ZAMONAVIY TA'LIM SISTEMASINING SOTSIAL FUNKSIYALARI
Abstract
Ushbu maqolaning asosiy maqsad va vazifalari — hozirgi vaqtdagi zamonaviy ta’lim tizimining sotsial funksiyalarini o‘rganish bo’yicha amaliy bosqichlarga asoslangan pedagogik tahlillarga asoslangan holda fikrlarni tahlil qilishdan iborat. Zamonaviy ta’lim dasturi sistemasining asosiy mohiyati ta’limning jamiyat hayotidagi ahamiyatini tahlil qilish va pedagogik tadqiqotlar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, tajribali o’qituvchilarimizning ta’lim berishdagi yangi metodikasi asosida ko’plab tahlillar va mulohazalar keltirib o’tilgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 416 ZAMONAVIY TA’LIM SISTEMASINING SOTSIAL FUNKSIYALARI Turemuratova Aziza Begibaevna Qoraqalpoq davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi assistenti. [email protected] Hayitboyev Azamat Umar oʻgʻli Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. Uzoqov Hasan Oʻtkirjon oʻgʻli Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. G'afforov Hikmatjon Hamdamovich Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17443766 Annotatsiya. Ushbu maqolaning asosiy maqsad va vazifalari — hozirgi vaqtdagi zamonaviy ta’lim tizimining sotsial funksiyalarini o‘rganish bo’yicha amaliy bosqichlarga asoslangan pedagogik tahlillarga asoslangan holda fikrlarni tahlil qilishdan iborat. Zamonaviy ta’lim dasturi sistemasining asosiy mohiyati ta’limning jamiyat hayotidagi ahamiyatini tahlil qilish va pedagogik tadqiqotlar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, tajribali o’qituvchilarimizning ta’lim berishdagi yangi metodikasi asosida ko’plab tahlillar va mulohazalar keltirib o’tilgan. Kalit so’zlar: Zamonaviy ta'lim, pedagogik tadqiqotlar, ta'lim metodikasi, pedagogik metodlar, sotsial funksiyalar, ta'lim sistemasi, pedagogik mahorat, innovatsion ta'lim dasturi. SOCIAL FUNCTIONS OF THE MODERN EDUCATION SYSTEM Abstract. The main goals and objectives of this article are to reflect and analyze the current social functions of the modern education system based on pedagogical analysis based on practical stages. The main essence of the modern educational program system is to analyze the importance of education in society and develop practical recommendations based on pedagogical research. Also, many analyzes and considerations are presented based on the new teaching methodology of our experienced teachers. Keywords: Modern education, pedagogical research, educational methodology, pedagogical methods, social functions, educational system, pedagogical skills, innovative educational program. СОЦИАЛЬНЫЕ ФУНКЦИИ СОВРЕМЕННОЙ СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ Аннотация. Основными целями и задачами данной статьи являются осмысление и анализ актуальных социальных функций современной системы образования на основе педагогического анализа, основанного на практических этапах. Суть современной системы образовательных программ заключается в анализе значения образования в обществе и разработке практических рекомендаций на основе педагогических исследований. Также представлено множество аналитических и размышлений, основанных на новых методических разработках наших опытных педагогов. Ключевые слова: Современное образование, педагогические исследования, методика образования, педагогические методы, социальные функции, образовательная система, педагогическое мастерство, инновационная образовательная программа.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 417 Kirish Hozirgi kunga kelib butun dunyo miqyosida barcha sohalarda, shuningdek ta’lim sohasida globallashuv, axborot texnologiyalarining rivojlanishi, ta’limning zamonaviy metodik dasturlarining yangi innovatsion pedagogik metodlar orqali o‘zgarishlar hamda yangi ijtimoiy talablar zamonaviy ta’lim tizimining shakl va mazmunini tubdan o‘zgartirmoqda degan fikrlarni bildiramiz. Bugungi kunda ta’lim nafaqat bilim berish jarayoni, balki ijtimoiy pedagogik tadqiqotlarga asoslangan zamonaviy ta’lim institutlari sifatida jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ma’daniy va ma’naviy hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi kuchga aylangan. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqanda, yurtimizda ta’lim tizimining asosiy sotsial funksiyalarini o‘rganishga qaratilgan innovatsion ta’lim sistemasida ta’limning zamonaviy dasturlarini qo’llash, hamda ularning mohiyatini tahlil etish va zamonaviy ta’lim dasturiga amaliy yondashuvlar asosida rivojlantirish dolzarb masala hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ta’limga oid davlat islohotlari, xususan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlarning ustuvor yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda, “Yangi O‘zbekiston – Yangi ta’lim” strategiyasi amalda o’z natijalarini ko’rsatmoqda, “Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi” mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, ta’limga innovatsion yondashuvlar asosda tashkil etish va uning ijtimoiy ta’limning samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan bir qancha vazifalar belgilab o’tilgan. Bu esa zamonaviy ta’lim tizimining sotsial funksiyalarini yanada faollashtirishni talab qiladi va o’qituvchilarning intelektual fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim tizimi bu jamiyatda insonni ijtimoiy hayotga tayyorlovchi, uning bilim, ko‘nikma, malaka va dunyoqarashini shakllantiruvchi ijtimoiy instituti hisoblanadi. O‘zbekistonlik professor o’qituvchilarning ta’limni “insonning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga yo‘naltirilgan uzluksiz jarayon” sifatida talqin etishi bu keng ma’noda ta’limning rivojlanish bosqichlarini belgilab beruvchi omillaridan hisoblanadi. Shu ma’noda, ta’lim tizimi nafaqat individual rivojlanishning asosiy ahamiyati, balki jamiyat taraqqiyotining poydevori hisoblanadi. Zamonaviy ta’lim tizimi inson kapitalini shakllantirishda eng samarali mexanizmdir. Chunki ta’lim orqali shaxsda ijodkorlik, mehnatsevarlik, ijtimoiy mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg‘ulari rivojlanadi. Zamonaviy ta’lim tizimi esa bu jarayonni innovatsion texnologiyalarga asoslangan metodik faoliyat turi hisoblanib, pedagogik tadqiqotlarga asoslangan interfaol metodlar va ta’limning raqamli vositalar yordamida takomillashtirishni ko‘zda tutadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston olimlari ta’limni modernizatsiya qilishda yangi ta’lim sistemasining dasturlari, ta’limda innovatsion yondashuvlar joriy etish haqida ko’pchilik tadqiqot natijalariga asoslangan holda, zamonaviy pedagogik faoliyatni sotsiologik nuqtai nazardan o‘rganish borasida ko‘plab tadqiqotlar olib bormoqda. Shuningdek, ta’limni “ijtimoiy tizimning markaziy bo‘g‘ini” deb atab, uni jamiyatning ma’naviy barqarorligi bilan bevosita bog‘laydi. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlar shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv, raqamli pedagogika, ekologik jihatdan va inkluziv ta’lim masalalariga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. O’quvchi-yoshlarning kolloborativ shakllanishini o'rganish uchun ularning ruxiyatini va fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish lozim. Zamonaviy o'quv jarayoni o'qitishning barcha mavjud tashkiliy shakllaridan foydalangan holda metodlardan foydalanish kerak. O'qituvchining talaba bilan birgalikdagi ishlash faoliyati sharoitidagina har bir kishi uchun o'ziga xos shaxsiy ma'noga ega bo'lgan hamkorlikdagi kolloborativ shakllanishdagi
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 418 munosabatlari o’rganiladi. Ular muayyan munosabatlarda, shuningdek, o'qituvchi va talabalarning o'zaro ta'sirida, nutq harakatlarini muvofiqlashtirishda namoyon bo'ladi. Shuni ta'kidlash kerakki, agar o'qituvchi o'quvchilar bilan haqiqiy hamkorlikni targ'ib qilsa, u holda dars uchun aniq maqsadni shunday qilib qo'yadiki, u ishlab chiqarilayotgan muloqotning haqiqiy maqsadlariga mos keladi. Talabaga nafaqat darsning asosiy maqsadini, balki unga erishishning mumkin bo'lgan yo'lini amalga oshirish jarayonida yordam beradi. Ta'limdagi muvaffaqiyat darajasi nafaqat o'qituvchi va talabaning ishini birgalikda muvofiqlashtirish, balki ularning shaxsiyatlarining o'zaro ta'siri, shuningdek, ular o'rtasida shakllanadigan o'zaro tushunish bilan ham bog'liq. O'qituvchining kasbiy tayyorgarligi maqbul bo'lgan taqdirda, uning uslubiy, shuningdek, o'z harakatlarini maqsadga muvofiq rejalashtirish qobiliyati darajasida o'qitish samarasi o'zaro bog'liq bo'lmagan munosabatlar tufayli kamayishi mumkinligini aynan shu bilan izohlash mumkin. Kolloborativ shakllanish holati asosian ma'lum bir talabalar guruhi (jamoaviy talabalar guruhi) o'rtasida rivojlanadi. Agar umumiy kontekstda bevosita pedagogik, ta'lim sohasidagi hamkorlik haqida gapiradigan bo'lsak, o'qituvchining talaba bilan o'zaro munosabati, talabalarning faqat har biri bilan o'zaro munosabati jarayonida shakllanadigan uchta asosiy omil mavjudligi zarurligini yodda tutish kerak. Pedagogik ta’limning zamonaviy modelida ta’lim texnologiyasidan boshqa birgalikdagi faoliyat davomida, shuningdek, o'qituvchilarning fanlararo aloqalar tizimidagi o'zaro ta'sirida namoyon bo’lishi haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Ushbu texnologiyaning asosiy g'oyasi turli xil ta'lim sharoitlarida o'quvchilarning faol birgalikdagi ta'lim faoliyati uchun sharoit yaratishdir. Bu yondashuvlar ta’lim jarayonini insonparvar, moslashuvchan va ijtimoiy faollikka yo‘naltirilgan asosiy tizim sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Pedagogik tahlillarga asoslangan metodika zamonaviy ta’limning sifat ko‘rsatkichini belgilovchi asosiy omildir. Zamonaviy ta’lim metodikasi o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik (kolloborativ ta’lim), mustaqil fikrlashni rivojlantirish, muammoli vaziyatlarni yechish va ijodiy tafakkurni shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Hozirda ta’lim tizimida interfaol metodlar (pedagogik metod, aqliy hujum, debat, loyiha asosida o‘qitish tizimi) keng qo‘llanilmoqda. Bularning barchasi ta’lim jarayonining sotsial ahamiyatini kuchaytiradi. Buni talabalar birgalikda olib boradigan kolloborativ shakllanish turi sifatida ham aniqlash mumkin. Hamkorlikdagi ta’lim an’anaviy ta’lim usullariga nisbatan bir qator muhim afzalliklarga ega. Bolalarning birgalikdagi ishi muloqot qilish, tinglash, o'z nuqtai nazarini ifoda etish va o’z g’oyalarini erkin bildirish kabi ko'nikmalarni rivojlantiradi. To'g'ri tuzilgan dars bilan barcha o'quvchilar o’qishga jalb qilinadi va bunday guruhlarga kiritilgan bolalarning bilim faolligi faollashadi. Zamonaviy pedagogik dunyoda sinflarning bir qator modellarini ajratish odatiy holdir, ularning har biri darsning yakuniy maqsadiga qarab tanlanadi va o'zgartiriladi. Bu bolalar katta yoki kichik guruhlarga bo'lingan sinflar bo'lishi mumkin, bu modelda bolalar bir xil yoki turli xil vazifalarni oladilar. O'rganilayotgan masala bo'yicha mutaxassis bilan o'yin elementlari qo'llaniladigan yoki konstruktiv dialog o'tkaziladigan model mexanizmlariga asoslangan holda pedagogik metodlardan foydalanishadi. Zamonaviy globallashayotgan dunyo sharoitida ta'limning odatiy darajalarida qolishning iloji yo'q, bolalarni kelajak, mustaqil hayot ehtiyojlariga eng samarali tayyorlash uchun mavjud tizimni o'zgartirish zarur. Birgalikda o'qitish usuli bolada nafaqat aql-zakovatni va uning atrofidagi dunyoni o'rganish istagini rivojlantirishga imkon beradi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 419 Shuningdek, tengdoshlar uchun mas'uliyat, boshqa odamlarning fikrlarini hurmat qilish, muvaffaqiyatga intilish va ijodiy faoliyati shakllanadi. Ta’limning eng muhim sotsial funksiyasi inson shaxsini shakllantirishdir. Inson o‘z hayotida o‘zining ijtimoiy maqomini ta’lim orqali egallaydi. Ta’lim shaxsni faqat bilim bilan emas, balki ijtimoiy mas’uliyatini oshirishda, odobaxloqni saqlashda, madaniyatli bo’lishda, kommunikativ ko‘nikmalarining oshirilishi bilan ham boyitadi. Ta’lim tizimi ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlovchi va ularni yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi ta’limning zamonaviy bosqichidir. Bu esa sotsial integratsiya tizimiga asoslangan innovatsion ta’lim sistemasi deb ataladi. O‘zbekiston ta’lim tizimida bugungi kunda gender tenglikni ta’minlanishi, inklyuzivlik ta’limning rivojlanishi, pedagogika sohasida ijtimoiy adolatli qarorlar qabul qilinishi kabi g‘oyalar kuchayib bormoqda. Bu esa ta’limning sotsial funksiyalarini yangi bosqichga olib chiqarishga va zamonaviy ta’lim sistemasining rivojlanishiga yordam beradi. Pedagogik metodlar asoslangan o’qitish tizimi orqali o‘quvchilar o‘z fikrini erkin ifoda etishni ta’minlash, jamoadagi munosabatlarni boshqarishni asosiy faktorlari, ijtimoiy muhitda masalalarni hal qilishni o‘rganadilar. Shu bois, zamonaviy ta’lim sistemasining pedagogik ta’lim dasturlari metodlarida sotsial natijasini fuqarolik faolligi, madaniyat, bag‘rikenglik va insonparvarlikning rivojlanishida asosiy ahamiyat kasb etadi. Xulosa Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, zamonaviy ta’lim tizimi jamiyat hayotining barcha sohalariga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Uning sotsial funksiyalari shaxsni har tomonlama rivojlantirish bo’yicha ko’nikmalarni hosil qilishga yangi imkoniyatlarni ochib berishi, ta’limda ijtimoiy integratsiya, ma’naviy yangilanish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Ta’lim tizimi shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy bog‘lovchi omillardan biri bo’ib hisoblanadi. Pedagogik mahorat va innovatsion metodlar ta’limning sotsial samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ta’limning asosiy sotsial vazifasi insonni ijtimoiy jihatdan yetuk, ma’naviy boy va ta’limga nisbatan faollikka tayyor shaxs sifatida shakllantirishdan iboratdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Abduqodirov N. “Pedagogika asoslari”. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 2. Jo‘rayev M. “Ta’lim va tarbiya tizimini modernizatsiyalash”. – Toshkent: Fan, 2020. 3. Turemuratova A., Kurbanova R., Saidboyeva B. EDUCATIONAL TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK PEDAGOGY //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 318-322. 4. Jarilkapovich M. A. Program Technology for Choosing an Effective Educational Methodology Based on Modern Pedagogical Research in The Educational System //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2025. – Т. 6. – №. 02. – С. 30-33. 5. Jarilkapovich M. A. USE OF PEDAGOGICAL METHODS BASED ON THE MODERN EDUCATIONAL PROGRAM TO INCREASE THE EFFECTIVENESS OF EDUCATION //European International Journal of Pedagogics. – 2024. – Т. 4. – №. 06. – С. 26-33.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 420 6. Jarilkapovich M. A. The Role of Modern Education and The Teacher's Pedagogical Skills in The Application of Pedagogical Teaching Methods //International Journal of Pedagogics. – 2025. – Т. 5. – №. 04. – С. 266-268. 7. Turemuratova A. B. TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA O’QUVCHIYOSHLARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI //Inter education & global study. – 2025. – Т. 3. – №. 4. – С. 242-250. 8. Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA O'QUVCHILARNING AKSIOLOGIK DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024): 114-121. 9. Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kujamuratova Gulnaz Jumabayevna, and Iskendarova Shayra Sabirovna. "PEDAGOGICAL MECHANISMS OF DEVELOPING COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON A MULTI-VECTOR APPROACH." International Journal of Pedagogics 4.09 (2024): 55-62. 10. Begibaevna, Turemuratova Aziza. "APPLYING METHODS THAT IMPROVE STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON MULTI-VECTOR PEDAGOGICAL APPROACHES." European International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 178-182. 11. Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Asamatdinova Bazargul Bakhadirovna. "PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF DEVELOPING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON A MULTI-VECTOR APPROACH." European International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 183-187. 12. Begibaevna, Turemuratova Aziza. "THE ROLE OF PEDAGOGICAL METHODS BASED ON MULTI-VECTOR APPROACHES IN MODERN EDUCATION IN IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.11 (2024): 98-102. 13. Begibaevna, Turemuratova Aziza. "EFFECTIVE EDUCATIONAL INDICATORS OF MULTI-VECTOR APPROACHES IN FORMING COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON PEDAGOGICAL METHODS OF INNOVATIVE EDUCATION." International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 153-157. 14. Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Ayimbaeva Aynura Rustamovna. "PEDAGOGICAL ANALYSIS AND ESSENCE OF MULTI-VECTOR APPROACHES IN IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON THE EDUCATIONAL PROGRAM." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.11 (2024): 88-92. 15. Turemuratova, Aziza. "TRADITIONS OF FORMING THE SPIRITUAL AND MORAL WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN PEDAGOGY." Евразийский журнал академических исследований 3.7 (2023): 225-229. 16. Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kushbaeva Indira Tursinbaevna, and Dawletmuratova Raxila Genjemuratovna. "THE MAIN ESSENCE OF DEVELOPING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON MULTI-VECTOR
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 421 PEDAGOGICAL APPROACHES IN MODERN EDUCATION." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.09 (2024): 43-46. 17. Turemuratova, Aziza, and Marhabo Kenjayeva. "KO’P VEKTORLI YONDASHUVLAR ASOSIDA TALABALARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK TRENING USLUBI." Modern Science and Research 4.4 (2025): 252-261.