O'ZBEK VA TURK TILIDAGI KELISHIKLARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI : TURLARI, MA'NOLARI VA SHAKLLARI
Full text
123 O‘ZBEK VA TURK TILIDAGI KELISHIKLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI : TURLARI, MA’NOLARI VA SHAKLLARI Tursunova Durdona G‘ulom qizi Qarshi davlat universiteti filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek) tili 2-kurs magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17441295 Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek va turk tilidagi kelishik shakllarining o‘ziga xos xususiyatlari va qo‘llanishi tahlil qilingan. Ikki til o‘rtasidagi grammatik o‘xshashlik va farqli jihatlar aniqlanib, misollar asosida qiyoslangan. Tayanch so‘zlar: kelishik kategoriyasi, o‘zbek tili , turk tili, bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, jo‘nalish kelishigi, o‘rin-payt kelishigi, chiqish kelishigi. Abstract: This article analyzes the specific features and usage of case forms in Uzbek and Turkish. The grammatical similarities and differences between the two languages were identified and compared based on examples. Key words: case category, Uzbek language, Turkish language, nominative case, genitive case, accusative case, dative case, locative case, ablative case. Tilshunoslikda kelishik — bu otlar, olmoshlar va ba'zi o‘rinlarda sonlarning ham boshqa nutq bo‘laklari va so‘zlar bilan sintaktik bog‘lanishida yuzaga chiqadigan grammatik kategoriya hisoblanadi. Kelishik kategoriyasi tilning sintaktik va morfologik tizimlari orasidagi bog‘lovchi silsila vazifasini o‘taydi. Kelishiklar orqali so‘zlar bilvosta muvofiqlashadi, bog‘lanadi va gap qurilishida muhim ishtirokchi singari muhim hisoblanadi. Shu jihatdan kelishik — gapdagi sintaktik rollarni (masalan, ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol va boshqalar) grammatik jihatdan aniqlashda muhim vositalardan biri hisoblanadi. O‘zbek va turk tilida kelishiklar deyarli farq qilamaydi. Ular bir-biriga yaqin va o‘xshash. Shu bilan birga faqli tomonlari ham yo‘q emas. Turk tilidagi fonetik qonuniyatlarga asosan undagi grammatik tuzilishda boshqalaridan ajralib turuvchi belgilardan biri – bu unli tovushlarning fonologik uyg‘unligidir. Bir so‘zdan keyin qo‘shimchaning aynan qaysi shakli qo‘shilishi qalin va yumshoq unlilarga bog‘liq. Masalan, turk tilida jo‘nalish kelishigining o‘zbek tilida bitta -ga shakli, turk tilida esa “-a, -e, ” shakli bor. Agar so‘zning oxirgi unlisi qalin unlilar(a, i, o, u)dan biri bilan tugasa, -a yumshoq unlilar (e, i, ö, ü)dan biri bilan tugasa, -e qo‘shimchasi qo‘shiladi. Masalan: a ı o u - da Okula e i o u - de eve
124 Kelishiklarni ikki tilda qiyoslanganda faqatgina shakllar xilma-xilligi bilan emas, balki boshqa jihatlari bilan ham ajralib turadi. Jumladan, yana bir farqli jihati shundaki, qaratqich kelishigi til o‘rganilayotganda ko‘p holda kelishiklardan tashqarida alohida grammatik qo‘shimcha sifatida o‘rganiladi. U kelishik deb emas, “ilgi eki”, ya’ni - ilgi qo‘shimchasi tarzida o‘rganiladi va shunday ataladi. O‘zbek tilidagi singari turk tilida ham kelishiklar soni 6 ta: № O‘zbek tili kelishiklari Qo‘shimchasi Turk tili kelishiklari Eki 1. Bosh kelishik - Yalın halı - 2. Qaratqich kelishigi -ning İlgi eki -in,-in, -un, - ün. 3. Tushum kelishigi -ni Belirtme hali -ı, -i, -u, -ü. 4. Jo‘nalish kelishigi -ga Yönelme hali -a, -e. 5. O‘rin-payt kelishigi -da Bulunma hali -da, -de, –ta, -te . 6. Chiqish kelishigi -dan Ayrılma hali -dan, -den, - tan, -ten. Misollar: 1. Yalın hali: “Toplum hayatında kişiler biribirlerinden samimilik beklemezler…”. Bosh kelishik: “Jamiyat hayotida odamlar bir-birlaridan samimiylik kutmaydilar…”. 2. İlgi eki: “Şairin, hikâyecinin o adama benzemeleri gerektir.” Qaratqich kelishigi: “Shoirning ham, hikoyanavisning ham o‘sha odamga o‘xshash bo‘lishlari kerak ”. 3. Belirtme hali: “Büğünkü sanat adamlarımızın çoğu bunu, bu doğruları düşünmedikleri içindir ki bizde tiyatroyu, romanı, hikâyeyi gerçekten ilerletemiyorlar”. Tushum kelishigi: “Bugungi san’atkorlarimizning aksariyati buni, bu haqiqatlarni o‘ylamaganliklari uchungina bizda teatr, roman, hikoya chinakam rivojlana olmayapti”. 4. Yönelme hali: “İkiyüzlülük içgüdüsünün yardımı ile uydurduğu sevgi masalına insanoğlu o kadar kanmıştır ki artık onun yolunda sıkıntılara, cefalara katlanmaktan bile çekinmiyor”. Jo‘nalish kelishigi: Ikkiyuzlamachilik instinktining yordami bilan to‘qilgan muhabbat afsonasiga insonzot shunchalik ishonib qolgan-ki, endi uning yo‘lida azoblarga, mashaqqatlarga chidayotganidan ham cho‘chimaydi. 5. Bulunma hali: “Şairin toplumda bir ödevi varmış, yurttaşları uyandırması, onlara doğruyu öğretmesi gerekmiş”.
125 O‘rin-payt kelishigi: “Shoirning jamiyatda bir vazifasi bor, xalqini uyg‘otishi ularga haqiqatni o‘rgatishi kerak”. 6. Ayrılma hali: “Bu üzüntüden bizi yalnız hulya kurtarabilir. Ama bu hulyalar kurmak her kişinin elinden gelir mi sanırsınız?” Chiqish kelishigi: “Bu g‘amdan bizni faqat xayol qutqara oladi. Ammo siz o‘ylaysizmi, bu xayollarni qurish har kimning qo‘lidan keladimi?” (Misollar turk yozuvchisi Nurullah Ataçnıng “Gene yalnızlık” asaridan olindi). Tahlil natijalariga ko‘ra, turk va o‘zbek tillarida kelishik kategoriyasi shakl va ma’no jihatidan juda yaqin bo‘lib, ularning ko‘pchiligi bir-biriga mos keluvchi grammatik vazifalarni bajaradi. Nurullah Ataçning asaridan olingan misollar esa buni amaliy jihatdan yaqqol ko‘rsatib beradi. Shu bois, bunday tahlillar ikki turkiy til — turk va o‘zbek tillari o‘rtasidagi grammatik yaqinlikni chuqurroq o‘rganish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ataç, N. Gene yalnızlık. İstanbul: Varlık Yayınları. 1952. 2. Bozkurt, F. Türkiye Türkçesi Grameri (Şekil Bilgisi). İstanbul: İstanbul Üniversitesi Yayınları. 2000. 3. Jo‘rayev, M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Morfologiya. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2010. 4. Rahimov, A. “Turkiy tillarda kelishik kategoriyasining umumiy va o‘ziga xos jihatlari.” O‘zbek tili va adabiyoti, 2021. 5(1), 67–74.