CHIZMACHILIK FANIDA DIDAKTIK O'YIN TEXNOLOGIYALARINING TA'LIMIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI
Abstract
Maqolada chizmachilik fanida didaktik o‘yinlardan foydalanishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati yoritilgan. “Kim tezroq bajara oladi”, “Kim tezroq chizadi”, “Bu nima?” kabi o‘yinlar o‘quvchilarda fazoviy tafakkur, texnik fikrlash va ijodkorlikni rivojlantiradi, darslarni esa yanada qiziqarli va samarali qiladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 641 CHIZMACHILIK FANIDA DIDAKTIK O‘YIN TEXNOLOGIYALARINING TA’LIMIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI 1Ko‘kiyev Boburmirzo Baxodir o‘g‘li, 2Isoxodjayeva Gulmira Kurbonaliyevna 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti p.f.f.d., dotsenti, 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17436141 Annotatsiya. Maqolada chizmachilik fanida didaktik o‘yinlardan foydalanishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati yoritilgan. “Kim tezroq bajara oladi”, “Kim tezroq chizadi”, “Bu nima?” kabi o‘yinlar o‘quvchilarda fazoviy tafakkur, texnik fikrlash va ijodkorlikni rivojlantiradi, darslarni esa yanada qiziqarli va samarali qiladi. Abstract. The article highlights the educational value of using didactic games in technical drawing lessons. Games such as “Who can complete first?”, “Who draws faster?”, and “What is it?” develop students’ spatial thinking, technical reasoning, and creativity while making classes more engaging. Аннотация. В статье раскрывается значение дидактических игр на уроках черчения. Игры «Кто быстрее выполнит?», «Кто быстрее нарисует?» и «Что это?» развивают пространственное и техническое мышление, креативность и делают занятия более интересными. Kalit so‘zlar: Chizmachilik, muhandislik grafikasi, didaktik o‘yin, ta’limiy ahamiyat, tarbiyaviy ahamiyat, geometrik yasash, fazoviy tafakkur, texnik tafakkur, ijodkorlik, texnik rasm. Keywords: Technical drawing, engineering graphics, didactic games, educational significance, upbringing value, geometric construction, spatial thinking, technical thinking, creativity, technical sketch. Ключевые слова: Черчение, инженерная графика, дидактические игры, образовательное значение, воспитательное значение, геометрические построения, пространственное мышление, техническое мышление, креативность, технический рисунок. 2025-yil 9-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ta’lim sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari yig‘ilishda shunday ta’kidladi: “Iqtisodiyot rivojlanishi, yurtimiz va farzandlarimiz kelajagi faqat va faqat ta’lim va muallimga bog‘liq. Sizlar bilan ish boshlagan birinchi kundan aytaman: ta’lim, ta’lim, ta’lim, muallim, muallim, muallim.” Shuningdek, Prezidentimiz yana bir muhim jihatni alohida qayd etdi: “Odamlarimiz yaxshi yashashi uchun iqtisodiyotimiz kuchli bo‘lishi kerak! Buning uchun yangi tovar, yangi xizmat, yangi texnologiya kerak! Sifatli ta’lim tizimi orqaligina bularga erisha olamiz! Boshqa yo‘limiz yo‘q!” Bu fikrlar nafaqat umumiy ta’lim, balki texnik yo‘nalishdagi fanlarning, jumladan muhandislik grafikasi va chizmachilikning dolzarbligini ham ko‘rsatadi. Chunki bugungi kunda
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 642 iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi yangi g‘oya, yangicha yechim va zamonaviy texnologiyalarga tayangan holda amalga oshiriladi. Muhandislik grafikasi fanlari — bu texnik tafakkurni shakllantiruvchi, fazoviy tasavvur va ijodiy fikrlashni rivojlantiruvchi, yangi mahsulot va texnologiyalarni loyihalashda asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladigan soha hisoblanadi. Ushbu fanlar mazmuniga didaktik o‘yinli texnologiyalarni integratsiya qilish esa talabalarning o‘zlashtirish darajasini oshiradi, darslarni qiziqarli va interaktiv qiladi, ularni amaliy faoliyatga yanada tayyorlaydi. Shu bois chizmachilik fanida “Kim tezroq bajara oladi”, “Kim tezroq chizadi”, “Bu nima?” kabi o‘yinli metodlar nafaqat o‘quvchilarning bilimini mustahkamlaydi, balki muhandislik grafikasi fanining asosiy vazifasi — texnik tafakkur va loyihalash malakasini shakllantirishga ham xizmat qiladi. KIM TEZROQ BAJARA OLADI O‘yinning sharti. Chizmachilik asboblari bilan sinf doskasida har xil geometrik yasashlarni bajarish. Maqsad. O‘quvchilarga sinf doskasiga chizishni, ha r xil kombinatsiyalar tuzishni, chizmachilik asboblaridan to‘g‘rifoydalanishni o‘rgatish, ularning chizish malakalarini oshirish va fikrlash qobiliyatini o‘stirish. Jihozlar. Sinf doskasiga chizish uchun kerakli asboblar: har xil burchaklar chizishga mo‘ljallangan 30°Х60°, 45°Х45° li uchburchak chizg‘ichlar, sirkul va to‘g‘ri chizg‘ich, har xil geometrik yasashlar tasvirlangan plakat-chizmalar (1-rasm, a). O‘yinning tafsiloti. O‘qituvchi o‘quvchilarga «Kim doskaga 75° li burchakni ikkita uchburchaklik yordamida yoki 120° li burchakni sirkul yordamida tez chiza oladi, kim aylanani teng 6 qismga bo‘la oladi yoki to‘rt burchakni berilgan radiusda kim tutashtira oladi», deb murojaat kiladi. Bu savollarni o‘yin boshlanishidan oldin tuzib qo‘yish ham mumkin. Berilgan bitta savolga do i r ish bajarilgandan keyingina, ikkinchi savolni berish lozim. Ko‘p savollar berilsa, o‘quvchilar orasida g‘ovurg‘uvur boshlanib ketadi. Bunda o‘yin qoidasi buziladi. Yakun. Kim vazifani to‘g‘riva tez bajarsa, g‘olib hisoblanadi. Eslatma. O‘quvchilar uchun sinf doskasiga chizish qiyinlik qilsa yoki o‘yin sinfdan tashqarida o‘tkazilsa, tarqatma materiallardan foydalanilsa ham bo‘ladi. Buning uchun hamma o‘quvchilarga etarli tarqatma materiallar tayyorlashga to‘g‘ri keladi. Tarqatma materiallarda o‘yinning bittadan sharti yozilgan yoki chizib quyilgan bo‘ladi. Ana shunday vazifalarning ayrim namunalari 1-rasm, a ko‘rsatilgan. 1-rasm, a. 1. KIM TEZROQ CHIZADI O‘yinning sharti. Detallarning ko‘rinishlari buyicha ularning texnik rasmlarini chizish. Maqsad. O‘quvchilarning qo‘l harakati mah oratn oshiri sh, ko‘z bilan chamalash q
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 643 obiliyatini o‘stirish, fazoviy tafakkurini, texnik rasmlar chizishga do ir bilim va ko‘nikmalarini rasmlantirish. Jihozlar. Sod daroq detallaring ko‘rinishlari tasvirlangan va hamma o‘quvchilarga yetarli kartochkalar (1-rasm, b), Detallarning ko‘rinishlari ularning texnik rasmlary bilan birgalikda tasvirlangan plakat-chizmalar (1-rasm, b). O‘yinning tafsiloti. O‘qituvchi har qaysi o‘quvchiga bittadan detaining ko‘rinishlari tasvirlangan kartochkalarni tarqatadi va shu detallarning texnik rasmlarini chizishni buyuradi. O‘quvchilar detaining texnik rasmini chizishda qiynalsalar, ularga ko‘maklashish maqsadida detal ko‘rinishlari va teхnik rasmi tasvirlangan plakat doskaga ilib quyiladi. O‘yinning shartini tez va yaxshi bajargan o‘quvchilar g‘olib hisoblanadi. Eslatma. Bu o‘yinni o‘tkazishdan oldin o‘quvchilarning geometrik sirtla rning texnik rasmlarini (1rasm, d) chizish mashqlarini tashkil etish lozim. Keyin ikkita, uchta geometrik sirtlardan iborat detallarning texnik rasmlarini chizish mashqi o‘tkaziladi. Yarim aylana, kvadrat, oltiburchaklarning rasmini chizishda, ularning qaysi proyeksiyalar tekisliklarida (1-rasm, c) joylashganini hisobga olinsa, rasmlarni to‘g‘ri chizish mumkin. 1-rasm. d. 1-rasm. c. 1. BU NIMA? O‘yinning sharti. Geometrik msоllarni ularning tavsifi оrqali idrоk etish. Maqsad. O‘quvchilarda faz oviy tafakkurni o‘stirish. Ularni tims о llarning tavsifi orqali ko‘rinishlarini idr о k qilishga o‘rgatish. Mulоhaza yuritishga, taqqoslashga оdatlantirish. Jiqo zlar. Gеоmеtrik msоllarning yozma tavsiflari. Yozma tavsiflar to‘g‘ri chiziq ke smasi, tekis rasm, geometrik sirt, hayotda uchrab turadigan d etallar haqida bo‘lishi kerak. Geometrik msоllar tasvirlangan plakat chizmalar (1-rasm. e.). O‘yinning tafsiloti. O‘qituvchi o‘yin qatnashchilariga murojaat qilib: «Ustidan ko‘rinishi nuqta, оldidan ko‘rinishi to‘g‘ri chiziq kesmasi. Bu qanday vaziyatdagi to‘g‘ri chiziq?», - deydi. Yoki: «Ustidan ko‘rinishi aylana, о ldidan ko‘rinishi uchburchak. Bu qanday sirt?»-deydi. Yoki:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 644 «Ustidan ko‘rinishi muntazam oltiburchak, oldidan ko‘rinishi to‘g‘ri to‘rtburchak. Bu qanday sirt?», - deydi. Yoki: «Ustidan ko‘rinishi muntazam оltiburchak, o‘rtasida kichikrоq aylana bоr; оldidan ko‘rinishi оsti kattar оq, usti kichikrоq uzunch оq turtburchak. Bu qanday detal va u qanday sirtlardan tuzilgan?», - deydi. Bu tavsiflar orqali o‘quvchilar gemetrik timsоllarni ko‘z оldilariga keltira оlmasalar, ularga gemetrik msоllar tasvirlangan plakat-chizmalardan fоydalanish tavsiya etiladi. O‘qituvchi tez va aniq javob bergan o‘quvchilarni g‘oliblar deb e’lоn qiladi. Eslatma. O‘yinni ikkita komanda tuzib o‘tkazish ham yaxshi natija beradi. Bunda har bir komanda qatnashchilari qarshi komanda qatnashchilariga savоllar berish uchun geometrik msоllarning tavsiflarini yodlab оlishga harakat qiladilar. Ma’lumki, yodlash jarayonida geometrik msollar o‘quvchilar ongiga singib boradi. Shundagina berilgan javob tug‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlash оsonlashadi. Javobni geometrik sоvllarning ko‘rinishlari tasvirlangan plakat chizmalar оrqali berish ham mumkin. Buning uchun qar bir geometrik msolning ko‘rinishlari aloqida formatlarga chizilgan bo‘lib, ular orasidan qidirib tоpishga to‘g‘ri keladi. 1-rasm. e. Berilgan yaqqol tasvir asosida proyeksiyalarni to‘g‘ri joylashtiring. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Boburmirzo, Kukiev., Achilov, Nurbek, Norboy o‘g‘li & Bekqulov, Qudrat, Shaydulloyevich. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Science. 7 (12), 49-54-220. 2. Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li, Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, Ko‘kiyev Boburmirzo Baxodir o‘g‘li & Jumayev Isroil Omandovlat o‘g‘li (2020). Methods of developing creative abilities in children. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (10), Part II, 151-153. 3. Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich., Kukiyev Boburmirzo Bahodir ugli., Avazova Guzal Rustambek qizi. (2020). The works in the framework of five initiatives at chirchik state pedagogical institute in tashkent region. EPRA International Journal of Research and Development, 5 (3), p. 411-412. 4. Ko‘kiyev, J. S., Bekqulov Q.Sh. (2021). MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARINI BOSHQA FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 34-39.