Xattotlik san'atiga bir nigoh …
Full text
STEP CONFERENCE http://bestarticle.fast-page.org/ volume 11. issue 11 October 2025 Xattotlik san’atiga bir nigoh … Abrorjon Alisher o‘g‘li Ne’matov Toshkent Perfect Universty, Gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi O‘zbek xalqining ko‘p ming yillik tarixi, boy ilmiy-ma’naviy merosi, adabiyot va san’ati haqidagi qimmatli ma’lumotlar qo‘lyozma manbalarda aks etgan. Milliy tariximiz, ma’naviyatimiz hamda ajdodlarimiz yaratgan qo‘lyozma manbalarni chuqur o‘rganmay turib, xalqimizning buguni va kelajagini qurish mumkin emas. Shu sababli uzoq yillar tabarruk nomi va shoni pinhon tutilgan ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ijodiy, ma’naviy-ma’rifiy merosini tiklash masalasiga mustaqillik yillarida alohida e’tibor berildi. Xattotlik va kitobat san’ati mashriq zamin aholining uzoq asrlik madaniy-tarixiy merosida alohida o‘rin egallaydi. Markaziy Osiyo xalqi tomonidan islom dinining qabul qilinishi arab yozuvining ham kirib kelishiga sabab bo‘ldi. Natijada arab yozuvi VII asrdan bu xalq uchun ilm-fan va davlat ishlarida yagona rasmiy yozuv sifatida o‘rin oladi. Mashhur xattotlar xatlarining chiroyli va jozibador bo‘lishi uchun arab harflarining har biriga oro berishga, husn kiritishga va ularni go‘zallashtirishga harakat qilganlar. Arab harfi bilan yoziladigan 36 xat shakli mavjud. Ta’kidlash joizki, husnixat bilan bitilgan arab yozuvi kishilarni hayajonga solib, ularga yuksak zavq-shavq bag‘ishlashi bilan dunyodagi boshqa xalqlar yozuvidan ajralib turadi. Bu san’at qadim zamonlardan beri husnixat (kalligrafiya) nomi bilan shuhrat qozongan 1 . O‘rta asrlarda hali kitob chop etish ixtiro etilmagan davrda har qanday asar qo‘lda ko‘chirilib, kitobat 1 Абдулғафур Раззоқ Бухорий. Ҳуснихат дурдоналари (Настаълиқ хати қоидалари).Тошкент. Мовароуннаҳр. 2008. Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Усмонхон Алимовнинг “Ҳуснихат дурдоналари” китобига ёзган сўзбоши. –Б. 3.
STEP CONFERENCE http://bestarticle.fast-page.org/ volume 11. issue 11 October 2025 qilingan. Kitob ko‘chirish ilm darajasidagi hunar hisoblanib, bu ish bilan shug‘ullangan kishilar xattotlar va kotiblar nomi bilan mashhur bo‘lganlar 2 . Ularning har biri o‘z zamonasining ma’rifatli madaniyat arbobi sanalgan. Tabiiyki, zarrinqalam xattotlar yozgan har qanday xat san’at mo‘‘jizasi kabi o‘lmas asar hisoblangan 3 . Dunyodagi barcha ilohiy muqaddas kitoblar, qomusiy, tarixiy, ilmiy, adabiy, ma’rifiy asar va to‘plamlar mana shu xattot(kalligraf)larning sermashaqqat mehnatlari evaziga bizgacha etib kelgan, nodir merosimiz asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib, o‘lmagan. Ilgari maktablarda bolalarga Haftiyak, Qur’on, Chor Kitob, Hofiz, Navoiy, Bedil va So‘fi Ollyorning “Maslak ulmuttaqin” kabi mumtoz ma’rifiy asarlaridan ta’lim berilib, o‘qish jarayonida mazkur kitoblar savodli o‘quvchilarga ko‘chirtirilgan va shu yo‘l bilan keyingi avlod qo‘llanmalar bilan ta’minlangan. Zotan, Markaziy Osiyo xalqining taxminan 15 asrlik ilmiy-adabiy, tarixiy-qomusiy merosi bizning davrimizgacha, asosan, qo‘lyozma shaklida etib kelgan 4 . Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, o‘tmish madaniy meros va qadriyatlarni o‘rganishga keng yo‘llar ochildi. Milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy merosni o‘rganish va tadqiq etish, o‘tmishda yashab o‘tgan mutafakkir va allomalarning ilmiy-falsafiy va diniy-axloqiy qarashlaridan xalq ommasini bahramand etish hayotiy zaruriyatga aylandi. Xattotlik san’atiga oid ilmiy adabiyotni mazmun jihatdan ikkiga bo‘lish mumkin. Birinchisi, qadim zamonlardan beri Sharq xattotlari va olimlari tomonidan yaratilib kelgan xat va xat san’ati haqidagi risolalar. Ikkinchisi esa 2 Муродов А. Ўрта Осиё хаттотлик санъати тарихидан. Тошкент. Фан. 1971. –Б.3. 3 Абдулғафур Раззоқ Бухорий. Ҳуснихат дурдоналари (Настаълиқ хати қоидалари).Тошкент. Мовароуннаҳр. 2008. Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Усмонхон Алимовнинг “Ҳуснихат дурдоналари” китобига ёзган сўзбоши. –Б. 3. 4 А.Раззоқов. Шарқ хаттотлик ва миниатюра санъатидан намуналар (ВИИ-ХХИ асрлар мусанниф бисотидан. Тошкент. Ўзбекистон. 2011. – Б. 450.
STEP CONFERENCE http://bestarticle.fast-page.org/ volume 11. issue 11 October 2025 xattotlar haqidagi risolalar, alohida xattotlik va badiiy qo‘lyozmalar to‘g‘risidagi tadqiqotlardir. Shu mavzuga oid ilmiy izlanishlar talaygina bo‘lsa-da, Buxoro xattotlik maktabining o‘zi alohida to‘laqonli tarzda o‘rganilmagan. To‘g‘ri, 1971-yil Abdulqodir Murodov “O‘rta Osiyo xattotlik san’ati tarixidan” 5 asarida Hirot, Xarazm, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent xattotlik maktabi vakillari bo‘lgan 300 dan ortiq xattotlar haqida ma’lumot bergan. Lekin qisqagina ma’lumotlar bilan cheklangan 6 . Mazkur ish muallifi O‘rta Osiyoda o‘tgan kotiblar hayoti va faoliyatini o‘rganish, etuk xattotlar asarlariga suyanib, XV–XIX asrlarda O‘rta Osiyoda xattotlik san’atining taraqqiyoti va uni ijodiy maktablarga ajratish sohasida birinchi tajribalar o‘tkazishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Shuningdek, turk olimi Habibning “Xat va xattoton” 7 tazkirasida arab yozuvida shuhrat qozongan va turli xat uslublarini ijod etgan mingga yaqin xattotning hayoti va faoliyati haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. Habib tazkirasi yana shu jihatdan kimmatliki, undagi hap bir xattot haqidagi ma’lumot birinchi manba – Sharq qo‘lyozmalaridan olingandir. Habib tazkirasidagi xattotlar tarixi VIII asrdan boshlanadi. Tazkira xattot Ishoq bin Hammod (154 – 770/71 yilda vafot etgan) dan boshlanib, XIX asrning o‘rtalarida o‘tgan xattot Fig‘oniddin Bulbul bilan tugaydi. Habib tazkirasida nomlari zikr etilgan xattotlar, asosan, arab, ajam va usmonli turklardandir. Mazkur tazkirada XIV va XV asrlarda o‘tgan Xuroson xattotlarining mashhurlarigina zikr etilgan. Habib o‘z asarida O‘rta Osiyoda o‘tgan xattotlar to‘g‘risida juda oz va to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar beradi 8 . Xat san’ati ustodlari va O‘rta Osiyoda o‘tgan xattotlar to‘g‘risida 5 Муродов А. Ўрта Осиё хаттотлик санъати тарихидан. Тошкент. Фан. 1971. 6 Муродов А.Ўша асар.. 7 Ҳабиб. Хат ва хаттот. – Б. 209. ЎзФА ШИ. Инв№ 3640 8 Муродов А.Ўша асар. Б. 37.
STEP CONFERENCE http://bestarticle.fast-page.org/ volume 11. issue 11 October 2025 ikkinchi muhim tazkira Buxoroda o‘tgan olim Sharifjon Maxdumning “Tazkirai xushnavison” 9 kitobidir. Sharifjon Maxdum o‘z asarida qo‘lyozma manbalariga suyangan holda qisman Xirot xattotlari va asosan, Buxoro xattotlari faoliyati, san’ati va ko‘chirgan kitoblari haqida ma’lumot beradi. Xiva, Farg‘ona va Toshkent xattotlari haqida Sharifjon Maxdum tazkirasida ma’lumotlar yo‘q. Shunga qaramay, mazkur asar O‘rta Osiyodagi xat san’ati va xattotlar tarixini o‘rganishda muhim manbalardan hisoblanadi 10 . Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Abdulg‘afur Razzoq Buxoriy. Husnixat durdonalari (Nasta’liq xati qoidalari).Toshkent. Movarounnahr. 2008. 2. Murodov A. O‘rta Osiyo xattotlik san’ati tarixidan. Toshkent. Fan. 1971. 3. A.Razzoqov. Sharq xattotlik va miniatyura san’atidan namunalar (VIIXXI asrlar musannif bisotidan. Toshkent. O‘zbekiston. 2011. 4. Murodov A. O‘rta Osiyo xattotlik san’ati tarixidan. Toshkent. Fan. 1971. 5. Habib. Xat va xattot. – B. 209. O‘zFA ShI. Inv№ 364 9 Шарифжон Махдум. Тазкираи хушнависон, ЎзФа Шарқшунослик институти, қўлёзма, инв. № 10 Муродов А. Ўрта Осиё хаттотлик санъати тарихидан. Тошкент. Фан. 1971.