scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ANVAR OBIDJONNING OBRAZ YARATISH VA TASVIRLASH MAHORATI

Ochilova Nozima Tongotarovna,

Abstract

Ushbu maqolada taniqli ijodkor Anvar Obidjon she’riyatida obrazlilik va badiiy tasvir mahorati masalasi o‘rganilgan. Shoir yaratgan obrazlarda insonlarga xos xarakter-xususiyatlarni namoyon qilishga harakat qilganligi tahlillar asosida dalillangan. Ijodkor yaratgan obrazlarini badiiy tasvir vositalari yordamida yorqin, ishonarli, tabiiy va estetik ta’sirchan tarzda tasvirlashga erishganligi yoritib berilgan.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 732 ANVAR OBIDJONNING OBRAZ YARATISH VA TASVIRLASH MAHORATI Ochilova Nozima Tongotarovna, 24-sonli “Nurli maskan” maktab-internati ona tili va adabiyot o’qituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqolada taniqli ijodkor Anvar Obidjon she’riyatida obrazlilik va badiiy tasvir mahorati masalasi o‘rganilgan. Shoir yaratgan obrazlarda insonlarga xos xarakter-xususiyatlarni namoyon qilishga harakat qilganligi tahlillar asosida dalillangan. Ijodkor yaratgan obrazlarini badiiy tasvir vositalari yordamida yorqin, ishonarli, tabiiy va estetik ta’sirchan tarzda tasvirlashga erishganligi yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: she’riyat, bolalar va kattalr adabiyoti, Anvar Obidjon ijodi, obrazlilik, badiiy obraz, badiiy mahorat, badiiy tasvir ifodalari, badiiy talqin. Аннотация. В данной статье рассматривается вопрос объективности и художественного образа в поэзии известного художника Анвара Обиджана. Категории: Выявлено, что художнику удалось добиться яркого, убедительного, естественного и эстетически впечатляющего изображения своих образов с помощью средств художественного образа. Ключевые слова: поэзия, детская и взрослая литература, творчество Анвара Обиджана, образ, художественная литература, художественное выражение, художественная интерпретация. Annotation. This article examines the issue of objectivity and artistic image in the poetry of the famous artist Anvar Obidzhan. Categories: It was revealed that the artist managed to achieve a bright, convincing, natural and aesthetically impressive image of his images with the help of the means of an artistic image. Keywords: poetry, children's and adult literature, the work of Anvar Obidjan, image, fiction, artistic expression, artistic interpretation. O‘zbek adabiyotida ham kattalar, ham bolalar adabiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri Anvar Obidjondir. Shoirning she’rlari quvnoq ohang, hazil-mutoyibaga boy, bolalar ruhiyatiga mos tarzda yozilgan bo‘lsa-da, undagi mazmun, kinoya va hayot saboqlari kattalar ongiga ham chuqur ta’sir qiladi. Shoir she’riyatini ikki qatlamli deb oladigan bo‘lsak, biri bolalarni kuldiradi, biri esa kattalarni o‘ylashga, hayot saboqlarini anglashga chorlaydi. Uning she’rlaridagi so‘zlar ortida inson, axloq, milliy qadriyatlar yashirinib turgandek tuyuladi. Anvar Obidjon hajman kichik bo‘lgan she’rlarda ham insonga xos bo‘lgan bir qator xususiyatlarni hayvonlar, o‘simliklar, meva va sabzavotlar, narsa buyumlar vositasida ko‘rsatib berishga harakat qiladi. Adabiyotning asosiy tasvir obyekti inson hisoblanadi. “Muallif inson haqida nimaiki demoqchi bo‘lsa, shuning hammasi pirovardida badiiy asarda tasvir etilgan odamlarning yashash sharoiti, xulqatvori, ruhiyati, ishlari, imtilishlari va o‘ylarida (qisqa qilib aytganda, taqdirida) o‘z ifodasini topadi” 1 . Shunga ko‘ra Anvar Obidjon insonni, hayotni badiiy timsollar orqali tasvirlashda o‘ziga xos mahoratini namoyon eta oladi. Ijodkor insonni tasvirlash, uning ichki dunyosini, kechinmalarini ochib berish orqali olam, jamiyat haqidagi tasavvur va xulosalarini ifoda etadi. She’riyat, umuman olganda, badiiy asarlar badiiy tasvirlarsiz insonlarga ta’sir qila olmaydi, estetik kayfiyat ham 1 Sulton I. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005. – B. 102. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 733 bag‘ishlamaydi, deyish mumkin. Abdulla Qahhor ta’kidlaganidek: “Adabiyot – ko‘ngil ishi samarasi. Tuyg‘usiz, ilhomsiz yozilgan asar changlanmagan gulga o‘xshaydi, meva tugmaydi. Ko‘ngil rozi bo‘lgan asargina kitobxonning ko‘ngliga yo‘l topadi, kitobxonning ko‘nglida meva tugadi” 2 . Shoirning she’rlari nafaqat kitobxon ongiga ta’sir qiladi, balki uning qalbiga kirib borish xususiyatiga ham egadir. Bunday xususiyatlarga ijodkor badiiy san’atning nozik imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali ega bo‘ldi, deyish mumkin. Faol qo‘llanilgan jonlantirish, metafora, o‘xshatish, mubolag‘a, sifatlash kabi badiiy tasvir vositalari shoirning sh’erlarida poetik obrazlarning ta’sirchanligi, hayotiyligi va betakrorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Anvar Obidjonning “Farg‘ona” nomli she’riga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak: Bu yer tog‘-u bog‘ O‘lkasi, Polvon yurtning O‘ng yelkasi 3 . Ushbu she’rda Farg‘ona yurtining tog‘-u bog‘lari ko‘pligi, u yerning tog‘li hudud ekanligi tasvirlangan. “Polvon yurtning o‘ng yelkasi” deb boshlanuvchi misrasida “sinekdoxa”, “metafora” san’atlaridan foydalanilgan bo‘lib, bu yurtda kurashchilar, mard, kuchli yigitlarning ko‘pligi ifodalangan. Anvar Obidjon o‘z yurtiga she’rlari orqali ta’rif berar ekan, vatan shukuhini, g‘ururini mana shunday go‘zal badiiy tasvirlar bilan ifodalaydi. Shoir Anvar Obidjon ijodida metaforaning ham o‘rni bo‘lakcha. She’rlarida metaforalar orqali ifoda etilgan mazmun o‘quvchida olamni obrazli tasavvur qilish, go‘zallikni his etish, tabiatni qadrlash ko‘nikmalarini paydo qiladi. Masalan, quyidagi to‘rtlikka diqqat qaratsak: Derazamga choyshab yopar tun, Yulduz uxlar, ko‘zlarim bedor. Tamakidan o‘rmalab tutun, Cheksizlikka tirmashadi zor 4 . Ushbu parchaga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, “choyshab yopar tun”, “yulduzlar uxlar”, “o‘rmalab tutun” kabi ifodalar orqali tasvirlangan badiiy manzara o‘quvchi ko‘z o‘ngida yorqin gavdalanadi. “Choyshab yopar tun” ifodasida metafora va jonlantirish vositasida qorong‘u tushishi holatini aniq tasavvur qilgandek bo‘lamiz. Yulduzning uxlashida jonlantirish, ko‘zlarning bedorligida sinekdoxa namoyon bo‘ladi va bu ikki holatning zid qo‘yilishi ham ijodkorning san’atkorligidan dalolat beradi. Natijasida nimaningdir xayoli bilan band, nimadandir zerikkan inson haqida xulosa kelib chiqadi. Tamakidan o‘rmalab chiqayotgan va cheksizlikka zor tirmashayotgan tutun shoirning yana bir san’atkorona topilmasidir. Xotiralar bilan band bo‘lgan lirik qahramonning olamini ko‘z o‘ngimizda yorqin gavdalantiradi. Tun qorong‘ulik sokinlik vaqti bo‘lishiga qaramay lirik qahramonning uyg‘oqligi uning tashvishli inson ekanligidan dalolat beradi. Demak, shoir she’rni obrazlar orqali boyitib, o‘quvchiga holat va manzara to‘g‘risida tasavvur uyg‘otishga erishadi, uni fikrlashga undaydi. Tamakidan o‘rmalab chiqayotgan va cheksizlikka zor tirmashayotgan tutun shoirning yana bir san’atkorona topilmasidir. Xotiralar bilan band bo‘lgan lirik qahramonning olamini ko‘z o‘ngimizda yorqin gavdalantiradi. Tun qorong‘ulik 2 Қаҳҳор A. Ёшлар билан суҳбат. – Тошкент, 1968. – Б. 140. 3 Oбиджон А. Mасхарабоз бола. – T.: Ёш гвардия, 1986. – Б. 25. 4 Обиджон А. Кетмагил. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва саньат, 1985. – Б. 56. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 734 sokinlik vaqti bo‘lishiga qaramay lirik qahramonning uyg‘oqligi uning tashvishli inson ekanligidan dalolat beradi. Demak, shoir she’rni obrazlar orqali boyitib, o‘quvchiga holat va manzara to‘g‘risida tasavvur uyg‘otishga erishadi, uni fikrlashga undaydi. Maktab darsliklarida ham Anvar Obidjon ijodiga alohida e’tibor qaratilgan. Boshlang‘ich sinflarining deyarli barcha “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fani darsliklarida Anvar Obidjon qalamiga mansub she’rlari kiritilgan. O‘quvchi qanday yoshda bo‘lishidan qat’i nazar uning tafakkuri kengayadi va bunday qiziqarli she’rlarni o‘zgacha bir ruh bilan qabul qiladi. “Navro‘z taronasi” she’rida xalq og‘zaki ijodi namunalari ta’siri yaqqol ko‘zga tashlanadi. (Yakkaxon) Ko‘kda quyosh gulxan yoqdi, Soylar yana to‘lib oqdi. Chiqib xazon ko‘rpasidan, Boychechaklar kulib boqdi. Ko‘ngillarga yorug‘ tushdi, Shudgorlarga urug‘ tushdi. Urug‘larga jon bag‘ishlab, Yomg‘irlar ham qutlug‘ tushdi. (Hamma birgalikda) Navro‘z, navro‘z, navro‘z! Tabiatga zardo‘z. Bahor dala-dashtda Tikar go‘zal kashta 5 . Ushbu she’r musiqiyligi, ohangdorligi bilan o‘quvchida o‘zgacha bir tuyg‘uni paydo qiladi. Uning ohangida musiqa hamohang bo‘lgandek tasavvur uyg‘onadi. So‘z-takrorlari, qofiya va tovushlar uyg‘unligi musiqiylikni yuzaga keltirib, o‘quvchini qo‘shiq aytishga undaydi. Shu bilan birgalikda milliy ruh, milliy an’analarni o‘quvchi ruhiyatiga singdiradi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, she’rning birinchi misrasidan bahor faslining kirib kelganini anglashimiz mumkin. Bahor faslida tabiatda o‘zgacha bir o‘zgarishlar sodir bo‘lishini ikkinchi misradan bilsa bo‘ladi. Demak, o‘lkamizga bahor keldi. O‘quvchi bahor faslidagi bayramlarni birma-bir yodga oladi. Milliy bayramlarimizdan biri bo‘lmish Navro‘z bayrami to‘kin-sochinlik hamda quvonch bilan birga kelishini bola chinakamiga his qiladi. Yosh avlod Vatanimizga, milliy bayramlarimizga hurmat ko‘zi bilan qarashni boshlaydi. Anvar Obidjon jonlantiish va mubolag‘a san’atini mohirlik bilan qo‘llagani sabab, bolalar tabiatdagi, borliqdagi narsa-hodisalarni his qila oladi, ularning tabiat inson uchun keng imkoniyatlar berishi haqidagi tushuncha va qarashlari osadi. “Ko‘kda quyosh gulxan yoqdi” misrasida quyoshning nuri shu qadar issiqligidan gulxanga o‘xshatilgan. “Chiqib xazon ko‘rpasidan”, “boychechaklar kulib boqdi” misralarida esa mubolag‘a, jonlantirish, o‘xshatish san’atlarining betakror namunalarini kuzatamiz. Qishda sovuqdan, qordan yer yuzi muzlaydi, bahorda ular erigach, yana o‘simliklar qayta chiqa boshlaydi. Xazonning ko‘rpasidan chiqishi tasviri insonning ertalab o‘rnidan turishi, uyg‘onishini eslatadi. Tabiatning jonlanishi insonning uyqudan uyg‘onishi kabi tasavvur uyg‘otadi. 3 Ona tili va o‘qish savodxonligi 1-sinf darslik / Azimova I. va boshq. – T.: Respublika ta’lim markazi, 2021-yil. – B. 33. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 735 “Tabiat – zardo‘z” deganda esa tikuvchi ko‘z oldimizga keladi. Vaholanki, tabiat tikuvchi emas, o‘simlik, daraxtlar, gular va hokazolar matoga tikilgan naqsh kabi rang-barang bo‘lib, zardo‘zning mehnatiga qiyoslanadi. Demak, badiiy tasvir vositalari she’riy asarda obraz yaratish, uni yorqin, aniq gavdalantirish, ta’sirchanlikka erishish uchun yordam beradi. Obraz ijodkor ifoda etishni ko‘zda tutgan poetik mazmunni san’atkorona ifodalashi uchun xizmat qiladi. Shoirning she’rlarida inson, uning beg‘ubor tuyg‘ulari o‘ylari, xulosalari badiiy obrazlar vositasida emotsionallik, ta’sirchanlik kasb etadi. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Sulton I. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005. – 270 б. 2. Oбиджон А. Mасхарабоз бола. – T.: Ёш гвардия, 1986. – 130 б. 3. Обиджон А. Кетмагил. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва саньат, 1985. – 112 б. 4. Ona tili va o‘qish savodxonligi 1-sinf darslik/ I. Azimova (va boshq.) – T.: Respublika ta’lim markazi, 2021-yil. – 104 б. 5. Қаҳҳор A. Ёшлар билан суҳбат. – Тошкент, 1968. – 140 б.