O'ZBEKISTONDA RIVOJLANAYOTGAN TURIZM VA BIR QATOR MUAMMOLAR
Abstract
Mazkur maqolada O'zbekisda turizm rivojlanishining ahamiyati va asosiy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan bir necha g'oyalar va qilinayotgan ishlar hamda Covid-19 pandemiyasining ta'siri va ushbu davrdan keyingi turizmning qayta tiklanganligi haqida mulohazalar keltirilgan.
Full text
482 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 O’ZBEKISTONDA RIVOJLANAYOTGAN TURIZM VA BIR QATOR MUAMMOLAR Turg’unboyeva Odinaxon Umidjon qizi TIIAME National University “Turizm va mexmondo’stlik” fakulteti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17437854 Annotatsiya. Mazkur maqolada O'zbekisda turizm rivojlanishining ahamiyati va asosiy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan bir necha g'oyalar va qilinayotgan ishlar hamda Covid-19 pandemiyasining ta'siri va ushbu davrdan keyingi turizmning qayta tiklanganligi haqida mulohazalar keltirilgan. Kalit so’zlar: Turizm, iqtisodiyot, industriya, sayyohlik infrastrukturasi, madaniy va tabiiy meros obyektlari, milliy sayyohlik mahsulotlari. DEVELOPING TOURISM IN UZBEKISTAN AND A NUMBER OF PROBLEMS Abstract. This article presents the importance of tourism development in Uzbekistan and several ideas and work being done to eliminate the main problems, as well as comments on the impact of the Covid-19 pandemic and the restoration of tourism after this period. Keywords: Tourism, economy, industry, tourism infrastructure, cultural and natural heritage sites, national tourism products. РАЗВИТИЕ ТУРИЗМА В УЗБЕКИСТАНЕ И РЯД ПРОБЛЕМ Аннотация. В статье рассматривается важность развития туризма в Узбекистане, а также ряд идей и мер, предпринимаемых для устранения основных проблем, а также даются комментарии о последствиях пандемии COVID-19 и восстановлении туризма после этого периода. Ключевые слова: Туризм, экономика, промышленность, туристическая инфраструктура, объекты культурного и природного наследия, национальные туристические продукты. KIRISH Ma'lumki Turizm - iqtisodiyotning asosiy foyda keltiruvchi industriyalaridan biri. COVID-19 pandemiyasi davrida 65-million turizm agentligi hodimlari ishsiz qolganligi ham buning yaqqol dalilidir. Shu sababli dunyoning bir nechta rivojlangan davlatlari turizmga katta e'tibor qaratishmoqda. Misol tariqasida; Fransiya sayyohlik infrastrukturasi yuqorilaganining asosiy sabablariyaxshi taʼmirga ega yo'llar va qulay transport, jahonga mashhur Efil minorasi, ko'p sonli vokzallar, aeroportlar, mehmonxona tanlashning keng imkoniyatlari, retoranlar va Alp togʻlarining Fransiyaga tegishli Korsika orolidagi dam maskanlari qish faslida sayyohlarni oʻziga jalb qila olishidir. Hozirgi vaqtga kelib ''Dam olish'' Turizmining ommalashgani ham bunga sabab bo'la oladi. O'zbekiston hududida ham bir nechta dam olish maskanlari (jumladan; Chimyon, Zadaryo kabilar) bo'lishiga qaramay, tashrif buyuruvchilar hamon tarixiy obidalarga e'tibot qaratmoqdalar. Oʻzbekiston oʻzining qadimiy binolari bilan mashhurligiga qaramasdan, hozirgi kunda mavjud 8mingdan ortiq madaniy va tabiiy meros obyektlaridan atigi 5-8 foizidan turistik maqsadlarda foydalaniladi, xolos. Mamlakatimizda Turizmni rivojlantirish boʻyicha bir nechta takliflar kelib tushgan. Va bularning asosiylari mehmonxonalar hajmini kengaytirish, kadrlar sonini koʻpaytirish haqida.
483 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Shu bilan birga, turislar istaklariga e’tibor qaratish; ular tariximiz haqida nimalarni bilishni istashlarini individual holda oʻrganish yohud uy muzeylari boʻylab sayohatlar ham (misol tariqasida; Muhammad Yusuf uy muzeyi) turistlarda qiziqish uygʻotgan bular edi. Oʻzbekiston respublikasi prezidentining " Oʻzbekiston respublikasi oʻrta istiqlolda turizmni rivojlantirish boʻyicha Kontseptsiyasini hayotga tatbiq etish choralari toʻgʻrisida" gi qarori loyihasida taqdim etilgan. Hujjatda qayd etilishicha, milliy sayyohlik mahsulotlarining raqobat bardoshligiga, yashash va aviaparvozlar uchun yuqori narxlar, servis darajasining cheklanganligi, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarning nomukammalligi, qulay sayyohlik axborot ta'minoti (navigatsiya va axborot markazlari) mavjud emasligi, malakali kadrlarning tanqisligi, O‘zbekistonni xorijda targ‘ib qilishning zaifligi jiddiy muammolardir.Shu bilan birga, Turizmning o‘sish sur'atini va iqtisodiyotning boshqa sohalari, aholi farovonligi o‘sishiga ijobiy ta'sirini e'tiborga olgan holda hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha choralar qabul qilish zaruratidan kelib chiqib, turizm sohasi mamlakat taraqqiyotining barqaror o‘sishida eng kuchli vositalardan biri bo‘lishi kerak», — deya ta'kidlanadi loyihada. Shuningdek, "Oʻzbekiston-2030" strategiyasi toʻgʻrisida"gi Prezident farmonining 58maqsadida Oʻzbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish vazifasi qoʻyilgan. Va aynan " Oʻzbekiston-2030" strategiyasi ustida jadal ishlar ketmoqda. Xususan, Ichki turizmni rivojlantirish boʻyicha ham bir qator amaliy choralar koʻrilmoqda. "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" dastur doirasida 15 mln. nafar aholi sayohatha chiqdi va hududlar boʻylab 21mln. tashrif uyushtiriladi. Ijtimoiy koʻmak sifatida 1,1ming nafar imkoniyati cheklangan shaxs va 570 ming nafar yoshlar sayohatga chiqarildi. Bundan koʻrinib turibdiki, davlatimiz ham bu muammoga befarq emas. Lekin afsuski, O‘zbekiston 2024-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi davlatlar roʻyxatiga kiritilganligi va "World of Statistics" tomonidan bu haqda eʼlon qiliganligidiga qaramasdan sayyohlikdan daromad ko‘ruvchi davlatlar o‘rtasida 150o‘rinni egallab turibti. O‘zbekiston ushbu sohaning mamlakat YAIM shakllanishidagi ulushi bo‘yicha 115, investitsiyalardan foydalanish bo‘yicha 103 va sohada bandlar soni bo‘yicha 69-o‘rinni band etgan. Shuningdek, Respublika ichida aholining 5,6 foizigina sayohat qiladi. Jahon sayyohlik tashkiloti (JST) maʼlumotlariga koʻra, jahon iqtisodiyotiga Turizmning hissasi "Jahon yalpi ichki" mahsulotining 10.9%ni tashkil etadi. COVID-19 pandemiyasi esa glabal iqtisodiyotga katta yoʻqotishlar olib keldi, pandemiya tufayli sayyohlar soni 1milliardga kamaydi. 2020-yilda xalqaro turistik oqimlar 70%ga qisqardi. Ammo keyingi yillarda turizmni rivojlantirish boʻyicha qator ishlar olib borishda zamonaviy axborot texnalogiyalaridan keng foydalanildi. Xususan, onlayn visa olish, onlayn mexmonxona bron qilish, visual sayohatlar va mobil ilovalar sayohat qilishni ham osonlashtirdi ham sayyohllik foizlarini sezilarli darajada kuchaytirdi. Misol tariqasida, BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti bayonotida 2020-yil turizmdan olingan daromad 195 trillion dollarda qisqargani koʻrsatilgan. Aynan shu yili Oʻzbekistonga 1 million 504 ming nafar xorijiy turist tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich 2019-yildagi koʻrsatkichlardan ancha past boʻlgan, chunki pandemiyaning taʼsiri sezilarli boʻlgan. 2024yilga kelib esa Oʻzbekistonga $3,489 milliard foyda turizm sanoatidan kelib tushgan. Ichki turizmni rivojlantirish boʻyicha ham bir qator amaliy choralar koʻrilmoqda. "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" dastur doirasida 15 mln. nafar aholi sayohatha chiqdi va hududlar boʻylab 21mln. tashrif uyushtiriladi. Ijtimoiy koʻmak sifatida 1,1 ming nafar imkoniyati cheklangan shaxs va 570 ming nafar yoshlar sayohatga chiqarildi.
484 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Xulosa. Xulosa qilib aytganda, biz mamlakatimizda Turizmni rivojlantirish orqali tashqi va ichki iqtisodiy tarmoqlarini rivojlantirishga, mamlakatimizni keng ommaga namoyish etishga va kirimning yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlishimiz hamda halqimizni qoʻshimcha ish bilan taʼminlashimiz ham mumkin. Buning uchun, arzon va sifatli transport vositalari hamda mehmonxona hizmatlari , sifatli kadrlar, soddalashtirilgan visa olish imkoniyatlarini yaratish kerak boʻladi. Soʻngi yillardagi sayohat koʻrsatkichlari pandemiya tufayli pastlagan boʻlsada, sanoat qisqa vaqt ichida oʻzini tiklay oldi va raqamli texnalogiyalar yordamidan yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Davlatimiz ichki va tashqi turizmni rivojlantirish ustidagi strategik yoʻnalishlarni takomillashtirishi va innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishi lozim. kerak. Shuningdek, soʻngi yillardagi sayohat koʻrsatkichlari pandemiya tufayli pastlagan boʻlsada, sanoat qisqa vaqt ichida oʻzini tiklay oldi va raqamli texnalogiyalar yordamidan yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Davlatimiz ichki va tashqi turizmni rivojlantirish ustidagi strategik yoʻnalishlarni takomillashtirishi lozim Adabiyotlar; 1. https://oz.sputniknews.uz/20230516/ozbekiston-madaniy-meros-obekti34984088.html 2. https://www.uzbekistan.org.ua/uz/yangiliklar/7108-o-zbekistonda-turizm3. sohasining-rivojlanishi-xalq-farovonligining-yuksalishiga-xizmat-qiladi.html 4. www.uzbekistan.org.ua(https://www.uzbekistan.org.ua/uz/yangiliklar/7108-ozbekistonda-turizm-sohasining-rivojlanishi-xalq-farovonligining-yuksalishigaxizmat-qiladi.html)https://www.uzbekistan.org.ua/uz/yangiliklar/7108-ozbekistonda-turizm-sohasining-rivojlanishi-xalq-farovonligining-yuksalishigaxizmat-qiladi.html 5. https://daryo.uz/2020/12/18/2020-yilda-xalqaro-turizm-1990-yil-darajasigachapasaydi