sensor mashqlar, laboratoriya tajribalari va didaktik o‘yinlardan keng foydalanish lozim. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda ta’m va hid bilish qobiliyatini rivojlantirishning samarali yo‘llaridan biri — sensor integratsiya metodikasidir. Ushbu metodika asab tizimi faoliyatini uyg‘unlashtirish, turli sezgi analizatorlaridan olingan ma’lumotlarni bir butun idrok obraziga aylantirish imkonini beradi. Sensor integratsiya mashg‘ulotlari orqali bola o‘z tanasini, fazoviy yo‘nalishlarni, hid va ta’m signallarini to‘g‘ri farqlashni o‘rganadi. Masalan, o‘quv jarayonida “ta’m farqlash laboratoriyasi” mashg‘ulotini tashkil etish mumkin. Unda bolalarga shirin, nordon, achchiq, sho‘r ta’mlarni tatib ko‘rish orqali farqlash topshirig‘i beriladi. Bu mashg‘ulot nafaqat ta’m sezgisini rivojlantiradi, balki bolada diqqat, tafakkur, mantiqiy bog‘lanishlarni hosil qiladi. Xuddi shuningdek, “hidni top” o‘yini orqali bolalarga turli gullar, ziravorlar yoki mevalar hidini tanib olish topshirig‘i beriladi. Bunday mashg‘ulotlar orqali ularning hid bilish analizatori faoliyati faollashadi, eslab qolish va taqqoslash ko‘nikmalari shakllanadi.[3] Integratsiyalashgan ta’limda pedagogning roli nafaqat bilim berish, balki bolaning individual rivojlanish xususiyatlariga moslashtirilgan didaktik sharoitni yaratishdan iboratdir. Shu bois ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlovchi o‘qituvchilardan maxsus psixologik va korreksion tayyorgarlik talab etiladi. Ular bolalarning sezgi organlariga yuklama berishda ehtiyotkorlik bilan yondashib, mashg‘ulotlar davomida dam olish va motivatsion usullardan foydalanishlari lozim. Shuningdek, kooperativ o‘qitish metodlari — guruhda ishlash, birgalikda tajriba o‘tkazish, hid va ta’m bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish bolalarning ijtimoiylashuv jarayonini tezlashtiradi. Ular o‘zini tengdoshlari bilan teng his etadi, bu esa integratsiyalashgan ta’limning psixologik muhitini yanada sog‘lomlashtiradi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv va integratsiyalashgan ta’limni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar mavjud. Xususan, 2021-yil 13oktabrdagi “Inklyuziv ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda nogironligi bo‘lgan bolalarga ta’lim olishda teng imkoniyat yaratish, ularning individual ehtiyojlariga mos dasturlar ishlab chiqish, hamda reabilitatsiya komponentlarini ta’lim tizimiga integratsiyalash zarurligi belgilab qo‘yilgan. Ushbu qonun integratsiyalashgan ta’lim jarayonini tizimli yo‘lga qo‘yish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyundagi PQ–289son qarori — “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda maxsus ehtiyojli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan pedagogik xizmatlar, jumladan sensor rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi treninglar, reabilitatsiya markazlari va metodik qo‘llanmalar yaratish vazifalari belgilangan. Bu hujjatlar asosida maktablarda va maxsus internatlarda sensor rivojlanish dasturlari keng joriy etilmoqda.[2] Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda hid va ta’m sezgilarining rivojlanish darajasi bevosita mashg‘ulotlar tizimi va ularning davomiyligiga bog‘liq.
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 131 Masalan, A. L. Venger va V. G. Petrova tadqiqotlariga ko‘ra, bunday bolalarda sensor idrokni muntazam mashq qilish orqali ularning miyaning temporal va frontal sohalaridagi faoliyatni kuchaytirish mumkin, bu esa fazoviy orientatsiyani yaxshilaydi va xotirani mustahkamlaydi. Shu jihatdan, integratsiyalashgan ta’lim jarayoniga maxsus sensor mashg‘ulotlar kompleksini kiritish — ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning kognitiv va hissiy rivojlanishida ijobiy samara beradi. Ta’m va hid bilish qobiliyatini rivojlantirishda multisensor muhit yaratish ham muhim o‘rin tutadi. Bunda o‘quv xonasi maxsus uskunalar, aromaterapiya vositalari, tabiiy mahsulot namunalaridan tashkil etilgan “sezgi burchagi” bilan jihozlanadi. Bu muhitda bola o‘z analizatorlarini erkin ishlatish, o‘z his-tuyg‘ularini ifodalash imkoniga ega bo‘ladi. Natijada, sezgi tizimlarining uyg‘unlashuvi, bilish jarayonlarining faollashuvi va nutq rivojlanishining jadallashuvi kuzatiladi. Shuningdek, ota-onalar bilan hamkorlikda olib boriladigan sensor-hissiy tarbiya dasturlari muhim o‘rin tutadi. Uy sharoitida ota-onalar bolani ta’m va hid farqlashga o‘rgatishda turli meva, ziravor, gul yoki oziq-ovqat mahsulotlarini tanitish orqali mashqlarni davom ettirishlari mumkin. Bu esa ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi va bolaning ijtimoiy moslashuvini osonlashtiradi. Xulosa qilib aytganda, integratsiyalashgan ta’lim tizimi ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning faqat intellektual emas, balki sensor, hissiy va ijtimoiy jihatdan ham rivojlanishini ta’minlaydi. Ayniqsa, ta’m va hid bilish analizatorlarini rivojlantirish orqali bola atrofdagi dunyoni yaxshiroq anglaydi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi va hayot sifati sezilarli darajada yaxshilanadi. Shu bois, pedagogik amaliyotda sensor integratsiya, multisensor yondashuv va o‘yin asosidagi o‘qitish usullarini keng joriy etish zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. “Inklyuziv ta’lim to‘g‘risida”. – Toshkent, 2021-yil 13oktabr. – 12 b. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori PQ–289-son. “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. – Toshkent, 2022yil 7-iyun. – 8 b. 3. Venger, A. L. Sensornoe razvitie detey s narusheniyami zreniya. – Moskva: Prosveshchenie, 2018. – 212 s. 4. Petrova, V. G. Psixologo-pedagogicheskie osnovy inklyuzivnogo obrazovaniya. – Moskva: Akademiya, 2019. – 198 s. 5. G‘aybullayeva, S. A. Maxsus ta’limda sensor rivojlantirishning innovatsion metodlari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. – 145 b.