SALOHIDDIN TOSHKANDIYNING "TEMURNOMA" ASARIDA KELTIRILGAN HARBIY TERMINLAR IZOHI
Full text
149 SALOHIDDIN TOSHKANDIYNING “TEMURNOMA” ASARIDA KELTIRILGAN HARBIY TERMINLAR IZOHI Choriyeva Ra’no Rustam qizi Qarshi davlat universiteti Lingvistika o‘zbek tili yo‘nalishi 2-kurs magistri DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17441375 Annotatsiya. Ushbu maqolada Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma” asarida uchraydigan harbiy terminlar tahlil qilinadi. Ushbu terminlar temuriylar davrining harbiy hayoti, qo‘shin tuzilishi, jang taktikasi hamda qurollanish darajasini yoritishda muhim manba sifatida ko‘riladi. Harbiy terminlarning lingvistik, tarixiy va madaniy qimmati ko‘rib chiqilib, ularning o‘zbek tilining tarixiy leksikasidagi o‘rni aniqlanadi. “Temurnoma”dagi harbiy terminlarning o‘zbek tiliga munosabati belgilanadi, harbiy tizimdagi turkiy terminlarni ommalashtirish haqida tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: temuriylar davri, harbiy termin, lashkar, qo‘shin, tarixiy leksika. Abstract. This article analyzes the military terms found in the work of Salahiddin Toshkandiy “Temurnoma”. These terms are considered as an important source for illuminating the military life, army structure, battle tactics and level of armament of the Timurid era. The linguistic, historical and cultural value of military terms is considered, and their place in the historical lexicon of the Uzbek language is determined. The relationship of military terms in “Temurnoma” to the Uzbek language is determined, and recommendations are made on the popularization of Turkic terms in the military system. Keywords: Timurid era, military term, army, army, historical lexicon. Salohiddin Toshkandiy tomonidan yozilgan “Temurnoma” asari o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy va harbiy hayotini aks ettirgan muhim badiiy-tarixiy manbalardan biridir. “Temurnoma”da voqealar tasviri, bayon etish tartibi nasr va nazmda botartib o‘rin olgan. Unda qahramonlar hayoti, ichki kechinmalari, jang va tabiat tasvirlari, asosan, nasriy usulda beriladi [4, 35]. Asar nomiga ham Amir Temur Ko‘ragon jangnomasi deb izoh beriladi. O‘rta asr manbalarida harbiy terminlar davlatning siyosiy qudrati va harbiy salohiyatini yoritishda alohida ahamiyat kasb etadi. “Temurnoma”da Amir Temur davrining ijtimoiy-siyosiy voqealari bilan birga, o‘sha davr qo‘shinining tashkiliy tuzilishi va jangovar an’analari ham aks etadi. Asarda qo‘llanilgan cherik, musallax, tug‘bardor, musaxxar, dubulg‘a, masof, muboriz, shabixun kabi terminlar davrning harbiy terminologik qatlamini tashkil etib, o‘zbek tilining tarixiy leksikasida alohida o‘rin egallaydi. Shuningdek, Temurning armiya tuzilmasi, jang taktikasi, qurollanish holati va harbiy boshqaruv tizimini yoritadi. Bu terminlar orqali o‘sha davrda qo‘shin qanday tashkil etilgani, askarlarning vazifalari, jang qilish tartibi, qurol-aslaha turlari, jangovar intizom va sodiqlik kabi harbiy prinsiplar haqida chuqur ilmiy xulosalar chiqarish mumkin. Asarda tasvirlanganidek,
150 Temurning harbiy yurishlari puxta rejalashtirilgan, aniq tartib va intizom asosida tashkil etilgan bo‘lib, unda qo‘llanilgan terminlar har bir bosqichni tushunishda kalit vazifasini bajaradi. “Temurnoma”dagi harbiy terminlarni lug‘aviy va funksional xususiyatlariga ko‘ra ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1. Qo‘shin tuzilishi va boshqaruviga oid terminlar – lashkar, sipoh, sarkarda, cherik, tug‘bardor, juvong‘or. 2. Qurol-yarog‘ va harbiy anjomlarga oid terminlar – qilich, husom, dubulg‘a, sipar, miltiq, zanburak, harba. Quyida ushbu asardagi asosiy harbiy terminlar, ularning ma’nolari va kontekstdagi qo‘llanilishi haqida kengroq ma’lumot beriladi: Lashkar. Ma’nosi: Armiya, harbiy kuchlar. Qo‘llanilishi: Temurning yurishlarida “lashkar tuzildi”, “lashkar safarbar qilindi” kabi iboralar orqali armiyasining harakati tasvirlanadi. Misol: “Amir lashkarini yig‘ib, dushman ustiga yurdi”. Bu yerda “lashkar” Temurning jangovar kuchlarini anglatadi. Hisobsiz askar va qo‘shinlari bor erdi, askarini tortib Manuchehrning oldiga keldi (34-b.). Jang. Ma’nosi: Urush, qurolli to‘qnashuv. Qo‘llanilishi: Asarda ko‘p marotaba jang tasvirlari berilgan, ayniqsa, jang taktikasi, bosqinchilik, mudofaa va g‘alabalar tafsilotlari bilan. Misol: “Jang boshlanib, ikki tomon o‘rtasida qattiq to‘qnashuv yuz berdi”. Ayoqboz. Ma’nosi: Piyoda askar. Qo‘llanilishi: Temurning lashkarida piyoda askarlar “ayoqboz” deb atalgan. Ular ko‘pincha oldingi safda yurishgan. Misol: “Ayoqbozlar qal’ani o‘rab olishdi. O‘qchilar. Ma’nosi: Kamon va nayza bilan qurollangan harbiylar. Qo‘llanilishi: Ular jang maydonida uzoq masofadan turib zarba berish uchun xizmat qilgan. Misol: “O‘qchilar tepaga joylashib, dushman safini yoylar bilan to‘qib yuborishdi”. Suyurg‘ol. Ma’nosi: Harbiy xizmat evaziga berilgan yer yoki mukofot. Qo‘llanilishi: Temur o‘z sadoqatli sarkardalariga suyurg‘ol tarzida yer ajratgan. Misol: “Sulton Temur unga suyurg‘ol berib, xizmatini e’tirof etdi”. Sarboz. Ma’nosi: Jangchilar, qurolli askarlar. Qo‘llanilishi: Ular Temurning sodiq jangchilari sifatida tilga olinadi. Misol: “Sarbozlar saf tortib, jangga hozirlandi”. Musaxxara. Ma’nosi: Qamal ostiga olingan, harbiy nazoratdagi hudud. Qo‘llanilishi: Dushman qal’alarining qamal holatida ekanini bildiradi. Misol: “Shahar musaxxara etilib, kirish-chiqishlar to‘sildi”.
151 Sipoh. Ma’nosi: Harbiy xizmatni o‘tagan kishi, ko‘pincha otliq askar. Qo‘llanilishi: Temurning harbiy kuchining asosiy qismini otliq sipohlar tashkil etgan. Misol: “Sipohlar to‘xtovsiz yurib, dushman orqasiga o‘tdilar”. Qo‘mondon / sarkarda. Ma’nosi: Armiya boshlig‘i, harbiy rahbar. Qo‘llanilishi: Temurning harbiy yurishlarida asosiy harakatlarga bosh bo‘lgan shaxslar. Misol: “Sarkarda jasorat bilan askarlarini jangga boshladi”. Qal’a. Ma’nosi: Himoyalangan harbiy inshoot. Qo‘llanilishi: Temur dushman qal’alarini qamal qilib olgan. Misol: “Qal’a ustiga to‘rt tarafdan zarba berildi”. “Bir Bahodiri bor erdi, Zamovand tog‘ini ustiga chiqib bir o‘q otti , ul bir karkasni qanotiga tegib, uchub Zamovand va Tabaristondan o‘tib Jayhun yoqasiga tushdi” (34b.). Jang. Harbiy qismlarning, qurolli kuchlarning qonli to‘qnashuvi, urush. Eroniylar podshohi Abbosxon bila jang qildi. (37-b.) Alam – bayroq, tug‘, belgi, alomat. Asas – mirshab, tungi soqchi. Vaz' – tuzilish, yaratilishi. Gaz – uzunlik o‘lchovi. Di sipar – ikki qat qalqon. Dubulg‘a – zirhli bosh kiyim. Juvong‘or – lashkarning chap qanoti. Zanburak – zambarak, to‘p. Har burchida bayroq qo‘yg‘on, har kungurasida zanburak, miltiq, har zanburak boshida ikki qorovul kecha-kunduz bila turar (28-b.). Kazarma –harbiylar turar joyi. Masof – jang maydoni, urush, jang. Miltiq - O‘q otadigan, qo‘ndog‘i va uzun stvoli bo‘lgan qo‘l quroli. Har burchida bayroq qo‘yg‘on, har kungurasida zanburak, miltiq, har zanburak boshida ikki qorovul kecha-kunduz bila turar (28-b.). Muddaiy – raqib, da’vogar. Munoqasha – janjal, tortishuvirish. Muhliq – halok qiluvchi, o‘ldiruvchi. Munhalim – buzilgan, tum-taraqay bo‘lgan, tarqalgan. Anda Movaraunnahr podshohi beadad va behisob askar birla yetib keldi, yuz ming odam birla muqobil bo‘lib, munhazim bo‘ldi (35-b.). Musallah – yaroqli, aslahador. Musaxxar – zabt etish, bo‘ysunuvchi, yo‘q etuvchi. ...Ani amakivachchasi Ubaydullaxon Mir Arab yordami bilan taxt uzra o‘lturib, yana ushbu mamlakatlarni musaxxara qilib 7 yil saltanat surdi. (37-b.) Rokib – suvora, otliq minib yuruvchi. Sad – to‘siq, baland devor . ... Sharqg‘a va G‘arbga hukm etib, Yajuj va Majujga sadd tortdi. (34-b.). Sipar – qalqon. Sipoh – askar, qo‘shin. To‘xtamishxon turgan manzilga kelgan Amir Temur “sipohlar ayni, holo, shabixun o‘raylik. Amir Sohibqiron aytdilar yo‘q”. (28-b.) So‘qish – jang, urush. Tabal (tabl) – latta nog‘ora dovul. Tasalsul – halqa-halqa, ketma-ket ulanish, tizma. Tug‘bardor – bayroq ko‘taruvchi yalovbardor. To‘fang – jang quroli. Fo‘sh – ot yoli. Cherik – qo‘shin, askar. Shabixun – tungi hujum. To‘xtamishxon turgan manzilga kelgan Amir Temur: sipohlar ayni, holo, shabixun o‘raylik. Amir Sohibqiron aytdilar yo‘q (28-b.) Shotir – jilovdor. Yarog‘ – qurol, aslaha. Qatli om – yoppasiga qirg‘in qilish. “Chingizxon viloyati Xurosonni zabt etib
152 aksar viloyatni qatli om ayladi”. (35-b.) Qilich – bir tig‘li, g‘ilof (qin) bilan yonga osiladigan, chopish, sanchish bilan yovga shikast yetkazadagan qurol. “U Oqtemurning qotilini topishi uchun Qarshi xalqini qilichdan o‘tkaza boshladi”. (25b.). G‘azo – yurish, jang. G‘anim – dushman, qarshi tomon. Hamoiyl – shamshir bog‘ichi. Harba – jang asbobi, kalta nayza. Hisn – qo‘rg‘on, panohgoh, qal’a, istehkom. Hodi - to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi. Horun – posbon, kuzatuvchi, Muso payg‘ambar akasining ismi. Husom – qilich, shamshir. Bu terminlar shunchaki til birliklari emas, ular o‘rta asr harbiy tizimining tuzilmasi, amir Temurning harbiy siyosati va taktikasi, davlat mudofaa tizimining shakllanishi, harbiy safarbarlik madaniyati haqida muhim tarixiy, madaniy va lingvistik manba hisoblanadi. “Temurnoma”dagi harbiy terminlar faqatgina urushlarni tasvirlab qolmay, balki o‘sha davrning harbiy-madaniy muhitini, davlat boshqaruv tizimini, til boyligini yoritadi. Ushbu terminlarning aksariyati hozirgi o‘zbek tilida ham ma’lum darajada saqlanib qolgan. Masalan, sarboz, lashkar, qal’a, sipoh so‘zlari bugungi kunda ham tarixiy yoki badiiy nutqda qo‘llaniladi. “Temurnoma”da qo‘llangan harbiy terminlar nafaqat tarixiy faktlarni mustahkamlaydi, balki o‘zbek atamashunosligi uchun ham qimmatli manba hisoblanadi. Ular orqali amir Temurning strategiyasi va sarkardalik mahorati, o‘rta asr qo‘shinining tashkiliy jihatlari, milliy harbiy tafakkurning rivoji haqida ilmiy xulosalar chiqarish mumkin. Xulosa qilib aytganda, “Temurnoma”dagi harbiy terminlar o‘zbek tili tarixiy leksikasining muhim qatlamini tashkil etadi. Ular orqali nafaqat Temur davri qo‘shinining tashkiliy tuzilishi, balki o‘sha davrning harbiy madaniyati va siyosiy tizimi haqida ham aniq tasavvur hosil qilish mumkin. Shuning uchun ushbu asar nafaqat adabiy, balki harbiy-terminologik jihatdan ham chuqur o‘rganishga arziydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Asqarova M. Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma” asarining lingvomadaniy tadqiqi: Filol. fan. bo‘yicha fals. dok. (Phd) diss. avtoref. –Namangan, 2024. 2. Дадабаев Ҳ. Амир Темурнинг ҳарбий маҳорати. – Тошкент: Ёзувчи, 1996. 3. Мўминова Н. Темурийлар даври антропономиясининг лексик-семантик хусусиятлари: Филол.фан.бўйича фалсафа доктори (Phd) дисс. – Қарши, 2021. 4. Sayitqulov I. O‘zbek xalq tarixiy nasrida epik syujet va obraz evolyutsiyasi: Filol.fan.bo‘yicha falsafa doktori (Phd) diss. – Toshkent, 2020. 5. Temurnoma. Amir Temur jangnomasi. (Nashrga tayyorlovchi, so‘zboshi va lug‘at muallifi Poyon Ravshanov). – Toshkent: Cho‘lpon, 1991.