scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

CHIZMACHILIK FANINI KOMPYUTER GRAFIKASI DASTURI ORQALI O'QITISH

Umarova Dinora Sharifjon qizi

Abstract

Maqolada Oliy ta’limda chizmachilik fanini raqamli texnologiyalari vositasida o‘qitishni qo‘llash xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Jumladan, ta’lim samaradorligini oshirishda vositasi sifatida raqamli texnologiyalar imkoniyatlari tavsiflanadi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 713 CHIZMACHILIK FANINI KOMPYUTER GRAFIKASI DASTURI ORQALI O‘QITISH Umarova Dinora Sharifjon qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” 1-kurs magistiranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17439378 Annotatsiya. Maqolada Oliy ta’limda chizmachilik fanini raqamli texnologiyalari vositasida o‘qitishni qo‘llash xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Jumladan, ta’lim samaradorligini oshirishda vositasi sifatida raqamli texnologiyalar imkoniyatlari tavsiflanadi. Kalit so'zlar: Raqamli, Innovatsion, kompyuter texnologiyalari, kompyuter grafikasi dasturlari, raqamlashtirish bilimlarni tizimlashtirish. Zamon talablariga javob beradigan, pedagogika va texnologiya sohalarining integratsiyasi orqali ta’lim jarayonini yangi bosqichga ko‘tarish. Jahonda globallashuv va integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda bo‘lajak texnologik va chizmachilik ta’limi o‘qituvchisining axborot-kommunikatsiya kompetensiyalarini rivojlantirish orqali kasbiy grafik kompetentligini takomillashtirishga ehtiyoj kuchaymoqda. Grafik dasturlar asosida o‘qitishning yangi usullari bo‘lib, u an’anaviy ta’limdan ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan holda olib borilishi bilan farqlanadi. Bu ta’lim tizimi yangi shakl, metod va vositalardan foydalangan holda tashkil etilib, pedagog va talabalar o‘rtasida hamda talabalar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotning o‘ziga xos usullarini nazarda tutadi. Shuningdek, masofaviy ta’lim turli shakllarga ega bo‘lib, ijtimoiy talab asosida shakllangan maqsad va ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga muvofiq tashkiliy shakllar hamda maxsus o‘qitish vositalaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Zamonaviy ta’lim tizimi raqamli texnologiyalar ta’sirida tubdan o‘zgarib bormoqda. Xususan, an’anaviy dars shakllarining o‘rnini bosuvchi onlayn kurs platformalari bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Muhandislik sohasining muhim tarkibiy qismi hisoblangan chizmachilik fani ham bu o‘zgarishlardan chetda qolayotgani yo‘q. Ushbu maqolada chizmachilik fanini o‘qitishda onlayn kurs platformalarining o‘rni, afzalliklari va ularni samarali qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Chizmachilik — bu muhandislikda fikrlashni, fazoviy tasavvurni, texnik loyihalashni va grafik savodxonlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi fan. Mazkur fan orqali o‘quvchilar chizmalar tuzish, ularni o‘qish va grafik axborotni to‘g‘ri talqin qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Muhandislik, arxitektura, qurilish, texnologiya kabi ko‘plab yo‘nalishlarda chizmachilik fundamental tayanch fan hisoblanadi. Shu bois, uni o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion vositalardan foydalanish muhim hisoblanadi. Onlayn kurs platformalari — bu internet orqali masofaviy ta’lim olishga imkon beruvchi raqamli muhitdir. Ular orqali o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro interaktiv aloqa yo‘lga qo‘yiladi. Bugungi kunda Moodle, Google Classroom, Coursera, Udemy, Khan Academy, EdX kabi mashhur platformalar mavjud bo‘lib, ulardan har biri o‘ziga xos funksional imkoniyatlarga ega. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 714 Muhandislik kompyuter grafikasi dasturlari jadal rivojlanishi oliy ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni talab qilmoqda. Ayniqsa, muhandislik sohasida grafik kompetensiyalar, chizmachilik ko‘nikmalari va zamonaviy loyihalash dasturlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ehtiyojdan kelib chiqib, “Innovatsion muhandislik grafikasi” onlayn kurs platformasi ishlab chiqildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi. Mazkur platforma muhandislik grafikasi, chizmachilik, kompyuter yordamida loyihalash (CAD) fanlarini masofaviy, mustaqil va interaktiv shaklda o‘rganish imkonini beradi. Platformaning asosiy maqsadi — talabalar va o‘qituvchilar uchun qulay, funksional va samarali o‘quv muhitini yaratishdir. (1rasmga qarang): 1.rasm. Onlayn kurs platformasi ishchi oynasi Bundan tashqari, mualliflik asosida yaratilayotgan milliy platformalar (masalan, Tilda, WordPress, LMS tizimlar asosidagi kurslar) orqali ham chizmachilik fanini o‘qitishga yo‘naltirilgan maxsus onlayn kurslar yaratish mumkin. Onlayn platformalar o‘quvchilarga o‘z vaqtida, o‘z tezligida, mustaqil ravishda ta’lim olish imkonini beradi. Bu ayniqsa, chizmachilikda grafik topshiriqlarni takroran bajarish va murakkab chizmalarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirishda muhimdir. Chizmachilikni o‘rgatishda grafik vizualizatsiya juda muhim. Onlayn kurslarda animatsiyalar, video darslar, 3D modellar, bosqichma-bosqich grafik ko‘rsatmalar orqali murakkab mavzularni tushuntirish ancha osonlashadi. AutoCAD, SolidWorks, SketchUp, Fusion 360 kabi dasturlarni onlayn platformalar bilan bog‘lab, o‘quvchilarga bevosita real muhitda ishlash imkoniyati yaratish mumkin. Bu esa ularning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Testlar, topshiriqlar, avtomatik baholash tizimlari orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi doimiy nazorat qilinadi. Bu chizmachilikdagi aniqlik va to‘g‘rilik talablariga javob beruvchi yondashuvdir. Chizmachilik bo‘yicha onlayn ta’lim kursini ishlab chiqishda quyidagi komponentlarga e’tibor qaratish lozim: • Kiruvchi bo‘limlar: fan haqida umumiy ma’lumot, o‘quv maqsadlari, asosiy tushunchalar; • Nazariy materiallar: matn, rasm, video va prezentatsiyalar ko‘rinishida taqdim etiladi; INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 715 • Amaliy mashg‘ulotlar: chizmalar chizish, geometrik shakllar yasash, loyihalash; • Interaktiv mashqlar: avtomatik tekshiruvga ega bo‘lgan topshiriqlar; • Baholash tizimi: testlar, grafik ishlanmalar, loyiha ishlari; Shuningdek, kursga forum, chat, onlayn seminar (webinar) kabi vositalarni qo‘shish orqali o‘quvchilarning faolligi oshiriladi. Hozirgi kunda ko‘plab texnikum va oliy ta’lim muassasalarida chizmachilik fanini onlayn formatda o‘qitish bo‘yicha tajribalar to‘planmoqda. Masalan, “innovatsion muhandislik grafikasi” nomli milliy onlayn kurs loyihasi orqali o‘zbek tilida chizmachilik darslarini raqamli formatda o‘rganish imkoniyati yaratilmoqda. Bu kabi loyihalar ta’limda raqamli transformatsiyani jadallashtirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, zamonaviy virtual laboratoriyalar, AR/VR texnologiyalari, interaktiv 3D muhitlar chizmachilikni o‘rganishda yangi davrni boshlab bermoqda. Onlayn kurs platformalari chizmachilik fanining o‘qitilishini yanada qulay, interaktiv va samarali qilish imkonini bermoqda. Ular yordamida o‘quvchilar chizmalarni nafaqat tushunish, balki mustaqil yaratish, tahlil qilish va takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Shu bois, har bir pedagog va ta’lim muassasasi o‘z fanini raqamlashtirish, onlayn kurslar yaratish va ularni takomillashtirish yo‘lida faol harakat qilishi zarur. Bu nafaqat ta’lim sifatini oshiradi, balki zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. ADABIYOTLAR RO‘YHATI 1. Hayitov J.M., In higher educationteaching drawing through digital technologies // Current research journal of pedagogics, 2023., Volume 04 issue 11 Pages: 41-49. (13.00.00. № 21). 2. Hayitov J.M., Chizmachilik fanlarini kompyuter grafikasi dasturlaridan foydalanib o‘qitish // Galaxy international interdisciplinary research journal (GIIRJ), 2022., Vol. 10, Issue 11, ISSN (E): 2347-6915. 3. Hayitov J.M., The importance of assembly drawings in educationalprocessesand work // International multidisciplinaryjournalforresearch & development 2024., Volume 11, issue12, Eissn :2394-6334. (13.00.00. № 23). 4. Hayitov J.M., Muhandislik va kompyuter grafikasi: O‘quv qo‘llanma 2025.,-Toshkent: “Zebo Prints”, 2025., 160.