scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BAXT SEMALI LEKSIKALARNI O'RGANISH VA LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARINI YORITIB BERISH

Shukurullayeva Ozoda Furqat qizi

Full text

103 BAXT SEMALI LEKSIKALARNI O‘RGANISH VA LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARINI YORITIB BERISH Shukurullayeva Ozoda Furqat qizi Qarshi davlat universiteti Linvistika (o‘zbek tili) yo‘nalishi 2-bosqich magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17441248 Annotatsiya. Maqolada baxt semali leksikalarni o‘rganish hamda lingvomadaniy xususiyatlari haqida fikrlarni taqqoslab berish. Kalit so‘zlar: sema, leksima, metafora, morfema, sinonim, she’riy shakl, maqol, frazeologizm. Abstract. The article examines the study of lexemes with the seme "happiness" and also provides a comparison of opinions on their linguocultural features. Keywords: seme, lexeme, metaphor, morpheme, synonym, poetic form, proverb, phraseologism. O‘zbek milliy mentalitetida inson hayot tarzidagi his-hayajonlar orqali ifodalanganidan baxt so‘zi ortida bir qancha quvonchlar va orzu-umidlarning ro‘yobi mujassam. Baxt so‘zi inson hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan tuyg‘u bo‘lib, inson ong va ruhiyatida namoyon bo‘ladi. Garchi baxt degan buyuk tuyg‘u Alloh tomonidan berilgan bo‘lsa-da, uni asrab-avaylash, bunyod etish va amalga oshirish insonning o‘ziga bog‘liq. Baxt so‘zi Qur’onning birgina oyatida kelgan. "Baxtiyorlar Jannatdadirlar. Unga mangu qoluvchidurlar." Baxt tushunchasi qadriyatlarda ham sharhlanadi. Kichik bir xususiyat orqali ham uning mazmun-mohiyatini anglash mumkin. Baxt so‘zining tubida tinchlik, saodat, iqbol, farovonlik va tolelik tushunchalari yotadi. Demak, bu so‘z ortida barkamollik va komillikni ham ko‘rish mumkin. Mashhur olimlardan Robert Voldinger “Baxt — bu sen uchun aziz bo‘lgan insonlar bilan birga yashashdir”, degan fikrni ilgari suradi. Darhaqiqat, baxt deyilganda eng avvalo, insonlarning bir-biriga bo‘lgan munosabatlari, ularning oddiy fe’l-atvori, samimiy muloqotlari ko‘z oldimizga keladi. Shuningdek, insonlar hayotidagi turli voqealiklar ham baxtning mazmunini boyitadi. Qomusiy olimlardan Abu Nasr Forobiy esa baxt masalasini boshqa bir mavzuda yoritgan. Uning fikricha, insonning orzu-istaklari, oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishi — bu ham baxtdir. Adabiyotimizda ham baxt mavzusiga doir mavzular keng o‘rinda yoritilgan. Masalan, Erkin Vohidov ijodida ham bu so‘zga oid satrlarni uchratishimiz mumkin: 104 Baxt aslida dunyoda boring! Kimnidir sevib, sog‘inib, Intizor-la uni kutganing, Baxt aslida tomog‘ing quriganda, Shu bir qultum suvni yutganing. Mazkur misralarga e’tibor beradigan bo‘lsak, shoir baxt tushunchasini turli sememalar orqali ochib beradi. Baxt — insonning dunyoga kelishi, kimnidir sevisi, sog‘inishi yoki tomog‘i quriganda bir qultum suv ichishi kabi oddiy, ammo ulkan qadriyatlardan iborat. Demak, birgina “baxt” so‘zi atrofida turli o‘xshashlik va ma’nolar jamlanganini ko‘rishimiz mumkin. Endi esa baxt semali leksimalarimizni lingvomadaniy xususiyatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, bunda asosan biz (frazeologik birliklar, metaforalar, maqollar) va yana bir qancha til birliklar misolida yoritib o‘tishimiz mumkin. Baxt semasini maqollar misolida ko‘rsak: Baxt kulgu bor uyga kirar, Baxtli ovchiga cho‘loq kiyik yo‘liqor, Vaqting ketti - baxting ketdi. Xon baxtidan go‘r qop, qiz-baxtidan. Qizning baxti - erning davlati. Ot bozori — Baxt bozori Yoritib o‘tilgan maqollarning har birida turli ko‘rinishdagi baxt leksikasini ko‘rishimiz mumkin. Shu jumladan aforizmlarga ham to‘xtalib o‘tamiz. Masalan, baxtsiz yashagandan ko‘ra yolg‘iz o‘tgan afzal. Johillikdan besaodatroq nima bor? To‘rt narsa saodat dalilidir: to‘g‘ri so‘z, tavoze, halol kasb-hunar, sir saqlash. Yuqorida keltirilgan maqollarimizga razm soladigan bo‘lsak, bunda metaforali o‘xshashlik orqali vujudga kelgan so‘zlar mavjud. Fikrimiz davomida shuni ham yoritib o‘tishimiz joizki baxt leksikasini affikslar yordamida biri ikkinchisiga nisbatan zidlikini vujudga kelishini ko‘rishimiz mumkin. Baxtli – baxtsiz, bebaxt Saodatli – besaodat Iqbolli – iqbollsiz Toleli – tolesiz Yana bir misol tariqasida metaforalar ko‘rinishida izohlab o‘tishimiz mumkin. Bunda asosan baxt leksemasining narsa – predmet belgisi, harakat – xolatning o‘xshashligi bilan ma’no ko‘chish sodir bo‘lishi mumkin. Jumladan: 105 Baxt: baxtli inson (o‘z ma’noda), baxti shirin bo‘lsin (metafora asosida ma’no ko‘chish). Baxtli bo‘lg‘in (o‘z ma’nosida), baxtingni bersin (metafora orqali ma’no ko‘chish). Morfolemalar orqali izohlab o‘tadigan bo‘lsak, baxt leksemasi asosan affikslar yordamida o‘zgarishini ko‘rishimiz mumkin. Masalan: – li (baxtli), …s… (baxtsiz), …be (bebaxt), …i – yor (baxtiyor) va h.k.lardir. Morfolemalar asosida leksemaning asosan affiks qo‘shilishi orqali ma’no shakllanishi kuzatiladi. Yana shunday so‘zlarni ko‘rishimiz mumkin 2 ta asos yordamida qo‘shma so‘z tashkil etiladi, masalan: Baxtiyor, Baxtinazar, Baxtali, Baxtiyor, Baxtigul, Baxtoshya, Baxtibibi, Baxtimoh, Baxtiniso. Masalan Baxtigul – bunda baxt hamda gul leksemasining “i” affiksi natijasida yasalgan. Baxtiyor bu so‘zda baxt va yor so‘zining qo‘shilishi natijasida “i” affiksi ortishi kuzatiladi. Baxtinazar bu so‘zda ham baxt hamda nazar so‘zlarining qo‘shilishi natijasida bitta ism yasalishi kuzatilgan. Shuni aytishimiz mumkinki ikkita so‘z qo‘shilishidan bitta ism… qo‘shma so‘zni tashkil etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Shoira Usmonova "Lingvokulturologiya", Toshkent – 2019 2. Ahmedova Odinaxon Abdullajon qizi, "Lingvokulturologiya tilning madaniy fenomeni sifatida". 3. Behzod Xudoyqulov, "Frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari" (Italian tilidagi iboralar misolida), 2021.