scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARIDA KASBIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA USTOZ-SHOGIRD TIZIMI VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Berdiyev Doston Abduvoitovich

Abstract

Maqolada ustoz–shogird an’analari va zamonaviy pedagogik yondashuvlarning tasviriy san’at ta’limidagi o‘rni hamda ularning integratsiyasi yoritilgan. Muallif kasbiy kompetensiya, kognitiv model va raqamli texnologiyalarni uyg‘unlashtirish orqali bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining ijodiy va kasbiy salohiyatini rivojlantirish zarurligini asoslaydi. Maqolada xalqaro tajribalar, kompetensiyaga asoslangan ta’lim modeli va innovatsion metodlar tahlil qilingan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 906 BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARIDA KASBIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA USTOZSHOGIRD TIZIMI VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Berdiyev Doston Abduvoitovich Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17441923 Annotatsiya Maqolada ustoz–shogird an’analari va zamonaviy pedagogik yondashuvlarning tasviriy san’at ta’limidagi o‘rni hamda ularning integratsiyasi yoritilgan. Muallif kasbiy kompetensiya, kognitiv model va raqamli texnologiyalarni uyg‘unlashtirish orqali bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining ijodiy va kasbiy salohiyatini rivojlantirish zarurligini asoslaydi. Maqolada xalqaro tajribalar, kompetensiyaga asoslangan ta’lim modeli va innovatsion metodlar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: ustoz-shogird tizimi, kasbiy kompetensiya, kognitiv pedagogika, tasviriy san’at, raqamli texnologiyalar, ijodkor pedagog, integratsion yondashuv Аннотация. В статье рассматривается значение традиционной системы наставничества и современных педагогических подходов в обучении изобразительному искусству. Автор обосновывает необходимость интеграции профессиональной компетенции, когнитивной модели и цифровых технологий для развития творческого и профессионального потенциала будущих преподавателей искусства. Анализируются международный опыт, компетентностный подход и инновационные методы в художественном образовании. Ключевые слова:система наставничества, профессиональная компетенция, когнитивная педагогика, изобразительное искусство, цифровые технологии, творческий педагог, интеграционный подход. Abstract. The article explores the role of the traditional mentor–apprentice system and modern pedagogical approaches in visual arts education. The author emphasizes the importance of integrating professional competence, cognitive pedagogy, and digital technologies to enhance the creative and professional potential of future art teachers. The paper analyzes international experience, competency-based education, and innovative teaching methods. Keywords: mentor-apprentice system, professional competence, cognitive pedagogy, visual arts, digital technologies, creative teacher, integrative approach Bugungi kunda ilm-fan va texnikaviy taraqqiyot talablari ta’lim sohasida keskin o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Ilmiy–texnika sohasidagi rivojlanish oliy ta’lim tizimida yangi ta’lim standartlari joriy etilishini taqozo etadi va bo‘lajak mutaxassisga qo‘yiladigan talablarni oshiradi. Shu sababli jamiyat ilgari faqat fan bo‘yicha bilim berishga qodir mutaxassis emas, balki ijodiy fikrlaydigan, uzluksiz rivojlanishga tayyor pedagogni ham kutib qolmoqda. Tasviriy san’at ta’limi ham ushbu umumiy ta’lim siyosati va milliy ta’lim strategiyasida muhim o‘rin tutadi. Rassom-pedagog (tasviriy san’at o‘qituvchisi) nafaqat akademik nazariy bilimlarga, balki mukammal rassomlik ko‘nikmalariga, badiiy didga ilmiy tafakkurga ega bo‘lishi kerak. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 907 O‘zbek xalqining boy madaniy merosida ustoz–shogird pedagogik an’analari qadimdan shakllanib kelgan. Masalan, tarixiy manbalarda yosh rassomlar ustozlar yonida hunarmandchilik, haykaltaroshlik yoki rangtasvirni egallagan. Shu kabi tizimli ta’lim usuli zamonaviy oliy ta’limda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmayapti: pedagogik amaliyotda ilmiy-ijodiy maktablari, onlayn platforma dasturlari, tajriba almashish amaliyotlari shaklida davom etmoqda. Biroq an’anaviy ustoz-shogird modeli bilan zamonaviy ta’lim texnologiyalari va kognitiv yondashuvlarni uyg‘unlashtirish lozimligi yangi tadqiqot mavzusi hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi. Kasbiy kompetensiya va kompetentlik tushunchalari. Pedagogik adabiyotlarda kompetensiya pedagojik faoliyatda zarur bilim va ko‘nikmalarning to‘liq majmuini anglatadi. Masalan, pedagogik lug‘atga ko‘ra, kompetentlik - bu “ma’lum bir faoliyat sohasida tayyor bo‘lishlik, to‘g‘ri va natijaviy qarorlarga erishish uchun bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lish” darajasidir 1 . Boshqacha aytganda kompetentlik - zarur bilim va xislatlar bo‘lib, bu insonga faoliyat sohasidagi muammolarga professional yondashuvni va ularni samarali hal qilishni ta’minlaydi. Kasbiy kompetentlik esa kishi kasbiy va shaxsiy xislatlar majmuasini ifodalaydi, ya’ni, ma’lum bir kasb turini talab darajada bajara olish uchun yetarli bilim, mahorat va malakaga ega bo‘lishni bildiradi. Tasviriy san’at o‘qituvchisi uchun kasbiy kompetensiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi, rangtasvir nazariyasi hamda amaliyoti bo‘yicha chuqur bilim, ijodkorona ijro muhitiga moslashuvchanlik, pedagogik metodika va didaktik ko‘nikmalar, shuningdek tarkiblangan dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish qobiliyati. Yuqorida ta’kidlanganidek, yangi ta’lim standartlari doirasida tasviriy san’at o‘qituvchisiga ham yuqori ijodkorlik, o‘zini-o‘zi rivojlantirish va turli texnologiyalarni egallash qobiliyati talab qilinmoqda. Shu nuqtai nazardan, kasbiy kompetensiyaning pedagogik mavzularida xalqaro va mahalliy tadqiqotlarda mazkur ko‘nikmalarni shakllantirish usullari keng o‘rganilgan. Ustoz–shogird an’anasi va pedagogika. Barcha madaniyatlarda ustoz-shogird munosabatlari yosh kadr tayyorlashning samarali usuli sifatida qadimdan joriy etilgan. An’anaviy ta’limda shogird ustozining nazorati ostida amaliy mashg‘ulotlarni bajaradi, shuningdek ustoz o‘z sir-asrorlarini va tajribasini bevosita ko‘rsatmalar orqali o‘rgatadi. Bunday model an’anaviy kasb-hunarga o‘rgatishda juda samarali bo‘lgani kabi, pedagogik jarayonlarda ham shogirdga real hayotiy vaziyatda rahbarlik qilish imkonini beradi. Zamonaviy ta’lim mutaxassislari o‘rtasida ushbu an’anani kognitiv usullar bilan boyitish g‘oyasi ommalashmoqda. Kognitiv ustoz–shogird modeli, Allon Kolins, Braun va Nyuman (1989) kabi olimlar ustoz–shogird pedagogikasini analitik fikrlash va muammolarni hal qilish jarayonlariga uzviy kiritadi. Ular fikricha, an’anaviy ustoz-shogird usulida o‘rganish jarayoni amaliyotni qo‘llash va bajarish orqali bo‘lsa, kognitiv modelda o‘quvchilarga muammoni hal qilish va o‘ylash jarayonlari ham aniq qilib ko‘rsatiladi. Ya’ni, ta’lim beruvchi o‘z fikrlash strategiyalarini shogird oldida namoyish etadi va so‘ngra shogirdga shu strategiyalarni mustaqil takrorlashga imkon yaratadi. Bu metodologiya tasviriy san’at ta’limida an’anaviy ustoz-shogird yondashuvini tafakkur jarayonlarini ochiq-oydin ifodalash bilan boyitadi. 1 Azimov S.S. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda qalamtasvir va rangtasvir o‘quv xonasining o‘ziga xos jihatlari. – Obrazovanie i innovatsionnye issledovaniya (ISSN 2181-1717), 2023, №6. – B. 97–102. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 908 Zamonaviy kompetensiya yondashuvlari. Ilg‘or pedagogika va milliy ta’lim strategiyalari kompetensiyaga asoslangan ta’limni (OBE) ilgari suradi. Bu yondashuv bo‘yicha mutaxassis tayyorlash dasturlari oldindan aniqlangan o‘quv natijalariga erishishga qaratiladi. Masalan, xitoylik tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan tasviriy san’at ta’limi uchun “asosiy kompetensiyalar” ramkasi uchta sohaning 9 ta elementidan iborat ekani ko‘rsatildi: texnik intellekt (san’at aloqasi, studio ish faoliyati, ta’lim ko‘nikmalari, axborot savodxonligi va boshqalar), hissiy va ijodiy intellekt (munosabat va etika, qaror qabul qilish, tanqidiy fikrlash) hamda shaxsiy fazilatlar (mas’uliyat va ijodiy shaxs sifatida yetuklik) 2 . Ushbu elementlar badiiy ta’lim mutaxassislarini yetishtirishda OBE yondashuviga asoslanib o‘quv dasturlarini loyihalash va baholashda muhim vosita bo‘la olishini ko‘rsatadi. G‘arb tajribasida ham tasviriy san’at o‘qituvchilari uchun ixtisoslik kompetensiyalari tarmoqlari ishlab chiqilgan. Jumladan, Amerikada «K-12 Tasviriy san’at o‘qituvchisi» modeli olti yo‘nalish (kompozisiya, ijodiy pedagogika, kasbiy rivojlanish va h.k.) bo‘yicha 50 dan ortiq kompetensiyalarni o‘zida mujassam etadi. Mazkur model amaliy va nazariy baholash uslublarini tasviriy san’at yo‘nalishida ta’lim samaradorligini oshirishga qaratadi. Bu kabi yondashuvlar zamonaviy kasbiy tayyorgarlik dasturlarida talab darajasidagi ehtiyojlarni qondirib, ta’lim jarayonini amaliyotga yaqinlashtiradi. Muhokama va natijalar. Ustoz-shogird tizimi bilan zamonaviy kompetensiya yondashuvlarini uyg‘unlashtirish bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarning professional tayyorgarligini boyitadi. Bunday amaliyot talabaga ijodiy muhitda amaliyotga asoslangan ko‘nikmaklar beradi. Biroq an’anaviy o‘qituvchilik ham cheklovlarga ega. Uning samarasi ko‘pincha ustozning salohiyati va o‘qituvchilik mahoratiga bog‘liq. Agar ustoz zamonaviy didaktik metodlarga va yangi texnologiyalarga ega bo‘lmasa, shogird o‘qitishda ortda qolishi mumkin. Shu bois kognitiv ustoz-shogird modeli muhim rolga ega. U amaliy tajribani tahlil qilish va tushunish bosqichlarini ham ta’lim jarayoniga kiritadi. Masalan, o‘rgatish jarayonida ustoz shogirdga faqat rasmlar namunasini ko‘rsatib qolmay, balki ushbu rasmda qanday uslublar, gipotizalar ishlatilgani, muallifning fikrlash usuli haqida fikr yuritadi. Bu shogirdga ijod jarayonini yanada chuqurroq tushunishga hamda ilmiy izlanishga yordam beradi. Kognitiv yondashuv asosida tashkil etilgan badiiy ta’lim jarayoni talabaning akademik faoliyatini kengaytiradi. Bunda talaba faqat “qanday chizish”ni emas, balki “nega aynan shunday chizish kerakligini” ham anglaydi. Shu bois kognitiv ustoz-shogird pedagogikasida bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan bir qatorda, ijodiy fikrlash va tahliliy qaror qabul qilish jarayonlari ham shakllantiriladi. Kognitiv ustoz-shogird metodikasini qo‘llash tasviriy san’at bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislar kreativligini ham rivojlantiradi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlarning yana bir muhim elementi raqamli texnologiyalardir. Tasviriy san’at darslarida hozirgi kunda kompyuter grafikasi, 3D modellashtirish, interaktiv monitor va onlayn resurslar keng qo‘llanilmoqda. Bunday vositalar yordamida o‘qituvchilar murakkab konseptlarni ko‘rgazmali tarzda tushuntirishi, shuningdek talabalarning ijodiy loyihalarini global tarmoqlar orqali taqdim etishi mumkin. 2 Dong, Y., & Han , Y. (2025). Study on the Key Competencies Framework for Arts Education Professionals. International Journal of Sociologies and Anthropologies Science Reviews, 5(3), 347–360. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 909 Shunday qilib, ustoz–shogird tizimi va zamonaviy yondashuvlarning o‘ziga xos afzalliklarini uyg‘unlashtirish maqsadga muvofiq. Ustozdan olgan amaliy tajriba san’atgacha bo‘lgan chuqur nazariy bilim bilan mustahkamlanishi zarur. Bunda o‘qituvchini tayyorlash dasturlarida quyidagi asosiy elementlar uyg‘un ishlashi maqsadga muvofdir: • An’anaviy ustoz-shogird tizimi: Bo‘lajak o‘qituvchilarga rassom ustozlardan bevosita bilim olish mexanizmini ta’minlash (masalan, ustoz maktablari, mentorlik dasturlari). • Kognitiv yondashuvlar: Amaliy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda fikrlash strategiyalari, tasviriy san’at nazariyasi va muammolarni yechish metodlarini ham o‘rgatish. Bu tasviriy san’at o‘qituvchisining nafaqat ijodiy faoliyatini boyitadi, balki o‘rgatish malakasini ham oshiradi. • Raqamli texnologiyalar: Grafik dasturlar, onlayn galereyalar, interaktiv oqitish platformalari orqali ijodiy faoliyatni tashkil etish. Ular ustozning amaliy ko‘rsatmalarini kengaytirib, o‘quvchilarning mustaqil innovatsion izlanishlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Integratsion yondashuv orqali bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilari faqat an’anaviy badiiy mahoratni emas, balki zamonaviy kreativ texnologiyalarni ham egallashi mumkin. Shu jihatdan, badiiy ta’limda mustaqil ijodiy mashg‘ulotlar turli loyihalar tashkillashtiriladi. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, ustoz-shogird an’analari va zamonaviy pedagogik yondashuvlar uyg‘unlashuvi bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini samarali rivojlantirishga xizmat qiladi. An’anaviy ustozlik tizimi bo‘yicha tajriba olish va kognitiv hamda raqamli metodlarni qo‘llash san’at ta’limi sifatini oshiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Sultanov X.E. Klaster yondashuvi orqali tasviriy san’at ta’limini integratsiyalash imkoniyatlari – Zamonaviy ta’lim, 2024, №4. – B. 135–140. 2. Abduvoitovich, B. D. (2023). Таsviriy san’atda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. So‘ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi, 6(4), 54-58. 3. Shou, D. (Donald Schön). The Reflective Practitioner: How Professionals Think in Action. – New York: Basic Books, 1983. 4. Vygotsky, L.S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 1978. 5. Karimova V.M. Pedagogik mahorat va kommunikativ kompetensiyalar. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2021. 6. Clark, R. & Mayer, R. E-Learning and the Science of Instruction: Proven Guidelines for Consumers and Designers of Multimedia Learning. – Wiley, 2016. 7. Sattorov, M.H. Oliy ta’limda ustoz-shogird tizimi asosida kasbiy kompetensiyani rivojlantirish masalalari. – Pedagogika nazariyasi va amaliyoti, 2023, №2. – B. 57–63. 8. Azimov S.S. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda qalamtasvir va rangtasvir o‘quv xonasining o‘ziga xos jihatlari. – Obrazovanie i innovatsionnye issledovaniya (ISSN 2181-1717), 2023, №6. – B. 97–102.