INGICHKA TOLALI G'O'ZA NAVINI TURLI SUG'ORISH USULLARIDA QATOR ORALARINI MULCHALASHNING MAVSUMDA KO'CHAT QALINLIGIGA TA'SIRI
Abstract
maqolada Surxondaryo viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sharoitida, turli sug‘orish usullari va g’o’za qator oralarini mulchalashning mavsumda ko’chat qalinligiga ta’siri o’rganilib, maqbul variant tomchilatib sug’orilgan va qator orasi gektariga 20 tonna organomineral kompostlar bilan mulchalangan variantda mavsum oxirida nazoratga nisbatan ko’chat sonining 2 ming donaga kamroq kamayganligi kuzatildi.
Full text
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 223 INGICHKA TOLALI G‘O‘ZA NAVINI TURLI SUG‘ORISH USULLARIDA QATOR ORALARINI MULCHALASHNING MAVSUMDA KO‘CHAT QALINLIGIGA TA’SIRI Bo‘riyev Zokir Jumayevich Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tayanch doktoranti E-mail: [email protected] ORCID ID: https://orcid.org/0009-0001-4267-5490 Annotatsiya: maqolada Surxondaryo viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sharoitida, turli sug‘orish usullari va g’o’za qator oralarini mulchalashning mavsumda ko’chat qalinligiga ta’siri o’rganilib, maqbul variant tomchilatib sug’orilgan va qator orasi gektariga 20 tonna organomineral kompostlar bilan mulchalangan variantda mavsum oxirida nazoratga nisbatan ko’chat sonining 2 ming donaga kamroq kamayganligi kuzatildi. Kalit so‘zlar: sug‘orish usullari, o‘rtacha sho‘rlangan, ko‘chat qalinligi, tup son, rejim, amal davri, mulchalash, qora plyonka, organo-mineral kompost, tuproq qatlami. KIRISH Ma’lumki, paxtaning hosildorlik darajasi mavjud g‘o‘za ko‘chatlarining zichligi bilan bevosita bog‘liq. Ko‘plab mutaxassis va tadqiqotchilarning fikricha, g‘o‘zaning eng maqbul tup soni tuproqning unumdorligi, navning xususiyatlari hamda yerlarning meliorativ holatiga qarab farq qiladi. Uzoq yillik kuzatuv va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Surxondaryo viloyatining taqir tuproqlar hududida aprel oyida yog‘ingarchilik miqdori 20–30 mm yoki undan ham kam bo‘ladi. Bu miqdordagi tabiiy namlik esa g‘o‘za nihollarining yaxshi o‘sib chiqishi uchun yetarli emas. Shu sababli, ushbu hududda ekishdan oldin majburiy tarzda nam to‘plash maqsadida sug‘orish amalga oshiriladi. Bu agrotexnik tadbir barvaqt, sog‘lom va bir tekis ko‘chat olish imkonini yaratadi. Shuningdek, ekishga tayyorgarlik jarayonida 28–30 sm balandlikdagi pushtalar hosil qilinib, ularga ekish oldida nam to‘plash sug‘orishi o‘tkaziladi hamda chigitlar shu pushtalarga ekilsa, ko‘chatlarni bir xil o‘sishi va taraqqiy etishi uchun zarur agrotexnik shart-sharoit yaratiladi. QISQACHA ADABIYOTLAR SHARHI K.Xamrayev va Z.Qodirovlarning ta’kidlashicha, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilganda o‘g‘it sarfi 25–30 % ga kamayadi. Shuningdek, egatlab sug‘orish usuliga nisbatan sug‘orish suvlari ekin turiga qarab 20–60 % gacha tejalishi mumkin. Ushbu texnologiya qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish imkonini yaratadi [1; 1–5-b.]. M.Istamov olib borgan tadqiqotlarida, g‘o‘za egatlab sug‘orilgan sharoitda har gektardan 25–30 sentner atrofida hosil olingan. Suv tejovchi texnologiyalar, xususan, tomchilatib sug‘orish usuli qo‘llanilganda esa hosildorlik 40 sentner/ga gacha oshgani qayd etilgan [2; 23-b.]. A.Q.Jo‘rayev va U.A.Jo‘rayevlar tomonidan Buxoro viloyatining qadimdan sug‘orib kelinadigan o‘tloqi-allyuvial va bo‘z tuproqlari sharoitida o‘tkazilgan tajribalarga ko‘ra, 4–18–3 tizimida g‘o‘za 25 marta sug‘orilgan. Har sug‘orishda suv me’yori 216–262 m³/ga ni, mavsumiy DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15063892
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 224 sug‘orish miqdori esa 5832 m³/ga ni tashkil etgan. Sug‘orishlar orasidagi davr 3–6 kun, umumiy sug‘orish vaqti esa 420–650 soatga teng bo‘lgani aniqlangan [3; 103-b.]. TADQIQOT NATIJALARI G‘o‘zaning ko‘chat qalinligi. G‘o‘za parvarishida mavsumda qo‘llaniladigan barcha agrotexnik tadbirlar qatori g‘o‘zada yetarli ko‘chat qoldirish dolzarb hisoblanadi. Bizning tajribada o‘rtacha sho‘rlangan, o‘tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sharoitida qo‘llanilgan meliorativ tadbirlar va qator oralarini turli mulchalashning g‘o‘za ko‘chat qalinligiga ta’siri o‘rganildi. 2024-yilning amal davri boshida ko‘chat qalinligi variantlar bo‘yicha o‘rtacha 125,9-126,9 ming/ga.ni tashkil etib, amal davri oxirida esa agrotexnik tadbirlar va variantlarimizdagi faktorlarning ta’sirida variantlar bo‘yicha ko‘chat qalinligi kamayishi turlicha bo‘ldi. Shuningdek, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 65-70-65% rejimda mavsum oxirida g‘o‘zaning tup son qalinligini egatlab sug‘orilgan birinchi variantda gektariga 123,2 ming.ga, faqat tomchilatib sug‘orilgan ikkinchi variantda gektariga 124,0 ming.ga, qator orasi qora plyonka bilan mulchalanib, tomchilatib sug‘orilgan 3-variantda gektariga 124,4 ming.ga teng bo‘lgan bo‘lsa, g‘o‘za qator oralari 20 tonna organo-mineral kompostlar bilan mulchalanib, tomchilatib sug‘orilgan 4-variantda gektariga 125,3 ming tup soni kuzatilib, 1-variantga nisbatan 2,0 ming/ga.ga, 2-variantga nisbatan 1,3 ming/ga.ga, 3-variantga nisbatan 0,9 ming/ga.ga yuqori bo‘lib, mavsum boshiga nisbatan 1,4 ming/ga ga g‘o‘za ko‘chatlari nobud bo‘lganligi aniqlandi. Sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 65-75-70% rejimda mavsum oxirida g‘o‘zaning ko‘chat qalinligi oddiy egatlab sug‘orilgan nazorat variantimizda 123,6 ming/ga.ga bo‘lganligi kuzatilgan bo‘lsa, gektariga 20 tonna organo-mineral kompostlar bilan qator oralari mulchalanib, tomchilatib sug‘orilgan 8variantda 125,8 ming/ga.ni tashkil etib, tomchilatib sug‘orilgan oltinchi variantga nisbatan 1,4 ming/ga.ga, g‘o‘za qator orasi qoralyonka bilan mulchalab, tomchilatib sug‘orilgan yettinchi variantga nisbatan 0,8 ming/ga. ga ko‘roq bo‘lganligi kuzatildi. (1-jadval) Mavsumda egatlab sug‘orilgan nazorat variantlarda ko‘chatlar soni 3,4-3,1 ming donagacha kamaydi. Bu variantlarda mavsum davomida mavjud ko‘chatlarning kamayib ketishiga sabab, tuproqda ma’lum darajada zararli tuzlarning to‘planishi va ildiz sistemasi tarqalgan tuproq qatlamidagi tuzlar konsentratsiyasining oshib borganligi natijasida yosh ko‘chatlarning nobud bo‘lish holatlari kuzatildi. 1-jadval G‘o‘zani turli sug‘orish usullarida qator oralarini mulchalashning mavsumda ko‘chat qalinligiga ta’siri, ming/ga 2024yil Tajriba variantlari Mineral o‘g‘itlar me’yori, NPK Sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan,% hisobida Ko‘chat qalinligi Mavsum boshida Mavsum oxirida Farqi Egatlab sug‘orish 200-140-100 kg/ga 65-70-65 126,6 123,2 3,4 Tomchilatib sug‘orish 150-105-75 125,9 124,0 1,9
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 225 kg/ga Tomchilatib sug‘orish, qora plenka bilan mulchalangan 150-105-75 kg/ga 126,1 124,4 1,7 Tomchilatib sug‘orish, 20 t kompost bilan bilan mulchalangan 150-105-75 kg/ga 126,7 125,3 1,4 Egatlab sug‘orish 200-140-100 kg/ga 65-75-70 126,7 123,6 3,1 Tomchilatib sug‘orish 150-105-75 kg/ga 126,1 124,4 1,7 Tomchilatib sug‘orish, qora plyonka bilan mulchalangan 150-105-75 kg/ga 126,5 125,0 1,5 Tomchilatib sug‘orish, 20 t kompost bilan bilan mulchalangan 150-105-75 kg/ga 126,9 125,8 1,1 Xulosa Amal davrida o‘rganilgan variantlar orasida ko‘chatlarning eng yaxshi saqlanib qolishi gektariga 20,0 tonna organomineral kompostlar bilan qator oralari mulchalanib, tomchilatib sug‘orilgan 8-variantda bo‘lib, mavsum davomida ko‘chatlarning 1,1 ming donagacha kamayishi kuzatildi. Bu esa nazorat variantdagi ko‘chat sonining mavsumiy kamayishidan 2,3 ming donaga kamdir. Aytish mumkinki, o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlarda organomineral kompostlar bilan mulchalash haydov qatlamdagi zararli tuzlar miqdorini kamaytirib, mavjud ko‘chatlarning nobud bo‘lishining kamayishiga sabab bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Xamrayev K., Qodirov Z. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasi suv tanqisligini bartaraf etishning maqbul yechimi. //O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali. -T, 2021. №2, 1-qism. -B. 1-5. 2. Istamov M. Tomchilatib sug‘orish tajribasi. //O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi jurnali. – Toshkent, 2020. №9. –B. 23. 1. 3.Jo‘raev A.Q., Jo‘raev U.A. Turli darajada sho‘rlangan maydonlarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish. Monografiya. -Buxoro, 2022. 103 b.