scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

HOZIRGI KUNDA INTERYER DIZAYNDA YO'L QO'YILAYOTGAN QO'POL XATOLAR VA ULARNI TUZATISH YO'LLARI

Axmedova Firuza Ma'rufjonovna, Mingboyeva Dunyo-Go'zal Ulug'bek qizi

Abstract

Mazkur maqolada hozirgi kunda interyer dizaynida keng tarqalgan estetik, konstruktiv va texnik xatolar tahlil qilingan. Unda rang tanlashdagi, mebel joylashuvi va yoritish tizimidagi noto‘g‘ri yechimlar, ventilyatsiya va elektr kommunikatsiyalarini rejalashtirishdagi kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilgan. Har bir xatoga qarshi samarali tuzatish yo‘llari taklif etilgan bo‘lib, maqola interyer dizayni sifatini oshirishda amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 825 HOZIRGI KUNDA INTERYER DIZAYNDA YO’L QO’YILAYOTGAN QO’POL XATOLAR VA ULARNI TUZATISH YO’LLARI 1Axmedova Firuza Ma’rufjonovna, 2Mingboyeva Dunyo-Go’zal Ulug’bek qizi 1Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti “Muhandislik va Kompyuter grafika” kafedrasi o’qtuvchisi, 2Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17440022 Annotatsiya. Mazkur maqolada hozirgi kunda interyer dizaynida keng tarqalgan estetik, konstruktiv va texnik xatolar tahlil qilingan. Unda rang tanlashdagi, mebel joylashuvi va yoritish tizimidagi noto‘g‘ri yechimlar, ventilyatsiya va elektr kommunikatsiyalarini rejalashtirishdagi kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilgan. Har bir xatoga qarshi samarali tuzatish yo‘llari taklif etilgan bo‘lib, maqola interyer dizayni sifatini oshirishda amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Interyer dizayn, estetik xatolar, konstruktiv xatolar, texnik xatolar, ergonomika, yoritish, rang tanlash, mebel joylashuvi, shamollatish tizimi, zamonaviy interyer Annotation. This article analyzes the most common aesthetic, structural, and technical mistakes made in modern interior design. It examines issues related to color selection, furniture arrangement, lighting systems, ventilation, and electrical planning. For each mistake, practical solutions are suggested, making the article a useful guideline for improving the quality and functionality of interior spaces. Keywords: Interior design, aesthetic mistakes, structural mistakes, technical mistakes, ergonomics, lighting, color selection, furniture arrangement, ventilation system, modern interior. Аннотация: В данной статье проанализированы распространённые эстетические, конструктивные и технические ошибки, допускаемые в современном интерьерном дизайне. Рассмотрены проблемы, связанные с выбором цветовой гаммы, расположением мебели, системами освещения, вентиляции и электрических коммуникаций. Для каждой ошибки предложены практические пути их устранения, что делает статью полезным практическим руководством по повышению качества интерьера. Ключевые слова: Интерьерный дизайн, эстетические ошибки, конструктивные ошибки, технические ошибки, эргономика, освещение, выбор цвета, расстановка мебели, система вентиляции, современный интерьер. Interyer dizayni – bu nafaqat chiroyli ko’rinish yaratish, balki insonning kundalik hayotiga qulaylik, ergonomika va estetik zavq ulashadigan jarayondir. Ammo, so’nggi yillarda dizayn sohasida tezkor rivojlanish va turli tendensiyalarning ortidan quvish natijasida ko’plab xatolar yuzaga chiqmoqda. Ular estetik, konstruktiv va texnik nuqtai nazardan interyerning umumiy sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Estetik xatolar: • Haddan ortiq bezak va dekor – Ko’plab dizaynerlar va buyurtmachilar ko‘zni qamashtiradigan detallarni ko‘paytirishga intiladi. Natijada interyerda vizual ortiqchalik paydo bo‘ladi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 826 • Noto‘g‘ri rang tanlash - Yorqin ranglarning ortiqcha qo‘llanishi yoki uyg‘unlashtirilmagan tonlar xonani bezaksiz qiladi. Buning o’rniga minimalizm tamoyillaridan foydalanish, asosiy rang-gamma va uslubni bir maromda olib borish kerak. • Uslublarning noto‘g‘ri aralashtirilishi – Klassik va modern elementlarini me’yoridan ortiq qo‘shish interyerni betartib ko‘rsatadi. Buning o’rniga ranglar psixologiyasidan foydalanish, tabiiy yorug‘lik va xonaning vazifasiga qarab rang tanlash kerak. Konstruktiv xatolar: • Mebel joylashuvining noto‘g‘riligidan kelib chiqadigan muammolar – Qavat rejasida mebel noto‘g‘ri qo‘yilsa, xonada harakatlanish qiyinlashadi. Buning o’rniga ergonomik standartlarga rioya qilish, harakat yo‘laklarini ochiq qoldirish kerak. • Arxitektura elementlarini inobatga olmaslik – Deraza, eshik, ustun yoki nishabliklarni hisobga olmaslik umumiy tuzilishga zarar yetkazadi. Buning o’rniga dizayn loyihasi avvalida arxitektura chizmalarini tahlil qilish. • Qavat balandligi va proporsiyaga e’tibor bermaslik – Past shiftli joyda baland mebellar yoki og’ir bezaklar ishlatilishi interyerda bosim tuyg‘usini keltirib chiqaradi. Buning o’rniga proporsiyani hisoblash, balandlikka mos vizual yechimlardan foydalanish kerak. Texnik xatolar: • Noto’g’ri yoritish tizimi – Faqatgina markaziy lyustra bilan cheklanib qolish yoki yorug‘lik manbalarining yetarli emasligi muhitni sovuq qiladi. Buning o’rniga ko‘p darajali yoritish (umumiy, lokal va dekorativ)ni qo‘llash kerak. • Ventilyatsiya va shamollatishga e’tibor bermaslik – Havo almashinuvi yetarli bo’lmagan interyer sog‘liq uchun zararli bo‘lishi mumkin. Buning o’rniga shamollatish tizimlarini loyihalash jarayonidayoq kiritish. • Elektr tizimining noto’g’ri loyihalanishi – Rozetkalar yetarli emasligi, simlarning ko‘rinib qolishi funksionallikni pasaytiradi. Buning o’rniga elektr kommunikatsiyalarini oldindan rejalashtirish, yashirin montajdan foydalanish. Interyer dizaynida xatolar, asosan, shoshma-shosharlik, rejalashtirishga yetarlicha e’tibor bermaslik va faqat tashqi ko’rinishga urg‘u berish oqibatida yuzaga keladi. To‘g‘ri yondashuv esa estetik uyg‘unlik, qulaylik va texnik mukammallikni birlashtirib, zamonaviy interyer sifatini oshiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Ching, F. D. K. (2014). Interior Design Illustrated. Wiley. 2. Kilmer, R., & Kilmer, W. O. (2016). Designing Interiors. Wiley. 3. Pile, J. F., & Gura, J. (2013). History of Interior Design. Wiley. 4. Neufert, E. (2012). Architects’ Data. Wiley-Blackwell.