QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASIDA YASHOVCHI BOLALAR ORASIDA BRONXIAL ASTMANING YOSH VA JINSGA QARAB KECHISH XUSUSIYATLARI VA OG'IRLASHUVIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR
Abstract
Nafas a’zolari kasalliklarining uchrash tezligi zamonaviy pediatriyada dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu holat bolalar orasida kasallanishning yuqori darajasi, go‘daklar o‘limi va o‘smir yoshdagi nogironlikka olib kelishi bilan belgilanadi [1]. Rivojlanayotgan patologiyalarni erta aniqlash va oldini olishda xavf omillarining o‘rni katta bo‘lib, ular kasallikning kelib chiqishida muhim rol o‘ynaydi va ma’lum sharoitlarda patologik jarayonning kechishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin [2]. So‘nggi yillarda bolalar orasida allergik kasalliklarning ortib borishi sababli bronxial astma va boshqa allergik patologiyalar pediatriyada eng dolzarb muammolardan biriga aylangan [3–9].
Full text
2025 –OKTABR 57 QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA YASHOVCHI BOLALAR ORASIDA BRONXIAL ASTMANING YOSH VA JINSGA QARAB KECHISH XUSUSIYATLARI VA OG’IRLASHUVIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR YUSUPOVA L.O., XAKIMOV D.P., KOSHANOVA N.Q. QORAQALPOG’ISTON TIBBIYOT INSTITUTI PATOLOGIYA KAFEDRASI ASSISTENTI e-mail:[email protected] Dolzarbligi. Nafas a’zolari kasalliklarining uchrash tezligi zamonaviy pediatriyada dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu holat bolalar orasida kasallanishning yuqori darajasi, go‘daklar o‘limi va o‘smir yoshdagi nogironlikka olib kelishi bilan belgilanadi [1]. Rivojlanayotgan patologiyalarni erta aniqlash va oldini olishda xavf omillarining o‘rni katta bo‘lib, ular kasallikning kelib chiqishida muhim rol o‘ynaydi va ma’lum sharoitlarda patologik jarayonning kechishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin [2]. So‘nggi yillarda bolalar orasida allergik kasalliklarning ortib borishi sababli bronxial astma va boshqa allergik patologiyalar pediatriyada eng dolzarb muammolardan biriga aylangan [3–9]. Allergik kasalliklar eng ko‘p uchraydigan surunkali kasalliklar qatoriga kiradi. Dunyo bo‘yicha taxminan 300 millionga yaqin odam allergik kasalliklardan aziyat chekmoqda. Ularning 30% allergik rinit, 20% bronxial astma, 5–15% esa atopik dermatit bilan kasallangan bo‘lib, ularning 20% holatlari og‘ir va hayot uchun xavfli kechmoqda [10–17]. Ko‘plab mualliflar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, atrofmuhitning noqulay sharoitlari turli yoshdagi bolalar orasida bronxo-o‘pka patologiyalarining ortishiga olib kelmoqda [18,19]. Shu bilan birga, ekologik yuklamasi turlicha bo‘lgan Orolbo‘yi hududlarida yashovchi bolalar va o‘smirlar orasida allergik tabiatga ega nafas a’zolari surunkali kasalliklarining tarqalishi hanuzgacha yetarlicha o‘rganilmagan [20]. Tadqiqot maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida yashovchi bolalarda allergik tabiatli nafas yo‘llari kasalliklarining tarqalishini o‘rganish va ularning klinikepidemiologik xususiyatlariga taqqoslab baho berish. Tadqiqot materiali va usullari: Tadqiqot Qoraqalpog‘iston Respublikasining Respublika ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida allergik tabiatli nafas yo‘llari patologiyasi bilan kasallangan 100 nafar bolalar orasida o‘tkazildi. Allergik kasalliklarning o‘ziga xos kechishini va ularning rivojlanish xavf omillarini o‘rganish uchun jami 100 nafar bola tekshirildi: 1 yoshgacha – 21 nafar, 1-3 yosh – 49 nafar, 3-14 yosh – 30 nafar. Kasalliklar quyidagicha taqsimlangan: -Bronxial astma – 33%
2025 –OKTABR 58 -Obstruktiv bronxit – 52% -Dermo-respirator sindrom – 15% Allergik kasalliklarni aniqlashda quyidagi kliniko-laborator metodlardan foydalanildi: Anamnez yig‘ish, ob’yektiv tekshiruv natijalari, ko‘krak qafasining rentgenografiyasi, qon, siydik va najas tahlillari, tashqi nafas funksiyasining baholanishi. Natijalar va xulosa: Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar bolalar orasida nafas yo‘llarining allergik kasalliklari keng tarqalganligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra: 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida: bronxial astma – 28,6%, obstruktiv bronxit – 57,1%, dermo-respirator sindrom – 14,3%, 1-3 yoshdagi bolalarda: bronxial astma – 24,5%, obstruktiv bronxit – 57,1%, dermo-respirator sindrom – 18,4%, 3-14 yoshdagi bolalarda: bronxial astma – 60%, obstruktiv bronxit – 23,3%, dermo-respirator sindrom – 16,7%. Ko‘pchilik bolalarda kasallikning kuchayishi ob-havo o‘zgarishlari bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, allergik nafas yo‘llari kasalliklariga chalingan bolalarning 69% shaharda yashagan, 31% esa qishloq joylarda istiqomat qilgan. Bu esa, shaharlardagi havo ifloslanishining nafas yo‘llari kasalliklari rivojlanishiga sezilarli ta’siri borligini ko‘rsatadi. Kasalliklarning rivojlanishi nafaqat genetik va tibbiy-biologik, balki ekologik omillar bilan ham bevosita bog‘liq. Anamnez ma’lumotlariga ko‘ra: bronxial astmali bolalarning 75,2% avtomobil yo‘llariga yaqin joylarda yashaydi, 33,3% – sanoat korxonalariga yaqin, 16,8% – nam va sovuq uy sharoitida, 18,5% – tamaki tutuniga duchor bo‘lgan hisoblanadi. Bolalarning 84,3% yashaydigan uylarda chang yig‘uvchi buyumlar mavjud, 73,6% holatlarda uy hayvonlari bo‘lgan, 26,2% esa gullaydigan o‘simliklar bilan kontaktda bo‘lgan. Yosh guruhlar bo‘yicha jinsiy taqsimot quyidagicha: 1 yoshgacha – 61,5% o‘g‘il bolalar, 38,5% qizlar, 1-3 yosh – 63% o‘g‘il bolalar, 37% qizlar, 3-14 yosh – 58% o‘g‘il bolalar, 42% qizlar. Natijalardan ko‘rinib turibdiki, allergik nafas yo‘llari kasalliklari ko‘proq o‘g‘il bolalarda uchraydi. Yig‘ilgan anamnezga ko‘ra, bolalarning 35,8% da oilaviy allergik anamnez (ota-onasi yoki qarindoshlarida allergiya) mavjud bo‘lgan, 64,2% da esa aniqlanmagan. Ko‘pchilik bolalarda (63,2%) 9–14 yoshga kelib bronxial astmaning og‘irlashuvi kuzatilgan, ayniqsa bu holat 13–15 yoshdagi bolalarda 10– 12 yoshdagilarga qaraganda sezilarli darajada ko‘p uchragan. Bo‘g‘ilish xurujlarining teztez va og‘ir kechishi qiz bolalarda (73,5%) o‘g‘il bolalarga (56,2%) nisbatan ko‘proq qayd etilgan. Prepubertat va pubertat davrida astma kechishining og‘irlashuvi asosan kasallikning og‘ir (47,6%) va o‘rta og‘irlikdagi (39,7%) shakllari bilan og‘rigan bolalarda kuzatilgan. Bu guruhdagi bolalarning 69,1% da ota-onalar tomonidan pediatr ko‘rsatmalariga amal qilinmagan va yallig‘lanishga qarshi terapiya yetarli darajada o‘tkazilmagan. Yengil shaklda kasallik kechgan bolalarda bo‘g‘ilish xurujlari faqat 12,7% holatlarda og‘irlashgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
2025 –OKTABR 59 1.Alimov A.V., Axmedova D.I. va hammual., 2002. 2. A.A.Baranov, 2005; Samsigina G.A., 2005. 3. A.A. Yefimova, 1996; N.F. Doroxova 1996. 4. S.M. Gavalov, 1997. 5. M.Ya. Studenikin, 1998. 6. A.G.Chuchalin, 1999; I.I. Balabolkin, 1999; 7. A.F.Kalyoneu va boshq., 1994; 8. J.K.Peat et al., 1994; 9. K.H.Carlsen, 1995). 10. Bilichenko T.N., 1997; 11. Baranov A.A., 2011; 12. Geppe N.A., 2004; 13. A.G.Chuchalin, 2002; 14. Macharadze D.Sh., 2005; 15. Chong H.J. (2012). Asher M.I., 2012; 17. Lai C.K., 2009. 18. Doroxova N.F., 1996, 19. Bikov Ye.V., 2001. 20. Kuryazova Sh.M., 2011.