scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TALABALARNI LOYIHALASHTIRISH QOBILIYATLARINI PROYEKSİYALASH USULLARİDAN FOYDALANIB RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK O'YINLI TEXNOLOGIYALAR

Ko'kiyev Boburmirzo Baxodir o'g'li, Ergashaliyeva Oygul Zuxrutdin qizi

Abstract

Maqolada ta’lim mazmunining rivojlanish bosqichlari, uning nazariy asoslari hamda didaktik o‘yin texnologiyalarining o‘quv jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. O‘yinli metodlardan foydalanish boshlang‘ich va o‘rta ta’limda o‘quvchilarning fanga qiziqishini kuchaytirishi, bilimlarni mustahkamlashda samarali bo‘lishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar, ularning samaradorlikka ta’siri va o‘qituvchi faoliyatida qo‘llash yo‘llari tahlil qilingan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 667 TALABALARNI LOYIHALASHTIRISH QOBILIYATLARINI PROYEKSİYALASH USULLARİDAN FOYDALANIB RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK O‘YINLI TEXNOLOGIYALAR 1Ko‘kiyev Boburmirzo Baxodir o‘g‘li, 2Ergashaliyeva Oygul Zuxrutdin qizi 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti p.f.f.d., dotsenti, 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17439209 Annotatsiya. Maqolada ta’lim mazmunining rivojlanish bosqichlari, uning nazariy asoslari hamda didaktik o‘yin texnologiyalarining o‘quv jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. O‘yinli metodlardan foydalanish boshlang‘ich va o‘rta ta’limda o‘quvchilarning fanga qiziqishini kuchaytirishi, bilimlarni mustahkamlashda samarali bo‘lishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar, ularning samaradorlikka ta’siri va o‘qituvchi faoliyatida qo‘llash yo‘llari tahlil qilingan. Annotation. The article examines the development of the content of education, its theoretical foundations, and the role of didactic game technologies in the learning process. It is emphasized that the use of game-based methods increases students’ interest in subjects, strengthens knowledge acquisition, and enhances the effectiveness of teaching. The paper also analyzes the role of pedagogical technologies and their impact on learning outcomes. Аннотация. В статье рассматриваются этапы развития содержания образования, его теоретические основы и значение дидактических игровых технологий в учебном процессе. Подчёркивается, что использование игровых методов усиливает интерес учащихся к предметам, способствует прочному усвоению знаний и повышает эффективность обучения. Также анализируется роль педагогических технологий и их влияние на результаты обучения. Kalit so‘zlar: ta’lim mazmuni, didaktik o‘yin texnologiyalari, pedagogik metodlar, o‘quv jarayoni, samaradorlik, boshlang‘ich ta’lim, motivatsiya. Keywords: content of education, didactic game technologies, pedagogical methods, learning process, effectiveness, primary education, motivation. Ключевые слова: содержание образования, дидактические игровые технологии, педагогические методы, учебный процесс, эффективность, начальное образование, мотивация. Jamiyat rivojlanishining har bir bosqichida ta’lim mazmuni muayyan maqsad va vazifalarga ega bo‘ladi. Ta’lim mazmuni davr talabi, nazariy bilim va ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasiga mos ravishda o‘zgarib turadi. Ta’lim mazmuni ijtimoiy hodisa sifatida maydonga keladi va u o‘zining boshlang‘ich davrida amaliy ahamiyat kasb etgan, ya’ni insonlarning hayotiy ehtiyojlari uchun zarur hisoblangan bilimga bo‘lgan talabini qondirgan. Ijtimoiy taraqqiyot ta’limning madaniyatshunoslik funktsiyasini yuzaga keltirdi. Ta’limning rivojlanishiga boshqa ijtimoiy omillar ham ta’sir ko‘rsatdi, natijada hukmron sinflar umummadaniy va takomillashib boruvchi bilimga o‘z monopoliyasini INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 668 o‘rnata boshladilar, aholining asosiy qatlamlari esa kundalik turmushda zarur bo‘ladigan amaliy bilimlarnigina egalladilar. Ta’lim mazmunining asosiy nazariyalari XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida paydo bo‘ldi. Pedagogika fani ta’lim mazmunining material va formal nazariyasini belgilab beradi. Ta’lim mazmunining material nazariyasi ayrim manbalarda didaktik materializm yoki qomusiylik (ensiklopedizm) deb yuritildi. Bu nazariyaning asosiy maqsadi fanning turli sohalaridan mumkin qadar ko‘p miqdorda bilim berishdir. Bunday qarashni Ya.A. Komenskiy ham yoqlagan va o‘zining darsligida o‘quvchilarga zarur bo‘lgan barcha bilimlarni joylashtirishga ko‘p yillik hayotini bag‘ishladi. Formal nazariya yoki didaktik formalizm ta’lim mazmunini qobiliyatlar va bilishga bo‘lgan qiziqishni o‘stirish vositasi sifatida tushuntiradi. Didaktik formalizmning nazariy asosini bir faoliyat sohasida olingan bilim va ko‘nikmalarni ikkinchisiga ko‘chirish holati tashkil etadi. K.D. Ushinskiy maktab insonni bilimlar bilan boyitishi va ayni zamonda bu boylikdan foydalanishni o‘rgatishi lozim. U didaktik formalizm va didaktik materializm birligi g‘oyasini yoqlab chiqdi. XIX va XX asr oralig‘ida AQShda didaktik utilitarizm kontseptsiyasi paydo bo‘ldi. Bu g‘oya amerikalik pedagog Dj. Dyuiga tegishlidir. Evropada bunday qarashda taniqli nemis pedagogi R. Kershenshteyn fikr bayon qilgan. Dj. Dyuining aytishicha, alohida olingan o‘quv fanlari mazmuni orasidagi aloqalarning manbai ta’lim oluvchilarning individual va ijtimoiy faoliyati hisoblanadi. Bu faoliyat turlari optimal dasturni o‘quv fanlarining ketma-ketligi va uzviyligi asosida emas, balki o‘quvchining erkinligida, uning tajribalari bilan bog‘langan xulqining yangi munosabatlari va tiplarini rasmlantirish asosida ta’minlaydi. Didaktik utilitarizm amerika maktablarining ham ta’lim mazmuniga, ham o‘quv ishlari metodlariga kuchli ta’sir etdi, buning natijasi o‘laroq, ta’lim oluvchilarga maksimal darajada erkinlik berildi, jumladan, majburiy va fakultativ fanlar sifatida ajratilgan o‘quv fanlarini tanlab o‘qitishga ijozat berildi. O‘quv - tarbiya jarayoni o‘quvchilarning individual so‘rovlari (tanlovlari)ga moslashtirildi. Polshalik olim V. Okun funktsional materializm deb nomlanuvchi ta’lim mazmuni nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariyaning asosida esa bilimning faoliyat bilan integral aloqasi qoidasi yotar edi. Bu nazariyada jamiyatning ta’limga qo‘yiladigan talablari va o‘quvchilarning individual so‘rovlari birligi sezilib turadi. 50-yillar o‘rtalarida programmalashtirilgan ta’limning yuzaga kelishi munosabati bilan ta’lim mazmunining operatsional strukturizatsiya nazariyasi ishlab chiqildi. Bu nazariya qay tarzda o‘qitish kerak degan savolga javob berishga qaratilgan. Bu nazariya tarafdorlari o‘quv fanlari mazmuni va ular orasidagi bog‘lanishni sinchiklab tahlil qilish zarurligini uqtiradilar. Bu tahlil programmalashtirilayotgan matnni oldindan aniq va konkret belgilash imkonini beradi. Ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirishdagi o‘rni. Taq'lim jarayonida turli xil didaktik o‘yinli texnologiyalari bilan o‘quvchilarning shu fanga qiziqtirish, o‘quvchilarimizning salohiyatlarnini rivojlantirishga erishish. Yuqorida aytib o‘tilgan o‘yinga berilib ketib darsni o‘yin qilib o‘tkazib qolmasdan ta'lim-tarbiyani tartib intizomni saqlagan holda dars samarali yo‘llari rivojlantirish. Pedagogik texnologiyalarning ta'lim jarayonidagi o‘rni: Ta’lim va o‘qitish mazmunining nazariy masalalarini, uning rasmi va uslublarini pedagogikaning bir qismi bo‘lgan didaktika o‘rganadi: Umuman pedagogika singari didaktika ham rivojlanadi. Uning rivorlanishiga Yan Amos Kamenskiy hissa qo‘shdi. Uning “Buyuk didaktika” asari o‘qitishni rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 669 Didaktikaga asoslangan holda biz o‘quvchilarga bilim beramiz. Ta’lim jarayonida turli usullardan foydalanamiz. Dars turini to‘g‘ri va muvaffaqiyatli o‘tish uslubini ham to‘g‘ri tanlasak dars yaxshi natija beradi. Har bir darsni ko‘rgazmali va texnika vositalari bilan o‘tkazish joizdir. Shundagina dars bilimga boy o‘tadi. O‘qituvchi izlanuvchan bo‘lishi, darslarni rang-barang usulda o‘tishi kerak. Dars qiziqarli o‘tishi uchun faqat ko‘rgazma qurollardan foydalanib qolmay, o‘yin elementlaridan, dars davomida harakatli daqiqalardan foydalanish lozim. O‘yin elementlaridan nafaqat darsda, balki darsdan tashqari ishlarda konferensiya darslarida foydalanish mumkin. Bu albatta boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Ular bu yoshda o‘yinqaroq, tez zerikuvchan, diqqati tarqoq bo‘ladi. O‘yin orqali ularni darsga, mavzuga jalb qila olishimiz mumkin. Pedagogik texnologiyalar o‘qitish natijasi o‘qituvchi shaxsidan ko‘ra ko‘proq talabaga, uning mustaqil o‘qishiga bog‘liqligini yaqqol ochib beradi. Haqiqatan ham, YuNESKOning ta’lim va informatika bo‘yicha ikkinchi kongressi (Moskva, 1996) va Butun Rossiya “Telematika-96” ilmiymetodik anjumani (Sankt-Peterburg, 1996) materiallarida ta’kidlanganidek, yangi axborot vositasi va uning imkoniyatlari bilan to‘la qurollangan talaba o‘quv materialining 70-90 foizini mustaqil o‘zlashtirishni uddalay olar ekan. B.Blum tadqiqotlarida esa bu ko‘rsatkich 75 foiz chegarasida aniqlangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish natijasida o‘quv materialining asosiy qismi talabaning mustaqil o‘zlashtirishiga o‘tkaziladi va demak, darsxona soatlari keskin kamayadi. Bu bilan birinchidan, bilish jarayonida talaba faolligi va mas’uliyati oshadi, ikkinchidan esa, professor o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalari ham me’yorlanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Boburmirzo, Kukiev., Achilov, Nurbek, Norboy o‘g‘li & Bekqulov, Qudrat, Shaydulloyevich. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Science. 7 (12), 49-54-220. 2. Shaydulloyevich, B. K. (2020). Increasing students’ graphic literacy through teaching the sciences of drafting and descriptive geometry. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 75-78. 3. Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li, Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, Ko‘kiyev Boburmirzo Baxodir o‘g‘li & Jumayev Isroil Omandovlat o‘g‘li (2020). Methods of developing creative abilities in children. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (10), Part II, 151-153. 4. Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich., Kukiyev Boburmirzo Bahodir ugli., Avazova Guzal Rustambek qizi. (2020). The works in the framework of five initiatives at chirchik state pedagogical institute in tashkent region. EPRA International Journal of Research and Development, 5 (3), p. 411-412. 5. Boizaqova, S. A., Bekqulov Q.Sh. (2021). Ko‘rinishlar mavzusni tushuntirishda detal modelini o‘ziga qarab o‘rganishning ahamiyat. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 96-101. 6. Ko‘kiyev, J. S., Bekqulov Q.Sh. (2021). MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARINI BOSHQA FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 34-39. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 670 7. Boizaqova Sh.A., Bekqulov Q.Sh. Ko‘rinishlar mavzusni tushuntrishda detal modelini o‘ziga qarab o‘rganishning ahamiyati. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 3, 117-120.