scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PROYEKSION CHIZMACHILIKNI O'QITISHDA GRAFIK DASTURLARNING O'RNI VA MAZMUNI

Xamidova Gulmira Xamidovna

Abstract

Zamonaviy texnologik rivojlanishlar geometrik va proyeksion chizmachilikni o‘qitishda yangi bosqichni ochdi. An’anaviy qog‘oz, qalam va lavhali chizmalar bilan bir qatorda, endi CAD (Computer-Aided Design - Kompyuter Yordamida Loyihalash) dasturlari asosida yangilangan o‘quv qo‘llanmalari qo‘llanilmoqda. Proyeksiya usullar, kesishmalar, aksonometriya, lekalo chiziqlari kabi asosiy tushunchalar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Talabalar virtual 3D modellarni yaratadi, kesadi va ularning turli proyeksiyalarini ko‘rishlari mumkin. Bilimlarni nazorat qilish nafaqat chizilgan varaqani tekshirish, balki elektron faylning to‘g‘riligi, parametrlari va modellash texnikasini baholash orqali amalga oshiriladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 719 PROYEKSION CHIZMACHILIKNI O’QITISHDA GRAFIK DASTURLARNING O’RNI VA MAZMUNI Xamidova Gulmira Xamidovna Navoiy davlat universiteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi o’qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17439400 Annotatsiya. Zamonaviy texnologik rivojlanishlar geometrik va proyeksion chizmachilikni o‘qitishda yangi bosqichni ochdi. An’anaviy qog‘oz, qalam va lavhali chizmalar bilan bir qatorda, endi CAD (Computer-Aided Design - Kompyuter Yordamida Loyihalash) dasturlari asosida yangilangan o‘quv qo‘llanmalari qo‘llanilmoqda. Proyeksiya usullar, kesishmalar, aksonometriya, lekalo chiziqlari kabi asosiy tushunchalar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Talabalar virtual 3D modellarni yaratadi, kesadi va ularning turli proyeksiyalarini ko‘rishlari mumkin. Bilimlarni nazorat qilish nafaqat chizilgan varaqani tekshirish, balki elektron faylning to‘g‘riligi, parametrlari va modellash texnikasini baholash orqali amalga oshiriladi. Kalit so’zi: proyeksion chizmachilik, 3D model, texnologiya, kompyuter, AutoCAD, 3D Max, fazoviy tasavvur. Abstract: Modern technological developments have opened a new stage in the teaching of geometric and projectional drawing. Alongside traditional paper, pencil, and board drawings, updated textbooks based on CAD (Computer-Aided Design) software are now being used. Fundamental concepts such as projection methods, intersections, axonometry, and template lines have not lost their significance. Students create virtual 3D models, section them, and can view their various projections. Assessment of knowledge is carried out not only by checking the drawn sheet but also by evaluating the correctness of the electronic file, its parameters, and modeling techniques. Key word: projection drawing, 3D model, technology, computer, AutoCAD, 3D Max, spatial imagination. Аннотация: Современные технологические разработки открыли новую ступень в обучении геометрическому и проекционному черчению. Наряду с традиционными чертежами на бумаге, выполненными карандашом и на меловой доске, теперь используются обновлённые учебные пособия на базе программного обеспечения CAD (Computer-Aided Design — компьютерное проектирование). Основные понятия, такие как методы проекции, сечения, аксонометрия и лекальные линии, не утратили своего значения. Студенты создают виртуальные 3D‑модели, выполняют их сечения и могут просматривать различные проекции. Контроль знаний осуществляется не только путём проверки выполненного на бумаге чертежа, но и оценкой корректности электронного файла, его параметров и приёмов моделирования. Ключевые слова: проекционный рисунок, 3D-модель, технология, компьютер, AutoCAD, 3D Max, пространственное воображение. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 720 “Proyeksion chizmachilik” fanini o’qitishni zamon talablari darajasiga yetkazish uchun fan dasturida ko’rsatilgan mavzular bo’yicha ma’lumotlarni to’plash va ularni grafik dasturlar yordamida qayta ishlash bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo’llanilishi pedagogik texnologiyalarni inkor etmagan holatda parallel olib borilishi maqsadga muvofiq. Zero, shunday yondashuv grafik materiallarni samarali o’zlashtirilishida kutilgan natijani beradi. “Proyeksion chizmachilik” fanini o’qitishda mavzularni bir-biriga bog’lanishi ularning uzviyligini ta’minlash, o’qitishning eng zamonaviy usul va vositalaridan foydalanish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. “Proyeksion chizmachilik” fanini o’qitishda o’quv rejadan kelib chiqqan holda fan dasturi ishlab chiqishda mavzularga oid ma’lumotlarni umumlashtirish hamda ularni tahlil etish zarur. Zamonaviy grafik dasturlarning keng imkoniyatlaridan foydalanib qaytadan chizmalarni chizish, ularga animatsiyalar berish, vizuallashtirish, multimediali holatga keltirish lozim. Ayniqsa, grafik dasturlar ko’rinishdagi chizmalar talabalarning diqqat-e’tiborini o’ziga tortishi natijasida ularning fanga bo’lgan munosabatlari o’zgaradi. Bundan tashqari talabalarda shu chizma haqida to’liqroq ma’lumotga ega bo’lish imkoniyati yaratiladi. Grafik dasturlarga tegishli bo’lgan zamonaviy dasturiy vositalar AutoCAD, 3dMax va boshqa dasturlar fanni o’qitishda o’qituvchi uchun yordamchi bo’lib xizmat qilsa, bilimlarni o’zlashtirayotgan talabalar uchun fanning ma’no mazmunini tushunishga, fazoviy tasavvuri, ijodiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanishiga, fanni o’zlashtirish ko’rsatkichini yaxshilashga olib keladi. Proyeksion chizmachilik fanini o’qitishda grafik dasturlar talabalarni bu fanni to’liq va yaxshi o’zlashtirishlariga yordam beradi. Shu o’rinda aytish lozimki proyeksion chizmachilik fanini o’qitish jarayonida metrik va pozitsion masalalar yechish ham talab etiladi. Talabalarni grafik topshiriqlarni yechish uchun soddadan murakkabga asta sekinlik bilan tayyorlab boriladi. Talaba grafik topshiriqlarni bajarish uchun proyeksion chizmachilik oid nazariyalarni o’zlashtirgan va uni amaliyotga tadbiq etish uslublarini o’zlashtirishi kerak. Proyeksion chizmachilik fanini o’qitish jarayonida metrik va pozitsion masalalar yechish o’ziga xos qiyinchiliklari bo’lganligi uchun, biz ushbu masalalarni yechish jarayonini animatsion ishlanmalar bilan berilsa, talabalarni o’zlashtirishi osonlashtiradi. Shuning uchun bu ishlanmalar dars jarayonida o’qituvchiga yordamchi vosita sifatida foydalanilsa, mustaqil ta’lim jarayonida talabalarga o’rgatuvchi vazifasini bajaradi. Yuqoridagi animatsiyali materiallar talabalarda rivojlanishi murakkab bo’lgan fazoviy tasavvurni hosil bo’lishiga yordam beradi. Chunki berilayotgan chizmalarni fazoviy va tekislikdagi hamda shakllarini grafik dasturlarning keng imkoniyatlaridan foydalanib ko’rsatiladi. Faraz qilaylik, aylanish sirtlarining tekislik bilan kesishgan chizig’ini aniqlash berilgan. Murakkab bo’lgan silindr, konus bilan tekislikning kesishish chizig’ini fikrlash orqali talabalar silindr, konus sirtini to’liq tasavvur etadi. Lekin guruhdagi ayrim talabalar ko’z oldiga keltira olmaydi. Shu sababli uning 3D tasvirini ko’rsatish orqali talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish mumkin. Animatsiyalarni talabalar tomonidan boshqarilishi mavzularni yanada osonroq o’zlashtirishga olib keladi. Bundan tashqari video ko’rinishdagi ishlanmalarni ham parallel ravishda qo’llash dars sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bu mutimediyali video dars ishlanmalari mavzuga qarab qo’llanilishi mumkin. Bulardan ko’zlangan maqsad bir vaqtning o’zida talabalar fazoviy INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 721 tasavvurini rivojlantirishga erishishdan iborat. Kompyuterda yaratilgan 3D chizmaning video orqali namoyish etilishi uni real hayotdagidek ko’rsatib beradi va talabalar uchun tushunarli bo’lib, ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantiradi. Chunki talabalarda fazoviy tasavvur rivojlanishi fanni tushunishiga olib keladi. Zero, proyeksion chizmachilik faniga oid materiallarni o’zlashtirishda fazoviy tasavvur muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun talaba fazoviy tasavvurga ega bo’lsagina fan bo’yicha topshiriqlarni bajara oladi. Ta’limda yangi axborot texnologiyalari – bu ta’lim olishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishdir. Smirnov A.V. ta’riflashicha "... yangi axborot texnologiyalari— ishlash texnologiyasi, yetkazishi, EHM yordamida axborotlarni tasavvur etish va ommalashtirish, hisoblash va dasturli vositalarni yaratilishi" hisoblanadi. Ta’lim tizimini isloxoti natijasida mustaqil ta’lim jarayoniga katta ahamiyat berilmoqda. Fanlar bo’yicha ma’ruza va amaliy dars jarayonlarida o’qituvchi zaruriy bilimlarni talabalarga to’liq yetkazib berishga vaqti yetmaydi. O’qituvchi talabaga maslahatchi sifatida kerakli manbalardan foydalanish bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatadi. Ta’lim jarayonini jadallashtirish orqali fandagi asosiy tushunchalarni talabalarga yetkazishi mumkin. Grafik fanlarda murakkab chizmalar va ularni chizish, talabalarda fazoviy tasavvurni rivojlantirish va boshqa materiallarni qisqa vaqtda yetkazish hamda ularni o’zlashtirilishini ta’minlash uchun AKTlarni dars turiga qarab tanlash hamda foydalanishni tashkil etish zarur. Shunday ekan, bu fanni o’qitishda, birinchi navbatda, o’qituvchi grafik dasturlaridan o’zgalarning yordamisiz foydalana olishini ta’minlash lozim. “Proyeksion chizmachilik” fanida yer maydonining chuqurlik va balandligini grafik dasturlar orqali talabalarga ko’rsatish mumkin. Proyeksion chizmachilik fanida talabalarga beriladigan topshiriqlar algaritm ketmaketligida bajarilsa mavzuni tezroq o’zlashtirish natija beradi. Agar talaba bu ketma-ketlikni almashtirib qo’ysa, standart talablari buzilgan hisoblanadi. Bunday topshiriqlarni talabalarga dars jarayonida tushuntirish va bajarilish ketma–ketliklarini turli usullarda berilishi mumkin. Misol uchun: An’anaviy usul: doskada chizish. Noan’anaviy usul: bajarilish ketma–ketligini animatsion tarzda namoyish etish. Zamonaviy usul: berilayotgan detalning 3D modelini virtual ko’rinishda ko’rsatish va turli tomonlaridan aylantirib ko’rsatish mumkin. V.V.Kondratova ilmiy tadqiqot ishida kompyuter grafikasini dars jarayonida qo’llash bo’yicha ilmiy tavsiyalar bergan. Ya’ni kompyuter grafikasidan foydalanib dars uchun kerakli detallarning modellari ko’rsatish yaxshi samara berishini ta’kidlagan. Masalan: INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 722 Shtrix kod orqali web-ar.studio ga kiring va telefoniz kamerasini chizma ko‘rinishlariga tuting. Sizning telefonizda detal yaqqol tasviri hosil bo‘ladi va tasavvur shakllanadi. “Proyeksion chizmachilik” fanini o’qitishda ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar jarayonida grafik dasturlarini qo’llashdan asosiy maqsad quyidagilardan iborat: 1. Talabalarda fanga bo’lgan munosabatni o’zgartirish, ya’ni qiziqtirish. 2. Talabalar fazoviy tasavvurini shakllantirish. 3. Talabalarda ijodiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. 4. Mustaqil ta’limda talabalar tomonidan grafik topshiriqlarni mustaqil va bexato bajarishini amalga oshirish. 5. Fan bo’yicha kerakli bilim va ko’nikmalarini tartibli va samarali egallashlarini tashkillashtirish. Tadqiqotlar va kuzatishlar shuni ko’rsatmoqdaki, aksariyat talabalarda grafik topshiriqlarni bajarishda ro’y berayotgan xatoliklar bir xil. Bu muammoning maqbul yechimi kompyuterlashtirilgan o’qitish tizimini tashkil etish bilan bog’liq. Shunday ekan, bugungi kunda muammolarni bartaraf etishda talabadan ta’lim samaradorligini oshirish uchun darsga boshqacha, ya’ni zamonaviy yondashishni talab etmoqda. Bugungi kun talabalarining grafik savodxonligini rivojlantirish dolzarb masala hisoblanib, uni hal etish uchun quyidagilarga amal qilish lozim bo’ladi: • “Proyeksion chizmachilik” fanini o’qitishda grafik dasturlardan foydalanish; • grafik topshiriqlarni murakkablik darajalariga ko’ra tasniflash; • grafik topshiriqlarni bajarish bo’yicha multimediali uslubiy ko’rsatma yaratish va foydalanishni tashkillashtirish; • talabalarni fazoviy tasavvurini shakllantirish; • shakllangan fazoviy tasavvur asosida ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. • yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni bajarish natijasida talabalarning fanga bo’lgan munosabati o’zgaradi. • O’tilgan mavzular bo’yicha grafik topshiriqlarni takomillashtirishda darajalarga ajratish, ya’ni oddiydan murakkablikka tamoyiliga asoslanadi. • Talabalarda topshiriqlarga oid variantlarning fazoviy ko’rinishini va uning yaqqol tasavvur etishi uchun grafik dasturlarning imkoniyatidan foydalanish samarali yordam beradi. Buning uchun AutoCAD grafik dasturida uning 3D modelini yasash va kerakli nuqtada aylantirib ko’rish imkonini beradi. Bunday o’qitish natijasida o’zlashtirish ko’rsatkichining oshib INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 723 borishini kuzatish mumkin. • “Proyeksion chizmachilik” fanidan topshiriqlar to’plamining elektron variantini yaratish va uni ta’lim jarayonida bevosita qo’llash lozim. Ayniqsa, mustaqil ta’lim va amaliyot jarayonida talabalar grafik topshiriqlarni bajarishda grafik dasturlardan bilvosita foydalanishlari mumkin. “Proyeksion chizmachilik” fanini o’qitishda grafik dasturlardan foydalanish orqali talabalarda fanga bo’lgan qiziqish ortishi, tushunishi, fazoviy tasavvurlari rivojlanishi, mustaqil fikrlash va ijodiy ishlash ko’nikmalari shakllanishiga yordam beradi. “Proyeksion chizmachilik” fanini yaxshi o’zlashtirgan talaba kompyuter grafikasini qiyinchiliksiz o’zlashtiradi. Bu orqali nafaqat fanga oid balki texnika sohasiga oid chizmalar va turli xildagi detallarni chizish va ularni modellarini yaratishni mustaqil tarzda bajara oladi. Natijada bunday ishlarni bajarish orqali talabalar oldida turgan murakkab masalalarni kam vaqt sarflab yuqori natijalarga erishishini kuzatish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. M.Xalimov, F.Ochilov, Chizmachilik (Geometrik va proyeksion chizmachilikdan mustaqil ishlash uchun topshiriqlar). - Qarshi, “Nasaf’, 2012. 2. "Autodesk, Inc". FundingUniverse. Lendio. 2012. Retrieved 29 March 2012. 3. Gindis, Elliott J. (August 18, 2016). Up and Running with AutoCAD 2017: 2D and 3D Drawing and Modeling. Elsevier. pp. 699–702. 4. T.Rixsiboyev. Kompyuter grafikasi. Toshkent, «Tafakkur qanoti», 2006. 49 bet 5. S.S.Saydaliyev, «Chizmachilik», T.:, 2013. 81 bet 6. G.X.Xamidova. Muhandislik kompyuter grafikasi. -Navoiy, “Science algorithm”, 2023. 7. G.Kh.Khamidova “Improving the use and methodology of graphic programs in the teaching of drawing skills.” INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY 39. 2024 8. Ibrahim Gadoev; Shavkat Jalolov; Keldiyor Togaev; Lobar Esanova; Samariddin Absobirov; Gulkhayo Ravshanova AIP Conf. Proc. 3268, 070027 (2025) https://doi.org/10.1063/5.0258587 9. Sh. D. Dilshodbekov, An innovative method of teaching engineering graphics based on computer graphics (Tashkent, 2022). https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-04-04-15 10. Sh. D. Dilshodbekov, An innovative method of teaching engineering graphics based on computer graphics (Tashkent, 2022). 11. Sh. N. Muslimov, Improving the methodology of developing the professional graphic competence of future technological education teachers (Tashkent, 2022). 12. Xamidova, G. X. (2024). PROEKSION CHIZMACHILIK FANINI GRAFIK DASTURLAR YORDAMIDA O’QITISHNING MAZMUNI, SHAKLI, METOD VA VOSITALARI. Oriental Art and Culture, 5(6), 321-327. 13. Xamidova, G. X. (2024). Talabalarga zamonaviy kompyuter grafik dasturlari yordamida chizmachilik fanlarini o ‘rgatish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash. Inter education & global study, (1), 63-72.