INNOVATSION XARITALAR YARATISH VA ULARNI TA'LIM JARAYONIGA TADBIQ ETISH ORQALI O'QUVCHILARNING GEOGRAFIK BILIMLARINI OSHIRISH IMKONIYATLARI
Abstract
ushbu maqolada turli innovatsion kartalarni yaratish, ularning geografiya ta’limidagi ahamiyati muhokama qilingan. Bundan tashqari, O’zbekistonning siyosiy ma’muriy kartasini, shuningdek, demografik, sanoat va qishloq xo’jaligiga doir bilimlarni o’quvchilar tomonidan oson o’zlashtirib olishlariga yordam beruvchi 3 ta o’yinni o’zida jamlagan innovatsion karta haqida malumotlar keltirilgan.
Full text
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 168 INNOVATSION XARITALAR YARATISH VA ULARNI TA’LIM JARAYONIGA TADBIQ ETISH ORQALI O’QUVCHILARNING GEOGRAFIK BILIMLARINI OSHIRISH IMKONIYATLARI Madaminov Asadbek NamDPI, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo’nalishi iqtidorli talabasi. E-mail: [email protected] Qoriyev Mirzoxid Namangan davlat pedagogika instituti, tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti. E-mail: [email protected] Annotatsiya: ushbu maqolada turli innovatsion kartalarni yaratish, ularning geografiya ta’limidagi ahamiyati muhokama qilingan. Bundan tashqari, O’zbekistonning siyosiy ma’muriy kartasini, shuningdek, demografik, sanoat va qishloq xo’jaligiga doir bilimlarni o’quvchilar tomonidan oson o’zlashtirib olishlariga yordam beruvchi 3 ta o’yinni o’zida jamlagan innovatsion karta haqida malumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar: xarita, geografiya ta’limi, geografik o’yin metodlari, innovatsion xaritalar. Kirish. Zamonaviy ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni jadallik bilan tadbiq etilayotganligi geografiya fanini samarali o‘qitishda ham yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Ayniqsa, turli innovatsion kartalarni yaratish va ulardan foydalanish geografik bilimlarni o‘zlashtirishni yanada samarali, qiziqarli va tushunarli qiladi [1]. Kartografiya fani tarixan geografiyaning ajralmas bo‘lagi bo‘lib kelgan bo‘lsa, bugungi kunda u raqamli texnologiyalar, GIS (geografik axborot tizimlari), interaktiv xaritalar va vizualizatsiya dasturlari bilan boyitilib, yangicha mazmun kasb etmoqda [2]. Innovatsion kartalar yordamida nafaqat hududlarning tabiiy-geografik xususiyatlari, balki ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va demografik jarayonlarni ham ko‘rgazmali, ayniqsa, o’yinli tarzda ifodalash mumkin. Bu esa o‘quvchilarni geografiya faniga qiziqishlarini oshirib, ularning geografik bilimlarini ortishiga, hududiy tafovutlarni tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllanishiga katta turtki beradi [3]. Shu bois, turli innovatsion kartalarni yaratish va ularni geografiya ta’limi jarayoniga tadbiq etish, nafaqat zamonaviy o‘qitish metodikasining muhim yo‘nalishi, balki yosh avlodda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, global jarayonlarni anglash va hududiy masalalarni hal qilish bo’yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ham zarurdir. Asosiy qism. Mazkur maqola orqali zamonaviy texnologiyalarni qo’llagan holda, darsni qiziqarli va foydali bo’lishi uchun elektron, geografik intelektual o’yin imkoniyatlari bilan ta’minlangan O’zbekiston xaritasi tanishtiriladi. Bugungi kunda o‘quvchilarning diqqatini faqat kitob orqali jalb qilish qiyin. Shu bois, geografiya darsini texnologiya bilan uyg‘unlashtiruvchi, interaktiv test uslubi qo’llanilgan karta yaratildi. Kartada 3 ta intellektual geografik o’yin joylashtirilgan. Har bir oyinni boshlash uchun 3 ta tugma o’rnatildi (1-rasm). DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15063892
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 169 1-rasm. O’zbekistonning siyosiy-ma’muriy kartasi. Ushbu kartada xaritaviy bilimlarga asoslangan 3 ta elektron o’yin tizimi joylashtirilgan. Ushbu xaritaning ustida har bir viloyat uchun tugma joylashtirilgan. TFT LCD ekranda tasodifiy tarzda viloyat nomi chiqadi. 2-rasmdagi xaritada Surxondaryo viloyati chiqqan. O‘quvchi ushbu viloyat hududi ustidagi tugmani bossа, tizim to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanini darhol bildiradi (3-4-rasm).
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 170 2-rasm. O’zbekistonning siyosiy-ma’muriy kartasi. Ushbu kartada Surxondaryo viloyati ko’rsatilgan. 3-rasm. To’g’ri hudud tugmasi bosilganda “to’g’ri” javobini ko’rsatadi 4-rasm. Noto’g’ri hudud tugmasi bosilganda “xato” javobini ko’rsatadi Xaritada har 10 ta savoldan keyin natija – nechta to‘g‘ri va nechta noto‘g‘ri javob bo‘lganini ko‘rsatadi (5-rasm).
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 171 5-rasm. Xarita ekranida natijalar aks etgan Test tugagach, tizim birgina tugma bosilsa qayta boshlanishi mumkin. Mana shunday innovatsion xaritalar yordamida o’quvchilarning geografiya faniga qiziqishini va geografik bilimlarini oshirish mumkin. Ushbu xaritada viloyathududlarini joylashgan o’rnini aniqlashga qaratilgan o’yindan tashqari yana ikkita ta intellektual o’yin mavjud. Jumladan, viloyatlarning demografik hamda iqtisodiy geografik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan o’yinlar ham o’rin olgan. Demografik o’yinga ko’ra, karta ekranida aholi soni ko’rsatiladi. O’quvchi esa mos viloyatni tanlab, tugmani bosishi lozim. Tizim avvalgidek “to’g’ri” yoki “xato” javobni ko’rsatadi. Kartaning iqtisodiy geografik xususiyatlariga bag’ishlangan o’yinda shunga doir savollar beriladi, masalan tamakichilik rivojlangan viloyat, gaz konlari ko’p viloyat, neftni qayta ishlash korxonasiga ega viloyat va b. Ushbu savolga to’g’ri javob bo’luvchi viloyat tugmasi bosiladi. Natijaga mos javobni ekranda ko’rish mumkin. Xulosa. Xulosa qilib aytganda mana shunday qiziqarli intellektual o’yinlarga asoslangan kartalar o’quvchilarni geografiya faniga, xaritashunoslikka qiziqishi ortadi. Bundan tashqari, o’quvchilar bilimini samarali aniqlash imkoniyati yaratiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Rustamjonovich Q.M., Ubaydullayeva M.M., Abdulxaqova Sh.K., Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ekologik savodxonligini oshirishda jonli tabiat burchaklarining o’rni //Research Focus. – 2023. – Т. 2. – №.1. – С. 487-490. 2. Mirzohid Q., Muhlisa U. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga ekologik ta’lim va tarbiyani kuchaytirishning zarurati xususida //Iqtidorli talabalar ilmiy axborotnomasi. – 2021. №.1. – B. 487-490. 3. Ergasheva T. Maktabgacha ta’lim muassasalarida qiziqarli o’yinlar yordamida ekologik ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatlari //Экономика и социум. – 2022. – №. 5-2 (92). – С. 84-87.