scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KOMPYUTERDA CHIZMA CHIZISH ORQALI O'QUVCHILARNING GRAFIK SAVODXONLIGINI RIVOJLATIRISH

Bobomurodova Sojida Ablakulovna

Abstract

Ushbu maqolada kompyuter texnologiyalari asosida o‘quvchilarning grafik savodxonligini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Grafik savodxonlikni shakllantirishda zamonaviy grafik dasturlardan foydalanishning samaradorligi, shuningdek, fazoviy tafakkur, texnik fikrlash va chizma madaniyatini rivojlantirishdagi roli tahlil etilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 780 KOMPYUTERDA CHIZMA CHIZISH ORQALI O‘QUVCHILARNING GRAFIK SAVODXONLIGINI RIVOJLATIRISH Bobomurodova Sojida Ablakulovna Navoiy davlat universiteti, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17439572 Annotatsiya. Ushbu maqolada kompyuter texnologiyalari asosida o‘quvchilarning grafik savodxonligini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Grafik savodxonlikni shakllantirishda zamonaviy grafik dasturlardan foydalanishning samaradorligi, shuningdek, fazoviy tafakkur, texnik fikrlash va chizma madaniyatini rivojlantirishdagi roli tahlil etilgan. Абстрактный. В статье рассматриваются вопросы развития графической грамотности учащихся с использованием компьютерных технологий. Проанализирована эффективность использования современных графических программ в формировании графической грамотности и их значение в развитии пространственного мышления, технического мышления, культуры рисования. Abstract. The article examines the development of students' graphic literacy using computer technologies. The effectiveness of using modern graphic programs in developing graphic literacy and their importance in developing spatial thinking, technical thinking, and drawing culture are analyzed. Kalit so‘zlar: grafik savodxonlik, kompyuter grafikasi, Adobe Photoshop, Affinity Designer, Adobe Illustrator, Corel Draw, rastli dastur, vektorli dastur, chizma, texnik tafakkur, raqamli ta’lim. KIRISH: Bugungi kunda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi o‘quv jarayonini zamonaviy dasturlar asosida tashkil qilish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, texnik yo‘nalishdagi fanlarda grafik savodxonlik asoslarini shakllantirish uchun kompyuter grafikasi vositalari keng imkoniyatlar yaratmoqda. Zamonaviy ta’lim jarayonida grafik savodxonlik – o‘quvchilarning fazoviy tafakkuri, tasviriy tasavvuri va texnik tafakkurini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Kompyuter texnologiyalarining ta’limga joriy etilishi ayniqsa chizma fanida yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Kompyuter grafikasi vositasida chizmalar tuzish o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda, ularning axborotni grafik tarzda ifodalash va tahlil qilish qobiliyatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. MAQSAD: Ushbu yondashuvning asosiy maqsadi – o‘quvchilarda grafik savodxonlikni zamonaviy dasturlar orqali rivojlantirish, ularda chizma madaniyatini shakllantirish, hamda texnik grafikani tez va aniq bajarish ko‘nikmalarini hosil qilishdir. MATERIALLAR VA METODLAR: Mazkur maqolada o‘quvchilarning grafik savodxonligini rivojlantirishda zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘rni tahlil qilindi. Tadqiqot doirasida chizmachilik fanini zamonaviy talablarga muvofiq tashkil etish maqsadida INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 781 Adobe Illustrator dasturidan samarali foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Ushbu dastur asosida chizma chizish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar qo‘llanildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: O‘quvchilarning grafik savodxonligi, texnik tafakkuri va chizma madaniyati yuksaladi. Kompyuter grafikasi orqali mustaqil ishlash, muammolarni hal qilish ko‘nikmalari rivojlanadi. XULОSА: Kompyuterda chizma chizishni o‘rgatish nafaqat grafik bilimlarni chuqurlashtirish, balki o‘quvchilarda kreativlik, texnologik tafakkur va muhandislik madaniyatini rivojlantirish uchun ham muhim vositadir. Ta’limda raqamli vositalardan oqilona foydalanish zamonaviy grafik savodxonlikni shakllantirishning muhim kalitidir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli boʻlib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, koʻplab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug’iladi. Shunday ekan, Yangi Oʻzbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, oʻylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qoʻllabquvvatlaydi” 1 deb aytganlari umumta’lim fani oʻqituvchisini ma’lum zaruriy bilimlar bilan qurollangan boʻlishi bilan birga shu bilimlarni oʻquvchi ongiga singdirishda zamonaviy texnologiyalar, interaktiv metodlar olib kirmog’i lozimligini ta’kidlaydi. Zamonaviy innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyatiga yangilik, oʻzgarishlar kiritish boʻlib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan foydalanish demakdir. Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar hayotimizning deyarli barcha sohalariga, ayniqsa ta’lim, sanoat va kundalik faoliyatimizga keng kirib bormoqda. Albatta, bu jarayon bizning hayotimizga, ishlash uslubimizga va, eng asosiysi, ta’lim tizimimizga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Axborot texnologiyalari, mobil qurilmalar va boshqa zamonaviy vositalarga bo‘lgan talabning oshishi mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida bu texnologiyalarni samarali tatbiq etishni taqozo etadi. Ushbu jarayonning o‘quvchilarni ta’lim olishda va kasb tanlashda qanday ahamiyatga ega ekani shubhasiz, katta ta’sirga ega bo‘ladi. Bir necha yil avval ta’lim sohasida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash masalasi bo‘yicha soha mutaxassislari o‘rtasida turli munozaralar yuzaga kelgan edi. Bu munozaralarda, ta’limni modernizatsiya qilish va texnologiyalar yordamida rivojlantirish borasida mutaxassislarning har biri o‘zining alohida fikrini bildirgan. Ba’zi mutaxassislar texnologiyaning o‘qitish jarayonini yengillashtirish, ma’lumotlarni tez va samarali yetkazish, shuningdek, o‘quv jarayonini yanada qiziqarli va interaktiv qilish imkoniyatlarini ta’kidlashgan. Boshqalar esa texnologiyalarga haddan tashqari tayanish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va yozma adabiyotlardan uzoqlashishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatganlar. Biroq, texnologiyalar ta’lim tizimiga joriy qilinishi bilan, uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va samaradorligi tobora yaxshiroq tushunilib, bu innovatsiyalar ta’lim muassasalarida keng qo‘llanila boshladi. Shuningdek, ta’lim sohasiga kirib kelayotgan yosh pedagoglarga tushuntirish zarurki, innovatsion ta’lim faqat biror mavzuni slaydlar orqali ekranda namoyish etish yoki tayyor multimediali materiallarni o‘quvchilarga ko‘rsatishdan iborat emas. Bu jarayon tizimli va keng ko‘lamli yondashuvni talab qiladi, bunda asosiy e’tibor o‘quvchilarning ehtiyojlariga mos 1 “Ta’lim tizimiga yanigcha yondashuv va islohotlar”. Shavkat Mirziyoyev. 11.06.2024. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 782 keladigan va ularning o‘zlashtirish jarayonini yaxshilashga qaratilgan innovatsion metodlarni tatbiq etishga qaratilgan. Yuz berayotgan tub oʻzgarishlar va fan-texnika taraqqiyotining jadal sur’atlar bilan oʻsib borishi ta’lim tizimining barcha jabhalari qatori grafik ta’lim mazmunini ham yangilash va takomillashtirish talab etilmoqda. Bizga ma’lumki, oʻquvchilarni grafik ta’lim asoslari bilan tanishtirish va ularning grafik savodxonligini egallash jarayoni maktab chizmachilik kursi mazmuni orqali amalga oshiriladi. Maktab chizmachilik kursi mazmuni: oʻquvchilarning texnikaviy tafakkurini, fazoviy tasavvurini rivojlantirish, ijodiy va bilish faoliyatini faollashtirish, umumiy hamda grafik savodxonlikni chuqur egallash, tabiat va texnikani koʻrgazmali idrok etish, predmetlarni obrazli-belgili modellash vositasida ularning tuzilishi hamda fazoviy munosabatlarni chuqurroq bilish, shu bilan birga koʻz bilan koʻrib boʻlmaydigan jarayonlar va hodisalarni sinchiklab oʻrganish kabi bir qator jarayonlarni oʻzida aks ettiradi. Demak, o‘quvchilarning grafik savodxonligini rivojlantirish bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri deya olamiz. Xo‘sh, grafik savodxonlik tushunchasi o‘zi nima? Grafik savodxonlik bu o‘quvchilarning grafik axborotni yaratish, o‘qish va tahlil qilish ko‘nikmalaridir. Bu savodxonlik chizma, loyiha, modellashtirish va boshqa sohalarda muhim ahamiyatga ega. An’anaviy rasm chizish uslublaridan farqli ravishda, zamonaviy dasturiy vositalar orqali chizma chizish o‘quvchilarda fazoviy tasavvur, texnik tafakkur va grafik madaniyatni samarali shakllantiradi. Fikrimiz misolida chizmachilik fanini o‘qitishdagi innovatsiyalarni keltirish mumkin. Ushbu fanni o‘qitish jarayonida zamonaviy dasturlar, ya’ni kompyuterda tasvir yaratish uchun moʻljallangan ayrim eng mashhur ilovalar bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Bulardan bittasi Adobe Photoshop dasturi. Ushbu dastur rastrli dastur boʻlib, foto tasvirlar, kamerada olingan tasvirlar bilan ishlashga moʻljallangan. Affinity Designer, Adobe Illustrator, Corel Draw kabi dasturlar esa Photoshop bilan bitta xususiyati farq qiladiki, bular vektorli rasmlar ya’ni tasvirlar bilan ishlaydigan dasturlar hisoblanadi. Rastli dasturlarda har bitta chizilayotgan narsa kichik rangli nuqtalar yordamida hosil qilinsa, vektorli dasturlarda esa nuqtalarsiz hosil qilinadi. Shuning uchun ham asosan oʻlcham oʻzgarganda sifati oʻzgarmaydigan tasvirlar uchun koʻpincha vektorli dasturlar ishlanadi. Bugun sizlar bilan qisqacha tanishib oʻtadigan dastur Adobe Illustrator dasturi. Demak bu Adobe Illustrator dasturining interfeysi ya’ni dasturning asosiy yuzi-asosiy ishlash joyi hisoblanadi. Chap tomonimizda ish qurollarimiz bor, chizish jarayonida shu qurollardan foydalanishimiz va oʻng tomonimizda ana shu chizgan va yaratgan narsalarimizni INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 783 xusussiyatlarini oʻzgartirish uchun qoʻshimcha panellardan foydalanishimiz mumkin boʻladi. Ana endi siz bilan biz kompyuterda asosiy e’tiborimizni detallarning ish chizmalarini chizishga qaratadigan boʻlsak, biz asosan chiziqlar va shakllar bilan ishlaymiz. Xoʻsh Adobe Illustrator dasturida chiziqlar va shakllar bilan qanday ishlanadi. Mana bizda ish qurollarimiz qatorida birinchi koʻradigan narsamiz “selection tool” ya’ni belgilash vositasi. Bu har qanday chizilgan yoki hosil qilingan narsani belgilab, uni harakatlantirish yoki oʻzgartish imkoniyatini beradi. Ikkinchisi “direct selection tool” ya’ni aynan bitta nuqtani belgilangan joyni belgilash vositasi. Bu koʻpincha shakllarni ma’lum bir qisminigina oʻzgartishni hohlasak shunda kerak boʻladi. Biz uchun eng kerakli vositalardan bittasi “chiziq”. Chunki biz chizadigan narsalarning aksariyati chiziqlardan iborat. Chiziqni tasvirda qanday paydo qilamiz. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 784 Bilamizki chiziq chizish uchun aytaylik oddiy kesma chizadigan boʻlsak, bizda kesmaning aniq oʻlchami boʻladi. Ana shu oʻlchamni mana shu vositani belgilangan holatda ekranga olib kelib, kerakli joyga sichqonchani bossak, ana shu chiziqchani chizish boʻyicha qoʻshimcha oynacha hosil boʻladi. Mana shu oynachada e’tibor bersak, mmlarda koʻrsatib turibdi. Aytaylik 180˚ gradus qiyalikda, 25 mm uzunlikdagi kesma chizmoqchimiz. Buning uchun oynachadagi mm 25 ga, burchagini 180˚ qiyalikka toʻgʻirlab olib, “ok” buyrugʻi bergach 180˚ gradus qiyalikda 25 mm uzunlikka ega boʻlgan kesma chizib beriladi. Xuddi shunga oʻxshash kesmani vertikal holatda hosil qiladigan boʻlsak, oʻsha vositani belgilaymiz kerakli joyga qoʻygandan kn va buni uzunligini 50 mm ga, burchagini 90˚ qiyalikka oʻzgartiramiz va “ok” buyrugʻi bergach, belgilagan nuqtamizdan yuqoriga qarab 90˚ gradus qiyalikda 25 mm uzunlikka ega boʻlgan vertikal kesma hosil qildi. Belgilash vositasi ya’ni “selection tool” orqali kesmani ixtiyoriy joyga olib borishimiz mumkin boʻladi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 785 Detal chizish jarayonida yana boshqa qulay vosita bor “pen tool” perolik vositasi. Bu vosita orqali asosan shakllarni chizishda foydalanish mumkin boʻladi. Aytaylik oʻsha birinchi nuqtasidan boshlab detalni toki oʻsha shakl yoki shaklning koʻrinishi hosil qilgunga qadar chizib olishimiz mumkin boʻladi. Mana shu orqali biz oʻzimiz hohlagan shakllarni hosil qila olamiz. Bu vosita orqali murakkab shakllarni hosil qilishimiz ham mumkin boʻladi. Misol uchun koʻradigan boʻlsak shu tarzda murakkabroq detal hosil boʻldi. Ana endi oddiy geometrik shakllarni ham boshqa qoʻshimcha vosita uchinchi qoʻshimcha vosita sifatida chizishimiz mumkin boʻladi. Bunda bizga chizish uchun mana shu ilova toʻrtburchak, burchagi rovna aylana sifat kesilgan toʻrtburchak, elliptik, aylana, olti burchakli, yulduzsimon shakllarni bizga tavsiya qiladi. Shu shakllarning ichidan hohlagan shaklni olgan holatda uni koʻrinishi hosil qilishimiz mumkin boʻladi. E’tibor bergan boʻlsangiz toʻrtburchaklarimizni asosan burchaklarida koʻrinishi farq qilayapti. Va aylana shakli ham shu tarzda hosil qilinadi. Shu tarzda siz bilan biz chiziqni, oddiy shakllarni yoki murakkab shakllarni hosil qila olishimiz mumkin boʻladi. Lekin ba’zida shunday boʻladiki, oddiygina chiziqlar orqali murakkab shakllarni chizishimiz qiyin boʻladi. Ya’ni aytaylik qaysidir joyida kesilgan, qirqilgan yoki orasida teshigi bor detallar bilan ishlashimiz lozim boʻladi. Bunday holatlarda bizga qoʻshimcha oynalar kerak boladi. Keling ana shunday murakkab detalni hosil qilishga urinib koʻramiz. Quyida berilgan rasmni ushbu dastur vositalari yordamida chizishga urinib koʻramiz. Chizishni eng katta gabarit oʻlchamlardan boshlaymiz. Boʻyiga 30 mm eniga 50 mm ga teng boʻlgan umumiy toʻrtburchak shakldan iborat. Toʻrtburchak vositadan foydalanadigan holatda balandligini 30 enini 50 mm teng boʻlgan gabarit o’lchamdagi chizib olamiz. Bu yerda asosiy ajralib turadigan narsalardan bittasi ichkaridagi oʻyiqdir. Umumiy oʻlchamlardan kelib chiqqan holatda tasvirlashga harakat INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 786 qilamiz. Toʻrtburchak oʻyiqning eni 17 mm uzunligi esa 10 mmga teng. Xuddi yana toʻrtburchak hosil qiladigan vositamizdan foydalanib, berilgan oʻlchamda toʻrtburchak chizib olamiz. Ushbu toʻrtburchakni belgilash vositasi orqali birinchi chizgan toʻrtburchakga olib kelib joylashtiramiz. E’tibor bergan boʻlsangiz dasturning qulayligi shundaki, aynan markazlar, chetlarga toʻgʻirlash ya’ni ellayn oʻzi avtomatik tarzda ishlaydi, buni oʻz joyiga olib kelib qoʻyishimiz mumkin boʻladi. Leyrlar ya’ni qavatlarda har ikkala toʻrtburchagimiz alohida-alohida toʻrtburchak shaklda koʻrinayapti, lekin bizga bor yoʻgʻi bittagina shakl kerak xolos. Buning uchun biz ana shu ilovada qoʻllaniladigan detfaynlar ya’ni qoʻshimcha shakllar bilan ishlovchi oynachada keltirilgan belgi yordamidan foydalanamiz. Har ikkala chizgan toʻrtburchagimizni belgilab, biz hohlagan bitta shakl ya’ni detalning umumiy chizmasini hosil qilamiz. Ana endi detalda keltirilgan aylanani chizib olamiz. Aylananing diametri 18 mm teng. Xuddi shu aylana vositasidan foydalanib, 18 mm ga teng boʻlgan aylana hosil qilamiz. Ushbu aylanani chizgan toʻrtburchagimizning markaziga joylashtiramiz. Berilgan detalni kompyuter ilovasi yordamida chizib oldik. Ana endi siz ixtiyoriy ravishda har qanday detalni kompyuter ilovasida chizib ko‘rishingiz mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. Sh.M.Mirziyoyev. “Ta’lim tizimiga yanigcha yondashuv va islohotlar”. 11.06.2024. 2. T.Rixsiboyev. Kompyuter grafikasi. Toshkent, «Tafakkur qanoti», 2006. 3. S.S.Saydaliyev, «Chizmachilik», T.:, 2013. 4. T. Rixsiboyev. Kompyuter grafikasi. O`z.Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgʻarmasi nashriyoti. Toshkent 2006. 5. Abdullaev, A., & Bobomurodova, S. (2023). THE MAIN FACTORS AFFECTING OF UZBEKISTAN AND CENTRAL ASIAN COUNTRIES TO THE DEVELOPMENT OF ART. Science and innovation, 2(C3), 64-66. 6. Abdullayev, A. H., & Bobomurodova, S. A. (2022). BO’LAJAK TASVIRIY VA AMALIY SAN’AT O‘QITUVCHILARINING KASBIY VA MALAKAVIY TAYYORGARLIKLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Scientific progress, 3(3), 908-910. 7. Abdullaev, A., Bobomurodova, S., & Juraeva, O. (2024). THE ADVANTAGES OF AN INNOVATIVE APPROACH TO TEACHING AND DEVELOPMENT METHODS OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 787 THE ARTISTIC AND TECHNICAL SKILLS OF STUDENTS IN VISUAL ARTS CLASSES. Science and innovation, 3(B1), 335-339. 8. Shovdirov S. Analyzing the sources and consequences of atmospheric pollution: A case study of the Navoi region //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 587. – С. 02016. 9. Ulug‘murodovich B. S. KOMPOZITSIYA MASHG ‘ULOTLARINING XUSUSIYATLARI, MAZMUNI VA O ‘ZIGA XOSLIGI //PEDAGOG. – 2024. – Т. 7. – №. 11. – С. 187-190. 10. Sa’diyev S. AKADEMIK QALAM TASVIR MASHG‘ULOTLARIDA, TALABALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH //INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions”. – 2023. – Т. 1. – №. 01. 11. Xamidova G. X. et al. PROEKSION CHIZMACHILIK FANINI GRAFIK DASTURLAR YORDAMIDA O’QITISHNING MAZMUNI, SHAKLI, METOD VA VOSITALARI //Oriental Art and Culture. – 2024. – Т. 5. – №. 6. – С. 321-327. 12. Mardonovna M. G. et al. BO ‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O ‘QITUVCHILARIDA IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHDA ALISHER NAVOIY IJODIDAGI SAN’AT ASARLARINING O ‘RNI //Oriental Art and Culture. – 2024. – Т. 5. – №. 6. – С. 203-209. 13. Vosiyeva A. T. X., Amonova Z. U. TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA O ‘QUVCHILARNI KASB–HUNARGA YO‘NALTIRISH //Oriental Art and Culture. – 2023. – Т. 4. – №. 1. – С. 340-343. 14. Choriyev S. et al. AKADEMIK RASM CHIZISHNING O ‘ZIGA XOS QONUN VA QOIDALARINI O‘RGANISH //INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions”. – 2023. – Т. 1. – №. 01.