LUG'ATLARDAGI IMLOSI FARQLI SO'ZLAR
Full text
184 LUG‘ATLARDAGI IMLOSI FARQLI SO‘ZLAR Temirova Maqsuda Maxmud qizi Qarshi davlat univeriteti Lingvistika (o‘zbek tili) yo‘nalishi 2-kurs magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17441534 Annotatsiya: Ushbu maqolada turli yillarda nashr qilingan imlo va izohli lug‘atlar ustida fikr yuritilgan va lug‘atlarda berilgan imlosi farqli so‘zlardan namunalar ko‘rsatilgan. Berilgan namunalar bir nechta lug‘atlar orqali tekshirilib, imlosi haqida xulosalar berilgan. Kalit so‘zlar: imlo lug‘at, izohli lug‘at, etimologik lug‘at, sun’iy intellekt, nashriyot. Abstract: This article reviews spelling and explanatory dictionaries published in different years and shows examples of words with different spellings given in the dictionaries. The given examples were checked by several dictionaries and conclusions about spelling are given. Keywords: spelling dictionary, explanatory dictionary, etymological dictionary, artificial intelligence, publishing. Bilamizki, o‘quvchilar bilmagan narsalarini kitoblardan yoki bugungi kompyuter asrida telefonlardagi turli xil ilovalar va sun’iy intellekt (ChatGPT)orqali bilib olishadi. Achinarli jihati shundaki, ushbu o‘quvchilarga o‘rgatuvchilar tomonidan noto‘g‘ri yoki ikkilantiruvchi ma’lumotlar beriladi. Sun’iy intellekt yoki ilovalarda xatolarni ko‘rsak, tizimdagi kamchilik deya ko‘z yumishimiz mumkin ammo kitob do‘konlarini to‘ldirib turgan kitoblarimizda-chi? Bir xil mavzular yoritilgan turli muallif va nashriyotlardan chiqqan kitoblardagi har xillikni qanday izohlaymiz?! Hozirgi kunda kitob do‘konlarining peshtaxtalarini bezab turgan, maktab o‘quvchisidan tortib oliy ta’lim talabalariga ham birdek kerak bo‘ladigan, bizni to‘g‘ri yozishga o‘rgatadigan “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” yoki “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning ham bir necha xil variantlari bor bo‘lib, afsuski, ularning o‘zida ham kamchiliklarga, bir so‘zning ikki xil yozilish holatiga duch kelamiz(dublikat yoki variantdosh so‘zlar emas). To‘g‘ri ish bor joyda kamchilik bo‘ladi, ammo bilim berish jarayonida emas. Misol uchun YONI-BERI so‘zini oladigan bo‘lsak, ushbu so‘z imlo, izohli va etimologik lug‘atlarda turlichadir. Quyida ushbu so‘zning izohlarini keltirib o‘tamiz: So‘nggi nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (6 jildlik, 2023-yil)da YONIVERI tarzida yozilgan va atrof, tevarak ma’nosida izohlangan(219-bet). N.M.Mahmudov tahriri ostida “Kafolat print company” nashriyotida 2023-yilda nashr etilgan “O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati”da esa so‘zning ikki xil holatda keltirilganiga guvoh bo‘lamiz (383-bet):
185 YONI-BERI VA YON-VERI. Bu yerda yoni-veri so‘zida ikki xillikni ko‘rsakda, bu shakl yon-veri so‘zi bilan teng qo‘yilgan, ya’ni –i tovushi keyingi so‘z tarkibida tushib qolgan. Keyingi lug‘at 2013-yilda nashr etilgan 85000 mingdan ortiq so‘zni o‘z ichiga olgan “O‘zbek tilining imlo lug”ati” (N.M.Mahmudov tahriri ostida) bo‘lib, unda ham yuqoridagi kabi bir xil tarzda yozilgan. Bizningcha bu yerda tahrir bir insonga tegishli va so‘zning berilishi ham bir xil. Bundan bir necha yil avvalgi nashr, 2003-yilda SH. Rahmmatullayev va A.Hojiyevlar tomonidan tuzilgan imlo lug‘atida esa bu so‘z keltirilmagan. 1 Keltirilgan misollarga ko‘ra o‘quvchi uchun bir so‘zning uch xil varianti paydo bo‘ldi. Ber va ver qismlarini varintdoshlik sifatida baholasak ham, 2 xil yozilish tartibi bor, endi qay biri to‘g‘ri degan savol tug‘ilishi tabiiy. Buning uchun, albatta, leksemaning kelib chiqishi-etimologiyasiga ahamiyat berishimiz kerak. Buning uchun Shavkat Rahmatullayev tomonidan tuzilib, 2000-yilda nashr etilgan 3 jildlik “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”dan foydalansak bo‘ladi. Ushbu lug‘atning har bir qismi so‘zlarning kelib chiqishiga ko‘ra tasniflangan. Bunda 1-jild turkiy so‘zlar, 2-jild arab so‘zlari va ular bilan hosilalar, oxirgi jild esa forscha, tojikcha birliklar va ular bilan hosilalardan iborat. Biz tahlil qilayotgan so‘z 1-jildda berilgan bo‘lib, shundan uning turkiy so‘z ekanligini anglashimiz mumkin. Ushbu leksemaning etimologiyasini to‘liq tushunishingiz uchun quyida to‘liq holicha berib o‘tamiz: YONI-VERI’yaqin-atrof’. Yoni-verimga qarasam, biznikilar yo‘q, hamma ketib qolibdi (Shuhrat). Juft so‘z shaklida yozish odat tusiga kirgan bu so‘zning birinchi qismi yân oti va –u bog‘lovchisidan iborat bo‘lib, asli yân-u tarzida yozish lozim; bu o‘rinda –u bog‘lovchisi –i tarzida talaffuz qilina boshlanganidan keyin yân so‘ziga qo‘shilib ketgan. Bu juft so‘zning ikkinchi qismi beri so‘zi bo‘lib , bu so‘z boshlanishidagi b undoshi v undoshiga almashgan: yân-u beri> yâni-beri> yâni-veri. O‘TILga bu so‘z yoni-ver shaklda xato kiritilgan (lug‘at tuzuvchi beri qismi oxiridagi –i unlisini egalik qo‘shmchasi deb tushunib, tashlab yuborgan). 2 Ushbu etimologiyaga ko‘ra xulosa qilish mumkinki, bu so‘zning YONI-BERI yoki YONI-VERI tarzida yozilishi to‘g‘ri bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan fikrlar bir so‘z misolidagi o‘rganish bo‘lib, bu o‘rganish davomida turli xil shaklga ega so‘zlarning bir qanchasiga guvoh bo‘ldik. Ayniqsa 2003-yilda nashr etilgan imlo lug‘atida so‘zlarning xato yozilish holatlari talaygina bo‘lib, ular, asosan, o‘zlashma leksemalarda kuzatilgan: 1 SH. Rahmatullayev va A.Hojiyev. “O’zbek tilining imlo lug”ati”. Toshkent “O’qituvchi”, 2003. 240 b 2 Shavkat Rahmatullayev “O’zbek tilining etimologik lug’ati” Toshkent “Universitet” 2000 . 1-jild. 168-bet
186 Imlo lug‘ati 2003 Imlo lug‘ati 2013 Izohli lug‘at 2023 Suflor Suflyor Suflyor (souffler) Flaga Flyaga Flyaga (nem. Flasche ) Suita Syuita Syuita (fr. Suite ) Sujet Syujet Syujet (fr. Sujet) Dirijor Dirijyor Dirijyor (fr. diriger) Junbush Junbish Junbish Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimanki, bu kamchiliklarni ko‘rsatishdan maqsad muallifga salbiy munosabat emas, balki yangi o‘rganuvchilarni gumonga qo‘ymaslik, ularga to‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etishdan iborat. Chunki bu kabi imlo lug‘atlaridan hali ham o‘quvchilar tomonidan foydalanilmoqda. Aslida, o‘zbek tilimiz bitta va undagi imlo qoidalari ham bitta bo‘lishi kerak. Lug‘at tuzayotganda avvalgi lug‘atlarga qarash, lozim bo‘lsa etimologiyasini ham o‘rgangan holda yakuniy xulosa berish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Zero, til-millat ko‘rki. Uni yanada rivojlantirish, ko‘rkamlashtirish nafaqat filologlar, har birimizning vazifamizdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Shavkat Rahmatullayev “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” Toshkent “Universitet” 2000. 1-jild. 2. Shavkat Rahmatullayev “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” Toshkent “Universitet” 2000. 2-jild. 3. Shavkat Rahmatullayev “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” Toshkent “Universitet” 2000. 3-jild. 4. Sh. Rahmmatullayev va A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”. Toshkent “O‘qituvchi”, 2003. 240 b 5. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” (N.M.Mahmudov tahriri ostida)