scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTONDAGI AN'ANAVIY TURAR-JOY BINOLARINING HUDUDIY XUSUSIYATLARI (XORAZM VA BUHORO)

Axmedova Firuza Ma'rufjonovna

Abstract

Ushbu taqdim etilayotgan maqolada O’zbekistondagi an’anviy turar-joy binolarining hududiy xususiyatlari Xorazm va Buhoro an’anaviy turar-joylari misolida yoritilgan bo’lib, asosan tabiiy usullar orqali mikroiqlim yaratish va hududiy arxitekturani rivojlantirish tadbiq etilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 830 O'ZBEKISTONDAGI AN'ANAVIY TURAR-JOY BINOLARINING HUDUDIY XUSUSIYATLARI (XORAZM VA BUHORO) Axmedova Firuza Ma’rufjonovna Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti “Muhandislik va Kompyuter grafika”kafedrasi o’qtuvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17440033 Annotatsiya. Ushbu taqdim etilayotgan maqolada O’zbekistondagi an’anviy turar-joy binolarining hududiy xususiyatlari Xorazm va Buhoro an’anaviy turar-joylari misolida yoritilgan bo’lib, asosan tabiiy usullar orqali mikroiqlim yaratish va hududiy arxitekturani rivojlantirish tadbiq etilgan. Kalit so’zlar. toshhovli, ayvon, o’ng ayvon, ters ayvon, dolon, tobiston, zimiston. Yurtimizdagi har bir hududning iqlimi va tarixiy-etnografik mintaqasidan kelib chiqib turar-joy binolarining o’ziga yarasha arxitekturaviy xususiyatlari va ko’rinishlari bor. Shu jumladan, Xorazm turar-joy binolarining arxitekturasi boshqa geografik hududlardan ajralib turadi. Misol uchun “Toshhovli” saroyi Olloqulixon tomonidan Xivada shaharning sharqiy darvozasi – Polvon Darvoza darvozasiga yaqinroqda qurilgan. Xiva shahrining iqlimidan kelib chiqib “Toshhovli” saroyining qurilishida ayvonlar qurilishiga alohida katta ahamiyat berilgan. Qarama qarshi qurilgan ayvonlar ichki hovli mikroklimatini salqin saqlashga yordam bergan. Rasm 1. Manba: Xorazmiy.uz Bunda shimol tomonga qurilgan ayvon qarshisida qurilgan ayvondan balandroq bo’lib shimol tomondan kelayotgan shamolni o’zida ushlab qoladi va qarshisidagi nisbatan kichikroq qurilgan ayvonga salqin havo qilib chiqaradi. Bu jarayon ichki hovlida yozning jazirama issig’ida hovlida salqin havoni ta’minlaydi. Ayvonlarning qurilishidan asosiy maqsad bu Xorazm iqlim sharoitining keskinkantinintal bo’lganligidr. Birgina Xiva shahrining o’zida uylarning joylashuvuga qarab me’morlar turli uslubda loyihalashgan va bunyod etishgan. Ayvonga qaramaqarshi tomonda ikkinchi ayvon qurilgan va bu ayvonlar o’ng ayvon va ters ayvon nomini olgan. Ters (teskari) ayvon - orqaga (shimolga) ya’ni, qiblaga teskari qaratilgani uchun shunday nomlangan. O’ng ayvon qiblaga qaratilgan. Ayvonlar o’z ko’rinishiga qarab “Ulli, ulug’”, va “kichchi, kichik” ayvon deb ham ataladi. Ayrim kishilar ters ayvon deb qiblaga qaratilgan ayvonni tushunadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 831 Yoshi ulug’ kishilarning so’ziga qaraganda bunda ikki ayvonli hovli-joyga kirgan shamol chiqolmay o’ng va ters ayvon devorlariga urilib aylanib turar va salqin mikroiqlim hosil qilar ekan. Rasm 2. Manba: Jumaboyev H. dissertatsiyasidan namuna Ayvonlarning yana bir tipi “Urganch” ayvon nomini olgan. Urganch ayvoni (ayrim manbaalarda dolon deb yuritiladi) hovlining o’rtasida joylashgan bo’lib to’rt tarafidan xonalar bilan o’ralgan. Ayvon o’rtasida baland ustun o’rnatilgan. Ayrim hollarda bu ayvonning shimoliy tomonidagi eshikdan bog’ tomonga chiqiladi. Urganch ayvoni ham boshqa ayvonlardek umumiy uydan 1,5-2 metr baland qilib qurilgan va tepa qismida har to’rt tomondan katta derazalar qo’yilgan. Bu o’z navbatida uyni yorug’ bolishini taminlab bergan. Rasm 3. Manba: Jumaboyev H. dissertatsiyasidan namuna Buxorodagi turar-joy tiplari ham rivojlangan bo’lib, bir-biriga zich holda qurilishlarni tashkil etgan, ular ko’chaga teskari, ya’ni ko’chadan ajratilgan holda hovli tarafga qaratib solingan, xonalar bir-ikki qavatli bo’lib, hovli atrofiga zich qurilgan va shunday qilib hovlida ko’chaning issiq va changli havosiga qaraganda ancha salqin bo’lgan. Buxoro turar-joy tipi odatda darvozadan ancha narida usti berk yo’lak dolondan boshlangan. Xorazmdagi turarjoylardagi qo’llaniladigan dolonlardan farqli ravishda Buxoroda qo’llaniladigan dolonlar boshqa vazifani bajarishgan. Ko’chadagi jazirama issiqdan qochib hovliga usti yopiq uzun dolon yo’lak (huddi tunnel) orqali ichki hovliga borilguncha salqin havo dolon orqali ta’minlangan. Dolon o’ziga hos soya va salqin saqlagich bo’lobgina qolmay shamolni yo’naltiruvchi mexanizmni bunyod etgan. Haqiqatan ham dolonning uy-joy qurilishi sohasidagi vazifasi muhim bo’lgan. O’z INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 832 o’rnida u yana vestibyul rolini ham bajargan. Bundan tashqari qo’shimcha qurilish maydoni, yog’ingarchilik paytlarida boshpana vazifasini ham amalga oshirgan. Dolon ko’proq shahar hovlilarida ishlatilgan. Dolondan so’ng kirish yoki darvozaxona (ayrim vaqtlarda darvozaxona dolondan avval ham qurilgan) joylashgan. O’sh davrda uylar “tashqari” hamda “ichkari” hovlilarga bo’lingan. Buning sabablaridan biri: islom dini aqidalari ta’sirida ayollarni "nomahram ko’zdan" saqlash bo’lsa, ikkinchisi; undan ancha oldin paydo bo’lgan odat — hovlining xo’jalik (tashqari) va madaniy (ichkari) qismlarga bo’linishidir. Xuddi shuningdek xonalarni faqat hovli tarafiga qaratilib qurilishi ham ikkiyoqlama xarakterga ega. Ya’ni deraza va eshiklarning tashqariga (ko’chaga) ochilmaganligi birinchidan; shariat doirasida bo’lsa, ikkinchidan; bu hovlini tashqi shovqin, chang va hokazolardan mustasno qilib, hovlidagi daraxt va gullarga qarata qurilishidir. Buxoro uylarining asosi ikki qismdan – qishki va yozgi qismdan iborat. Qishki bu (Tobiston) - uy ayvonining bir qismi bo'lib, asosiy yashash joyi hisoblanadi. Yozgi esa (Zimiston) - uyning sovuq qismi, asosan, uy ostida yoki yerdan 1,5 metr balandlikda joylashgan. Buhorodagi bunday xonalarni Tobiston va Zimiston deb ham atashgan. Rasm 4. Manba: Prezintatsiyadan ma’lumot. Shunday qilib, an’anaviy turar-joylar O’zbekistonda hududiy o’ziga hos taraflariga ega bo’lib, Xorazm ulug’ ayvoni shamol tutgich vazifasini o’tib, xovliga mikroiqlimni tashkil etish orqali issiq regionga moslashgan. Buxoro an’anaviy turar-joylari esa yozgi xonalari katta shiftli va yerto’ladan sovitiladigan tuynuklar bilan jihozlangan bo’lib, jazirama kunlarda bu usul xonalarni sovutish imkoniyatini oshiradi. Janubiy devorlari odatda ikki qavatli bo’lib, bu usul “qo’sh sinch” deb nomlangan bo’lib, janubiy devorlarga quyosh radiatsiyasini kamaytirishga va ichki devorlarni ortiqcha qizib ketishidan saqlashga qaratilgan. Qishki xonalar zimistonlar esa o’z navbatida kichkina bo’lib, shiftlari uncha katta bo’lmagan holda, honalarni isitish masalasi ham oson amalga oshirilgan. Barcha bunday an’anaviy yondashuvlar turar-joy arxitekturasining iqlimga adaptatsiya qilinganidan va barqarorlik elementlari mavjudligidan dalolat beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Jumaniyazova Roza Anvarovna “Xiva turar-joy binolarining rivojlanish tarixi” maqolasidan 2. Yusufov S.A., Raximova L.O. “Xorazm turar-joy binolari haqida” maqolasidan INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 833 3. Xorazmiy.uz 4. Surayyo Adilovna Qodirova, Maktuba To‘xtasinovna Abdujabbarova “Turar-joy va jamoat binolarini loyihalash” Toshkent-2020 5. Muhammad Ahmedov “O'rta Osiyo me'morchilik tarixi”