scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

HAYKALLARNING BADDIY TAHLILIDA FREYM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH USULLARI

1Sarsenva Gulnur Sarsenovna, 2Eralin Quandik Eralı ulı, 3Darmenov Janjayxan

Abstract

В статье представлены результаты исследования, посвящённого проблеме применения методов художественно-когнитивного анализа скульптуры с использованием рамной технологии. Даётся пояснение понятия «рамка». Главной особенностью рамной технологии является широкий спектр возможностей анализа произведения изобразительного искусства. Особенность рамы заключается в том, что она является содержанием результата решения новой проблемы. Каждый отдельный аспект отдельной проблемы в искусствознании осознаётся как отдельный кадр. «Ячейки рамы» показаны как объекты, определяющие отдельный аспект проблемы. Предлагаются новые методы использования рамной технологии в процессе анализа художественных особенностей скульптуры. Основная потребность в раме заключается в рациональности её использования в процессе художественно-когнитивного художественного анализа. Главной особенностью рамы является её потребность в циркуляции в научном, художественно-познавательном и образовательном процессах. Подчёркивается, что рама имеет большое значение в силу своей новизны в художественно-познавательных исследованиях. Каждое из измерений художественного анализа скульптуры осознаётся как отдельный кадр. Вторая особенность рамной технологии определяется как «кадр-период». Каждый этап художественного анализа визуального произведения осознаётся как фрейм-стадия. Ценность результатов фрейм-технологического исследования определяется как новый контент, необходимый для цифровых технологий, лежащих в основе искусственного интеллекта.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 849 HAYKALLARNING BADDIY TAHLILIDA FREYM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH USULLARI 1Sarsenva Gulnur Sarsenovna, 2Eralin Quandik Eralı ulı, 3Darmenov Janjayxan 1Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tasviriy san’at yo‘nalishi doktoranti, 2Pedagogika fanlari doktori, O.Janibekova nomidagi Janubiy Qozog‘iston pedagogika universiteti professori. Kasbiy ta’lim va tasviriy san’at kafedrasi, 3Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17440922 Аннотация. В статье представлены результаты исследования, посвящённого проблеме применения методов художественно-когнитивного анализа скульптуры с использованием рамной технологии. Даётся пояснение понятия «рамка». Главной особенностью рамной технологии является широкий спектр возможностей анализа произведения изобразительного искусства. Особенность рамы заключается в том, что она является содержанием результата решения новой проблемы. Каждый отдельный аспект отдельной проблемы в искусствознании осознаётся как отдельный кадр. «Ячейки рамы» показаны как объекты, определяющие отдельный аспект проблемы. Предлагаются новые методы использования рамной технологии в процессе анализа художественных особенностей скульптуры. Основная потребность в раме заключается в рациональности её использования в процессе художественно-когнитивного художественного анализа. Главной особенностью рамы является её потребность в циркуляции в научном, художественно-познавательном и образовательном процессах. Подчёркивается, что рама имеет большое значение в силу своей новизны в художественно-познавательных исследованиях. Каждое из измерений художественного анализа скульптуры осознаётся как отдельный кадр. Вторая особенность рамной технологии определяется как «кадр-период». Каждый этап художественного анализа визуального произведения осознаётся как фрейм-стадия. Ценность результатов фреймтехнологического исследования определяется как новый контент, необходимый для цифровых технологий, лежащих в основе искусственного интеллекта. Ключевые слова: кадр, технология кадров, содержание кадра, этап кадра, технология кадров, слот кадра, принципы кадра. Abstract. This article presents the results of a study devoted to the application of artistic and cognitive analysis methods to sculpture using frame technology. The concept of "frame" is explained. The key feature of frame technology is the wide range of possibilities it offers for analyzing a work of art. The distinctive feature of a frame is that it embodies the result of solving a new problem. Each individual aspect of a particular problem in art criticism is perceived as a separate frame. "Frame cells" are shown as objects defining a separate aspect of the problem. New methods for using frame technology in analyzing the artistic characteristics of sculpture are proposed. The primary need for a frame lies in its rational use in artistic and cognitive analysis. The main feature of a frame is its need for circulation in scientific, artistic and cognitive, and educational processes. It is emphasized that the frame is of great importance due to its novelty in INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 850 artistic and cognitive research. Each dimension of artistic analysis of sculpture is perceived as a separate frame. The second feature of frame technology is defined as the "frame-period." Each stage of artistic analysis of a visual work is recognized as a frame stage. The value of the results of frame-based technological research is defined as new content necessary for the digital technologies underlying artificial intelligence. Keywords: frame, frame technology, frame content, frame stage, frame technology, frame slot, frame principles. Annotatsiya: Ushbu maqola freym texnologiyasidan foydalangan holda haykaltaroshlikda badiiy va kognitiv tahlil usullarini qo‘llashni o‘rganuvchi tadqiqot natijalarini taqdim etadi. “Freym” tushunchasi tushuntiriladi. Freym texnologiyasining asosiy xususiyati - bu san’at asarini tahlil qilish uchun keng imkoniyatlar. Freymning o‘ziga xosligi uning yangi muammoni hal qilish natijasini o‘z ichiga olish qobiliyatidadir. San’at tarixidagi muayyan muammoning har bir alohida jihati alohida freym sifatida tushuniladi. “Freym hujayralariˮ muammoning ma’lum bir tomonini belgilaydigan obyektlar sifatida ko‘rsatilgan. Haykaltaroshlikning badiiy xususiyatlarini tahlil qilishda freym texnologiyasidan foydalanishning yangi usullari taklif etiladi. Kadrga bo‘lgan asosiy ehtiyoj uni badiiy va kognitiv tahlilda oqilona ishlatishdadir. Kadrning asosiy xususiyati uning ilmiy, badiiy va kognitiv va ta’lim jarayonlarida aylanishga bo‘lgan ehtiyojidir. Badiiy-kognitiv tadqiqotlardagi yangiligi bilan freym katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Haykaltaroshlikning badiiy tahlilining har bir jihati alohida Freym sifatida qabul qilinadi. Freym texnologiyasining ikkinchi xususiyati “Freym-davrˮ sifatida belgilanadi. Tasviriy asarni badiiy tahlil qilishning har bir bosqichi Freym bosqichi sifatida tan olinadi. Freym asosidagi texnologik tadqiqotlar natijalarining qiymati sun’iy intellekt asosidagi raqamli texnologiyalar uchun zarur bo‘lgan yangi tarkib sifatida aniqlanadi. Kalit so‘zlar: Freym, freym texnologiyasi, freym tarkibi, freym bosqichi, freym uyasi, freym tamoyillari. Kirish. Bugungi ilg‘or va yangi texnologiyalar davrida yashashning zamonaviy ehtiyojlari yangi muammolarni yuzaga keltirmoqda. Bu muammolarni hal etish natijasida an’anaviy jarayonlardan sifat jihatidan yangi natijalarga erishish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Hozirgi raqamli texnologiyalar rivojlanish bosqichida freym texnologiyasining ahamiyati ortib bormoqda. Freym texnologiyasi raqamli texnologiyalar rivojiga hissa qo‘shuvchi imkoniyat sifatida qaraladi. Vizual san’atning yangi asarlaridagi badiiy o‘lchovlarni o‘rganish natijalari raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq yangi ilmiy yo‘nalishni shakllantiradi. Bu ba’zan raqamli texnologiyalar va vizual san’atni bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida tan olinadi. San’atshunoslik uch yo‘nalishni qamrab oladi: san’at tarixi, san’at nazariyasi va san’atni baholash. Vizual san’atning yangi asarlarining badiiy o‘lchovlarini o‘rganishda freym texnologiyasini baholash jarayonida qo‘llash zaruriyati ortib bormoqda. Chunki raqamli texnologiya imkoniyatlaridan foydalanish orqali olingan san’atshunoslik materiallarida bir qator kamchiliklar mavjud bo‘lib, ularni qo‘shimcha o‘quv kontenti sifatida qo‘llash badiiy tahlilda yetarli natija bermaydi. Freym texnologiyasini tadqiq qilishning asosiy g‘oyasi — bu vizual san’atning yangi obyektlarining badiiy o‘lchovlarini baholash bo‘yicha olingan san’atshunoslik natijalarini raqamli texnologiyalar yordamida ilmiy-pedagogik aylanishga kiritish, ta’lim jarayonida qo‘llashdan iborat. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 851 Metodika: Freym — ma’lum bir hodisaning turli jihatlarini alohida-alohida bilishga imkon beruvchi kichik kontentlarni to‘plash va saqlash funksiyasini bajaradi. “Freym” ingliz tilida “kontur”, “ramka” degan ma’noni anglatadi. Bu holda ma’lum bir chiziq yoki obyektning tuzilishini bir-biri bilan bog‘lab turuvchi konstruktiv struktura nazarda tutiladi. Bizning tadqiqotimizda freym-kontent — raqamli texnologik maqsadlarda qo‘llash uchun tayyorlanadigan, alohida ilimiy bo‘laklarga bo‘lingan san’atshunoslik materiali. Slot — internetda san’atshunoslik kontenti joylashadigan uyacha (katakcha). Freym texnologiyasi raqamli texnologiyalar bilan o‘zaro bog‘liq. Freym texnologiyasi raqamli texnologiyaning asosi sifatida ko‘riladi. Freym texnologiyasi raqamli texnologiyaga zarur bo‘lgan ilimiy materialni tayyorlaydigan birinchi bosqichdir. Freym texnologiyasining asosiy xususiyati — yangi ilmiy va san’atshunoslik materiallarini tayyorlash, normativ o‘lchamlar, prinsiplar, ta’riflar, kontentli materiallar bilan tavsiflanadi. Freym texnologiyasi ilmiy san’atshunoslik tadqiqoti natijasida yaratilgan yangi kontentga ega bo‘lishi bilan ajralib turadi. Tadqiqot natijalari: Freym tushunchasiga, freym texnologiyasiga ta’rif berildi, tavsif yaratildi, san’atshunoslik materiali o‘quv kontenti sifatida tavsiya etildi. Eng asosiysi — vizual san’at asarini freym usuli orqali tahlil qilish kontentlari tayyorlandi. Tadqiqot natijalarini tahlil qilish: Ilmiy va san’atshunoslik adabiyotlari, internet media ma’lumotlarini freym nuqtai nazaridan tahlil qilish quyidagi xulosalarni berdi: 1. Freymning asosiy mohiyati — san’atshunoslik obyekti. Obyekt biz tomondan narsa yoki hodisa sifatida tan olinadi. Freymning asosiy tamoyillari: obyekt, o‘lcham, fazo, harakat, klassifikatsiya, jarayon. Muhim ko‘rsatkich — bu vizual obyekt. Obyektning freymli idrok ko‘rsatkichi — yopiq kontur yoki ramkaning chegarasi. Freym dizayni obyektni fazo va chegara tushunchalari bilan chambarchas bog‘lab ko‘radi. Tadqiqotimizda freym obyektlari: keskin tasvir (jivopis), grafika, haykaltaroshlik, qo‘l san’ati asari, dizayn mahsuloti. Ular shakli, materiali, funksiyasi va bezaklariga ko‘ra turli usullar bilan tahlil qilinadi. 2. Freym — obyektning harakat trayektoriyasi bilan bog‘liq. U yuqori-past, o‘ng-chap yo‘nalishda harakatini, burilish burchagini tahlil qiladi. 3. Freymning asosiy tushunchalari: fazo va obyekt, fazo chegarasi, obyekt shakli, obyekt o‘lchami, obyekt harakati, obyekt materiali. 4. Freym va obraz yaratish. Freym texnologiyasi obraz yaratishning asosi hisoblanadi. Obyekt shakli, fazodagi xususiyatlari, harakat gradatsiyasi freym obrazini shakllantiradi. Monumental haykalni freym asosida tahlil qilish. Monumental haykal — bu jamoat makonida o‘rnatilgan, tarixiy voqea, shaxs yoki g‘oyaga bag‘ishlangan katta hajmli badiiy asar. Bunday obyektni o‘rganishda san’atshunoslik, tarixiy va madaniy jihatlar kompleks tarzda ko‘rib chiqiladi.Freym tadqiqoti doirasida Shimkent shahridagi “Qajimuhan haykali” namunasi: 1. Obyekt: “Qajimuhan haykali” (1996-yil, markaziy stadion maydoni). 2. Maqsad: Qozog‘iston mustaqilligi va milliy ruhini ifodalash. 3. Tahlil metodlari: formalistik tahlil (forma, kompozitsiya, material), tarixiy-madaniy tahlil (yaratilgan davr, ijtimoiy kontekst), germenevtik tahlil (g‘oya, ma’no, ruhiy mazmun). 4. Empirik material: fotosuratlar, chizmalar, guvohlar suhbatlari, rasmiy hujjatlar, ochilish marosimi, jamoatchilik fikrlari. 5. Ko‘rgazmali tahlil: haykal balandligi, hajmi, materiali, kompozitsion yechimi, fazodagi joylashuvi, arxitektura bilan uyg‘unligi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 852 6. Tarixiy va madaniy kontekst: mustaqillikdan keyingi davrda yaratilganligi, milliy ruh va tarixiy xotirani aks ettirishi. 7. Yakuniy va interpretatsion tahlil: haykal — bu milliy xotira va madaniy kod sifatida xizmat qiladi. Har bir tahlil natijasi freym-slot (uyacha)ga joylashtiriladi. Xulosa: Monumental haykalni freym texnologiyasi asosida tadqiq qilish — bu badiiy asarni ko‘p qirrali yondashuv bilan tushuntirish tizimi. U ko‘rgazmali tahlilni tarixiy, madaniy va ruhiy o‘lchamlar bilan bog‘laydi. Natijada haykal nafaqat estetik obyekt, balki milliy xotira va dunyoqarashning timsoli sifatida qaraladi. Freym texnologiyasi vizual san’at asarlarini tahlil qilish imkoniyatini kengaytiradi. Har bir tahlil bosqichi alohida freym sifatida qaraladi. “Freym uyachalari” — bu muammoning alohida aspektlarini ifodalaydi. Freym texnologiyasining ikkinchi xususiyati — bu “freymbosqich” tushunchasi. Vizual asarni tahlil qilishning har bir bosqichi freym-bosqich sifatida tan olinadi. Freym texnologiyasi natijalari raqamli texnologiya va sun’iy intellekt bazasi uchun zarur yangi kontent sifatida e’tirof etiladi. ADABIYOTLAR: 1. Колесник Н. В. Фреймовая семантика Ч. Филлмора // Язык, сознание, коммуникация: Сб. статей / Отв. ред. В. В. Красных, А. И. Изотов. М.: МАКС Пресс, 2002. Вып. 22. - 218 б. 2. Батыгин Г. С. Континуум фреймов: социологическая теория Ирвинга Гофмана // Гофман И. Анализ фреймов: эссе об организации повседневного опыта: Пер. с англ. / Под ред. Г.С. Батыгина и Л.А. Козловой; вступ. статья Г.С. Батыгина. М.: Институт социологии РАН, 2003. -108 б. 3. Ералин Қ.Е. Өнертанымдық даярлық. Алматы, Эверо, 2017 -120 б. 4. Тастемирова М.М., Ералин Қ.Е. Сәндік бейнелеу шығармаларын цифрлық технологиялар арқылы талдау құзыреттілігін арттыру.// ”Заманауи білім берудегі педагогикалық ізденістер ІІІ ” атты халықаралық ғылыми-практикалық конференцияның мақалалар жинағы ІІ бөлім. Шымкент-Стамбул “Тәрбие” педагогикалық журнал 9, 2025, 222 б. 811 б. ISBN 9965544 -220. 5. http,,://ru.wikipedia.org,/wiki/ Freym)