YUQORI MAOSHLI SEKTORLAR: ISH HAQI O'RTASIDA TARMOQLARARO TAFOVUT TAHLILI
Abstract
Tahlil natijalariga ko‘ra ish haqi o‘rtasida tarmoqlararo tafovut oshgan. • Tahlil natijalari moliya va sug‘urta, axborot va aloqa sohasi (IT) mutaxassislari maoshlarining yuqori bo‘lishi bilan bir qatorda, ularga talabning ham yuqori ekanligini ko‘rsatdi. • Mehnat iqtisodiyotida yuritiladigan Kobveb modeliga ko‘ra, erkin mehnat bozorida ish haqi qisqa muddatda yuqori (yoki past) bo‘lishiga qaramasdan, uzoq muddatli davrda sikllar orqali muvozanatli ish haqi darajasiga keladi. Shu tufayli mamlakatimizda talab yuqori bo‘lgan sohalarda (moliya va IT) bozor talabiga mos kadrlar taklifini oshirish tavsiya etiladi.
Full text
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 264 YUQORI MAOSHLI SEKTORLAR: ISH HAQI O‘RTASIDA TARMOQLARARO TAFOVUT TAHLILI Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutahassislari I.Ikromov va U.Yakubjanova Annotatsiya: Tahlil natijalariga ko‘ra ish haqi o‘rtasida tarmoqlararo tafovut oshgan. • Tahlil natijalari moliya va sug‘urta, axborot va aloqa sohasi (IT) mutaxassislari maoshlarining yuqori bo‘lishi bilan bir qatorda, ularga talabning ham yuqori ekanligini ko‘rsatdi. • Mehnat iqtisodiyotida yuritiladigan Kobveb modeliga ko‘ra, erkin mehnat bozorida ish haqi qisqa muddatda yuqori (yoki past) bo‘lishiga qaramasdan, uzoq muddatli davrda sikllar orqali muvozanatli ish haqi darajasiga keladi. Shu tufayli mamlakatimizda talab yuqori bo‘lgan sohalarda (moliya va IT) bozor talabiga mos kadrlar taklifini oshirish tavsiya etiladi. Key words: Ish haqi tafovuti, mehnat bozori, yuqori maoshli sektorlar, tarmoqlararo tengsizlik, moliya sohasi, sug‘urta sohasi, axborot va aloqa (IT) sohasi, bandlik darajasi, Kobveb modeli, daromad tengsizligi, real ish haqi Tadqiqotchilar iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida ish haqining farqlanishidagi kengayish bandlikni pasaytirib, korxonalarni qisqartirishi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yalpi ichki mahsulotni kamaytirishi haqidagi g‘oyalarni ilgari surgan [1]. Iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi tafovut umumiy daromad tengsizligiga olib kelgani sababli, Xalqaro valyuta fondi (XVF) haddan tashqari tengsizlik ijtimoiy hamjihatlikni buzishi va uzoq muddatli o‘sishga doimiy ravishda salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi [2]. Bunga sabab bo‘luvchi omillardan biri mehnat bozoridagi talab bo‘lib, yuqori maosh faqat sanoqli sohalarda to‘lanadigan bo‘lsa, kam daromadli uy xo‘jaliklari iste’molni kamaytiradi. Tadqiqotlar daromadlar tengsizligi har yili YaIMni 2-4 foiz bandga kamaytirayotganini ko‘rsatmoqda [3]. 2019-yilda mamlakatimizda band bo‘lganlar soni 13,5 mln. kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2024yilda ularning soni 14,3 mln. kishiga yetdi. So‘nggi yillarda bandlar soniga mos ravishda o‘rtacha nominal oylik ish haqi ham barqaror o‘sib bormoqda. Masalan, 2019-yilda ushbu ko‘rsatkich 1,9 mln. so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib 4,4 mln. so‘mga yetdi. Xususan, 2023-yilda o‘rtacha nominal ish haqi 15,9 foizga, 2024-yilda esa 13,6 foizga oshgan. Bu esa mehnat bozoridagi umumiy o‘sish sur’atlari va ish haqi dinamikasining ijobiy tendensiyasini aks ettiradi. 2024-yilda eng yuqori oylik ish haqi moliyaviy va sug‘urta (14,4 mln. so‘m), axborotkommunikatsiya (IT) (11,3 mln. so‘m) sohalari hamda tog‘-kon sanoati va energetika (8mln. so‘m) tarmoqlarida qayd etilgan. Nisbatan past o‘rtacha oylik ish haqi ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalarida kuzatilgan. Xususan, 2024-yilda qishloq xo‘jaligi hamda yashash va ovqatlanish xizmatlarida ish haqi o‘rtacha 2,3 mln. so‘m, ta’lim sohasida esa 3,6 mln. so‘m atrofida bo‘lgan. Bu boshqa tarmoqlarga nisbatan past ko‘rsatkichdir. Ma’lumot uchun: 2025-yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, mamlakatda eng yuqori o‘rtacha nominal ish haqi moliya vа sug‘urtа fаoliyati (15,7 mln. so‘m), axborot va aloqa (14,8 mln. so‘m), tog‘-kon sаnoаti (9,4 mln. so‘m), eng kam ish haqi esa qishloq, o‘rmon vа bаliqchilik xo‘jаliklarida (3,1 mln. so‘m), sog‘liqni sаqlаsh vа ijtimoiy xizmаtlаrni ko‘rsаtish (3,6 mln. so‘m), ta’lim tizimlarida (4mln. so‘m) qayd etilgan.
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 265 2019-yilda eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi (moliya va sug‘urta faoliyati – 4,6 million so‘m) va eng past o‘rtacha oylik ish haqi (yashash va ovqatlanish – 0,9 million so‘m) o‘rtasidagi farq 5,2 barobarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda ushbu ko‘rsatkich 6,2 barobarga yetdi (1-rasm). 2024-yilda moliya sohasida o‘rtacha nominal ish haqi 2019-yilga nisbatan 3,1 barobarga oshgan bo‘lsa, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida ushbu ko‘rsatkich 2,6 barobarni tashkil etgan. Boshqa tomondan, ushbu farqning kattalashib ketishi yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yashirin iqtisodiyot ulushining saqlanib qolayotganligidan dalolat beradi. 2024-yilda respublika bo‘yicha o‘rtacha real oylik ish haqi 2019-yildagiga nisbatan 38,8 foizga oshdi. Xususan, eng yuqori o‘sish axborot va aloqa (114,8 foiz), tashish va saqlash (75,5 foiz), ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar (73,2 foiz) sohalarida kuzatilgan. Nisbatan past o‘sish sur’atlari esa qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari (0,4 foiz), tog‘-kon sanoati va ochiq konlarda ishlash (13,8 foiz), qurilish (21,9) tarmoqlarida qayd etilgan (2-rasm). Mazkur sohalarda real ish haqining o‘sish sur’ati nisbatan pastligicha qolayotgani yashirin iqtisodiyot ko‘lami bilan birgalikda ishchilar va ish beruvchilar o‘rtasida ish haqi borasida muzokaralar qilish imkoniyatlarining pastligi bilan ham izohlanishi mumkin. 2025-yil 1-chorakda poytaxt mehnat bozorida e’lon qilingan onlayn vakansiyalar tahlili natijalariga ko‘ra, savdo yo‘nalishi mutaxassislari, menejerlar, moliyachilar, o‘qituvchilar, IT mutaxassislari, koll-markaz operatorlari, xodimlar bilan ishlovchi mutaxassislar (HR), turli xil
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 266 sohalarda faoliyat yuritayotgan administratorlar, ijtimoiy tarmoqlarni yurituvchilar, oziq-ovqat tarmog‘i uchun mutaxassislar, muhandis va marketologlarga talab yuqori ekanligi aniqlandi. Tahlil natijalari koordinatorlar (boshqaruvchilar), tahlilchilar, geologlar, AKT mutaxassislari va qurilish sohasi mutaxassislari 2025-yil 1-chorakda poytaxt mehnat bozorida eng ko‘p maosh taklif qilinayotgan kasblar beshtaligi (Top-5) ekanini ko‘rsatdi (3-rasm). Yuqoridagilarni umumlashtirib moliya va sug‘urta, axborot va aloqa sohasi (IT) mutaxassislari maoshlarining yuqori bo‘lishi bilan bir qatorda, ularga talabning ham yuqori ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Axborot va aloqa sohasi (IT) mutaxassislariga talabning oshishi bir qancha omillarning birgalikdagi ta’siridir: -ko‘nikmalarga asoslangan texnologik o‘zgarishlar: Internet bilan qamrovning oshishi, bulutli texnologiyalar va elektron hukumat platformalarining tezkor joriy etilishi kompaniyalarning dasturiy ta’minot, ma’lumotlar va kiberxavfsizlik sohasidagi iste’dodli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini oshirmoqda; -IT sohasiga ixtisoslashgan globalizatsiya: Masofaviy ish o‘zbek dasturchilarga yuqori maosh to‘lanadigan bozorlarga xizmat ko‘rsatish imkonini bermoqda; Ma’lumot uchun: 2017-2023 yillarda IT-Park rezidentlari eksporti 6 marta o‘sgan va 34,4 million AQSh dollarga teng bo‘lgan. Global autsorsing kompaniyalari endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkentda ishga qabul qilinmoqda [4]. Bundan tashqari, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida IT xizmatlari va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini 5milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan [5]. -taklif yetishmovchiligi: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 267 hisobotiga ko‘ra, mamlakatimizdagi IT kompaniyalarining 62 foizida xodimlar yetishmovchiligi mavjud. Dasturiy mahsulot ishlab chiqishda yetarli malakaga ega bo‘lgan bitiruvchilarning kamligi ayniqsa, sun’iy intellekt va mashinaviy o‘rganish (ing. machine learning) ko‘nikmalariga ega bo‘lgan xodimlar yetishmayotganligi ta’kidlangan [6]. Ma’lumot uchun: Bugungi kunda 21 ta universitet va kollej hamda 14 ta xorijiy universitet filiallari IT bo‘yicha mutaxassislik dasturlariga ega. Har yili IT yo‘nalishlarini taxminan 8000 nafar talaba tamomlamoqda. Bu esa jami talabalarning atigi 3,7 foizini tashkil etadi [6]. Jahon Iqtisodiy forumining “Future of Jobs” hisobotida keyingi 5 yilda O‘zbekistonda 36 foiz ishchi kuchining asosiy malakasi o‘zgarishi kutilayotgani keltirilgan bo‘lib, bu dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan past (39 foiz). Ammo, so‘rovnomada qatnashgan ish beruvchilarning yarmidan ko‘pi (52 foizi) sun’iy intellekt orqali xodimlar malakasini oshirish zarurligini ko‘rsatgan. Bundan tashqari O‘zbekistonda dasturchilik bilan shug‘ullanishga bo‘lgan talab global o‘rtachaga ko‘rsatkichga nisbatan (17 foiz) balandroq ekanligi qayd etilgan [7]. Moliya va sug‘urta sohalari mutaxassislariga talabning oshishi quyidagi omillarning birgalikdagi ta’siridir: - tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga ajratilayotgan kreditlar hajmining o‘sib borayotgani va buning natijasida kredit va risk bilan shug‘ullanuvchi xodimlarga talab oshayotgani [8]; - Banklarning majburiy Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (XMHS) o‘tgani va shu sababdan yuqori malakali buxgalterlar va hisobchilarga talab oshgani [9]. Nobel mukofoti sovrindori Daron Ajemo‘g‘li ishlab chiqqan modelga ko‘ra, banklar mobil hamyonlar va real vaqt tartibida to‘lovlarni joriy etib, sug‘urtalash onlayn tizimga o‘tganda, yangi joriy etilgan bu axborot texnologiyalari mavjud xodimlarning IT mahoratini oshirish bilan birga ularning mahsuldorligini ham oshiradi. Shu tufayli bu o‘zgarish ular maoshining ham o‘sishiga turtki beradi [10]. Mehnat bozorida yuritiladigan Kobveb modelining talab shokiga xos xususiyatlaridan biri yuqori taklif va maosh hisoblanadi. Bu shok bozor muvozanatini vaqtincha buzadigan omil bo‘lib, shok tufayli talabning qisqa muddatda noelastik ekanligi maoshlarning yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Ayniqsa, IT sohasida bu juda dolzarb, chunki texnologiyalar tez o‘zgaradi, lekin malakali kadr tayyorlash uzoq vaqtni talab etadi. Kobveb modelga ko‘ra, erkin mehnat bozorida ish haqi qisqa muddatda yuqori (yoki past) bo‘lishiga qaramasdan, uzoq muddatli davrda sikllar orqali muvozanatli ish haqi darajasiga keladi.
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 268 Ya’ni bo‘lajak talabalarning ish haqi yuqori bo‘lgan kasblarga (masalan, dasturchilik va moliyaviy tahlilchilar) qiziqishi ortib, shu sohada ta’lim olishi bozor talabini uzoq muddatda qondirishga xizmat qiladi. Qisqa davrda esa turli sikllarda mehnat bozorida talab va ish haqi juda yuqori (yoki juda past) holda bo‘ladi. Hozir mehnat bozorida moliya va IT sohalarida talab va maosh yuqori ekanligini inobatga olgan holda quyidagilar taklif etiladi: Singapur davlatining “SkillsFuture” dasturiga asoslangan holda, O‘zbekistonda, yoshlarning moliya (ACCA, CFA va hokazo) va IT kurslarida (shu jumladan, AKT sohasida malaka oshirish kurslariga) o‘qishi uchun kredit berish tizimini joriy qilish; Ma’lumot uchun: Singapurning “SkillsFuture Credit” modeli orqali 25 yoshdan oshgan har bir singapurlikka deyarli 370 AQSh dollari miqdorida kredit ajratiladi. 40 yoshdan oshganlarga esa qariyb 3100 AQSh dollari miqdorida “mid-career topup” joriy etilgan. Fuqarolar bu pullarni faqat malaka oshirish kurslari uchun sarflay oladi [11]. 2024-yilga kelib, Singapur aholining qariyb 9foizi “SkillsFuture Credit” modelidan foydalangan (555 ming kishi) [12]. Dasturdan foydalanib, kurslarda o‘qiganlarning 54 foizi 6 oy ichida ish topgan bo‘lsa, 69 foizi ish samaradorligi oshganini, 64 foizi lavozimi yaxshilanganini bildirgan [13]. “Bir million dasturchi” (“One million uzbek coders”) dasturini takomillashtirish lozim. Unda avvalgi dasturdan farqli ravishda gibrid modelda, ya’ni ham onlayn, ham oflayn tartibda darslar olib boriladi. Hududiy IT park yoki kovorking zonalarida tashkil etiluvchi darslar ta’lim Manba: Muallif ishlanmasi 4-rasm. Mehnat bozorida Kobveb modeli
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 269 sifatini yaxshilaydi hamda mehnat bozoriga yetuk kadrlar tayyorlashda yordam beradi. Ma’lumot uchun: Nigeriyada amalga oshirilgan “Uch million texnik ko‘nikmali yoshlar” tajribasida ham yoshlar va malakasini oshirishni istaganlarga gibrid modelda ta’lim berish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, dastur bugungi kunda uchinchi bosqichga yetib kelgan: - Birinchi bosqichda (2023-yil) jami 31,3 ming kishi ta’lim olgan [14]; - Ikkinchi bosqichda (2024-yil) 270 ming kishi ta’lim olgan [15]; - Uchinchi bosqichda (2025-yil) yana qo‘shimcha 90 ming kishi ta’lim olgan [14]; Dastur orqali raqamli marketing, loyihalarni boshqarish, bulutli platformalardan foydalanish, ma’lumotlarni tahlil qilish va tasvirlash, qidiruv tizimini optimallashtirish (SEO), mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (CRM), buxgalteriya, grafik dizayn kabi sohalarda chuqur bilim beriladi. 1400 dan ortiq korxona dastur bitiruvchilarni ishga olish taklifi bilan chiqqan [14]. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: [1] https://docs.iza.org/dp15174.pdf [2] Income Inequality [3] https://www.epi.org/publication/secular-stagnation/ [4] Outsource [5] PF-158-сон 11.09.2023. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida [6] https://www.undp.org/sites/g/files/zskgke326/files/2025-05/uz_digital-economystudy_eng.pdf [7] The Future of Jobs Report 2025 | World Economic Forum [8] https://doi.org/10.5089/9798229015103.002 [9] https://dx.doi.org/10.2139/ssrn.4849027 [10] https://doi.org/10.1016/S0169-7218(11)02410-5 [11] SkillsFuture Credit | Education, Career and Personal Development [12] Last year, 260,000 people used skills to create future training subsidies to upgrade skills and strengthen employability Lianhe Zaobao [13] SkillsFuture Mid-Career Credits Drive Surge in Upskilling Among Singaporeans in 2024 – All About Singapore [14] FG selects additional 90,000 Nigerians for cohort 3 of its 3MTT program - Nairametrics [15] 3MTT: FG to announce 2nd cohort of 270,000 fellows February 29th - Nairametrics