6- SINF O'QUVCHILARDA MONOLOGIK NUTQNI ESHITIB TUSHINISH MALAKASINI SHAKLLANTIRISH BO'YICHA TAJRIBA TADQIQI
Abstract
Ushbu maqolada 6-sinf o‘quvchilarida monologik nutqni eshitib tushunish malakasini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tajriba-tadqiqot natijalari yoritilgan. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning monologik matnlarni eshitib, ularning mazmunini to‘g‘ri anglash, asosiy g‘oyani ajrata olish, va tinglangan matnga nisbatan fikr bildirish qobiliyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bu ko‘nikmalarni rivojlantirishda qo‘llanilgan samarali usullar ham bayon etilgan.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 752 6SINF O‘QUVCHILARDA MONOLOGIK NUTQNI ESHITIB TUSHINISH MALAKASINI SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA TAJRIBA TADQIQI Sa’dullayeva Fayyoza Maxmadoli qizi Toshkent shahri Shayxontohur tumani 136-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada 6-sinf o‘quvchilarida monologik nutqni eshitib tushunish malakasini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tajriba-tadqiqot natijalari yoritilgan. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning monologik matnlarni eshitib, ularning mazmunini to‘g‘ri anglash, asosiy g‘oyani ajrata olish, va tinglangan matnga nisbatan fikr bildirish qobiliyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bu ko‘nikmalarni rivojlantirishda qo‘llanilgan samarali usullar ham bayon etilgan. Kalit so‘zlar: monologik nutq, eshitib tushunish, o‘quvchi malakasi, tinglab anglash, 6-sinf, metodika, tajriba Экспериментальное исследование по формированию у учеников 6 класса навыков понимания монологической речи на слух Аннотация: В данной статье представлены результаты экспериментального исследования по формированию у учеников 6 класса навыков понимания монологической речи на слух. Анализируются способности учащихся воспринимать содержание услышанного текста, выделять основную идею и выражать собственное мнение по прослушанному материалу. Также рассматриваются эффективные методы развития этих умений. Ключевые слова: монологическая речь, восприятие на слух, навык ученика, аудирование, 6 класс, методика, эксперимент An experimental study on developing sixth-grade students' listening comprehension skills of monologic speech Annotation: This article presents the results of an experimental study on developing sixth-grade students' listening comprehension skills of monologic speech. The study analyzes students’ abilities to understand the content of a monologue, identify the main idea, and express their own opinions about the listened text. The article also discusses effective methods used to enhance these skills. Keywords: monologic speech, listening comprehension, student skill, auditory understanding, 6th grade, methodology, experiment Bugungi kunda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning to‘rt asosiy til ko‘nikmalari – o‘qish, yozish, tinglab tushunish va og‘zaki nutq –ni uyg‘un rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, monologik nutqni eshitib tushunish ko‘nikmasi o‘quvchilarning nafaqat tilni o‘rganishdagi muvaffaqiyatiga, balki ularning muloqot madaniyatiga, mustaqil fikrlashiga va nutqiy faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada o‘rta maktab o‘quvchilari, ayniqsa 6-sinfda o‘qiyotgan o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida tinglab tushunishga asoslangan topshiriqlarning roli kattadir. Ushbu maqolada 6-sinf o‘quvchilarida monologik nutqni eshitib tushunish malakasini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tajriba va kuzatuvlar tahlil qilinadi. Dolzarbligi. Bugungi tez o‘zgarayotgan axborot makonida o‘quvchilarning eshitish asosida tushunish, axborotni tahlil qilish va unga nisbatan munosabat bildirish qobiliyatini rivojlantirish zarurati tobora ortib bormoqda. Ayni paytda ta’lim tizimida kommunikativ yondashuvga asoslangan metodikalar ustuvorlik kasb etayotgani bois, eshitib tushunish malakasini shakllantirish dolzarb
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 753 masalalardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilarining til o‘rganish jarayonida monologik matnlarni eshitish orqali o‘z bilim va dunyoqarashini kengaytirishi, ularning nutqiy faoliyatini faollashtiradi. Shu boisdan, ushbu mavzuni o‘rganish amaliy va nazariy jihatdan ham dolzarb hisoblanadi. Tajriba sinovi Toshkent viloyati Zangiota tumaniga qarashli 38-IDUM da olib borildi. Tajriba 5-noyabrdan boshlanib, 18-martgacha davom etdi. 6-“A” sinf o‘quvchilari tajriba sinoviga qatnashishdi.Sinf ikki guruhga ajratilib, ular tajriba guruhi va nazorat guruhi deya ataldi. Tajriba guruhida 13 nafar, nazorat guruhida esa 13 nafar o‘quvchi taqsimlandi. Tajriba sinovining birinchi darsida har ikkala guruhdan bir xil turdagi boshlang‘ich nazorat ishi olindi. Mashg‘ulot uchun tanlab olingan matnlar audio ko‘rinishida taqdim etildi va har bir darsda ikkiuch martadan o‘qib eshittirildi. Sinov davrida tajriba guruhiga eshitib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantiradigan topshiriqlar berib borildi. Ular turli xil mavzudagi audio matnlar asosida yaratilgan savol va topshiriqlar, turli xil diagrammalar, jadvallardan iborat bo‘lib, bu topshiriqlar o‘quvchilarda eshitib tushunish malakasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tajriba guruhida sinov bo‘layotgan bir paytda nazorat guruhi odatiy dars mashg‘ulotlarini o‘tashdi. Sinov yakunida har ikkala guruhdan ham bir xil nazorat ishi olindi. Tajriba davomida olingan har bir mashg‘ulotlar tekshirilib, kerakli ko‘rsatkichlar orqali baholanib, tahlil qilindi. Tahlil natijalari tajriba guruhining eshitib tushunish borasida sezilarli darajada o‘zgarishlar bo‘lganini ko‘rsatdi. Tajriba sinovi haqqoniy tarzda olib borilishini tashkillashtirilgan holda, jurnalning yuqori qismini tajriba sinovi guruhiga, pastki qismini nazorat guruhi uchun tanlab olindi. Tajriba guruhi 4 nafari o‘g‘il bolalar, 11 nafari qiz bolalarni tashkil etdi. Ularning bilim darajalari har xil. Tajriba materiali. Biz mashg‘ulotlar davomida tajriba materiali sifatida respublikamizda nashr qilinayotgan “Gulxan” bolalar jurnalining 2020-yilda nashr qilingan sonlaridan, X.To‘xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” asaridan, Turob To‘laning “Yetti zog‘ora qissasi”, G‘ofur G‘ulomning “Shum bola” asarlaridan parcha, “Dunyo mo‘jizalari“ nomli bolalar uchun ensklopediya turkumidagi kitobdan va Mahmud Sattorning “O‘zbek udumlari” nomli kitoblaridan foydalandik. Shuningdek, jurnal va kitoblardan tanlangan matnlarni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-kurs talabasi Xudoyberdiyeva Bonugul tomonidan o‘qildi. Tajriba tahlili. Biz bu faslda o‘quvchilarga mashg‘ulot davomida yozgan javoblarini tahlili bilan tanishtiramiz. Birinchi mashg‘ulotda o‘quvchilarga Turob To‘laning “Yetti zog‘ora qissasi” asaridan olingan parcha ikki marta o‘qib eshittirildi. O‘quvchilarga matn eshittirilgach o‘quvchilarning matnni qay darajada tushunganliklari tekshirildi. O‘quvchi matnni to‘g‘ri tushungan bo‘lsa, bu topshiriqni to‘g‘ri bajara oladi.Unda matn yuzasidan oltita gap berildi: ……………… degan soyimiz bo‘lardi, juda ………… bitkuchiydi. ……..olib chiqdim-u, birozgina ……………tersin deb boshini qo‘yib yubordim. O‘zim ………soyasida, g‘ir-g‘ir shabadada mast bo‘lib yotdim, nafas o‘tmay uxlab qolibman. Bir mahal uyg‘onsam, oftob og‘ib qolgan, …………., mashoq qayoqda, o‘sha turgan joyida hali ham bir xil holatda turipti. Hayron bo‘lib o‘rnimdan turdim, bir narsa demoqchiday boshini baland ko‘tarib kishnadi, faqat orqa oyoqlari bilan tepkilanadi-yu, oldingi oyoqlarini yerdan uzmaydi. Yugurib oldiga bordim, bordim-u oyoqlari ostiga qarab qotib
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 754 qoldim, oldingi chap oyog‘iga qop-qora .…..……. ………………… o‘ralib yotibdi, o‘ng oyog‘i esa iloning boshini majaqlagancha ezib turipti. Tushirib qoldirilgan so‘zlarni topib, o‘rniga qo‘yish topshirig‘ida matndagi so‘zlarning kontekstual ma’nosi qay darajada tushunganligi aniqlandi. Bu topshiriqda retsipiyentlar asosan birinchi, ikkinchi, uchinchi gaplardagi tushirib qoldirilgan so‘zlarni yozishda xatolikka yo‘l qo‘yishgan. Birinchi gap Matansoy degan soyimiz bo‘lardi, juda bug‘doy bitkuchiydi gapi bo‘lib, o‘quvchilarga Matansoy va bug‘doy so‘zlari tushirib qoldirilgan holda berildi. 5-13-16-22raqamli o‘quvchilar Matansoy so‘zini Vatansoy shaklida yozishgan. 4-8-10-17-19-23-25-raqamli o‘quvchilar esa “Matansoy” so‘zini “Matinsoy”shaklida xato yozishgan. Bunga o‘quvchilarning so‘zni xato eshitganliklari sabab bo‘lgan. “Bug‘doy” so‘zining o‘rniga 1va 2raqamli o‘quvchilar “soya” so‘zini ishlatishgan. 6raqamli o‘quvchi esa “bug‘doy” so‘zining o‘rniga “go‘ja” so‘zini ishlatgan. Ikkinchi gap go‘ja olib chiqdim-u, birozgina mashoq tersin deb boshini qo‘yib yubordim gapi bo‘lib bu gap ……..olib chiqdim-u, birozgina …………… tersin deb boshini qo‘yib yubordim tarzida berildi. “go‘ja“ so‘zini deyarli barcha o‘quvchilar to‘g‘ri yozishgan, faqatgina 4raqamli o‘quvchi “ko‘za“ so‘zini qo‘llagan. 6-13-16-23-25raqamli o‘quvchilar “mashoq” so‘zining o‘rniga hech qanday so‘z yozishmagan. 8-9-21raqamli o‘quvchilar “mashoq” so‘zining o‘rniga “bug‘doy” so‘zini, 11-15-24-raqamli o‘quvchilar esa “o‘t” so‘zini qo‘llashgan. Keyingi gap “O‘zim g‘aram soyasida, g‘ir-g‘ir shabadada mast bo‘lib yotdim, nafas o‘tmay uxlab qolibman” gapi bo‘lib “g‘aram” so‘zi matndan tushirib qoldirilgan holda berildi. Bu so‘zni hech qaysi o‘quvchi eslab qola olmagan . 5-7-12-15-17-18-22-24-26raqamli o‘quvchilar esa “g‘aram” so‘zining o‘rniga “daraxt” so‘zini ishlatib xato javob yozishgan. Oxirgi gapda o‘quvchilar nuqtalar o‘rniga “chipor cho‘lilon” so‘zini yozishi kerak edi. Faqatgina 20-raqamli o‘quvchi “chipor ilon” birikmasini qo‘llagan. Ikkinchi mashg‘ulot G‘ofur G‘ulomning “ Shum bola “ nomli qissasidan olingan parcha asosida tashkil qilinib, 2 ta topshiriqdan iborat bo‘ldi. 5 ta gapli matn tanlab olindi va ulardan ayrim so‘zlar tushirib qoldirildi. 1. ...Bu qishloqda Sariboy bo‘lis degan katta yer egasi bor ekan. 2. Uning ming tanoblab hisoblangan olmazoriga epchil qo‘lli xizmatkor doim zarur bo‘lib turar ekan. 3.Bu kecha uning xizmatkorlari yotadigan qo‘shxonada yotishga qaror berdim. 4. Uzumchi menga yo‘lboshlovchi bo‘lib ko‘rsatib qo‘ydi. 5. Boyning qari-qartang aralash yigirma choq xizmatkorlari kechki juvari go‘ja ustida edilar. Ikkinchi topshiriqda matndagi gaplarni to‘gri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlash topshirig‘i berilgan bo‘lib, o‘quvchilar berilgan jadvaldagi gaplarni eshitgan matni asosida to‘g‘ri yoki xato ekanligini belgilashdi. 1-jadval Bu qishloqda Sariboy oqsoqol degan katta yer egasi bor ekan. - Bu qishloqda Sariboy bo‘lis degan katta yer egasi bor ekan. +
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 755 Uning ming tanoblab hisoblangan olmazoriga epchil qo‘lli xizmatkor doim zarur bo‘lib turar ekan. + Uning ming tanoblab hisoblangan olchazoriga epchil qo‘lli xizmatkor doim zarur bo‘lib turar ekan. - Uzumchi menga yo‘lboshlovchi bo‘lib ko‘rsatib qo‘ydi. + Xizmatkor menga yo‘lboshlovchi bo‘lib ko‘rsatib qo‘ydi. - Bitta bo‘sh sopol tovoqqa bir cho‘mich go‘ja quyib berdilar. + Bitta bo‘sh sopol tovoqqa ikki cho‘mich go‘ja quyib berdilar. - Boshimga yumshoq par yostiq qo‘yib rohatrohat uyquga ketdim. - Boshimga olma o‘raydigan yog‘och qirindisidan yostiq qilib rohat-rohat uyquga ketdim. + Bu jadval o‘quvchilarning tinglab tushungan matni asosida to‘g‘ri variantni tanlash ko‘nikmasini tekshirishga xizmat qiladi. Matndan berilgan ma’lumotni e’tibor bilan eshitish, kontekstni anglash va tafsilotlarni yodda saqlash orqali ularning eshitib tushunish malakasi baholanmoqda. Didaktik maqsad – o‘quvchi nafaqat matnni eshitadi, balki tushunadi, solishtiradi, xulosa qiladi, ya’ni faol tinglovchiga aylanadi. Birinchi gapda 3va 10raqamli o‘quvchilar xato javobni belgilashgan. Ikkinchi gapda esa 3-8-9raqamli o‘quvchilar xato javobni belgilashgan. Uchinchi gapda 3-6-8-911-13raqamli o‘quvchilar xato javobni belgilashgan. Chunki aynan shu o‘quvchilar matn yuzasidan berilgan birinchi topshiriqda “uzumchi” so‘zining o‘rniga “xizmatkor” so‘zini qo‘llagan edi. To‘rtinchi gapda 3-8-9raqamli o‘quvchilar xato javobni belgilashgan. Beshinchi gapda 3-10raqamli o‘quvchilar xato javobni belgilashgan. Bunda “olma o‘raydigan yog‘och qirindisi” birikmasi “yumshoq par yostiq” birikmasiga almashtirilgan edi. Natijada ikkita o‘quvchi xato javobni belgilashgan. Uchinchi mashg‘ulotimizda o‘quvchilarga “Gulxan” bolalar jurnalidan olingan “Gugurt qanday paydo bo‘lgan? “ nomli matn eshittirildi. O‘quvchilar matnni ikki marta eshitishdi va matn yuzasidan savollarga javob berishdi. 1.Gugurtni dastlab kim ixtiro qilgan? 2. Gugurt nechanchi yilda ixtiro qilingan? 3. Gugurtni ixtiro qilganda u necha yoshda edi? 4.Gugurtning cho‘pi faqat qaysi daraxtdan tayyorlanadi va nima uchun? 5.Hozirgi vaqtda yonganida o‘zidan necha darajagacha issiqlik chiqaruvchi gugurtlar bor? 6. Bunday gugurtlardan qanday maqsadda foydalaniladi? 7. Ovchilarga mo‘ljallab chiqarilgan gugurtlar qanday xususiyatga ega? 8 Gugurt uchun ishlatiladigan tuzning nomi? Birinchi savolning javobini o‘quvchilar turli xil ko‘rinishda, ya’ni eshitganlari kabi yozishgan. Javob Shari Soria tarzida yozilishi kerak edi. Quyida ularni keltirib o‘tamiz: Soriya, Shareya Soya, Kares Soriya, Saris Soriya, Soriya, Sharel Soriya, Shares Soriya, Shari Soriya, Soriya, Sharens, Sharel Soriya, Shari Soriya, Sharis Soriya
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 756 Ikkinchi savolga o‘quvchilar 1831-javobini yozishlari kerak edi. Faqat 1-raqamli o‘quvchigina 1931 javobini yozgan. Qolgan o‘quvchilar to‘g‘ri javob berishgan. Uchinchi savolga hamma o‘quvchilar to‘g‘ri javob berishgan. To‘rtinchi savolga o‘quvchilar “tog‘terak” javobini berishlari kerak edi. 2-11-raqamli o‘quvchilar “ Oqterak” tarzida javob berishgan. Beshinchi savolga hamma o‘quvchilar to‘g‘ri javob berishgan. Oltinchi savolga 1-6-11raqamli o‘quvchilar mutlaqo javob berishmagan. Ular javobni eslab qolisha olmagan. 3-raqamli o‘quvchi “metal va telefon simlarini eritishda”, 4-13-raqamli o‘quvchi “telefon simlarini ulashda” 5-10-raqamli o‘quvchi “uzilgan kabellarni ulasa bo‘ladi va boshqalar”, 7-raqamli o‘quvchi “telefon simlarini yopishtirish, metalni yopishtirish” 8-9-raqamli o‘quvchi “ kabel uzilsa yopishtirib qo‘ysa bo‘ladi”, 12-raqamli o‘quvchi “metal va telefon simlarini ulash“ kabi javoblar yozishgan. Stimul matnida esa bunday yozilgan edi : “Bunday gugurtlar bilan hatto metallarni “jumladan” uzilgan telefon kabellarini osongina payvandlasa bo‘ladi”. Bu javoblardan ko‘rinadi-ki, o‘quvchilar so‘zni eslab qolmasa ham, gapning mazmunini tushunishgan va shu mazmun asosida so‘z tanlagan. Chunki payvandlash so‘zining o‘rniga “ulash”, “yopishtirish” kabi so‘zlarini qo‘llashgan. Yettinchi savolga o‘quvchilarning aksariyati to‘g‘ri javob berishgan. Asl matnda “sharros yomg‘ir quyayotganda, shuningdek, qattiq shamolda ham yonaveradi” gapi keltirilgan bo‘lib, 3raqamli o‘quvchi “yomg‘irda va shamolda o‘chib qolmaydi” tarzida, 8-9raqamli o‘quvchilar esa “ u yomg‘ir yog‘sa ham yonib turadi” kabi javoblar berishgan va bu javoblar to‘g‘ri javobga yaqin. Sakkizinchi savolga o‘quvchilardan gugurt uchun ishlatiladigan tuzning nomi so‘ralganda ular quyidagicha javob berishgan: 5-6-10raqamli o‘quvchi javob yozishmagan. 8raqamli o‘quvchi “ oq fosforit” deb javob yozgan. Qolgan o‘quvchilar esa “Bertole” so‘zini “bertuls”, “bertoliy” “bertoliya”, “ vertalin” “bertoli” tarzida yozishgan. To‘rtinchi mashg‘ulotimiz “Dunyo mo‘jizalari” kitobidan olingan “Qo‘lda barpo etilgan mo‘jizalar” nomli matn asosida tashkil etildi. Topshiriq ikki qismdan iborat bo‘lib, topshiriqlar nuqtalar o‘rniga so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llay olish, savol-javob kabi vazifalardan iborat bo‘ldi. Birinchi topshiriqda 5 ta gap tanlab olindi, gaplardagi ayrim so‘zlar tushirib qoldirildi. O‘quvchilarga gaplarni to‘ldirish vazifasi aytildi. Birinchi gapda nuqtalar o‘rniga qo‘yilishi kerak bo‘lgan so‘z “yovvoyi insonlar” so‘zi bo‘lib aksariyat o‘quvchilar to‘g‘ri javob yozishgan. Faqat o‘quvchilar tomonidan “insonlar” so‘zining sinonimlarini qo‘llash holatlari kuzatildi. 5-raqamli o‘quvchi “insonlar” so‘zining o‘rniga “xalq” so‘zini va 6-11-13-raqamli o‘quvchilar esa bu so‘zning o‘rniga “odamlar” so‘zini qo‘llagan. Ikkinchi,uchinchi, to‘rtinchi,beshinchi gaplardagi qo‘yilishi kerak bo‘lgan so‘zlarni deyarli barcha barcha o‘quvchilar to‘g‘ri qo‘yishgan. Topshiriqning ikkinchi qismida berilgan savollarga o‘quvchilar quyidagicha javob berishgan. Birinchi savolga o‘quchilar “rentgen yo‘nalishidagi rasmlar” javobini berishlari kerak edi. 4-5-11-12raqamli o‘quvchilar bu savolga to‘g‘ri javob berishgan. Qolgan o‘quvchilar esa “ erkin mavzuda chizilgan” deya xato javob berishgan. Ikkinchi savolga 5-6raqamli o‘quvchilar xato javob berishgan . ya’ni “o‘z avlodi deb hisoblagan insonlar va hayvonlar” deb emas “ hayvon tanalari” va “ avstraliya qahramoni” kabi javob lar berishgan. 4savol “ Aqlli boomerang quroli qaysi mehnat quroliga o‘xshash” savoli bo‘lib, bu savolga ham aksariyat o‘quvchilar to‘g‘ri javob berishgan. 5-10 raqamli o‘quvchilar umuman javob yozishmagan, 11-raqamli o‘quvchi esa “ kamon o‘qiga” deya xato javob bergan.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 757 Beshinchi mashg‘ulotimiz ham “Dunyo mo‘jizalari” kitobidan olingan “ Sirli sanamlar oroli” nomli matn asosida tuzildi. Topshiriq ikki qismdan iborat bo‘lib, nuqtalar o‘rniga so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llay olish va gaplarni davom ettiring kabi vazifalar berildi. Birinchi qismda 5 ta gap tanlab olindi. 12gaplarni barcha o‘quvchilar to‘g‘ri to‘ldirishgan. Uchinchi gapda o‘quvchilar “ pasxa” bayrami nomini yozishlari kerak edi. 1-6-8-raqamli o‘quvchi “Paskal” deb xato javob yozgan . To‘rtinchi gapni 5-6-raqamli o‘quvchiilar matn mazmuni asosida to‘dirishgan va aynan to‘g‘ri javobni yozishmagan. Ya’ni haykallarning asosan kalla qismi yasalgan bo‘lib 5raqamli o‘quvchi “ kallalar” so‘zini o‘rniga “haykallar” so‘zini ishlatgan. 6raqamli o‘quvchi esa “ tosh haykallar” so‘zining o‘rniga “ qoya toshlar” so‘zini qo‘llagan. 5-gapda nuqtalar o‘rniga qo‘yilishi kerak bo‘lgan so‘z “Orolda yashovchi yovvoyilar” so‘zi bo‘lib, 1-3-5-8-13-raqamli o‘quvchilar to‘g‘ri javob berishgan. Qolgan o‘quvchilar esa “uzoq vaqt mobaynida” deya xato javobni yozishgan. Ikkinchi topshiriqni aksariyat o‘quvchilar to‘g‘ri bajarishgan. Ushbu matnni o‘quvchilar juda yaxshi tushunishgan. Chunki bu irimlarga biz kundalik hayotimizda ham duch kelamiz. O‘quvchilar uchun notanish ma’lumotlar bo‘lmagani uchun ham o‘quvchilar bu savollarga deyarli to‘g‘ri javob yozishgan. 2-savolga 10raqamli o‘quvchi janjal bo‘lmasligi uchun deb emas “ota-ona janjal qilmasligi uchun” deya javob bergan. 5-savolga 4raqamli o‘quvchi “ har kuni aza bo‘lmaslik uchun deya javob bergan. Stimul matnda esa “ ham to‘y, ham aza bir kunda bo‘lmasligi uchun” deya berilgan edi. 6-savolga “chorshanba, shanba” kunlarini javob sifat yozish kerak edi. 6-11-raqamli o‘quvchilar “chorshanba”, 12-raqamli o‘quvchi esa “ shanba” javobini yozishgan, 1-4-10raqamli o‘quvchilar esa “ payshanba” javobini yozib mutlaqo xato javob yozishgan. 7raqamli o‘quvchi 8-savolga “ safarga chiqadi” deya xato javob bergan. Sakkizinchi mashg‘ulotimiz Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” nomli sarguzasht romani asosida tashkil etildi.Mashg‘ulot 3 bosqichda o‘tkazilib, birinchi topshiriqda gaplarni “ to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini belgilash vazifasi aytildi. Quyidagi gaplarni to‘g‘ri yoki noto‘gri ekanini tasdiqlang 1. Meni qishlog‘imizdagi jamiki o‘g‘il bolalar yomon ko‘rishadi, shuning uchun ham menga “besh bolali yigitcha” deb laqab qo‘yishgan. 2. Beshoviniyam o‘zim katta qilganman, otam traktorchi, urush boshlanganidan buyon kechasiyu kunduzi dalada. 3. Aytgandek, sizga gapirib bermadim shekilli, bizning qishloqni Afandi qishloq deyishadi. 4. Soy mahalladagi o‘zim bilan birga o‘qiydigan Maqsud sallani ham, Qibla mahalladagi Orif mallaniyam og‘iz ochtirmay qo‘yaman. 2-jadval Ikkkinchi topshiriqda quyidagi jadvalni to‘ldirish vazifasi berildi. fe’ldor, ko‘ngli xushlasa, eshakday ishlaydi, xushlamasa yana o‘sha eshakka o‘xshab, to‘rt oyog‘ini bir joyga tirab turaveradi o‘zim ataylab ishni kam buyuraman, qiz bolalar nimjon bo‘lishadi, nimjon bo‘lgandan keyin ularni ehtiyot qilish kerak deb o‘ylayman. Usmon Endigina besh yoshga kirgan. Ovqat so‘ragani-so‘ragan. Robiya Uchinchi topshiriqda savollar berildi.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 758 1. Asar bosh qahramonining ismi? 2. Ular oilada necha kishi edi? 3. Qaysi ukasi rasm ko‘p chizar edi? 4. Akrom bilag‘on asar qahramoniga nima deb murojaat etadi? 5. Asarda qanday mahalla nomlari keltirilgan? Birinchi savol chalg‘ituvchi savol bo‘lib, asar qahramoniga bolalar “besh bolalali yigitcha” deb emas, balki “besh bolali” deb laqab qo‘yishgan edi. Faqat 3-raqamli o‘quvchigina to‘g‘ri javob bergan. Ikkinchi gapni 4-5-6-12-raqamli o‘quvchilar to‘g‘ri deya belgilashib , xato javob berishgan. Aslida bolaning otasi emas opasi traktorchi edi. 3-gapni faqatgina 5raqamli o‘quvchi xato sifatida belgilagan. Lekin gap to‘g‘ri edi. 4-gapda noto‘g‘ri ma’lumotlar berilgan, ya’ni asar qahramonlari nomi o‘zgartirib berilgan edi. 1-2-5-7-8-9-10-11-13-raqamli o‘quvchilar bu savolni javobini to‘g‘ri topishgan. 5-gapda ham xato ma’lumot berilgan bo‘lib, o‘quvchilar gapni xato ekanligini topishlari kerak edi. 3-4-6-12raqamli o‘quvchilargina bu savolga noto‘g‘ri javob berishgan. 6-gapda faqat 12raqamli o‘quvchi xato qilgan. 7-gapda bolalarning yoshi almashtirib berilgan edi. 4-8-12raqamli o‘quvchilar bu gapni to‘g‘ri deb o‘ylashgan va xato javob berishgan. 2-3toshiriqni deyarli barcha o‘quvchilar to‘g‘ri tushunishgan va to‘g‘ri javob berishgan. Akrom bilag‘on asar qahramoniga nima deb murojaat etadi? Ushbu savolga faqatgina bir o‘quvchi “oyimqiz” deya javob bergan bo‘lsa, qolgan o‘quvchilar “qiz bola” deya javob bergan. Ya’ni asar qahramonini qiz bolaga o‘xshatgani uchun ham shunday javob bergan. Xulosa Olib borilgan tajriba-tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, 6-sinf o‘quvchilari bilan tizimli va maqsadli mashg‘ulotlar olib borilganda, ularning monologik nutqni eshitib tushunish ko‘nikmalari sezilarli darajada rivojlanadi. Eshitilgan matn mazmunini anglash, asosiy g‘oyani ajratish, kontekstual ma’noni tushunish va unga nisbatan munosabat bildirish kabi ko‘nikmalar bosqichma-bosqich shakllanib boradi. Tajriba guruhi o‘quvchilarining nazorat guruhi bilan solishtirganda ancha yuqori natijalarga erishgani, ayniqsa, ularning tinglab anglash asosida mustaqil fikr yuritish va mazmunga mos holda bo‘sh so‘zlarni to‘ldirish qobiliyatlarining kuchaygani kuzatildi. Bu esa eshitib tushunish malakalarini rivojlantirishda kontekstual topshiriqlar, audio matnlar va interaktiv metodlardan foydalanish yuqori samara berishini tasdiqlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. 6-sinf o‘quvchilari uchun adabiyot darslik. Toshkent “ Ma’naviyat”, 2009.30-bet 2. 6-sinf o‘quvchilari uchun adabiyot darslik. Toshkent “Ma’naviyat”, 2017.15-16-bet 3. Bolalar uchun ensklopediya “Dunyo mo‘jizalari” . Toshkent “Davr nashriyoti” 2014, 82-85betlar 4. “Gulxan” jurnali. 2020-y aprel soni. 5. Mahmud Sattor. “O‘zbek udumlari” Toshkent “Cho‘lpon”, 2016. 80-81, 146-149-betlar 6. Xudoyberdi To‘xtaboyev “Besh bolali yigitcha” Toshkent, “Yangi asr avlodi” 2009. 10-13betlar