scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUHANDISLIK KOMPYUTER GRAFIKASI FANINI O'QITISHDA ONLAYN PLATFORMALAR VA MULTIMEDIA RESURSLARDAN FOYDALANISHNING ILMIY METODIK ASOSLARI

Mamadaliyeva Muattarbonu Mansurbek qizi, Achilov Nurbek Norboy o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada muhandislik kompyuter grafikasi fanini o‘qitishda onlayn platformalar va multimedia resurslardan foydalanishning ilmiy metodik asoslari haqida nazariya va amaliy ma’lumotlar keltirilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 674 MUHANDISLIK KOMPYUTER GRAFIKASI FANINI O‘QITISHDA ONLAYN PLATFORMALAR VA MULTIMEDIA RESURSLARDAN FOYDALANISHNING ILMIY METODIK ASOSLARI Mamadaliyeva Muattarbonu Mansurbek qizi1 Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li2 1CHDPU magistranti, 2P.f.f.d (PhD) dotsent v.b, https://doi.org/10.5281/zenodo.17439243 Annotatsiya. Ushbu maqolada muhandislik kompyuter grafikasi fanini o‘qitishda onlayn platformalar va multimedia resurslardan foydalanishning ilmiy metodik asoslari haqida nazariya va amaliy ma’lumotlar keltirilgan. В аннотации к данной статье приведены теоретические и практические сведения об научно-методических основах использования онлайн-платформ и мультимедийных ресурсов при обучении инженерной компьютерной графике. The annotation of this article presents theoretical and practical information on the scientific and methodological foundations of using online platforms and multimedia resources in the teaching of engineering computer graphics. Kalit so‘zlar: garafika, multimedi, platformalar, metodika, verual reallik, modul, resurs. Ключевые слова: графика, мультимедиа, платформы, методика, виртуальная реальность, модуль, ресурс. Keywords: graphics, multimedia, platforms, methodology, virtual reality, module, resource. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirib yubordi. Zamonaviy o‘quv jarayonida innovatsion yondashuvlar, raqamli resurslar, onlayn platformalar va multimediali vositalar pedagogik faoliyatning ajralmas qismi bo‘lib bormoqda. Muhandislik kompyuter grafikasini o‘qitish jarayonida ham ushbu texnologik yangiliklardan foydalanish nafaqat samaradorlikni oshiradi, balki ta’lim mazmunini chuqurlashtiradi va talabalarni kasbiy kompetensiyalarga tayyorlash imkonini beradi. Muhandislik grafikasining o‘quv jarayonidagi o‘rni juda muhim. U talabalarda fazoviy tafakkurni shakllantirish, geometrik ob’ektlarni to‘g‘ri tasvirlash, standartlarga asoslangan texnik hujjatlarni tuzish, loyihalash jarayonlarini modellashtirish va grafik dasturlardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. An’anaviy dars metodlari ushbu maqsadlarni qisman amalga oshirishi mumkin, biroq ular zamonaviy ishlab chiqarish talablariga to‘liq javob bermaydi. Shu bois kompyuter grafikasi, 3D-modellashtirish va multimediali yondashuvlarni keng tatbiq etish zarurati tug‘iladi (1-rasm). INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 675 1-rasm. Ilmiy nuqtai nazardan olganda, o‘quv jarayoniga onlayn platformalar va multimediali resurslarni kiritish ta’lim metodologiyasining bir qismi sifatida qaraladi. Chunki bunday yondashuv didaktikaning asosiy prinsiplari - ilmiylik, tizimlilik, izchillik, ko‘rgazmalilik va interaktivlikni yanada samarali amalga oshirish imkonini beradi. O‘qituvchi endilikda faqat bilim beruvchi emas, balki ta’lim jarayonini tashkil qiluvchi, yo‘naltiruvchi va boshqaruvchi shaxs sifatida faoliyat yuritadi. Talaba esa tayyor bilimni qabul qiluvchi emas, balki mustaqil izlanish olib boruvchi, grafik topshiriqlarni ijodiy bajaruvchi faol sub’ektga aylanadi. Onlayn ta’lim tizimlari, jumladan Moodle, Google Classroom, Edmodo, Microsoft Teams, Udemy va boshqa platformalar muhandislik grafikasini o‘qitishda keng imkoniyatlar yaratadi. Masalan: Moodle (Modular Object-Oriented Dynamic Learning Environment) – ochiq kodli onlayn ta’lim tizimi. Dunyo bo‘ylab universitetlar, maktablar va trening markazlarida keng qo‘llaniladi. • Kurslar yaratish va boshqarish; • Test, topshiriqlar, forum, chat, viktorina kabi interaktiv vositalar; • O‘qituvchi va talaba faoliyatini monitoring qilish; • Sertifikatlash va reyting tizimi. Afzalliklari: bepul, moslashuvchan, ko‘plab plaginlarga ega. Qo‘llanish sohasi: universitet darslari, masofaviy kurslar, malaka oshirish imkonini beradi. Udemy Tavsifi: Dunyo miqyosida eng mashhur tijorat asosidagi onlayn ta’lim platformalaridan biri. Imkoniyatlari: Har xil yo‘nalishlarda (IT, biznes, dizayn, til o‘rganish va h.k.) pullik va bepul kurslar; Video darslar, amaliy topshiriqlar; Kurs yakunida sertifikat olish; O‘z kursini joylashtirish imkoniyati. Afzalliklari: o‘quvchilar global miqyosda ta’lim olishadi; 200 mingdan ortiq kurslar mavjud. Qo‘llanish sohasi: kasbiy rivojlanish, shaxsiy o‘sish, qo‘shimcha bilim olish mumkun. Google Classroom INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 676 • Tavsifi: Google kompaniyasining bepul ta’lim platformasi bo‘lib, G-Suite xizmatlariga integratsiyalashgan. • Imkoniyatlari: o Materiallar (video, fayl, havola) ulashish; o Vazifa va topshiriqlarni yaratish; o Google Docs, Sheets, Slides va Drive bilan integratsiya; o Baholash va fikr bildirish tizimi. • Afzalliklari: sodda interfeys, mobil ilova mavjud, real vaqtda ishlash imkoniyati. • Qo‘llanish sohasi: maktab va oliy ta’lim darslari, masofaviy ta’lim. Edmodo • Tavsifi: Edmodoijtimoiy tarmoqqa o‘xshash onlayn ta’lim platformasi bo‘lib, o‘qituvchi va talabalarni birlashtiradi. • Imkoniyatlari: o Guruhlar yaratish va resurslar almashish; o Test, savol-javob va topshiriqlar berish; o Ota-onalarni ham ta’lim jarayoniga jalb qilish; o Chat va muhokama forumlari. • Afzalliklari: ijtimoiy tarmoq elementlariga yaqin, qulay mobil ilova. • Qo‘llanish sohasi: maktab, kollej va universitetlarda darsni interaktiv qilish. Microsoft Teams • Tavsifi: Microsoft 365 ekotizimiga mansub hamkorlik va ta’lim platformasi. • Imkoniyatlari: o Video konferensiyalar, onlayn uchrashuvlar; o Fayl almashish (OneDrive va SharePoint orqali); o Chat va guruh kanallari; o Darslarni yozib olish va baholash tizimi. • Afzalliklari: Office 365 dasturlari (Word, Excel, PowerPoint) bilan integratsiya; korporativ va ta’lim sohalarida keng qo‘llaniladi. • Qo‘llanish sohasi: universitetlar, maktablar, biznes treninglarida keng qo‘llaniladi. Ular yordamida masofadan turib topshiriq berish, grafik fayllarni yuklash, avtomatik baholashni amalga oshirish, o‘qituvchi bilan tezkor aloqada bo‘lish va individual o‘quv yo‘nalishlarini shakllantirish mumkin. Shu bilan birga, multimedia vositalari - elektron qo‘llanmalar, 3D-modellar, animatsiyalar, virtual laboratoriyalar talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantiradi va ularni real ishlab chiqarish muhitiga tayyorlaydi. Ilmiy-metodik yondashuv nuqtai nazaridan ushbu jarayonning asosiy maqsadi - ta’lim samaradorligini oshirish, nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish va zamonaviy mutaxassisni tayyorlashdir. Bunda ta’limning innovatsion vositalari faqat yordamchi emas, balki asosiy metodik komponent sifatida ko‘rilishi lozim. Chunki ular grafik tafakkurni rivojlantirish, ijodiy faoliyatni rag‘batlantirish va talabalarni global mehnat bozoriga tayyorlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Onlayn platformalarning ta’lim jarayoniga joriy etilishi ilmiy-metodik yondashuvni yanada samaraliroq amalga oshirish imkonini beradi. Masalan, Moodle tizimida har bir mavzu bo‘yicha elektron modul yaratish, unga nazariy materiallar, videoqo‘llanmalar, grafik topshiriqlar va avtomatlashtirilgan testlarni joylashtirish mumkin. Bu usul talabalarga mavzuni INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 677 o‘zlashtirish jarayonini mustaqil nazorat qilish, o‘qituvchi uchun esa ta’lim jarayonini monitoring qilish imkonini beradi. Google Classroom esa o‘zining qulay interfeysi va integratsion imkoniyatlari bilan ajralib turadi. U orqali talabalar grafik fayllarni (DWG, DXF, PDF, PNG formatida) tezkor ravishda topshirishi, o‘qituvchi esa ularni onlayn tahrir qilib, izoh qoldirishi mumkin. Bu jarayon talabalar uchun individual yondashuvni kuchaytiradi, shuningdek, baholashda shaffoflikni ta’minlaydi. Ilmiy-metodik nuqtai nazardan qaralganda, onlayn platformalardan foydalanish ta’lim jarayonining quyidagi afzalliklarini yuzaga chiqaradi: • bilimlarni individual tarzda o‘zlashtirish imkoniyati; • ta’lim jarayonini uzluksiz davom ettirish, hatto masofadan turib ham samarali tashkil etish; • grafik topshiriqlarni elektron ko‘rinishda topshirish va tezkor tahlil qilish; • talabalarda mustaqil izlanish va ijodiy faoliyatni shakllantirish; • o‘qituvchida esa didaktik jarayonni samarali boshqarish imkoniyati. Shuningdek, onlayn platformalar yordamida ta’lim jarayonini tizimli ravishda elektron hujjatlashtirish, statistik tahlil qilish va metodik jihatdan takomillashtirish mumkin. Bu esa pedagogik faoliyatni ilmiy asoslashga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. Muradov Sh.K., Ko‘kiyev B.B., (2020). Qiyshiq burchаkli yordаmchi proyeksiyalаsh bilаn bissektor tekisligidа yechilаdigаn pоzitsion mаsalаlаr yechimini topish. Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari, 2(23) 10-12. 2. Kukiev, B., O‘g‘li, A. N. N. & Shaydulloyevich, B. Q., (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 7 (12), 49-54. 3. Xalimov Moxir, Achilov Nurbek, Bekqulov Qudrat, Xo‘jaqulov Elbek, Ko‘kiyev Boburmirzo., (2020). Chizmachilik va chizma geometriya fanlarida burchak topishning ba’zi usullari. Физика математика фанлари журнали, 4 (1), 47-52. 4. Achilov, N.N., (2020). O‘yinli texnologiyalardan foydalanib chizmachilik darslarida o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va dars samaradorligini oshirish metodikasi. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 49-60. 5. Chizmachilik va muhandislik grafikasi o‘quv qo‘llanma / N.N.Achilov. – Toshkent: BOOK TRADE 2022, 2022.-164 b. 6. Juraev A., Qodirov Sh. Chizma geometriya va injiniring grafikasi. – Toshkent: Fan, 2019. 7. Nazarov B. Injiniring grafikasi va kompyuter texnologiyalari. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2021. 8. Gamage, S. H. P. W., Ayres, J. R., & Behrend, M. B. (2022). Moodle platformasidan ta’lim jarayonida foydalanish bo‘yicha tizimli tahlil. International Journal of STEM Education.