UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH VA UNING NAZARIY ASOSLARI.
Abstract
Ushbu maqolada interfaol metodlarning umumta’lim maktablarida adabiy ta’lim jarayonida tutgan o‘rni hamda ahamiyati yoritilgan. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy ma’ruza asosida o‘qitish o‘quvchilarning faolligini oshirishda yetarli emas. Shu sababli, pedagogik jarayonda o‘quvchini markazga qo‘yib, uni dars jarayoniga faol jalb qiluvchi interfaol usullardan foydalanish zarurligi borasida so‘z brogan.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 785 UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH VA UNING NAZARIY ASOSLARI. Muazzam Zokirjonova Magistr ANNOTATSIYA Ushbu maqolada interfaol metodlarning umumta’lim maktablarida adabiy ta’lim jarayonida tutgan o‘rni hamda ahamiyati yoritilgan. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy ma’ruza asosida o‘qitish o‘quvchilarning faolligini oshirishda yetarli emas. Shu sababli, pedagogik jarayonda o‘quvchini markazga qo‘yib, uni dars jarayoniga faol jalb qiluvchi interfaol usullardan foydalanish zarurligi borasida so‘z brogan. Kalit so’zlar: Interfaol metod, "Fikrlar bo‘roni", "Rolli o‘yinlar", "Piramida", "Yozuvchiga xat", kreativlik, interaktiv dasturlar va platformalar: “Kahoot”, “Quizizz” va “Nearpod”, Suqrot suhbatlari metodi. Qahramon kundaligi. ANNOTATION This article highlights the role and importance of interactive methods in the process of literary education in general secondary schools. Modern educational technologies show that traditional lecture-based teaching is not sufficient to increase students’ engagement. Therefore, the paper emphasizes the necessity of using interactive methods that place the student at the center of the learning process and actively involve them in classroom activities. Key words: Interactive method, “Brainstorming,” “Role-playing,” “Pyramid,” “Letter to the Writer,” creativity, interactive programs and platforms “Kahoot”, “Quizizz”, “Nearpod”, Socratic dialogue method, hero’s diary. Ta’lim jarayonining, ayniqsa maktab ta’limining asosiy vazifalaridan biri ta’lim oluvchilarda mustaqillik, kreativ fikrlash va harakat qilish, tashabbuskorlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish ekanligi ta’lim to‘g‘risidagi qonun, qaror va farmonlarda belgilab qo‘yilgan. Maktab dasturidan ma’lumki, umumta’lim fanlari ichida ijodiy va kreativ yondashish, olgan bilimlaridan hayotiy estetik xulosalar chiqarib uni kelajakda tadbiq qilishga imkon beradigan fanlarning asosiysi bu adabiyot o‘qitishdir. Shunday ekan, ta’lim tizimidagi har qanday yangilik, texnologiya va metodlar ilk shu fanga tadbiq etilishi maqsadga muvofiq. Interfaol ta’lim metodlari turli usullar shaklida qadim zamonlardan beri ta’lim-tarbiya jarayonida muallim bilan talabalar hamda talabalar bilan talabalar o’rtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mushohada, tahlil, mashvarat, mushoira, mutolaa kabi ko‘rinishlarda qo’llab kelingan. 1 Bu usullar o‘quvchilarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, iste’dod, zakovatlarini o‘stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo’lib yetishishlariga xizmat qilgan. 1 http://manzura90.zn.uz/interfaol-metodlar/
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 786 1.1-jadval Buni boshqacharoq tasnifi professor Q.Yo‘ldoshevda uchraydi 2 . Pedogogik faoliyat tarixi haqida so‘z yuritib, olim bu tarixda o‘qitish jarayoni 3 falsafiy yo‘nalish bo‘yicha uyushtirilib kelinayotganini ta’kidlaydi: transmissiya, transformatsiya va transaksiya, binobarin bu nomlanishning mohiyati biz yuqorida ta’rifini keltirgan passiv, faol va interfaol ta’limga mos keladi. Interfaol metodlar – ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va hamkorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi zamonaviy vosita (lar), darsga yondashuv shakllari jamlanmasidan iborat. Interfaollik termini va interfaol metodlarga eng yaxshi ta’rif, uni mumtoz (reproduktiv, an’anaviy) ta’lim shakli bilan taqqoslash natijasida hosil bo‘ladi. Adabiyot darslarida ham ijodkor tarjimai holi, asar tahlili yoki nazariy tushunchalarni o‘rganish – badiiy o‘zlashtirishning qaysi shakli bo‘lmasin, ilg‘or hamda xilma-xil o‘qitish usullariga murojaat qilishni taqozo qiladi. Shu sababli, so‘nggi davr adabiy ta’limi muammoli ta’limga asoslangan interfaol metod turlariga tez-tez murojaat qilishi oddiy holga aylanib bormoqda.Bu bahs munozara, seminar dars, konferensiya dars, ijodkor adabiy laboratoriyasiga sayohat singari dars shakllari hisoblanadi 3 . Biroq sun’iy intellekt ilovalaridan olgan so‘nggi ma’lumotlarimizga ko‘ra bugungi kunda adabiy ta’limga joriy etish mumkin bo‘lgan bir qator eng yangi interfaol metodlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: QR kodlar bilan o‘qitish.Dars materiallarini QR kod orqali ulashish. Masalan, har bir topshiriq uchun maxsus QR kod tayyorlash bugungi kun zamonaviy pedogogi uchun unchalik murakkab amaliyot emas, u asosida talabalar QR kodni skanerlab, topshiriqlarini qabul qilib olishadi. Teskari sinf. Talabalar mavzuni shu mavzu o‘tilishi kerak bo‘lgan darsdan avval audiomateriallar orqali o‘zlashtiradi) dars mobaynida esa sinfda muhokama, munozara va amaliy topshiriqlar bajariladi. 2 Yo‘ldoshev Q. Yangicha pedogogik tafakkur va umumta’lim maktablarida adabiyot o‘qitishning ilmiy metodik asoslari. Ped.fan.dok.diss… - T.: 1997. 306-b 3 Mirqosimova M. O‘quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirishva takomillashtirish asoslari.Monografiya. – Toshkent.: “Fan” nashriyoti, 2006. 39-b. Interfaol model O'quvchi va O'qituvchi o'rtasidagi doimiy hamkorlik va ikki tomonlama munosabatga asoslanadi. Faol model O'quvchining mustaqil va ijodiy fikrlashi asosiy o'rinda turadi. Passiv model O'quvchilar ta'lim jarayonida faqat tinglovchi, ko'ruvchi yoki eshituvchi sifatida namoyon bo'ladi.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 787 Virtual yoki kengaytirilgan haqiqat (AR vs VR).Virtual reallik yordamida muayyan mavzuni interfaol ravishda o‘rganish. Masalan, virtual ko‘zoynak yoki maxsus ilova, sayt yordamida biror ijodkor yashagan davrga, muayyan asarda tasvirlangan makonga 3D modellar orqali “sayohat qilish”. Debat va muhokama tarzidagi dars. O‘quvchilarni debat tarzida badiiy asardagi biror vaziyat, obraz haqida o‘z fikrlarini himoya qilishga rag‘batlantirish, muammoning ijobiy yoki salbiy jihatlarini saralashga o‘rgatish. Masalan, “Qahramonning bu harakatini oqlasa bo‘ladimi?”, “muallifning o‘limga bunday yondashishi sizga g‘alati tuyilmadimi?” kabi savollar tashlash mumkin. Animatsiya yoki qisqa kliplar tayyorlash. O‘quvchilar asar mazmuni yoki qahramonlari asosida qisqa video yoki animatsiyalar tayyorlashlari mumkin. Fikrlar bo‘roni (Brainstorming) asar voqealar rivoji yoki qahramonning murakkab vaziyatdagi qaysidir qarori bo‘yicha o‘quvchilar fikrlarini yig‘ish. Masalan, “Agar qahramon boshqa yo‘lni tanlaganda nima bo‘lardi?” Qahramon bilan suhbat.Talabalar asar qahramoniga savol beradi, o‘qituvchi yoki biror o‘quvchi qahramon rolida ularga javob beradi. “Asarni tugatish”. O‘quvchilardan asar oxirini o‘z tasavvurlariga ko‘ra yozib chiqishni so‘rash. Masalan, “Roman agar boshqacha tugaganda, sizning nazaringizda bu yakun qanday bo‘lardi?” Badiiy tahlil.Odatda adabiyotshunos yoki tanqidchilar bajaradigan bu vazifani o‘quvchilarga tegishli soddalikda topshirish. Guruhlarga bo‘lish yoki individual tarzda qahramonlarning xarakterlarini tahlil qilish yoki voqealarning sababini aniqlash vazifasini berish. Qahramon kundaligi. O‘quvchi asar qahramoni nomidan kundalik yozadi. Masalan, “Ulug‘bek xazinasi”dagi Abdullatifning ko‘nglidan kechishi mumkin bo‘lgan his-tuyg‘ularni aks ettiruvchi kundaligini yozish. Badiiy asarni tasvirlash. Asar mazmuni asosida tasviriy va amaliy san’atga doir loyihalar tayyorlash: rasmlar, kollajlar, plakatlar chizish, amaliy imkoniyatlaridan foydalanib nimadir yasash. Bosh qahramonni o‘zgartirish. O‘quvchilar asar qahramonini boshqa xarakterda tasavvur qiladi va uning xarakatlarini shu xarakterga moslab o‘zgartiradi. Masalan, Mirzo Ulug‘nekni mehribon va g‘amxo‘r otalik hislatlarini ko‘paytirib tasvirlasa qanday bo‘lardi? Suqrot suhbatlari metodi. Muayyan asar mazmunidan kelib chiqib, o‘quvchilar ma’naviy-axloqiy mavzularni muhokama qilishadi: “Abdullatifni otaning qotili bo‘lishga yetaklagan illat va fojealar haqida fikringiz qanday?” Interaktiv dasturlar va platformalar. Aynan Kahoot, Quizizz va Nearpod kabi platformalar orqali viktorinalar o‘tkazish. Bu dasturlar o‘z interfeysi, musobaqalashishga rag‘bat uyg‘otishi bilan o‘quvchini o‘z bilimlarini tekshirishga undaydi. XULOSA O‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishi bilan birga, ularning tahlil qilish va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Xususan, adiblar hayoti va ijodini o‘rganishda interfaol yondashuv o‘quvchilarning yozuvchi shaxsi bilan bog‘liq ma’lumotlarni yanada chuqur tushunishiga ko‘maklashadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Adilova S. O‘zbek tili mashg‘ulotlarini kompyuter texnologiyalari vositasida tashkil etish. Ped. fanl. nom. diss. avtoreferati. Toshkent: 2004, 245 b 2. Arapbaeva Damegul Kurbanovna, Amirova Bibisara Aubakirovna. Personal Psychological Adaptation and its Characteristics. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION. VOL. 2. NO 2. 2023. -P. 68-70.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 788 3. Dadaxonova D. To’garak mashg’ulotlarni tashkil etish. "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz. ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848 . Volume 4 Issue 6/ June 2023 4. E.Chambers, M.Gregory. Teaching and Learning English literature. Sage Publications. London, 2006, P.11. 5. Egamberdiyeva F. Adabiy ta’limga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi. Ped. fanl. nom. diss. avtoreferati. Toshkent: 2005, 100 b 6. Hayitov A , Boymurodov N. Ta’limda noan’anaviy darslar va interfaol usullardan foydalanish. Toshkent: "Yangi asr avlodi", 2006, 245 b 7. Husanboyeva Q. Adabiy ta’limda mustaqil fikrlashga o‘rgatish asoslari. – Toshkent: O‘zinkomsentr, 2003.9-b 8. Ibragimova G. Interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish: ped.fan.f.dok.. diss. – Toshkent: 2017. 18-b 9. Ibragimova N. Interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish. Ped.fan. fals.dok. diss… - Toshkent. 2018. 77-b. 10. Jobborova Gulnoza Kadamovna. PEDAGOGIK ODOB-AXLOQ VA TALABA XULQ – MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(1/2), Jan., 2023. P 97-105 11. Jumaniyozova M. Malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashning pedagogik asoslari. Ped. fanl. nom. diss. avtoreferati. - Toshkent: 2007, 140 b 12. Matchonov S. Kitob o‘qishni bilasizmi? - Toshkent: O‘qituvchi, 1993, 114 6.b 13. Mirkosimova M. O‘quvchilarda adabiy taxlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish asoslari. Monografiya. Toshkent: Fan, 2006. -112 6.1 b 14. Mirzayeva Z. Adabiy ta’limga konseptual yondashuvning nazariy asoslari. Global ta’lim va milliy metodika taraqqiyoti mavzusidagi an’anaviy respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. ─Toshkent: 2021, 89 b