KOMPYUTER LINGVISTIKASI FANINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Abstract
Ushbu tezis kompyuter lingvistikasi fanining paydo bo‘lishi, tarixiy rivojlanish bosqichlari va asosiy olimlar hissasini tahlil qiladi. Fan shakllanishining asosiy bosqichlari Louis Hjelmslev, Noam Chomsky, Leon Dostert, Ralph Grishman, Daniel Jurafsky, va boshqa olimlar ishlarida yoritilgan. Shuningdek, mashina tarjimasi, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) va sun’iy intellekt texnologiyalari asosidagi zamonaviy yo‘nalishlarga ham e’tibor qaratiladi.
Full text
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 213 KOMPYUTER LINGVISTIKASI FANINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI Muslixiddinova Raxshona Hamza qizi E-mail: muslixiddinovara[email protected] Annotatsiya: Ushbu tezis kompyuter lingvistikasi fanining paydo bo‘lishi, tarixiy rivojlanish bosqichlari va asosiy olimlar hissasini tahlil qiladi. Fan shakllanishining asosiy bosqichlari Louis Hjelmslev, Noam Chomsky, Leon Dostert, Ralph Grishman, Daniel Jurafsky, va boshqa olimlar ishlarida yoritilgan. Shuningdek, mashina tarjimasi, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) va sun’iy intellekt texnologiyalari asosidagi zamonaviy yo‘nalishlarga ham e’tibor qaratiladi. Kalit so‘zlar: Kompyuter lingvistikasi, Natural Language Processing, mashina tarjimasi, Louis Hjelmslev, Noam Chomsky, Ralph Grishman, sun’iy til, tabiiy til. Kompyuter lingvistikasi — zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti natijasida shakllangan, tilshunoslik va axborot texnologiyalari chorrahasida joylashgan yangi ilmiy yo‘nalishdir. Ushbu fan tilni kompyuter vositasida o‘rganish, tahlil qilish, tarjima qilish, tahrirlash va o‘qitish jarayonlarini avtomatlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. XX asr o‘rtalarida kibernetika, informatika va tilshunoslikning kesishgan nuqtasida “matematik lingvistika” va “hisoblash lingvistikasi” nomlari ostida yangi soha vujudga keldi. Xususan, Daniyalik olim Louis Hjelmslev (1899–1965) tilni matematik formulalar orqali tavsiflash g‘oyasini ilgari surib, bu yo‘nalishni “linguistic algebra” (til algebrasi) deb atagan.U “Prolegomena to a Theory of Language” ilmiy ishida tilning struktur modelini matematik asosda qurish g‘oyasini ilgari surib, keyinchalik kompyuter lingvistikasi shakllanishiga zamin yaratdi. Dastlab tilni matematik model asosida formal tavsiflash va kompyuterda ishlov berish g‘oyasi ilgari surilgan. Matematik lingvistikadan farqli ravishda, kompyuter lingvistikasi inson va kompyuter o‘rtasidagi tabiiy til orqali muloqotni tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Uning shakllanishiga 1950–1960-yillardagi “mashina tarjimasi” bo‘yicha AQSh va Yevropada olib borilgan tajribalar, xususan, 1954-yilda Jorjtaun universitetida IBM–701 mashinasi yordamida rus tilidan ingliz tiliga 60tacha gap avtomatik tarjima amalga oshirilgani turtki bo‘ldi. Leon Dostert boshchiligida o‘tkazilgan amaliy ishda kompyuter lingvistikasi fani amaliy poydevori yaratildi. Kompyuter lingvistikasi doirasida ikki asosiy tushuncha – tabiiy til va sun’iy til farqlanadi. Tabiiy til – insonlar o‘rtasida muloqot, emotsional ifoda va axborot uzatish vositasi sifatida xizmat qiladi. Sun’iy til esa – matematik va mantiqiy qonuniyatlarga asoslangan, mashina tomonidan tushunilishi uchun yaratiladi. Shunday qilib, kompyuter lingvistikasi: nazariy jihatdan – Louis Hjelmslev va Noam Chomsky g‘oyalariga tayanadi; amaliy jihatdan – Leon Dostert boshchiligidagi 1954-yilgi Georgetown–IBM mashina tarjimasi tajribasidan boshlangan; zamonaviy bosqichda – Grishman, Jurafsky, Schank, Radford kabi olimlar tomonidan NLP va sun’iy intellekt bilan integratsiya qilingan yo‘nalish sifatida rivojlanmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Hjelmslev, L. Prolegomena to a Theory of Language. Indiana University Press. 1953. 2. Chomsky, N. Syntactic Structures. The Hague: Mouton. 1957. 3. urafsky, D., & Martin, J. H. Speech and Language Processing: An Introduction to Natural Language Processing, Computational Linguistics, and Speech Recognition. Prentice Hall. 2000. 4. Xolmanova, Z. T. Kompyuter lingvistikasi. Toshkent: 2019