KOSTYUMBOP MATONING MEXANIK XOSSALARIGA IPLARNI PISHITISH JARAYONINING TA'SIRI
Abstract
Ushbu maqolada turli tolali 20×2 teksli pishitilgan iplar asosida 2/2 sarja o‘rilishida kostyumbop matolar ishlab chiqildi va ularning asosiy mexanik xususiyatlari aniqladi hamda tahlil qilingan.
Full text
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 67 KOSTYUMBOP MATONING MEXANIK XOSSALARIGA IPLARNI PISHITISH JARAYONINING TA’SIRI M.A. Xazratqulov mustaqil izlauvchi Jizzax politexnika instituti T.A. Ochilov professor Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti M.R. Atanafasov dotsent Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada turli tolali 20×2 teksli pishitilgan iplar asosida 2/2 sarja o‘rilishida kostyumbop matolar ishlab chiqildi va ularning asosiy mexanik xususiyatlari aniqladi hamda tahlil qilingan. Kalit so‘zlari: matoning uzilishdagi uzayishi, matoning uzilish kuchi,bikrligi, ishqalanishga chidamliligi, g‘ijimlanmasligi, Annotatsiya: В данной статье на основе пряжи 20×2 текс из различных волокон были изготовлены костюмные ткани с полотняным переплетением 2/2, их основные механические свойства были определены и проанализированы. Ключевые слова: удлинение при разрыве ткани, разрывная прочность ткани, жесткость, износостойкость, несминаемость Annotatsiya: In this article, suit fabrics with a 2/2 twill weave were produced using 20×2 tex yarns spun from various fibers, and their main mechanical properties were determined and analyzed. Keywords: fabric elongation at break, fabric breaking strength, stiffness, abrasion resistance, crease resistance Kirish Respublikamizda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy qilib, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21 yanvardagi “To‘qimachilik va tikuvtrikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF53 sonli Farmoni qabul qilingani ushbu sohani yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda [1]. Adabiyotlar tahlili Kostyumlik matolarning barchasida tanda iplariga, ba’zilarida arqoq turkumiga ham 15,7 teksx2 - 31,3 teksx2 yo‘g‘onlikda pishitilgan iplar qo‘llaniladi. Yarim junli matolarni ishlab chiqarganda jun iplariga 35 foiz viskoza yoki kapron kompleks iplari pishitilib qo‘shiladi. Yuza zichligi 220-340 g/m2, chiziqiy to‘ldirilishi 70-90 foiz va ba’zi yuqori sifatlilari 110 foizgacha bo‘ladi [2]. To‘qimachilik sanoati korxonalarida yangi kostyumbop matolar assortimentini yaratishda, xom-ashyoning tolaviy tarkibi, tolalarning xossalari, ularning o‘zaro birikuvi alohida e’tiborga olinadi [3]. To‘qimachilik sanoat korxonalarida matolar g‘ijimlanadi, ya’ni ular burmalar va g‘ijimlar hosil qiladi. Hosil bo‘lgan g‘ijim va burmalarni faqat namlab-isitib dazmollashdagina ketkazish mumkin. Matolarning g‘ijimlanishi ularning tola tarkibiga, tuzilishida ishlatilgan iplarning yo‘g‘onligiga, o‘rilish va pardozlash turiga, zichligiga bog‘liq. Undan tashqari, kostyumbop
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 68 matolarning g‘ijimlanuvchanligi ularning salbiy xususiyatlaridan biridir. U matoning ko‘rinishini buzadi. Oson g‘ijimlanadigan matolar tez ishdan chiqadi, chunki bukilgan va burmalangan joylarda ancha ishqalanadi [4]. Tahlil va natijalar Iplarga 300 br/m va 400 br/m buram berib pishitish asosida asosida olingan kostyumbop matoning mexanik xossalarini aniqlash borasida tadqiqot ishlari olib borildi. Olingan sinov natijalari 1-2-jadvallarda keltirildi. 1-jadval Iplarga 300 br/m buram berish asosida olingan kostyumbop matoning mexanik xossalarini o‘rganish t/ r Ko‘rsatkichl ar Aralashma tarkibi,% Tanda va arqoq ipi 100% paxta tolali Tanda ipi 100% paxta tolali va arqoq ipi esa 50% paxta bilan 50% poliester tola aralashmasi dan olingan ip Tanda ipi 100% paxta tolali va arqoq ipi esa 50% paxta bilan 50% modal tola aralashmasid an olingan ip Tanda ipi 100% paxta tolali va arqoq ipi esa 50% paxta bilan 50% viskoza tola aralashmasi dan olingan ip Tanda ipi 100% paxta tolali va arqoq ipi esa 25% modal, 25% viskoza bilan 50% paxta tola aralashmasi dan olingan ip 1 . Matoning uzilish kuchi, H tanda bo‘yicha 409,0 420,0 438,0 417,0 434,0 arqoq bo‘yicha 436,0 712,0 708,0 508,0 637,0 2 . Matoning uzilishdagi uzayishi, % tanda bo‘yicha 23,6 15,9 18,6 15,2 17,9 arqoq bo‘yicha 16,1 36,7 34,2 42,1 37,5 3 . Bikrligi, mkN·sm2 tanda bo‘yicha 36077 36645 34678 33379 35689 arqoq bo‘yicha 43288 45390 44578 43379 44126 4 . Ishqalanishga chidamliligi, sikl 9500 15000 12500 12000 11000 5 . G‘ijimlanmas ligi,% 41,1 56,6 51,1 54,4 51,1 2-jadval Iplarga 400 br/m buram berish asosida olingan kostyumbop matoning mexanik xossalarini o‘rganish
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 69 t/ r Ko‘rsatkichla r Aralashma tarkibi,% Tanda va arqoq ipi 100% paxta tolali Tanda ipi 100% paxta tolali va arqoq ipi esa 50% paxta bilan 50% poliester tola aralashmasi dan olingan ip Tanda ipi 100% paxta tolali va arqoq ipi esa 50% paxta bilan 50% modal tola aralashmasid an olingan ip Tanda ipi 100% paxta tolali va arqoq ipi esa 50% paxta bilan 50% viskoza tola aralashmasi dan olingan ip Tanda ipi 100% paxta tolali va arqoq ipi esa 25% modal, 25% viskoza bilan 50% paxta tola aralashmasi dan olingan ip 1. Matoning uzilish kuchi, H tanda bo‘yicha 415,0 436,0 444,0 424,0 438,0 arqoq bo‘yicha 445,0 768,0 724,0 530,0 648,0 2. Matoning uzilishdagi uzayishi, % tanda bo‘yicha 24,2 16,5 20,4 16,7 18,8 arqoq bo‘yicha 18,1 39,8 36,5 43,1 39,6 3. Bikrligi, mkN·sm2 tanda bo‘yicha 36128 37645 35646 34456 35745 arqoq bo‘yicha 44078 46240 44665 44208 44288 4. Ishqalanishga chidamliligi, sikl 10100 15750 12600 12100 11500 5. G‘ijimlanmasl igi,% 43,2 57,5 52,3 55,5 52,4 To‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarilayotgan kostyumbop matolar o‘zining tashqi ko‘rinishi, bikrligi, havo o‘tkazuvchanligi va mustahkamligi jihatidan boshqa matolarga nisbatan yuqoriroq turadi. Undan tashqari, kostyumbop matolar sof holda paxta, jun, kanop, zig‘ir tolalaridan va kimyoviy tolalar aralashmasidan ishlab chiqariladi. Tadqiqot natijalari tahlilidan ko‘rinib turibdiki, iplarga 300 br/m buram berib pishitilgan, tanda va arqoq ipiga 100% paxta tolasidan olingan matoning ko‘rsatkichlariga nisbatan solishtirsak, tanda ipiga 100% paxta va arqoq ipiga 50% paxta bilan 50% poliester tolalari aralashmasidan olingan ip tashlanib ishlab chiqarilgan kostyumbop matoning tanda bo‘yicha uzilish kuchi 2,6% ga, arqoq bo‘yicha uzilish kuchi 38,8% ga, tanda bo‘yicha bikrligi 1,2% ga, arqoq bo‘yicha bikrligi 4,6% ga, ishqalanishga chidamliligi 36,7% ga, g‘ijimlanmasligi 27,4% ga oshdi, tanda ipiga 100% paxta va arqoq ipiga 50% paxta bilan 50% modal tolalari aralashmasidan olingan ip tashlanib ishlab chiqarilgan kostyumbop matoning tanda bo‘yicha uzilish kuchi 6,6% ga, arqoq bo‘yicha uzilish kuchi 38,4% ga, tanda bo‘yicha bikrligi 3,9% ga, arqoq bo‘yicha bikrligi 2,9% ga, ishqalanishga chidamliligi 24,0% ga, g‘ijimlanmasligi 19,6% ga oshdi, tanda ipiga 100%
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 70 paxta va arqoq ipiga 50% paxta bilan 50% viskoza tolalari aralashmasidan olingan ip tashlanib ishlab chiqarilgan kostyumbop matoning tanda bo‘yicha uzilish kuchi 1,9% ga, arqoq bo‘yicha uzilish kuchi 14,2% ga, tanda bo‘yicha bikrligi 7,5% ga, arqoq bo‘yicha bikrligi 0,3% ga, ishqalanishga chidamliligi 20,8% ga, g‘ijimlanmasligi 24,4% ga oshdi, tanda ipiga 100% paxta va arqoq ipiga 50% paxta bilan 25% modal, 25% viskoza bilan 50% paxta tolalari aralashmasidan olingan ip tashlanib ishlab chiqarilgan kostyumbop matoning tanda bo‘yicha uzilish kuchi 5,8% ga, arqoq bo‘yicha uzilish kuchi 31,6% ga oshdi, tanda bo‘yicha bikrligi 1,1% ga kamaydi, arqoq bo‘yicha bikrligi 1,9% ga, ishqalanishga chidamliligi 13,6% ga, g‘ijimlanmasligi 19,6% ga oshdi. Shu bilan bir qatorda, 2 iplarga 400 br/m buram berib pishitilgan, tanda va arqoq ipiga 100% paxta tolasidan olingan matoning ko‘rsatkichlariga nisbatan solishtirsak, tanda ipiga 100% paxta va arqoq ipiga 50% paxta bilan 50% poliester tolalari aralashmasidan olingan ip tashlanib ishlab chiqarilgan kostyumbop matoning tanda bo‘yicha uzilish kuchi 4,8% ga, arqoq bo‘yicha uzilish kuchi 42,1% ga, tanda bo‘yicha bikrligi 4,1% ga, arqoq bo‘yicha bikrligi 2,9% ga, ishqalanishga chidamliligi 35,9% ga, g‘ijimlanmasligi 24,9% ga oshdi, tanda ipiga 100% paxta va arqoq ipiga 50% paxta bilan 50% modal tolalari aralashmasidan olingan ip tashlanib ishlab chiqarilgan kostyumbop matoning tanda bo‘yicha uzilish kuchi 6,5% ga, arqoq bo‘yicha uzilish kuchi 38,5% ga, tanda bo‘yicha bikrligi 1,5% ga, arqoq bo‘yicha bikrligi 0,7% ga, ishqalanishga chidamliligi 19,8% ga, g‘ijimlanmasligi 17,4% ga oshdi, tanda ipiga 100% paxta va arqoq ipiga 50% paxta bilan 50% viskoza tolalari aralashmasidan olingan ip tashlanib ishlab chiqarilgan kostyumbop matoning tanda bo‘yicha uzilish kuchi 2,1% ga, arqoq bo‘yicha uzilish kuchi 16,1% ga oshdi, tanda bo‘yicha bikrligi 1,9% ga kamaydi, arqoq bo‘yicha bikrligi 0,3% ga, ishqalanishga chidamliligi 12,2% ga, g‘ijimlanmasligi 17,6% ga oshdi, tanda ipiga 100% paxta va arqoq ipiga 50% paxta bilan 25% modal, 25% viskoza bilan 50% paxta tolalari aralashmasidan olingan ip tashlanib ishlab chiqarilgan kostyumbop matoning tanda bo‘yicha uzilish kuchi 5,2% ga, arqoq bo‘yicha uzilish kuchi 31,3% ga oshdi, tanda bo‘yicha bikrligi 1,1% ga kamaydi, arqoq bo‘yicha bikrligi 0,2% ga, ishqalanishga chidamliligi 12,2% ga, g‘ijimlanmasligi 17,6% ga oshdi. Xulosa Boshqa tolali kostyumbop matolarning ko‘rsatkichlariga nisbatan solishtirsak, tanda ipiga 100% paxta va arqoq ipiga 50% paxta bilan 50% poliester tolalari aralashmasidan olingan ip tashlanib ishlab chiqarilgan kostyumbop matoning tanda bo‘yicha uzilish kuchi 2,61% дан 6,62% гача, арқоқ бўйича узилиш кучи 16,1% дан 38,5% gacha, tanda bo‘yicha bikrligi 1,1% dan 7,5% gacha, arqoq bo‘yicha bikrligi 0,3% dan 4,6% gacha, ishqalanishga chidamliligi 13,6% dan 36,7% gacha, g‘ijimlanmasligi 17,4% dan 27,4% ga oshganligi aniqlandi. Adabiyotlar ro‘yxati 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni. 2. Кирюхин C.M., Шустов Ю.С. Текстильное материаловедение.- М.: КолосС, 2011.-360 с. 3. Ochilov T.A., Matmusayev U.M., Qulmetov M.Q. Tо‘qimachilik materiallarini sinash. Toshkent, “О‘zbekiston”, 2004. 4. Шустов Ю.С. и др. Текстильное материаловедение лабораторный практикум. Учебное пособие, Москва, ИНФРА-М, 2016. 5. Laysheva E.T. , Xazratkulov M.A. Changes in the Physical Properties of Costume Fabric Obtained Based on Improvement of Ip Obtaining Technology // Miasto Przyszłości. Vol. 60 (2025). pp.716. 6. Хазратқулов M. A., Очилов T.A., Атанафасов M.Р. Костюмбоп матоларнинг технологик кўрсаткичларини тадқиқоти // “Экономика и социум” №4(131) 2025.