scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA HOLAT FE'LLARINI KOMPYUTER LINGVISTIKASI ASOSIDA O'RGANISH

Shamsiddinova L.S.

Full text

41 O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA HOLAT FE’LLARINI KOMPYUTER LINGVISTIKASI ASOSIDA O‘RGANISH Shamsiddinova L.S., Qarshi DU DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17441107 Annotatsiya: Til va nutq dialektik munosabatida so‘z yetakchi o‘rinni egallaydi. Binobarin, muayyan sistemani hosil qiluvchi til va nutq birligi bo‘lgan so‘zning eng muhim tomoni uning muayyan narsa – predmet, voqea, hodisa-jarayon kabilarni ifoda etuvchi ma’no tomonidir. Shunga ko‘ra o‘zbek tilshunosligida, ayniqsa, XX asrning o‘rtalaridan boshlab so‘zga, so‘z ma’nosiga, uni tadqiq qilishga diqqat-e’tibor ancha kuchaydi. Ayni jarayonda, ayniqsa, fe’l so‘zlar, ularning ma’nosi, gapdagi o‘rni, gapni tashkil qilishdagi ahamiyati kabilar bilan bog‘liq qator tadqiqotlar maydonga keldi. Tadqiqqa tortilgan mavzuda ham holat anglatuvchi fe’lning davomli holat, malaka holati, ijro holati turlari tahlil qilindi. Kalit so‘zlar: holat fe’llari, davomli holat, malaka holati, ijro holati. Abstract: In the dialectical relation of language and speech, the word occupies a leading place. Therefore, the most important side of the word, which is the unity of language and speech forming a certain system, is its semantic side, expressing a certain thing – an object, an event, a phenomenon-a process. Accordingly, in Uzbek linguistics, especially since the middle of the 20th century, attention to the word, the meaning of the word, and its study has significantly increased. In this process, a number of studies have entered the arena, especially with regard to verb words, their meaning, their place in a sentence, and their importance in sentence organization. In the topic covered in the study, the types of continuous state, qualification state, and the state of execution of the verb meaning state were also analyzed. Keywords: verbs of status, continuous status, qualification status, executive status. Texnika asrida o‘quvchining diqqatini jalb qilish, uning aql-u idrokini to‘g‘ri va maqsadli yo‘naltirish oson kechmaydi. Axborot manbalari bugungi kunda shu qadar ko‘p, rang-barang va takomillashganki, ta’lim jarayonida o‘quvchiga eng qulay, eng zamonaviy, eng qiziqarli, eng oson usul bilan ma’lumot yetkazilmas ekan, ko‘zlangan natijaga erishish qiyin. Ko‘zlangan natijaga erishish uchun har bir sohada shunday o‘zgarishlar, texnika bilan bog‘liq yangilik va yengilliklar yaratilishi lozim. Shunday yangiliklardan biri kompyuter lingvistikasining o‘zbek tilshunosligiga kirib kelishidir. Kompyuter lingvistikasi bugungi kunda paydo bo‘lgan soha emas. Kompyuter lingvistikasi bo‘yicha xorijiy tilshunoslikda salmoqli ishlar qilingan. O‘zbek tilida holatni anglatuvchi holat fe’llari ham alohida tizimga olindi. Bugungi kunda tilshunoslikda kompyuterga xoslangan tezaurusni yaratishda mavzu doirasini chegaralab olib, birgina holat fe’llarini tizimga solib lug‘at ko‘rinishida tavsiflashni maqsad qilib olish mumkin. Holat fe’llarining ham o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. O‘zbek tilidagi holat fe’llari tabiat va jamiyatdagi, o‘simliklar va hayvonot olamidagi, insoniyatning fiziologiyasi va psixologiyasi bilan bog‘liq 42 jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Holat fe’llari o‘zi qamrab olgan ko‘lamiga ko‘ra kengligi va murakkabligi bilan fe’lning boshqa turlaridan ajralib turadi. Holat fe’llari holatni ifodalaydi. Har qanday harakat ostida ham holat yotadi, chunki inson qanday harakatni bajarmasin u baribir qandaydir bir holat ostida bo‘ladi. Tilshunos olim Sh.Balli ta’kidlaganidek, “holat bevosita harakat tomonidan ergashuvchi sifatida idrok qilinadi”. Fe’l so‘z turkumining o‘zini oladigan bo‘lsak, manbalarda asosan “fe’l mustaqil so‘z turkumi bo‘lib, predmetning harakat va holatini bildiradi” deyiladi. Shuning o‘zi ham fe’lning asoslaridan biri holat fe’llari ekanligini namoyon etadi. Har qanday tilning so‘zlari ro‘yxati to‘liq lug‘at, ya’ni undagi so‘z yasalishi va shakl yasalishi bilan belgilanadi. So‘zning u yoki bu so‘z turkumiga xosligi ham lug‘at orqali aniqlanadi. O‘zbek tilida gapning asosini kesim tashkil etadi, kesimsiz to‘liq shakllangan gap bo‘lmaydi, shu sababli ham biz fe’lga e’tiborimizni qaratmoqchimiz. Fe’l gapda boshqa so‘zlar bilan bog‘lanib kesim, ega, to‘ldiruvchi, hol vazifasida kelishi mumkin. Buning uchun fe’l maxsus shakllarga ega bo‘ladi. Turli gap bo‘laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe’l shakllari fe’lning vazifa (funksional, xoslangan) shakllari sanaladi. Fe’lning 4ta vazifa shakli bor: sof fe’l, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi. 1. Sof fe’l. Tuslangan, ya’ni shaxs-son, zamon, mayl shakliga ega fe’ldir. Sof fe’l gapda fe’l-kesim vazifasida keladi: Men ishlayapman (haqiqiy fe’lga xos harakat bajaradi). 2. Ravishdosh. -(i)b, -a, -y, -gancha, --gudek, -gach, -guncha: -gani. Ravishdosh shakli fe’lni fe’l bilan bog‘lovchi vositadir, ya’ni u fe’lni gapda hol vazifasiga xoslaydi: Bola pichirlab gapirdi. 3. Sifatdosh. -gan, -digan/-adigan, -yotgan/-ayotgan, -a(r). Sifatdosh shakli fe’lning ot bilan aloqasini ta’minlab, uni sifatlovchi aniqlovchi vazifasiga xoslaydi: Sen yurgan yo‘llardan men ham yuraman. 4. Harakat nomi. -moq-(i)sh-(-u)v. Harakat nomi fe’lning otga yaqinlashgan lug‘aviy shakli bo‘lib, otning xususiyatiga ega, ya’ni ish-harakatning bajarilish/bajarilmasligi, harakat-holatning nomi kabi ma’nolarni bildiradi va egalik, kelishik shakllari bilan erkin birikib, otga xos sintaktik vazifani bajaradi. quyidagilar vositasida yasaladi: -moq: o‘qimoq, yozmoq, tanishmoq; Harakat nomining bu shakli fe’lning bosh shakli, noaniq shakli ham deyiladi, fe’llar lug‘atda shu shaklda beriladi. -(i)sh: o‘qish, yozish, tanishish; -(-u)v qo‘shimchasi bilan yasaluvchi shakl kam qo‘llanadi, ya’ni u arxaiklashmoqda. Ushbu qo‘shimcha qo‘shilganda fe’l oxiridagi i o‘rnida u, a o‘rnida o ishlatiladi: bil – biluv, o‘qi – o‘quv, tashi – tashuv, 43 qursha – qurshov. -(u)v shaklidagi harakat nomining aksariyati otga ko‘chgan: o‘quv, ishlov, saylov, qistov, tanlov. Fe’lning modal shakli. Fe’lda shunday lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar borki, ular fe’l asoslariga qo‘shilib harakatning miqdoriy tavsifini bildiradi, uning davomliligi, takroriyligi, kuchsizligi kabi modal ma’nolarni ifodalaydi. Ular quyidagilar: -msira/-imsira: yig‘lamsira, kulimsira. O‘zbek tilida holat fe’llarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. O‘zbek tilidagi holat fe’llari tabiat va jamiyatdagi, o‘simliklar va hayvonot olamidagi, insoniyatning fiziologiyasi va psixologiyasi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Holat fe’llari o‘zi qamrab olgan ko‘lamiga ko‘ra kengligi va murakkabligi bilan fe’lning boshqa turlaridan ajralib turadi. Holat fe’llari holatni ifodalaydi. Har qanday harakat ostida ham holat yotadi, chunki inson qanday harakatni bajarmasin u baribir qandaydir bir holat ostida bo‘ladi. Tilshunoslikda holat fe’llari yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, barcha holatlarni anglatuvchi fe’llarni bitta tadqiqot doirasida tekshirish mumkin emas. Chunki, ma’lumki, fe’llar bosh ma’nosiga ko‘ra avvalo harakat, so‘ngra holatni bildiradi. Shunga ko‘ra tilshunoslikda yaratilgan deyarli barcha asarlarda harakatning muayyan qirralari, xususiyatlari yoritilgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdurahmonov X., Rafiyev A.,Shodmonqulova D. O‘zbek tilining amaliy grammatikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. 2. Азимов Э.Г. Использование компьютера в обучении русскому как иностранному. – М.: Русский язык, 1989. 3. Анисимов А.В. Компьютерная лингвистика: Мифы. Алгоритмы. Язык. – Киев: Науковадумка, 1991. 4. Марчук Ю.Н. Методы моделирования перевода. – М.: Наука, 1985. 5. Нелюбин Л.Л. Компьютерная лингвистика и машинный перевод. – М.: ВЦП, 1991. 6. Karimova V.A., Zaynutdinova M.V., Nazirova E.SH., Sadikova Sh.SH. Tizimli tahlil asoslari. –T., 2014,192-b. 7. Пиотровский Р.Г. Инженерная лингвистика и теория языка. – Л., 1979. 8. Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2010.