scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

CHIZMA GEOMETRIYA FANINING INSON HAYOTIDAGI O'RNI

Jumayev Isroil Omandovlat o'g'li, Alimova Sevinch Abdurashid qizi

Abstract

Ushbu maqolada chizma geometriya fanining kundalik hayotimizdagi, ko‘p hollarda ko‘zga tashlanmaydigan, biroq muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qonuniyatlari hamda uning turli sohalardagi o‘rni yoritib berilgan. Jumladan, chizma geometriyaning nima uchun zarur ekani, uning kelajakdagi istiqbollari, tarixiy rivojlanish bosqichlari, har bir sohada, xususan, chizmachilikning amaliy ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, maqolada arxitektura sohasi va qurilish jarayonlarida chizma geometriyaning asosiy ilmiy poydevor sifatidagi o‘rni mufassal tahlil qilingan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 843 CHIZMA GEOMETRIYA FANINING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI 1Jumayev Isroil Omandovlat o‘g‘li, 2Alimova Sevinch Abdurashid qizi 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi 2-kurs 24/1guruh kunduzgi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17440063 Annotatsiya. Ushbu maqolada chizma geometriya fanining kundalik hayotimizdagi, ko‘p hollarda ko‘zga tashlanmaydigan, biroq muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qonuniyatlari hamda uning turli sohalardagi o‘rni yoritib berilgan. Jumladan, chizma geometriyaning nima uchun zarur ekani, uning kelajakdagi istiqbollari, tarixiy rivojlanish bosqichlari, har bir sohada, xususan, chizmachilikning amaliy ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, maqolada arxitektura sohasi va qurilish jarayonlarida chizma geometriyaning asosiy ilmiy poydevor sifatidagi o‘rni mufassal tahlil qilingan. Kalit so‘zi: chizma geometriyaning, arxetiktura, fazoviy, muhandislik, teorema, Avvalo, tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, chizma geometriya fani XVII asrdan boshlab jadal rivojlana boshlagan. Bu fanning rivojiga ko‘plab mashhur matematiklar hissa qo‘shgan, ularning orasida Rene Dekart va Pyer Fermat kabi olimlar alohida o‘rin tutadi. Ular geometriya va algebra o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ochib bergan. Xususan, Dekartning mashhur “Geometriya” nomli asari algebraik usullarni geometrik masalalarni yechishda qo‘llashga asos bo‘lib, chizma geometriyaning shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. Ammo bu faning ildizlari bundan-da qadimiy davrlarga borib taqaladi. Qadimgi Misr va Yunoniston sivilizatsiyalarida muhandislar va arxitektorlar piramidalar, obelisklar kabi yirik inshootlarni qurishda geometrik chizmalar va o‘lchovlardan foydalangan. Arximed va Pifagor kabi olimlar geometrik nazariyalar asoslarini yaratgan. Masalan, Pifagorning mashhur teoremasi bugungi kunda ham chizma geometriyada asosiy qonuniyatlardan biri hisoblanadi. O‘rta asrlar davomida ham chizma geometriya ilm-fan va texnologiyaning ajralmas qismi bo‘lib qoldi. Ilmiy inqiloblar davrida bu fanning ahamiyati yanada ortdi, zamonaviy texnologiyalar — kompyuter grafikasi, 3D modellashtirish, raqamli vizualizatsiya kabi yo‘nalishlarda chizma geometriyaning amaliy qo‘llanilishi kengaydi. O‘zbek allomalari ham bu fanning rivojiga katta hissa qo‘shgan. Masalan, Al-Xorazmiy (IX asr) o‘zining “Al-Kitob al-Muxtasar fi Hisob al-Jabr val-Muqobala” asarida algebra bilan bir qatorda geometrik masalalarni ham yoritgan. U ishlab chiqqan trigonometriyaviy yondashuvlar keyinchalik chizma geometriyada keng qo‘llanilgan. Al-Biruniy (973-yil) esa Yerning shakli va o‘lchamini aniqlashda mukammal geometrik va trigonometriya usullaridan foydalangan. U chizma-geometrik tafakkurni amaliyotda qo‘llab, hozirgi zamonaviy muhandislikka zamin yaratgan. Chizma geometriyaning mohiyati – “Chizma geometriya” atamasi ikki asosiy tushunchani birlashtiradi. Chizma — ob’ektlarni chizish, tasvirlash yoki diagrammalar orqali INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 844 ifodalash jarayoni. Geometriya — fazo, shakl, o‘lchov, o‘rinlashuv va ularning o‘zaro munosabatlarini o‘rganuvchi matematikaning muhim bo‘limi. Chizma geometriya, ayniqsa, fazoviy ob’ektlarning ikki yoki uch o‘lchamli tasvirini tuzishda, ularning o‘lchovlari va shakllarini aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Chizma geometriyaning zamonaviy sohalardagi o‘rni bugungi kunda chizma geometriya quyidagi muhim sohalarda keng qo‘llaniladi. Masalan kompyuter yordamida dizayn (CAD), 3D modellashtirish, viziualizatsiya, muhandislik, robototexnika va avtomotlashtirish kabi zamonaviy sohallarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Kompyuter yordamida dizayn (CAD). CAD dasturlari (masalan, AutoCAD, SolidWorks, Blender) chizma geometriya asosida ishlaydi. Bu dasturlar muhandislik, arxitektura va dizayn yo‘nalishlarida loyihalash ishlarini aniq va samarali bajarishga imkon beradi. 3D modellashtirish va vizualizatsiya. Arxitektura va sanoat dizaynida 3D modellash texnologiyalari orqali murakkab ob’ektlarni har xil burchaklardan ko‘rish, baholash va taqdim etish mumkin. Muhandislik va texnik sohalar. Chizma geometriyasi qurilish, mashinasozlik, aerokosmik texnologiyalar va mexanika sohalarida muhim hisoblanadi. Aniq chizmalar va modellar yordamida tizimlarning ishlashi nazorat qilinadi. Robototexnika va avtomatlashtirish. Robotlarni loyihalash, ularning harakat trayektoriyalarini hisoblash, manipulyatorlarni sozlashda chizma geometriyadan keng foydalaniladi. Chizma geometriya fanini o‘rgangan har bir shaxs ko‘rinmas ob’ektlarni tasavvur qilish qobiliyatiga ega bo'ladi. Inshootning yashirin yoki ko‘zga ko‘rinmas qismlarini tasavvur qilish chizma geometriya orqali osonlashadi. Chizma geometriya fanini o‘rgangan har bir talabaning fazoviy fikrlash darajasi rivojlanib boradi. Detallar, qurilmalar va inshootlar uchun zarur chizmalar aynan shu fan orqali yaratiladi. Bu chizmalar ishlab chiqarish, yig‘ish va sifat nazoratida muhim ahamiyatga ega. Binolar, yo‘llar, ko‘priklar loyihalarining boshlang‘ich bosqichida chizma geometriya asosiy manba sifatida ishlatiladi. Dizayn va san’atda kompyuter grafikasi, animatsiya, texnik rasm chizish, interyer dizayni kabi yo‘nalishlarda chizma geometriya fundamental ahamiyatga ega. Xulosa Chizma geometriya faninng arxitektura va boshqa ko’plab sohalardagi o’rni beqiyosdir. Bu fan nafaqat loyihalarini yaratish va konstruktiv masalalarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega, balki har bir inshootning yoki dizaynning to’g’ri amalga oshirilishini ta’minlash uchun zarur vosita bo’lib xizmat qiladi. Chizma geometriya yordamida mrakkab strukturalar tasvirlanadi, o’lchovlar aniqlanadi, va loyiha jarayonida yuzaga keladigan muammolar oldindan ko’rib chiqiladi. Umumiy olganda, chizma geometriya arxitektura muhandislik va boshqa texnik sohalarning samarali rivojlanishiga katta hissa qo’shadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. “Chizma geometriya asoslari” (G.Sh. Sharipov) 2. “Chizma geometriya va grafika” (Sh.S. Vohidov) 3. “Chizma geometriya” (M.U. Mavlonov, S.R. Fozilov) 4. Sh.Murodov, L.Hakimov, A.XoImurzayev, M. Jumayev, A. To‘xfayev. Chizma geometriya. Toshkent-2006 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 845 5. Omandovlat o‘g‘li, J. I. (2021). Muhandislik grafikasi fanlarida uch o‘lchamli fazoni auto cad dasturidan foydalanib qo‘llash usullari va ahamiyati.”. Mуғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў № 3-2, 99-101. 6. Omandovlat o‘g‘li, J. I. (2021) Chizmalarni autocad dasturida chizishda dasturning mavjud murakkabliklarini qo‘lda chizishga moslashtirish (o‘rgatish) usullari.”. Mуғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў № 3-2, 94-99. 7. ugli Jumayev, I. O. (2022). Using the most convenient method of finding equal sided polygons (By Dividing the Diameter into Equal Sections). Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10 (11), 1271-1279. 8. Omandovlat o‘g‘li, J. I. (2020). Chizmachilik darslarida autocad dasturidan foydalanishning Yutuq va kamchiliklari tahlili.”. Maktab va hayot MAXSUS SON, 2. 9. Jumayev, I. (2020). The conveniences of teaching using autocad software. Экономика и социум, (10 (77)), 94-97. 10. Jumayev I.O. (2021). Chizmachilik darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish metodikasi. Экономика и социум, (11-2 (90)), 798-808. 11. Jumayev, I. O. (2021). Chizmachilik fanining proyeksion chizmachilik bo’limida autocad dasturining uch o’lchamli imkoniyatlarini qo’llash va uning ahamiyati. Экономика и социум, (11-2 (90)), 809-814. 12. Omandovlat o‘g‘li, J. I. (2021). Muhandislik grafikasi fanlarida uch o‘lchamli fazoni auto cad dasturidan foydalanib qo‘llash usullari va ahamiyati.”. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў № 3-2, 99-101. 13. Isroil, J. (2023). Teaching students to provide theoretical and practical knowledge in solving problems of drawing geometry. Current research journal of pedagogics, 4(11), 6168.