SHAHARLAR, LANDSHAFTLAR VA BINOLAR QURILISHIDA E'TIBORGA OLINISHI KERAK BO'LGAN VAZIYAT VA HOLATLAR
Abstract
Ushbu taqdim etilayotgan maqola O’zbekiston hududidagi rejalashtirilmagan shaharlar, landshaftlar va binolar qurilishida yuz berayotgan, inobatga olinmagan unsurlar va harakatlar atrof-muhitga va aholiga salbiy oqibatlar olib kelayotganligi sabablari va uni bartaraf qilish uchun berilayotgan bir qancha takliflarni mujassam qilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 827 SHAHARLAR, LANDSHAFTLAR VA BINOLAR QURILISHIDA E’TIBORGA OLINISHI KERAK BO’LGAN VAZIYAT VA HOLATLAR 1Axmedova Firuza Ma’rufjonovna, 2Nurullayeva Ximoyat Yunusovna 1Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti “Muhandislik va Kompyuter grafika” kafedrasi o’qtuvchisi, 2Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17440031 Annotatsiya. Ushbu taqdim etilayotgan maqola O’zbekiston hududidagi rejalashtirilmagan shaharlar, landshaftlar va binolar qurilishida yuz berayotgan, inobatga olinmagan unsurlar va harakatlar atrof-muhitga va aholiga salbiy oqibatlar olib kelayotganligi sabablari va uni bartaraf qilish uchun berilayotgan bir qancha takliflarni mujassam qilgan. Kalit so’zlar. Ekologik barqarorlik, estetik, urbanistic, IQAir, Basklar o’lkasi, VitoriyaGasteys shahri, Yevropa yashil poytaxti, superbloklar. Annotation: This article presents the reasons why the unplanned elements and actions taking place in the construction of unplanned cities, landscapes, and buildings in Uzbekistan are having negative consequences for the environment and the population, and several proposals are being made to eliminate them. Keywords: Ecological sustainability, aesthetics, urbanistic, IQAir, Basque Country, city of Vitoria-Gasteiz, European Green Capital, superblocks. Аннотация: В данной статье рассматриваются причины, по которым незапланированные элементы и действия, имеющие место при строительстве незапланированных городов, ландшафтов и зданий в Узбекистане, оказывают негативное воздействие на окружающую среду и население, а также предлагается ряд мер по их устранению. Ключевые слова: Экологическая устойчивость, эстетика, урбанистика, IQAir, Страна Басков, город Витория-Гастейс, европейская зеленая столица, суперкварталы. Zamonaviy shaharsozlik va arxitektura jarayonlari inson hayotini qulaylashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarga moslashish vazifasini bajaradi. Shaharlar, landshaftlar va binolarni loyihalash jarayonida nafaqat estetik, balki ijtimoiy, ekologik va muhandislik jihatlar ham chuqur o’rganilishi zarur. Qurilishda vaziyat va holatlarni e’tiborsiz qoldirish kelajakda urbanistik muammolar, ekologik iztiroblar va ijtimoiy noqulayliklarga olib kelishi mumkin. Bugungi kunda shaharsozlik, landshaft va bino qurilishi bir-biridan ajratilgan holda emas, balki kompleks yondashuv asosida olib borilishi zarur. Masalan, yashil binolarni qurishda faqat bino ichidagi energiya samaradorligi emas, balki uning atrofidagi landshaft, ekologik muhit va transport aloqadorligi ham hisobga olinishi lozim. Salbiy holatlar qurilish jarayonida inobatga olinmasa, shaharlar ekologik va ijtimoiy jihatdan izdan chiqadi, landshaftlar tabiiy muvozanatini yo‘qotadi, binolar esa xavfsiz emas va qisqa umrli bo‘lib qoladi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 828 IQAir 2024 Jahon havo sifati hisoboti, 2025 yil mart statistik ma’lumotiga ko’ra O’zbekiston dunyo bo’yicha havosi ifloslangan mamlakatlar qatorida 19 o’rinda turadi. Bundan ko’rinib turibdiki O’zbekiston hududida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari natijasida havo shunchalik ifloslanganki, aholi va tabiat bundan sezilarli darajada zarar ko’ryapti. Magistral va mahalliy yo’llarni kengaytirish maqsadida mavjud bo’lgan darxtlar olib tashlanib, keltirilgan zarar qoplanmayapti buning natijasida inson sog’lig’iga ham ziyon keltirilayapti. Aniq ishlab chiqilmagan reja asosida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari nafaqat hozirgi kunimizni balki kelajagimizni ham vayron qilib yuborish kuchiga ega. Shaharlar, landshaftlar va binolar to’g’ri ishlab chiqilgan reja asosida qurilsa, atrofmuhitga va insoniyatga zarari salmoqli darajada kamayadi. Bu borada Ispaniyada joylashgan Basklar o‘lkasidagi Vitoriya-Gasteys shahrini misol tariqasida olsak bo’ladi. Vitoria-Gasteiz 2012 yilda yashil jamoat joylarining yuqori nisbati, butun aholining ochiq yashil maydonlardan 300 metr masofada yashashi, bioxilma-xillik va ekotizim xizmatlari hamda shaharning yashil siyosati tufayli “Yevropa yashil poytaxti” unvoniga sazovor bo'lgan. Vitoriya-Gasteys shahar hukumati 2008-yilda shahar barqaror harakatchanlik bo‘yicha ambitssiyali rejani amalga oshira boshladi va “superbloklar” (“supermanzanas”)ni yaratdi: avtomobil harakati cheklangan, ko‘chalar esa odamlarga qaytarilgan kengaytirilgan bloklar.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 829 • Avtomobillar egallagan shahar hududining 75% endi piyodalar, velosipedchilar va jamoat transportiga bag‘ishlangan. • Avtomobil harakati umumiy hisobda 12% ga, markaziy hududlarda esa 40% gacha kamaydi. • Reja boshlanganidan beri CO₂ chiqindilari 40% dan ortiq qisqardi. • Shovqin darajasi o‘rtacha 4 dB ga kamaydi — ko‘chalar sokinroq va xavfsizroq bo‘ldi. • Jamoat transportiga elektr liniyalari qo‘shildi, veloyo‘llar bilan to‘liq integratsiya qilindi. • Velosipeddan foydalanish 10 yil ichida 30% dan ortiq o‘sdi. • Yashil maydonlarga kunlik kirish imkoniyati sezilarli oshdi: yangi maydonchalar, daraxtzorlar va ko‘cha jihozlari paydo bo‘ldi. Bu model nafaqat harakatlanishni, balki hayot sifatini ham o‘zgartiradi: • Havo ifloslanishi kamayadi • Issiqlik orollari soni kamayadi • Yashil hududlar yomg‘ir suvini yutib oladi va ekstremal ob-havo ta’sirini yumshatadi • Piyoda va velosiped harakati xavfsizroq bo‘ladi • Mahalliy bizneslar jonlanadi Iqlim inqirozi sharoitida shaharlarni qayta tasavvur qilish — bu shunchaki transport masalasi emas, balki omon qolish masalasi. Insonlar uchun loyihalashtirilgan shaharlar yanada chidamli, inklyuziv va raqobatbardosh bo‘ladi. Shaharlar, landshaftlar va binolar qurilishida turli vaziyat va holatlarni e’tiborga olish kelajak avlodlar uchun qulay, xavfsiz va ekologik barqaror muhit yaratishning asosiy shartidir. Urbanizatsiya jarayonida inson va tabiat uyg‘unligini ta’minlash, zamonaviy texnologiyalarni an’anaviy me’moriy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish muhim vazifadir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. https://www.acfa.org.sg/newsletters/2024-world-air-quality-report?utm 2. https://en.wikipedia.org/wiki/Green_Belt_of_Vitoria-Gasteiz 3. https://www.britannica.com/place/Vitoria-Gasteiz 4. CITIES FORUM | LinkedIn