scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MODA VA DIZAYN TARAQQIYOTI, INSON QOMATIDAGI LIBOSLARDA ILLYUZIYALLARNING QO'LLANILISHI

Kenjayeva Umida Rajabovna

Abstract

Ushbu maqolada moda va dizayn taraqqiyotida inson qomatiga mos liboslar yaratishda illyuziya elementlarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Liboslarda siluet, rang, kolorit hamda material fakturasi orqali yaratilgan illyuziyalar inson qomatini estetik jihatdan uyg‘un va jozibador ko‘rsatishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada moda rivojlanish bosqichlari, milliy va jahon dizaynida illyuziyadan foydalanish tajribalari hamda zamonaviy texnologiyalar – 3D-print, raqamli moda va virtual fitting orqali yaratilayotgan illyuziya usullari yoritilgan. Shuningdek, illyuziyaning ijtimoiy va psixologiya jihatlari, insonning o‘z qomatiga bo‘lgan munosabatini shakllantirishdagi ahamiyati muhokama qilingan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 885 MODA VA DIZAYN TARAQQIYOTI, INSON QOMATIDAGI LIBOSLARDA ILLYUZIYALLARNING QO‘LLANILISHI Kenjayeva Umida Rajabovna Navoiy davlat universiteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17441091 Annotatsiya. Ushbu maqolada moda va dizayn taraqqiyotida inson qomatiga mos liboslar yaratishda illyuziya elementlarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Liboslarda siluet, rang, kolorit hamda material fakturasi orqali yaratilgan illyuziyalar inson qomatini estetik jihatdan uyg‘un va jozibador ko‘rsatishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada moda rivojlanish bosqichlari, milliy va jahon dizaynida illyuziyadan foydalanish tajribalari hamda zamonaviy texnologiyalar – 3D-print, raqamli moda va virtual fitting orqali yaratilayotgan illyuziya usullari yoritilgan. Shuningdek, illyuziyaning ijtimoiy va psixologiya jihatlari, insonning o‘z qomatiga bo‘lgan munosabatini shakllantirishdagi ahamiyati muhokama qilingan. Kalit so‘zlar: moda, dizayn, qomat, libos, illyuziya, siluet, rang, kolorit, estetika, psixologiya, zamonaviy texnologiya. Kirish Bugungi kunda butun jahonda moda va dizayn inson hayotining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, nafaqat estetik qiymat, balki ijtimoiy va ma’naviy ahamiyatga ham ega ekanligini inkor etib bo‘lmaydi. Chunonchi, libos inson qomatini to‘g‘ri aks ettirishi, shaxsiy did va madaniy qadriyatlarni ifoda etishi bilan birga, illyuziya elementlari yordamida qomatni yanada chiroyli va uyg‘un ko‘rsatish imkoniyatini ham berishi amaliyotda o‘z tasdig‘ini topgan. Illyuziyalar – siluet, rang, kolorit va faktura orqali insonning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish usuli sifatida moda va dizaynda muhim o‘rin tutadi. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoev ta’kidlaganidek: – “Milliy va zamonaviy madaniyat uyg‘unligi – xalqimizning ma’naviy taraqqiyoti asosidir”. Bu fikrdan kelib chiqib aytish joizki, milliy dizayn an’analarini zamonaviy illyuziya elementlari bilan uyg‘unlashtirish, nafaqat moda sanoati rivoji, balki yosh avlodning estetik tarbiyasi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Moda va dizayn sohasida illyuziyalardan foydalanishning zaruriyat hamda dolzarbligi quyidagi jihatlarda namoyon bo‘ladi: – inson qomatini estetik jihatdan uyg‘un ko‘rsatish; – zamonaviy texnologiyalar (3D-print, raqamli moda, virtual fitting) orqali illyuziya yaratish imkoniyatlarini kengaytirish; – milliy liboslarda illyuziya elementlaridan samarali foydalanish orqali milliy qadriyatlarni saqlab qolish; – yosh avlodning kiyinish odobiga oid tarbiyasi va estetik madaniyatini yuksaltirish. Shu boisdan ushbu mavzuda ilmiy tahlil va izlanish olib borish, moda va dizayn taraqqiyotida illyuziya elementlarining o‘rni va ahamiyatini chuqur o‘rganish dolzarb vazifalar sirasiga kiradi deb aytish mumkin bo‘ladi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 886 Shuni aytish joizki, moda va dizaynda illyuziya elementlari masalasi jahon va milliy tadqiqotlarda turli yo‘nalishlarda o‘rganilgan. Ayniqsa, moda tarixi, kostyumshunoslik va psixologiya sohalarida illyuziyaning inson qomatiga ta’siri keng tahlil etilgan. Shuningdek, jahon modasida XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, ko‘plab dizaynerlar inson qomatini turli yo‘nalishlarda namoyon qilish maqsadida siluet va rang orqali yaratilgan illyuziyalarga murojaat qilgan. Masalan, Kristian Diorning “New Look” uslubi ayol qomatida belni ingichka va yubkani keng ko‘rsatish orqali ayollik jozibasini oshirishga yo‘naltirilgan. Koko SHanel esa rang va soddalik orqali qomatga tabiiy uyg‘unlik beruvchi uslubni ilgari surgan. Shu bilan birga, ilmiy adabiyotlarda illyuziyalar nafaqat estetik, balki psixologiya va ijtimoiy jihatdan ham tadqiq etilgan. Masalan, optik illyuziya insonning tashqi ko‘rinish haqidagi sub’ektiv idrokini o‘zgartirishi haqida psixologiya yo‘nalishida keng fikrlar bayon etilgan. O‘z o‘rnida, Milliy dizaynda ham illyuziya elementlari o‘ziga xos yo‘sinda qo‘llanilib kelinayotganini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, o‘zbek milliy liboslarida uzun yo‘l-yo‘l gullar inson qomatini uzun ko‘rsatsa, keng ornamentlar yoki yarqin ranglar tantanavorlik va kenglik illyuziyasini uyg‘otgan. Bu borada yaratilgan milliy liboslarimiz nafaqat madaniy meros, balki illyuziya san’atida ham muhim manba sifatida xizmat qiladi. Zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda esa illyuziya texnologiya bilan uyg‘un holda o‘rganilmoqda. Xususan, virtual moda dasturlari, 3D modellashtirish va raqamli dizayn orqali inson qomatiga mos libos illyuziyalarini yaratish imkoniyatlari tobora kengaymoqda. Shu bilan birga, O‘zbekistonda ham moda va dizayn sohasida illyuziya elementlari tadqiq etilmoqda. So‘nggi yillarda madaniy meros va milliy liboslarimizni zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashtirish masalasi qator olimlar, dizaynerlar va tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida o‘z ifodasini topmoqda. Modaning o‘ziga xos taraqqiyot bosqichlari mavjud va bu xususida qo‘yida to‘xtalib o‘tsak: – moda insoniyat madaniy rivojlanishining ajralmas qismi sifatida qadimiy davrlardan buyon shakllanib kelgan. U insonning nafaqat tashqi ko‘rinishini bezash, balki uning ijtimoiy maqomi, estetik didi va madaniy mansubligini ifoda etuvchi vosita bo‘lib xizmat qilgan; – qadimgi davrlarda libos, avvalo, amaliyot va himoya maqsadida yaratilgan bo‘lsa-da, ornament va rang uyg‘unligi orqali illyuziya elementlari ham paydo bo‘lgan. Masalan, Sharq mamlakatlaridagi ipak matolar yorqin rang va naqshlari orqali inson qomatiga tantanavorlik qo‘shgan; – o‘rta asrlarda yevropa modasida qomatni sun’iy ravishda o‘zgartirish maqsadida turli xil illyuziyalar qo‘llanilgan. Korsetlar belni ingichka ko‘rsatish, keng yubkalar esa qomatni tantanavor va ta’sirli namoyon qilish uchun xizmat qilgan. Bu davrda illyuziya nafaqat estetik, balki ijtimoiy maqom belgisi sifatida ham ahamiyat kasb etgan; – XIX asrda sanoat inqilobi moda va dizayn rivojiga katta turtki berdi. Yangi matolar, tezkor ishlab chiqarish jarayonlari paydo bo‘lib, liboslarda turli illyuziyalar yaratish imkoniyatlari kengaydi. Bu davrdagi asosiy xususiyat – inson qomatiga uyg‘unlik berish va uni estetik jihatdan ideallashtirish bo‘lgan; – XX asr modasi jahon dizaynerlarining kreativ g‘oyalari bilan boyidi. Kristian Dior, Koko Shanel, Iv Sen-Loran kabi dizaynerlar inson qomatidagi illyuziyalarni yangicha talqin INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 887 qilishdi. Masalan, Diorning “New Look” uslubi belning ingichkaligini ta’kidlasa, Shanel soddalik va tabiiylik orqali qomatda uyg‘unlik illyuziyasini yaratdi; – zamonaviy davrda esa modada innovatsion texnologiyalar muhim o‘rin tuta boshladi. 3D-printer orqali yaratilgan liboslar, raqamli dizayn va virtual fitting dasturlari inson qomatiga mos illyuziyalarni yanada samarali va aniqroq shakllantirish imkoniyatini bermoqda. Shu bilan birga, milliy dizayn an’analarini zamonaviy texnologiya bilan uyg‘unlashtirish orqali moda sohasi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Illyuziya turlari va ularning inson qomatiga ta’siri borasida qo‘yidagi faktorlarni sanab o‘tsak. Moda va dizaynda illyuziya elementlari inson qomatidagi kamchiliklarni berkitish, afzal jihatlarni esa alohida namoyon etishda muhim vosita hisoblanadi. Illyuziyalar turli usullar orqali shakllanadi: siluet, rang, kolorit va faktura. Siluet orqali illyuziyalar: – siluet inson qomatidagi asosiy shaklni belgilaydi; – uzun va tikis siluetlar qomatni uzun va ingichka ko‘rsatadi; – keng siluetlar qomatni salmoqdor va ta’sirli namoyon qiladi; – bel qismiga o‘tkir shakl berish (korset, kamar) belni ingichka ko‘rsatadi. Rang va kolorit orqali illyuziyalar: – ranglar inson idrokiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi; – qora, qo‘ng‘ir, ko‘k kabi to‘q ranglar qomatni ozg‘in ko‘rsatadi; – yorug‘ va och ranglar qomatni to‘laroq namoyon qiladi; – vertikal yo‘l-yo‘l naqshlar qomatni uzun ko‘rsatsa, gorizontal yo‘l-yo‘l naqshlar esa kenglik illyuziyasini hosil qiladi. Material va faktura orqali illyuziyalar: – matoning tuzilishi va fakturasi ham inson qomatiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi; – yupqa va silliq matolar qomatni ozg‘in va uyg‘un ko‘rsatadi; – qalin va g‘uborli fakturalar qomatni salmoqdor qilib ko‘rsatishi mumkin; – yorug‘likni aks ettiruvchi matolar esa diqqatni ma’lum joyga qaratgan holda qomatdagi ayrim jihatlarni kuchaytiradi. Ornament va naqsh orqali illyuziyalar: – katta gullar va yirik naqshlar qomatni salmoqdor ko‘rsatadi; – kichik gullar va mayda naqshlar qomatni ozg‘in ko‘rsatishi mumkin; – yo‘l-yo‘l va geometrik shakllar qomatning turli qismlarida chiroyli illyuziya hosil qiladi. Shuni aytish kerakki, illyuziya turlari inson qomatidagi estetik uyg‘unlikni ta’minlash bilan birga, shaxsiy did va zamonaviy uslubni namoyon qilish imkonini ham beradi. Shu jihatdan qaraganda dizayn nazariyasi va amaliyotida katta ahamiyatga ega. Zamonaviy texnologiyalar asosida illyuziyalarni yaratish XXI asr moda va dizayn sohasi uchun yangi davrni boshlab berdi desak xato bo‘lmaydi. Innovatsion texnologiyalar orqali inson qomatiga mos va estetik jihatdan uyg‘un illyuziyalarni yaratish imkoniyatlari kengaydi va jadal rivoj topmoqda. Qo‘yida bu texnologiyalar asosida amalga oshiraladigan ishlar xususida to‘xtalamiz: – 3D-print texnologiyasi: – bu texnologiya yordamida individual qomat o‘lchamlariga mos liboslar yaratish mumkin. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 888 Bu usulda libosga turli geometrik shakllar va optik illyuziya elementlarini kiritish orqali qomatga vizual o‘zgarishlar berish imkoniyati mavjud. Masalan, 3D-print orqali chop etilgan to‘rsimon detallar belni ingichka, yelkani esa keng ko‘rsatishi mumkin. – Raqamli moda (digital fashion): – zamonaviy raqamli texnologiyalar orqali virtual muhitda turli illyuziya variantlari sinovdan o‘tkaziladi. Dizaynerlar raqamli modellarda rang, naqsh va siluet orqali hosil bo‘ladigan illyuziyalarni ko‘rib chiqib, eng optimal variantni tanlaydi. Bu jarayon material va vaqt tejash imkonini ham beradi. – Virtual fitting (virtual kiyib ko‘rish): – virtual fitting dasturlari orqali xaridor o‘z qomatiga mos libosni oldindan ko‘rib chiqishi mumkin. Bunda qomatdagi illyuziya elementlari (uzun ko‘rinish, ozg‘in ko‘rinish, rang uyg‘unligi) aniq namoyon bo‘ladi. Bu texnologiya moda bozorida individual xizmat ko‘rsatish imkoniyatini oshirmoqda. – Innovatsion matolar: – nurni aks ettiruvchi yoki shaklini o‘zgartiruvchi intellektual matolar orqali illyuziya elementlari yaratish mumkin. Masalan, maxsus datchikli matolar qomat harakatiga mos ravishda o‘z shaklini o‘zgartiradi va yangi illyuziya uyg‘otadi. Demak, zamonaviy texnologiyalar illyuziyalarni nafaqat estetik, balki funksional jihatdan ham samarali qo‘llash imkonini bermoqda. Bu jarayon moda va dizayn taraqqiyotining yangi bosqichi sifatida qaralashi lozim. Xulosa qilib aytganda, moda va dizayn taraqqiyoti nafaqat estetik did va nafosatni yuksaltirishda, balki inson ongi va ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega. Liboslarda illyuziya vositalaridan foydalanish inson qomatidagi tabiiy proporsiyalarni uyg‘unlashtirib, har bir shaxsning o‘ziga xos jihatlarini namoyon qiladi. Zamonaviy texnologiya va innovatsiyalarning jadal rivojlanishi natijasida dizayn sohasida yangi imkoniyatlar paydo bo‘lib, milliy meros va an’anaviy uslublar ham zamonaviylik bilan uyg‘unlashmoqda. Shu bois, illyuziya usullaridan oqilona foydalanish nafaqat estetik go‘zallikni ta’minlaydi, balki insonning ichki dunyosiga ham musbat ta’sir ko‘rsatadi. Kelgusida bu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlar moda va dizayn sohasi rivojiga, milliy qadriyatlarimizni asrabavaylash va zamon talablariga mos ravishda boyitishga xizmat qilishi shubhasiz. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev. “YAngi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”. – T.: O‘zbekiston, 2022. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi “Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 3. Ibragimov A. Dizayn nazariyasi va amaliyoti. – T.: “Fan va texnologiya”, 2019. 4. Raxmatullayeva D. Moda psixologiyasi. – T.: “Tafakkur”, 2021. 5. Karimova N. Milliy liboslar estetikasi. – T.: “O‘zbekiston san’ati”, 2020. 6. Barnard, M. Fashion as Communication. – Routledge, 2014. 7. Kawamura, Y. Fashion-ology: An Introduction to Fashion Studies. – Berg Publishers, 2018. 8. Hollander, A. Seeing Through Clothes. – University of California Press, 1993. 9. Sorger, R., Udale, J. The Fundamentals of Fashion Design. – Bloomsbury Publishing, 2017. 10. Quinn, B. The Fashion of Architecture. – Berg Publishers, 2010. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 889 11. Шавдиров С. А. Подготовка будущих учителей к исследовательской деятельности //Педагогическое образование и наука. – 2017. – №. 2. – С. 109-110. 12. Ibraimov X., Shovdirov S. Theoretical Principles of The Formation of Study Competencies Regarding Art Literacy in Students //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B10. – С. 192-198. 13. Shavdirov S. A. Selection Criteria of Training Methods in Design Fine Arts Lessons //Eastern European Scientific Journal. – 2017. – №. 1. – С. 131-134. 14. Shovdirov S. Analyzing the sources and consequences of atmospheric pollution: A case study of the Navoi region //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 587. – С. 02016. 15. Shavdirov S. Method of organization of classes in higher education institutions using flipped classroom technology //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing LLC, 2025. – Т. 3268. – №. 1. – С. 070035. 16. Шавдиров С. А. Ўқувчиларда тасвирий саводхонликка оид ўқув компетенцияларини шакллантиришнинг педагогик-психологик жиҳатлари //Современное образование (Узбекистан). – 2017. – №. 6. – С. 15-21. 17. Baymetov B. B., Shovdirov S. A. Methods of Organizing Practical and Theoretical Classes for Students in The Process of Teaching Fine Arts //International Journal on Integrated Education. – 2023. – Т. 4. – №. 3. – С. 60-66. 18. Shovdirov S. TASVIRIY SAVODXONLIKKA OID O ‘QUV KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA O ‘QUVCHILARNI MANTIQIY VA ABSTRAKT FIKRLASHGA O ‘RGATISH //Евразийский журнал академических исследований. – 2023. – Т. 3. – №. 12. – С. 193-196.