QURG'OQCHIL HUDUDLARNING MELIORATIV HOLATINI TIKLASHDA O'SIMLIKLARNING BIOEKOLOGIK IMKONIYATLARINI TADBIQ ETISH (AGROPYRON CRISTATUM (L) GAERTH O'SIMLIGI MISOLIDA)
Abstract
ushbu maqolada qurg‘oqchil hududlarda tabiiy holda tarqalgan Agropyron cristatum (L) Gaerth o'simligining bioekologik xuxsusiyatlari hamda hududlarning meliorativ holatini tiklashdagi o’simlikning tashqi muhitga moslanishi yoritilgan
Full text
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 186 QURG’OQCHIL HUDUDLARNING MELIORATIV HOLATINI TIKLASHDA O‘SIMLIKLARNING BIOEKOLOGIK IMKONIYATLARINI TADBIQ ETISH (AGROPYRON CRISTATUM (L) GAERTH O’SIMLIGI MISOLIDA) Zokirova Nazokat Namangan davlat pedagogika instituti, biologiya yoʻnalishi talabasi E-mail: [email protected] Аnnotatsiya: ushbu maqolada qurg‘oqchil hududlarda tabiiy holda tarqalgan Agropyron cristatum (L) Gaerth oʼsimligining bioekologik xuxsusiyatlari hamda hududlarning meliorativ holatini tiklashdagi o’simlikning tashqi muhitga moslanishi yoritilgan. Kalit soʼzlar: adir hududlari, vegetatsiya, biologik xilmaxillik, biologik xususiyat, morfologik xususiyat, ekosistema, degratdatsiya, melioratsiya. Jahonda “Inson-tabiat” oʼrtasida munosabatlar natijasida vujudga kelayotgan turli tabiiy va antropogen jaryonlarga doir tadqiqotlarga katta eʼtibor berib kelinmoqda. Bunday oʼzgarishlarga tuproq va oʼsimlik degradatsiyasi, biologik xilma-xillik yoʼqolishi, yerlarning texnogen buzilishini, choʼllar maydonini oʼzgarishini, tuproq degradatsiyasini, tuproq meliorativ holatini yomonlashishini, erozion jarayonlarni kuchayib borishini, deflyatsiya kabi salbiy jarayonlar tezlashishi kuzatilmoqda. Jumladan, BMTning «2030 yilgacha barqaror rivojlanish boʼyicha dasturi»da «quruqlik ekosistemalarini muhofaza qilish va tiklash, ulardan oqilona foydalanish, oʼrmonlardan ratsional foydalanish va boshqarish, choʼllanishga qarshi kurashish, yerlarning degradatsiyasini toʼxtatish va biologik xilma-xillik yoʼqolishining oldini olish» kabi vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalar ayniqsa, adir hudularni meliorativ holatini yaxshilashda ushbu o’simlikni bioekologiyasini tadqiq etish muhim hisoblanadi. Agropyron cristatum (bug’doyiq) – juda to'yimli pichan va yaylov yem-xashak o'simligi bo'lib, uni barcha chorva mollari yangi va quruq holda yaxshi iste'mol qiladi. Bundan tashqari, bug'doyiq tuproqning tuzilishini yaxshilaydi va qishloq xo’jaligi ekinlari uchun yerlarni unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. J. T. Romo va T. Harrison (1999),S.S. Shayn va B.A. Karuninlar (1950) Agropyron cristatum o’simligining bioekologiyasini o’rganishgan. Bu o‘tning biologik va morfologik xususiyatlari V. Maxmudov (1983) tomonidan Farg‘ona adirlari (Chotqol tizmasining janubiy etaklarida, dengiz sathidan 750 m balandlikda) kulturasida o‘rganilgan. V. Maxmudov o’simlikning atrof-muhit omillariga bog’liq holda ildiz tizimining tarqalishi va biologiyasini ham oʻrgangan. Agropyron cristatum (bug’doyiq) suv rejimining ayrim koʻrsatkichlari T. Rahimova tomonidan Fargʻona adirlarida oʻrganilgan (1983). Qurg’ochil hududlarda ushbu turning oʼsishi va rivojlanishini kuzatib bordik. Oʼsimliklar fenologiyasi umumeʼtirof etilgan usullar yordamida oʼrganildi (Beydeman, 1974) [1]. Oʼsimliklarning rivojlanish bosqichlarini kuzatish vegetatsiya davrida muntazam ravishda amalga oshirildi. Fenologik kuzatishlar jarayonida quyidagilar qayd etildi: kurtaklarning shakllanishi, faol oʼsishi, kurtaklanishi, gullashi, meva hosil boʼlishi, mevaning pishishi, vegetatsiya davrining tugashi. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15063892
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 187 Bug'doyiqning hosildorligi o'sadigan sharoitiga bog'liq. M.D.Romandin (1979) ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda 25-40 s/ga, havo-quruq (50-80 s/ga yashil massa), Qozog‘istonda Orol tajriba stansiyasi “VIRA” da 30-35 s/ga. ga yashil massa (Ivanov va boshqalar, 1981) beradi. Kustanay viloyatining quruq zonasida pichanining hosildorligi 10-16 s/ga, urug‘i 3-3,5 s/ga (Bukmuhammedov, 1977) ga teng[7,8]. Yiliga 207 mm yogʻin tushadigan Aqtoʻbe viloyatida 10 yil davomida oʻrtacha hosildorlik 10 ts/ga ni tashkil qilgan (Balyan, 1980). Saratov viloyatida vegetatsiyaning birinchi yilida hosildorlik 7,3 s/ga, beshinchi yilida 20 s/ga (Shayn, Karunin, 1950) teng bo’lgan. V.Maxmudov (1983) ma’lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona adirlarida bug‘doyiqning hosildorligi vegetatsiyaning uchinchi yilida 7 s/ga, beshinchi yilida 10-11 ts/ga, Toshkent adirlarida esa vegetatsiyaning birinchi yilida 8 ts / ga, ikkinchi yilida - 25 ts / ga hosil olingan. Agropyron cristatum (L) Gaertn (bug’doyiq) ning gullashi to’pgulning yuqori qismidan boshlanadi yoki yarmidan pastga va yuqoriga tarqaladi. Pastki gullar birinchi, apikal gullar oxirgi bo'lib gullaydi, S.S. Shayn va B.A. Karuninning (1950) so'zlariga ko'ra., Janubi-Sharqiy Sibirda gullash kunning ikkinchi yarmida sodir bo'ladi. Aqto'be viloyatida Agropyron cristatum (bug’doyiq) gullashi soat 17:00 va 18:00 da, Volgograd viloyatida - 15:00 dan 19:00 gacha kuzatilgan (Kosarev, 1941, Kosarev va boshqalar, 1952). Shunday qilib, Agropyron cristatum (L) Gaertn gullarining ochilishi uchun yuqori havo harorati juda muhimdir. Namangan adirlari sharoitida Agropyron cristatum (L) Gaertn kuzgi-qishki-bahorgi vegetatsiya davri, yoz oxirida tinim davri kuzatiladi. Ushbu o’simlikning vegetatsiya davri kuzda boshlanadi. Birinchi yomg'irdan keyin yangi kurtaklar o'sadi. Qishda o’sish to'xtaydi va erta bahorda yana davom etadi. Bahorda, asosan, kurtaklarning faol o'sishi kuzatiladi (1-rasm). 1-rasm. Naychaning paydo bo'lishi aprel oyining ikkinchi o'n kunligida, 14 maydan may oyining oxirigacha qayd etilgan. Gullash bosqichi 28 mayda boshlanadi va 30-35 kun davom etadi. Urug'lar iyun oyida pishib, iyul oyida tusha boshlaydi. O'simlik iyul oyining ikkinchi yarmida tinim davriga o’tadi. Yozgi tinim davrining davomiyligi iyul oyining oxiridan sentyabr oyining boshigacha. Vegetatsiya davri 11 oy yoki 320 kun[5,6]. XULOSALAR. Hozirgi kunda iqlimning o’zgarishi va antrpogen omilning ta’siriga tushib qolgan Namangan adirliklarida o’simliklarning tobora kamayib ketishi kuzatilmoqda. Buning oldini olish va yaylov sifatida foydalanilayotgan adirliklarning o’simlik qoplamini saqlab qolishimiz uchun biz avvalo o’simliklarning bioekologiyasi haqida keng qamrovli tadqiqotlar olib borishimiz kerak. Biz o’rgangan o’simlik chorvachilikda ahamiyatli tur hisoblanadi. Agropyron cristatum-chorva uchun to’yimli ozuqa o’simligi bo’lishidan tashqari, bug‘doyiq tuproqning tuzilishini yaxshilaydi va
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 188 qishloq xo’jaligi ekinlari uchun yerlarni unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki adir hududlarini meliorativ holatini yaxshilashda Agropyron cristatum L. (Gaertn) foydalanilib yuqori samaradorlikka erishilgan. Agropyron cristatum L. (Gaertn) qurg’oqchil hududlarga moslanishi va noqulay agrometeorologik sharoitlarda ham yashil massani boshqa o’simliklarga nisbatan ko’proq berishi bilan ahamiyatli o’simlik hisoblanadi. АDАBIYOTLАR 1. Бейдеман И.Н. Методика изучения фенологии растений и растительных сообществ. – Новосибирск: Наука, 1974. – С. 40-90. 2. Верник Р.С., Рахимова Т.Естественная растиельность и пастбища адыров.Наманганской области.-Ташкент:Фан, 1982. 3. Махмудов В.Биоморфологические особенности дикорастуцих многолетних элеков, перспективных для введения в култура ка адирах Узбекистана.- ташкент,1986. Автореф.дис…. канд.биол.наук. 4. Назиркулова, М. Б., Тошмирзаева, Г. Р., & Юлдашева, М. Ю. (2020). ВОЗДЕЙСТВИЕ КЛИМАТА НАМАНГАНСКОГО РЕГИОНА И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО. Экономика и социум, (1 (68)), 630-635.8. 5. Исагалиев, М. Т., Юлдашев, Г. Ю., Тошмирзаева, Г., Юсуфжонова, З., & Солиева, С. (2016). Плодородие и генезис пустынно-песчаных почв Центральной Ферганы. In АГРАРНАЯ НАУКА-СЕЛЬСКОМУ ХОЗЯЙСТВУ (pp. 351-352). 6. Qoriyev, M. (2025). NAMANGAN VILOYATIDAGI SUG ‘ORILADIGAN YERLARNING IKKILAMCHI SHO ‘RLANISH MUAMMOSI VA UNI BARTARAF ETISH IMKONIYATLARI. Scientific journal of the Fergana State University, (2), 231-231. 7. Кориев, М. Р., & Тошмирзаева, Г. Р. (2023). Оценка возможностей развития лалминского садоводства на основе естественной влажности бурных почв. Экономика и социум, (4-2 (107)), 613-618. 8. Koriev, M. R., & Toshmirzaeva, G. R. Researching the Natural Moisture of the Hilly Soils of the Namangan Region with the Aim of Developing Rain-fed Gardening. JournalNX, 9(11), 39-44 9. Таджиев С.Ф.Эколого-биологические особенности дикорастущих кормовых бобовых,перспективных для введения в культуру на адырах Ферганскойдолины. Aвтореф.канд.биол.наук.Ташкент:ТашГУ,1980, с.25.