scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DIALOGIK NUTQ TARKIBIDAGI NUTQIY AKTLAR NAZARIYASIGA ILMIY ASOSIY YONDASHUVLAR

Jumayeva Mohinur Jabbor Qizi

Full text

38 DIALOGIK NUTQ TARKIBIDAGI NUTQIY AKTLAR NAZARIYASIGA ILMIY ASOSIY YONDASHUVLAR Jumayeva Mohinur Jabbor Qizi 1-ixtisoslashgan maktab o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17441095 Annotatsiya: Ushbu maqola dialogik tarzda bayon etilgan nutqning nutqiy aktlar nazariyasi va sotsiopragmatik tahliliga ilmiy asoslangan. Ushbu nazariyaning pragmatik, diskursiv va kognitiv yondoshuvlari adabiy matnlar orqali tahlil qilinadi. Badiiy asarlar orqali nutqiy aktlarning qanday tarzda voqelikni ifoda etishi, ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishi va emotsional-psixologik holatni anglatishi ilmiy asosda ochib beriladi. Kalit so‘zlar: performativ akt, lokutsion akt, illokutsion akt, perlokutsion akt, pragmatika, dialog. Abstract: This article is scientifically based on the theory of speech acts and sociopragmatic analysis of dialogically presented speech. The pragmatic, discursive, and cognitive approaches of this theory are analyzed through literary texts. Through works of art, it is scientifically revealed how speech acts express reality, form social relations, and express an emotional-psychological state. Keywords: performative act, locutionary act, illocutionary act, perlocutionary act, pragmatics, dialogue. Nutqiy aktlar nazariyasi tilshunoslik, mantiq va falsafa sohalarida tilning faqat ma’lumot yetkazish vositasi emas, balki ijtimoiy harakat shakli ekanligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, dialogik nutqda nutqiy aktlarning o‘rni katta bo‘lib, bu nuqtai nazardan ularni chuqur o‘rganmoq zarur. Dialogik nutq ikki yoki undan ortiq sub’yektlarning o‘zaro muloqoti bo‘lib, unda nutqiy aktlar uzviy bog‘langan zanjir hosil qiladi. Har bir akt avvalgisiga javob sifatida, unga ta’sir qilib yoki undan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Shu bois, dialogik nutqni o‘rganishda nutqiy aktlarni faqat alohida holatda emas, balki ularning o‘zaro bog‘liqligi va kontekstdagi roli bilan o‘rganish talab etiladi. Shuningdek, dialogik nutqda nutqiy aktlarning bajarilishida kontekst, tinglovchining kutilgan reaksiyasi va ijtimoiy normalar katta ahamiyat kasb etadi. Dastavval nutqiy aktlar nazariyasining paydo bo‘lishi va asosiy tushunchalariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, nutqiy aktlar nazariyasi ingliz faylasufi J.L. Austin tomonidan 1950-yilda shakllangan bo‘lib, uning “How to do things with words” asarida nutq orqali bajariladigan amallarni tahlil qilgan. Austinning fikricha, gap faqat ma’lumot bermaydi, balki gap orqali harakat amalga oshiriladi. U uch turdagi nutqiy aktlarni ajratadi: lokutsion (so‘zlash akti), illokutsion (gap orqali bajarilayotgan niyat), hamda perlokutsion (tinglovchiga ta’sir). 39 Keyinchalik, John Searle nutqiy aktlar nazariyasini rivojlantirib, illokutsion aktlarni to‘rt asosiy turga ajratadi: assertiv(tasdiqlovchi akt), direktiv(buyruq, ko‘rsatma akti), komissiv(majburiyat akti), ekspressiv(hissiy akt) hamda deklarativ(bayon akti) aktlar. Ushbu yondashuvlar nutq harakatlarining ijtimoiy va mantiqiy tuzilishini o‘rganishga imkon yaratadi. Ostin nutqni harakat deb qaraydi: “Gapirish bu so‘z bilan ish qilish ”. Har bir gapning orqasida niyat (illokutsiya ) va ta’sir (perlokutsiya) bo‘ladi. Masalan: -“ Otaxon bordingizmi?” -“Yo‘q borolmadim, ammo kim boribdi, bilar edim” (A.Qodiriy “O‘tgan kunlar ”) Bu dialogda birinchi gap savol ko‘rinishidagi direktiv aktdir. U orqali Kumush otaxonning harakatga oid xabarini bilmoqchi. Ikkinchi gap illokutsion akt bo‘lib, gapiruvchi o‘zini oqlashga urinmoqda. Unga ergashgan perlokutsioon akt esa tinglovchiga xotirjamlik yoki qoniqish ta’sir qilishini maqsad qilgan. Pragmatik yondoshuvda gap faqat so‘zlar bilan emas, balki aytilgan joy, vaqt, sharoit va niyat bilan baholanadi. Masalan: -“Sulton siz bu kechani unutmaysiz!” dedi shahzoda. (P.Qodirov “Yulduzli tunlar”). Bu gap illokutsion akt sifatida qaraladi. Shahzoda Sultonbekni emotsional jihatdan ta’sirlantirishni ko‘zlaydi. Gapning semantik mazmuni bir qarashda oddiydek tuyulsa-da, pragmatik tahlil shuni ko‘rsatadiki, bu replika bilan shahzoda o‘z histuyg‘ularini, yaqinlik va ogohlantirish ohangida bildiradi. Kontekst (sirli va xavfli kecha) bu nutqiy akt mazmunini kengaytiradi. Diskursiv yondoshuv: muloqotdagi ketma-ketlik va bog‘liqlik faziyatlarini yoritib beradi. Diskursiv yondoshuvga ko‘ra, nutqiy aktlar bir-biriga zanjir sifatida bog‘langan. Har bir replikaga javoban keladigan keyingi replikalar ma’no jihatidan tugal bir muloqot hosil qiladi. Masalan: - Nega keldingiz? - Sizni ko‘rgim keldi. (Cho‘lpon “Kecha va kunduz”) Bu yerda birinchi gap shubha va ehtiros aralash savol (direktiv) aktdir. Javob esa ekspressive akt bo‘lib ichki tuyg‘ularni ifoda etadi. Ushbu ikki replika o‘zaro bog‘langan va muloqotdagi ijtimoiy munosabatlar (masofa, hurmat, intilish) haqida ma’lumot beradi. Bunday ketma-ketliklar diskursiv tuzilmani tashkil qiladi. Kognitiv yondoshuv: nutqiy niyat va ongli strategiyalarni hosil qiladi. Kognitiv yondoshuvda gapiruvchining fikrlash tarziga, tajribasiga va psixologik holatiga e’tibor qaratiladi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, nutqiy aktlar subyektiv ong asosida vujudga keladi. Masalan: - “Men bilaman, otam meni eslaydi, qidiradi, topadi…” (S.Ahmad “Ufq”) 40 Bu monologik gap aslida ichki dialog bo‘lib xizmat qilgan. So‘zlovchi o‘zini ijobiy fikrlar bilan ruhlantiradi. Bu yerda u komissiv aktlar orqali o‘zini ruhiy barqaroq tutishga harakat qilmoqda. Gapiruvchining nutqi tafakkur, his-tuyg‘u va ishonch bilan bog‘langan. Xulosa qiladigan bo‘lsak, dialogik nutqdagi nutqiy aktlar nazariyasi inson muloqotidagi semantik va pragmatik qatlamlarni tahlil qilish imkonini beradi. Badiiy adabiyotdagi real kontekstlar, xarakterlararo munosabatlar va ichki psixologik holatlar nutqiy aktlar orqali o‘z ifodasini topadi. Ushbu maqolada ko‘rib chiqilgan Ostin va Searle modellari, hamda zamonaviy pragmatik, diskursiv va kognitiv yondoshuv badiiy matnlar asosida isbotlandi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Bakhtin, 1981,The Dialogic Imagination 2. Levinson, 1983, Pragmatics 3. Austin, 1962, How to do things with word 4. Searle, 1969, Speech Acts: An Essay in the Philosophy of Language 5. Wang, 2006 6. Kesckes, 2010