scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK TILIDA FE'L NISBAT SHAKLLARINING QO'LLANISH DARAJASI ANIQLASH

Nasirdinova Oydinniso Dagarovna

Full text

11 O‘ZBEK TILIDA FE’L NISBAT SHAKLLARINING QO‘LLANISH DARAJASI ANIQLASH Nasirdinova Oydinniso Dagarovna ToshDO‘TAU tayanch doktoranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17441009 Annotatsiya. O‘zbek tilida fe’l nisbat shakllarining qo‘llanish darajasini aniqlash ularning aniq miqdoriy-statistik tadqiqi natijasida faol-nofaollik belgisiga ko‘ra darajalanishni yuzaga chiqaradi. Nisbat shakllari nutqda faollik darajasiga ko‘ra barcha umumiy fe’l kategorial shakllari ichida va faqat nisbat affikslararo darajalanadi. Nisbat shakllarida uchrovchi omonimlik va fe’l morfemik tuzilishi lingvostatistik jarayonda ba’zi murakkabliklarni yuzaga chiqaradi. Kalit so‘zlar: fe’l, nisbat shakllari, aniq nisbat, o‘zlik nisbat, orttirma nisbat, birgalik nisbat, darajalanish, lingvostatistika. Abstract. Determining the degree of use of verb voice forms in the Uzbek language, as a result of their precise quantitative-statistical study, gives rise to gradation according to the active-inactive feature. Forms of voice are graded within all general categorical forms of verbs and only between voice affixes according to the degree of activity in speech. Homonymy and the morphemic structure of the verb in the forms of voice create some difficulties in the linguostatistical process. Keywords: verb, voice forms, direct voice, reflexive voice, reciprocal voice, reciprocal voice, gradation, linguostatistics. O‘zbek tilida fe’l so‘z turkumining salmoqdor lug‘aviy kategorial shakllaridan biri nisbat shakllaridir. Fe’l so‘z turkumi miqyosida nisbat shakllarining qo‘llanish darajasini aniqlash hozirgi o‘zbek tili grammatikasi, funksional lingvistika va korpus tilshunosligida kesishgan dolzarb mavzu hisoblanadi. “Nisbat kategoriyasi harakatning subyekt (bajaruvchi)ga munosabatini ifodalaydi. Bu munosabat maxsus grammatik shakl bilan yuzaga chiqadi. Nisbat kategoriyasi fe’lning bo‘sh subyekt valentligini to‘ldirib, muayyanlashtirib uni nutqqa moslaydi.” 1 O‘zbek tilida fe’lga oid 100 ga yaqin kategorial morfologik shakllar bo‘lib, nisbat shakllari umumiy qo‘shimchalarning 30 % – 29 tani tashkil etadi. Nisbat shakllarining besh turi – aniq, o‘zlik, majhul, orttirma va birgalik nisbat shakllari ham o‘z ichida shu turga mansub affikslarning miqdoriga ko‘ra farqlanadi: 1 Сайфуллаева Р.Р., Менглиев Б.Р., Боқиева Г.Ҳ., Қурбонова М.М., Юнусова З.Қ., Абузалова М.Қ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Ўқув қўлланма. – Тошкент, 2009. 251-б. 12 Nisbat kategoriyasi Nisbat qo‘shimchalari Nisbat qo‘shimchalarining miqdori 1 Aniq nisbat (0)nol shakl - 2 O‘zlik nisbat -n (burkanmoq), -in (kiyinmoq), -l (chayqalmoq), -il (cho‘zilmoq), kammahsul -sh (joylashmoq), -ish (qizishmoq) 6 3 Mahjul nisbat -n (saylanmoq), -in (qilinmoq), -l (buralmoq), -il (ijro etilmoq) 4 4 Orttirma nisbat -t (o‘qitmoq), -it (qo‘rqitmoq), -tir (kuttirmoq), -dir (kuldirmoq), -sat (ko‘rsatmoq), -ar (chiqarmoq), -ir (pishirmoq), -iz (tomizmoq), - az (chiqazmoq), -kaz (o‘tkazmoq), -kiz (bitkizmoq) -gaz (yurgaz), -qaz (tutqazmoq), -g‘az (turg‘azmoq), -qiz (yutqizmoq), -giz (kirgizmoq), -g‘iz (turg‘izmoq) 17 5 Birgalik nisbat -sh (o‘qishmoq), -ish (kulishmoq) 2 Jami: 29 Aniq nisbat muayyan shaklga ega emas, o‘zlik va majhul nisbat shakllari o‘zaro shakldosh, orttirma nisbat qo‘shimchalarining variant va invariant shakllari eng ko‘p, birgalik nisbat shakllari ham fe’lga xos harakat nomi shakllari bilan omonim munosabatdaligi bilan birlamchi grammatik xususiyatlarini namoyon etadi. Nisbat shakllarining nutqdagi faol va nofaolligini aniqlash uchun maxsus korpus asosida lingvostatistik tahlil qilinishi maqsadga muvofiq, boisi “til birliklarining nutqda qo‘llanish darajasi ularning faol yoki nofaollik belgilarini aniqlashtiradi”. 2 Bir million so‘zdan ortiq matnlarning jamlanmasi asosida yaratilgan O‘zFe’lKorpus orqali chastotasi aniqlanayotgan shakllar bilan ishlashda bir qancha murakkabliklar ham yuzaga chiqadi: 1) Nisbat shakllarining omonimligi. O‘zlik va majhul nisbatga oid -n(-in), -l(-il) qo‘shimchalari o‘zaro omonim bo‘lib, ular barcha fe’llarga ham qo‘shilavermaydi. Chastotasi aniqlanishdan oldin ular qo‘shila oladigan alohida fe’llar ro‘yxati tuziladi. Ayrim shakllarga har ikkala nisbat qo‘shimchalari ham qo‘shiladi (bo‘g‘ildi, bosildi, siqildi, buzildi) ularni qaysi nisbatga mansubligi korpusdagi matnlarni birma-bir ko‘zdan kechirish natijasida aniqlashadi. O‘zlik nisbatga mansub -sh (-ish) affikslari 2 Nasirdinova O. Lingvostatistika va fanlar integratsiyasi // O‘zbek filologiyasi: muammo va yechimlar mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani. – Toshkent, 2025. 31-b. 13 miqdoran kam bo‘lsa-da (joylashmoq, o‘ralashmoq, tishlashmoq, bo‘shashmoq, qatnashmoq kabi), birgalik nisbat shakllari bilan bir nutqiy voqelanishga uchraydi, ularni ham ajratish uchun matnlar alohida ko‘rib chiqiladi. Birgalik nisbat qo‘shimchalari -sh (-ish) bilan harakat nomi affikslari shakldoshlik hosil qilishi statistik jarayonni sekinlashtiruvchi omillardan bo‘lib, “fe’l +nisbat shakli + (-di)” strukturasi orqali saralangan fe’llarning barchasiga harakat nomi shakllari qo‘shiladi, ammo birgalik nisbat shakllari bundan mustasno. 2) Fe’l morfemik tarkibining murakkabligi. Murakkab so‘z yasovchilar orqali hosil bo‘lgan fe’llarga ayrim nisbat shakllari qo‘shilgan holatda o‘zbek tilining izohli lug‘atida mavjud. Ularni saralangan tanlanma ro‘yxatdan olib tashlash yoki ikki marta nisbat shakllarini qo‘shib ko‘rish ham bahsli jarayon. Ayrim fe’llar orttirma nisbat qo‘shimchalarisiz majhul nisbat affikslarini qabul qilmaydi, bular, asosan, - lash affiksi bilan yasalgan fe’llardir: aktivlashtirildi, industriyalashtirildi, eritildi, ijtimoiylashtirildi, ekranlashtirildi, avtomatlashtirildi, elektrlashtirildi, biriktirildi, ilohiylashtirildi – O‘TILdagi ba’zi fe’llar orttirma nisbat shaklida ham berilishiga sabab shu bo‘lishi mumkin. Bu haqida Sh.Shahobiddinova shunbay fikr yuritadi: “Nisbat ma’nosida lug‘aviy jihatning mavjudligi, to‘g‘rirog‘i, boshqa kategoriyalarga nisbatan kuchliligi (ya’ni lug‘aviy jihat boshqa grammatik-morfologik kategoriyalarda ham, shubhasiz, mavjud) uning ushbu jihatiga alohida e’tibor zarurligini ko‘rsatadi” 3 . Nisbat shakllararo ichki darajalanishida nutq uslublaridagi taqsimoti ham turlicha bo‘lib, statistik natijalarga ko‘ra “fe’l +nisbat shakli + (-di)” strukturasida o‘zlik nisbatda -il shakl badiiy uslubda eng faol, rasmiy uslubda nofaol shakl sifatida nutqda voqelanadi. Majhul nisbat shakllari orasida ham -il shakli ilmiy uslubda eng faol, rasmiy uslubda esa nofaol hisoblanadi. Ayrim morfologik birliklarning nutqdagi darajalanishi qaysi morfologik struktura qolipida chastotasini aiqlashga ham bog‘liq. Majhul nisbatning -il shakli “fe’l+nisbat shakli+(-sin)” qolipida olinsa, rasmiy uslubda eng faol ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. Demak, o‘zbek tilida nisbat shakllarining darajasini aniqlashdagi ayrim murakkabliklar o‘zbek tilining morfologik jihatdan murakkab agglyunativ til ekanli uchun ham kelib chiqadi. Shuning uchun ham so‘zlar kabi morfologik shakllar grammatik, lug‘aviy ma’nolar qurshovida alohida, sinchkovlik bilan tadqiq etiluvchi birliklardir. Ayni shu xususiyat nisbat shakllarini sifat va miqdoriy tahlillarida e’tiborga molik jihatdir. 3 Шаҳобиддиинова Ш.Ҳ. Умумийлик ва хусусийлик диалектикаси ҳамда унинг ўзбек тили морфологиясида акс зтшшши. Филол. фанл. докт. ... дисс. автореф. -Т., 2001. -31-6. 14 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Musulmonova N. Grammatik shakllarda kategorial, yondosh va hamroh ma’no (zamon va mayl kategoriyalari asosida): Filol. fanlari nomzodi…dis. – Toshkent, 2007. – 103 b. 2. Nasirdinova O. Lingvostatistika va fanlar integratsiyasi // O‘zbek filologiyasi: muammo va yechimlar mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani. – Toshkent, 2025. 30 – 33-b. 3. Suleymanova K. Morfologik birliklar sistemasida nisbat kategoriyasining o‘rni. F.f.n. avtoreferat. – Farg‘ona, 2004. 4. Сайфуллаева Р.Р., Менглиев Б.Р., Боқиева Г.Ҳ., Қурбонова М.М., Юнусова З.Қ., Абузалова М.Қ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Ўқув қўлланма. – Тошкент, 2009. – 391 б. 5. Шаҳобиддинова Ш.Ҳ. Умумийлик ва хусусийлик диалектикаси ҳамда унинг ўзбек тили морфологиясида акс зтшшши. Филол. фанл. докт. ... дисс. автореф. -Т., 2001. – 50 б.