CHIZMACHILIK FANLARIDA GRAFIK DASTURLARINI JORIY ETISHNING NAZARIY AHAMIYATI
Abstract
Matnda rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilayotgan ilg‘or ta’lim uslublarini o‘rganib, ularni O‘zbekistonning milliy pedagogik an’analari va ta’lim tizimiga moslashtirish orqali milliy muhandislik grafikasi fanini o‘qitish uchun maxsus metodikani yaratish zarurati ta’kidlanadi. Ta’limni axborotlashtirish doirasida muhandislik grafikasi uchun o‘quv dasturiy ta’minotini ishlab chiqish muhimligi, biroq mavjud yondashuvlarning sifat jihatidan yetarli o‘zgarish keltirmasligi sabablari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini integratsiyalash orqali o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, talabalar fazoviy tasavvurini rivojlantirish va grafik ko‘nikmalarini shakllantirish muhimligi qayd etiladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 614 CHIZMACHILIK FANLARIDA GRAFIK DASTURLARINI JORIY ETISHNING NAZARIY AHAMIYATI Isroilova Qanoat Alijon qizi https://doi.org/10.5281/zenodo.17435854 Annotatsiya. Matnda rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilayotgan ilg‘or ta’lim uslublarini o‘rganib, ularni O‘zbekistonning milliy pedagogik an’analari va ta’lim tizimiga moslashtirish orqali milliy muhandislik grafikasi fanini o‘qitish uchun maxsus metodikani yaratish zarurati ta’kidlanadi. Ta’limni axborotlashtirish doirasida muhandislik grafikasi uchun o‘quv dasturiy ta’minotini ishlab chiqish muhimligi, biroq mavjud yondashuvlarning sifat jihatidan yetarli o‘zgarish keltirmasligi sabablari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini integratsiyalash orqali o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, talabalar fazoviy tasavvurini rivojlantirish va grafik ko‘nikmalarini shakllantirish muhimligi qayd etiladi. Annotation:The text emphasizes the necessity of studying advanced teaching methods used in developed countries and adapting them to Uzbekistan’s national pedagogical traditions and education system in order to develop a specialized methodology for teaching the national subject of engineering graphics. It highlights the importance of developing educational software for engineering graphics within the framework of informatization of education, while also examining reasons why existing approaches have not led to significant qualitative improvements. The integration of modern pedagogical and information technologies to enhance the effectiveness of the learning process, develop students’ spatial imagination, and cultivate graphic skills is underscored. Аннотация: В тексте подчеркивается необходимость изучения передовых методов обучения, применяемых в развитых странах, и их адаптации к национальным педагогическим традициям и системе образования Узбекистана для создания специальной методики преподавания национального курса инженерной графики. Рассматривается важность разработки учебного программного обеспечения для инженерной графики в рамках информатизации образования, а также причины, по которым существующие подходы не приводят к существенным качественным изменениям. Отмечается значимость интеграции современных педагогических и информационных технологий для повышения эффективности учебного процесса, развития пространственного воображения студентов и формирования графических навыков. Kalit so’zlar. muhandislik grafikasі, ta’lim texnologiyalari, axborotlashtirish, pedagogik metodika, 3D modellashtirish, kompyuter dasturlari (CAD), fazoviy tasavvur, interaktiv o‘qitish, mustaqil ta’lim, zamonaviy pedagogika. Keywords: engineering graphics, educational technologies, informatization, pedagogical, methodology, 3D modeling, computer programs (CAD), spatial visualization, interactive teaching, independent learning, modern pedagogy. Ключевые слова:, инженерная графика, образовательные технологии, информатизация, педагогическая методика, 3d моделирование, компьютерные
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 615 программы (cad), пространственное воображение, интерактивное обучение, самостоятельное обучение, современная педагогика Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda samarali qo‘llanilayotgan ilg‘or ta’lim uslublarini o‘rganish va ularni yurtimizdagi milliy pedagogik an’analar hamda ta’lim tizimining mavjud holatini hisobga olgan holda moslashtirish orqali, milliy muhandislik grafikasi fanini o‘qitish bo‘yicha maxsus metodikani ishlab chiqish zarur bo‘lib qolmoqda. Ayni paytda ta'limni axborotlashtirish doirasida asosiy e'tibor muhandislik grafikasi yo‘nalishidagi o‘quv dasturiy ta'minotini yaratishga qaratilmoqda. Biroq, mavjud va ishlab chiqilayotgan kompyuter texnikasi bazasidagi o‘quv dasturlari muhandislik grafikasini o‘qitishda sifat jihatidan jiddiy o‘zgarishlarga olib kelishi ehtimoli kam. Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, kompyuter texnologiyalari an'anaviy tarzda tashkil etilgan o‘quv jarayoniga mexanik ravishda kiritilmoqda. Ushbu texnologiyalar mazmuni va qo‘llanilish uslublari jihatidan aniq maqsadga yo‘naltirilmagan. Shu sababli, muhandislik grafikasi ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini tatbiq etish bilan bog‘liq muammolar va istiqbollarni o‘rganish muhim hisoblanadi. Muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uzluksiz ta’lim samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Bunday o‘qitish texnologiyalari – bu zamonaviy axborot vositalaridan foydalangan holda ta’lim jarayonida talabalar fazoviy tasavvurini shakllantirish va grafik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, o‘ziga xos didaktik va metodik asoslarga ega bo‘lgan o‘quv resurslaridir. Muhandislik grafikasi fanlarining o‘qitish sifati va natijadorligini oshirish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlariga asoslangan o‘qitish texnologiyalarini Ma’ruza, amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarining har biriga xos xususiyatlarni e’tiborga olib, ularni kompleks tarzda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Misol uchun, ma'ruzalarda interaktiv doskalar va 3D modellashtirish dasturlaridan foydalanish vizual materiallarni ko‘rsatish va tushuntirishni soddalashtiradi. Amaliy mashg‘ulotlarda esa kompyuter yordamida loyihalash dasturlari (CAD) orqali talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkin. Mustaqil ta’lim jarayonida esa onlayn resurslar va virtual laboratoriyalar talabalar uchun bilimlarini chuqurlashtirish hamda yangi ko‘nikmalarni egallashga qulay imkoniyat yaratadi. Muhandislik grafikasi fanlaridan o‘rganiladigan materiallarning o‘quv soatlari hajmini hisobga olgan holda mavzular bloklarga bo‘linadi. Har bir ma'ruza mavzu bloki uchun 2 dan 8 soatgacha vaqt belgilangan bo‘lib, ushbu mavzu blokiga tegishli amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarining mazmuni ham belgilangan. Bu usul har bir mavzuni o‘rganishda ichki tartib va uzviylikni to‘liq saqlashga yordam beradi va talabalarda chizmachilikka oid bilim va ko‘nikmalarni yanada to‘liqroq va maqsadli shakllantirish imkoniyatini oshiradi. Misol uchun, “Proyeksiyalash usullari” mavzusini o‘rganish jarayonida nazariy bilimlar ma'ruza soatlarida beriladi, amaliy mashg‘ulotlarda esa turli geometrik shakllarning proyeksiyalarini chizish ko‘nikmalari shakllanadi. Mustaqil ta'limda esa talabalar qo‘shimcha materiallar bilan tanishib, mustaqil ravishda chizmalar bajarish orqali o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar. Innovatsion texnologiyalar ta’lim jarayonida yuqori malakali va raqobatbardosh pedagogik kadrlarni tayyorlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy o‘qitish uslublari bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Muhandislik grafikasi fanini
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 616 o‘qituvchi mutaxassislar esa CAD tizimlari, 3D modellashtirish texnologiyalari va interaktiv o‘qitish metodlariga mukammal ega bo‘lishlari lozim. Hozirgi kunda pedagogik adabiyotlar, ta’lim masalalariga oid ma’ruzalar va rasmiy hujjatlarda “Yangi pedagogik texnologiya”, “Ilg‘or pedagogik texnologiya”, “Progressiv pedagogik texnologiya” va “Zamonaviy ta’lim texnologiyasi” kabi atamalar tez-tez uchramoqda. Shunga qaramay, “Pedagogik texnologiya” haqida so‘z yuritiladi. O‘zbekistonlik pedagog olimlar va amaliyotchi mutaxassislar esa ilmiy asoslangan, shu bilan birga mamlakatimizning ijtimoiy-pedagogik sharoitlariga mos keluvchi ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish hamda ularni ta’lim-tarbiya jarayonida samarali qo‘llash ustida izlanishlar olib bormoqda. Bunday harakatlarning asosiy sabablari quyidagilardan iborat. Birinchi navbatda, tarixiy va ijtimoiy omillar ta’sirida rivojlanishdan orqada qolgan jamiyatimizni ilg‘or davlatlar qatoriga qo‘shish uchun aholini zamonaviy ta’lim asosida tez va sifatli o‘qitish zarurati ortib bormoqda. Ayniqsa, muhandislik grafikasi ta’limida ilg‘or dasturiy vositalar va vizualizatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali talabalarning fan mazmunini chuqurroq tushunishlari va uni tezroq o‘zlashtirishlari ta’minlanadi. Ikkinchidan, an'anaviy o‘qitish tizimi faqat yozma va og‘zaki so‘zlarga asoslanganligi sababli “axborot berish” usuli sifatida ta'riflanib, o‘qituvchi faoliyati nafaqat o‘quv jarayonini tashkil etuvchi, balki muhim bilim manbaiga aylanib qolganligi; muhandislik grafikasida o‘qituvchi faqat chizish qoidalarini tushuntiruvchi emas, balki talabalarga zamonaviy loyihalash dasturlarini o‘rgatuvchi va ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi yo‘lboshchiga aylanadi. Uchinchidan, fan va texnika taraqqiyotining juda yuqori darajaga yetganligi natijasida axborot hajmining keskin ortib borayotganligi va ularni yoshlarga yetkazish uchun vaqtning cheklanganligi; muhandislik grafikasi fanida talabalarga katta hajmdagi vizual axborotni qisqa vaqt ichida yetkazish uchun interaktiv usullar va animatsiyalardan foydalanish zarur. To‘rtinchidan, bugungi kunda insoniyat taraqqiyotining ushbu bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkur asta-sekin amaliy natijalar va aniq xulosalarga yo‘naltirilgan texnik tafakkur bilan almashib bormoqda.muhandislik grafikasi talabalardan nafaqat chizish qoidalarini bilishni, balki loyihalash jarayonida texnik fikrlashni, muammolarni vizual tarzda hal qilishni talab etadi. Beshinchidan, yosh avlodni hayotga to‘liq tayyorlash zarurati ularni eng ilg‘or bilim berish usullari asosida o‘qitishni, ayniqsa, ob’ektiv voqelikka tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab etadi. Muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda esa talabalarga real muhandislik loyihalarini modellashtirish va tahlil qilish imkoniyatini yaratadigan tizimli yondashuvni qo‘llash ayniqsa muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, pedagogika fanida “pedagogik texnologiya”, “ta’lim texnologiyasi” va “o‘qitish texnologiyasi” kabi atamalar keng qo‘llanilmoqda. Biroq, ularni talqin etishda ma’lum darajada farqlar mavjud. “Texnologiya” so‘zi yunon tilidagi ikki so‘zdan – “texnos” (mahorat, san'at) va “logos” (fan, ta'limot) so‘zlaridan kelib chiqqan. Biroq, bu ta'rif zamonaviy texnologiya jarayonini to‘liq aks ettira olmaydi. Shaxsni mustaqil fikrlaydigan, jamiyat va davlat manfaatlariga sodiq, ijtimoiy foydali mehnatga qodir kadr sifatida tarbiyalash murakkab va ko‘p bosqichli jarayondir. Haqiqatan ham, bir tomondan, barcha davlat tuzilmalari va ijtimoiy tashkilotlar, ayniqsa, ta'lim tizimi rahbarlarining zimmasiga bu masala katta mas'uliyat yuklanadi. Bu jarayonda ta'lim
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 617 tizimini takomillashtirish, uning mazmunini chuqurlashtirish hamda bir qator tashkiliy-tarbiyaviy ishlar amalga oshirilishi kerak. Ikkinchi tomondan, bevosita ushbu masalani amalga oshirishga mas'ul bo‘lgan texnik kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularni zamon talablariga mos ravishda professional faoliyatga tayyorlash davlat va jamiyat uchun katta ijtimoiy vazifadir. Kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq dolzarb va istiqboldagi vazifalar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Birinchidan, erkin fikrlay oladigan shaxsni, mustaqillik va demokratiya g‘oyalariga sodiq ongli fuqaroni, o‘z Vatanining fidoyisi sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ishtirok etishga, muhandislik grafikasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalaridan faol foydalanishga, mamlakat taqdiri uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir muhandis talabani yetishtirish uchun shart-sharoitlar yaratish; muhandislik grafikasi fani orqali talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish, ularga turli texnik loyihalarni tahlil qilish va mustaqil ravishda yangi loyihalar yaratish imkoniyatini berish orqali ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish. Ikkinchidan, mamlakatning ishlab chiqarish va ijtimoiy-siyosiy hayotiga, chin ma’nodagi fuqarolik jamiyatini va huquqiy davlatni qurish jarayonlarini tezlashtirish, demokratiya tamoyillarini joriy etish, mantiqiy fikrlash, fazoviy tasavvur va tafakkur madaniyatini rivojlantirish, talabaning ichki dunyosini boyitish, shuningdek, yangicha ijtimoiy qadriyatlar va munosabatlarni shakllantirish zarur. Boshqacha aytganda, yosh avlodda yangi ongli dunyoqarashni shakllantirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratish lozim. Muhandislik grafikasi ta’limida interaktiv usullar, guruhli loyihalar va munozaralarni o‘tkazish orqali talabalarning mantiqiy fikrlash, fazoviy tasavvur va bahslashish madaniyatini rivojlantirish mumkin. Uchinchidan, talabalar muhandislik grafikasi fanlarini chuqur o‘zlashtirib yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun bu bilimlar ularga hayotiy zarurat ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish lozim; muhandislik grafikasi fanining muhandislik sohasidagi ahamiyatini ko‘rsatish, real ishlab chiqarish jarayonlarida grafik bilimlarning qo‘llanilishini misollar bilan tushuntirish talabalarda fanga bo‘lgan qiziqishni oshiradi va uni chuqur o‘zlashtirishga undaydi. Muhandislik grafikasi fanlarida texnologiya — bu tayyor mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan usullar va metodlar to‘plami bo‘lib, shu usul va metodlarni yaratish va takomillashtirishni o‘rganuvchi fan sifatida ta’riflanadi. Muhandislik grafikasida texnologiyaning o‘ziga xosligi shundaki, o‘quv maqsadlariga erishishni ta’minlaydigan o‘quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Grafik texnologik yondashuv, birinchi navbatda, tasvirlashdan ko‘ra, rejalashtirilgan natijalarni amalga oshirishga imkon beradigan amaliy ko‘rsatmali tuzilma orqali namoyon bo‘ladi. Muhandislik grafikasi fanlariga texnologik yondashuv o‘quv jarayonini o‘zaro bog‘liq bosqichlar va amallarga bo‘lishni, ta’limdan kutilgan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirib, bosqichma-bosqich amalga oshirishni va barcha rejalashtirilgan ish va amallarni bir xil usulda bajarishni ta’minlaydi. Qayta takrorlanadigan xususiyatga ega bo‘lgan ushbu tizim modul shaklida bo‘lib, mazmun bilan to‘ldirilgan va umumiy tarkibga bog‘langan birliklardan tashkil topadi. Ular orasida ta'limning umumiy maqsadi, o‘quv maqsadi, o‘qitish va baholash majmualari mavjud. Amalda bu pedagogning takrorlanuvchi harakatlari algoritmidir. Ushbu algoritmning yangi bo‘limlarda qo‘llanilishi o‘quv jarayonining to‘liq qamrovini ta’minlaydi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 618 Axborot inqilobi va jamiyat qurilishining yangi turi - axborot jamiyatining shakllanishi - ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotda axborot va bilimlarning ahamiyatini tubdan o‘zgartiradi. Shunday qilib, axborot ishlab chiqarishda bilim iqtisodiy o‘sishning asosiy ijtimoiy omili bo‘lib qolmoqda. - Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta'lim maktablarida, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalarida qo‘llanilayotgan hamda qo‘llanilishi zarur bo‘lgan asosiy texnologiya turlari quyidagilardan iboratdir. - bosma materiallar (darslik, qo‘llanma va boshqalar); muhandislik grafikasida chizma namunalari, standartlar va qo‘llanmalar. - audiokasseta, videokasseta va videokliplar; muhandislik grafikasida turli chizish usullari, 3D modellashtirish jarayonlari va muhandislik inshootlarining vizualizatsiyasi. - telefon; maslahat berish va tezkor aloqa uchun. - radio va televideniye (shu jumladan, sun'iy...yo‘ldoshli va kabel teleko‘rsatuvlari); muhandislik grafikasiga oid ko‘rsatuvlar va o‘quv dasturlari. - elektron aloqa; talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida ma'lumot almashinuvi, topshiriqlarni yuborish va qabul qilish uchun. - kompyuterga asoslangan o‘qitish dasturlari; CAD dasturlari, 3D modellashtirish va simulyatsiya dasturlari. - WWW (World Wide Web); muhandislik grafikasiga oid onlayn manbalar, darsliklar, video darslar va forumlar. - telekonferensiyalar (audio konferensiyalar, audiografik konferensiyalar, video konferensiyalar, kompyuter konferensiyalari); masofaviy ta'lim va hamkorlikdagi loyihalar uchun. Ushbu texnologiyalar o‘zlarining xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi va ularning xilma-xilligi ularni tanlash masalasini dolzarb qiladi. Muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda turli texnologiyalardan maqsadga muvofiq foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga yordam beradi. “Muhandislik grafikasi” fani texnika sohasida muhim o‘rin tutadi. Uning o‘qitilishi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, o‘quv jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalarini qo‘llash borasida ayrim muammolar mavjud. Xususan, barcha ta'lim muassasalarida zamonaviy kompyuter texnikasi va dasturiy ta'minotning yetishmasligi, o‘qituvchilarning axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasining yetarli emasligi kabi masalalar ko‘zga tashlanadi. Muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar davomida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning asosiy maqsadi quyidagilardan iboratdir: - Talabalarda fanga nisbatan qiziqish uyg‘otish va ularning fan bilan bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish; zamonaviy dasturlarning vizual imkoniyatlari muhandislik grafikasi fanini yanada qiziqarli va tushunarli qilishga yordam beradi. - talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish; 3D modellashtirish dasturlari orqali murakkab geometrik shakllarni vizual tarzda tasvirlash va ularning proyeksiyalarini tushunishni osonlashtirish. - talabalarning ijodiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish; CAD dasturlari talabalarga o‘z loyihalarini yaratish va ularni turli nuqtai nazarlardan tahlil qilish imkoniyatini beradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 619 - mustaqil ta'lim jarayonida grafik topshiriqlarni mustaqil va xatosiz bajarishni ta'minlash; onlayn manbalar va o‘quv dasturlari talabalarga mustaqil ravishda bilim olish va mashq qilish imkoniyatini yaratadi. samaradorligini oshirish, kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni kelajakdagi muhandislik faoliyatiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda o‘qituvchilarning malakasini oshirish va zarur texnik vositalar bilan ta'minlash dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Boburmirzo, Kukiev., Achilov, Nurbek, Norboy o‘g‘li & Bekqulov, Qudrat, Shaydulloyevich. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Science. 7 (12), 49-54-220. 2. Shaydulloyevich, B. K. (2020). Increasing students’ graphic literacy through teaching the sciences of drafting and descriptive geometry. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 75-78. 3. Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li, Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, Ko‘kiyev Boburmirzo Baxodir o‘g‘li & Jumayev Isroil Omandovlat o‘g‘li (2020). Methods of developing creative abilities in children. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (10), Part II, 151-153. 4. Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich., Kukiyev Boburmirzo Bahodir ugli., Avazova Guzal Rustambek qizi. (2020). The works in the framework of five initiatives at chirchik state pedagogical institute in tashkent region. EPRA International Journal of Research and Development, 5 (3), p. 411-412. 5. Boizaqova, S. A., Bekqulov Q.Sh. (2021). Ko‘rinishlar mavzusni tushuntirishda detal modelini o‘ziga qarab o‘rganishning ahamiyat. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 96-101. 6. Ko‘kiyev, J. S., Bekqulov Q.Sh. (2021). MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARINI BOSHQA FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 34-39. 7. Boizaqova Sh.A., Bekqulov Q.Sh. Ko‘rinishlar mavzusni tushuntrishda detal modelini o‘ziga qarab o‘rganishning ahamiyati. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 3, 117-120.